14.27-rasm. Vakuum qurilmasining sxemasi:
1 – yuritmali vakuum nasosi; 2 – kamera; 3 – vakuummetr.
Tekshiriladigan chokning tozalangan hududiga, vakuum- kamera uzunligiga teng uzunlikda cho‘tka bilan ko‘pikli indikator quyuq qilib surkaladi. Ko‘pikli eritma bilan qoplangan payvand chokka vakuum-kamera o‘rnatiladi va metalga siqiladi hamda vakuum-nasos ishga tushiriladi. Pufak va ko‘piklarning paydo bo‘lishi chok nuqsonidan o‘tib kamera ichiga kirgan havodan dalolat beradi. Ko‘pikli indikator sifatida sovun ko‘pigi ishlatiladi.
Buzib nazorat qilish
Payvand birikmaning mexanik xususiyatlarini aniqlash
Mexanik xossalarini aniqlash uchun buyum bilan bir vaqtda O‘sha texnologik rejimlarda o‘sha metaldan namuna plastinalar yoki quvur bo‘laklari payvandlanadi. Ulardan esa sinash uchun namunalar tayyorlanadi (ba’zan namunalar bevosita buyumning o‘zidan qirqib olinadi). Mexanik sinov uchun tayyorlanadigan na- munalarning o‘lcham va shakllari ÃÎCÒ 6996—66 (14.28-rasm) bilan belgilangan.
Mexanik xossalarini tekshirish uchun eritib qoplangan yoki asosiy metaldan silindrik shakldagi namuna tayyorlanadi (14.28- rasm, a) va uzish mashinasida statik cho‘zilishiga (qisqa muddat- li) sinaladi. Shu bilan birga nisbiy cho‘zilish ham (namunaning boshlang‘ich uzunligiga nisbatan foizlarda) aniqlanadi.
Payvand birikmaning xossalarini mexanik tekshirish ham plastina yoki quvur namunada xuddi yuqoridagidek bajariladi (14.28-rasm, b).
14.28-rasm. Mexanik xossalarini aniqlash uchun namunalar:
a – eritib yopishtirilgan metalning; b – payvand birikmaning; d – egilishga; e – zarbiy qovushoqlikka.
Metall chokning plastikligi payvand birikmani uzish mashi- nasida yoki maxsus press ostida statik egilishiga sinab tekshirila- di (14.28-rasm, d). Bukilish burchagi qancha katta bo‘lsa, uning plastikligi shuncha yuqori bo‘ladi. Maksimal bukilish burchagi 180° ga teng bo‘lganda metalning plastikligi yaxshi bo‘ladi. Na- muna darz paydo bo‘lguncha bukiladi.
Payvand birikma zarbiy uzilishga (zarbiy qovushoqlikka) maxsus mashinalarda (mayatnikli kopyorlarda) sinaladi. Buning uchun chok tomonida kertiklari bo‘lgan maxsus kvadrat namu- nalar tayyorlanadi (14.28-rasm, e).
Toblanadigan po‘latlarda, odatda, payvand birikmalarning qattiqligi ham tekshiriladi.
Metallografik tahlildan asosiy maqsad payvand birikmada- gi asosiy va eritib yopishtirilgan metalning strukturasi va nuqsonlarini aniqlashdan iborat. Metallografik tekshirish o‘z ichiga metallarni makrostruktura va mikrostruktura tekshirish usullarini oladi.
Makrostruktura usulda (makrotahlilda) metalning makrosh- liflari va sindirib ko‘rilgan yuza xarakteri o‘rganiladi. Makroshlif
– bu silliqlangan va azot kislotasining suvdagi 25% li eritmasi bi- lan ishlov berilgan metall namunasidir. Shliflar payvand chokdan yoki namuna plastinadan qirqib olinadi. Makrostruktura oddiy ko‘z bilan yoki lupa orqali ko‘riladi.
Makrostruktura vositasida chala payvandlangan joylar, shlakli qo‘shilmalar, chuqurchalar, g‘ovaklar, darz-yoriqlar, yopishma- gan joylar va boshqalar aniqlanadi.
Mikrostruktura usulda (mikrotahlilda) 50 –100 martadan or- tiqroq kattalashtirib ko‘rsatadigan mikroskop yordamida metal- ning strukturasi va nuqsonlari tekshiriladi. Shlifning yuzasi silliqlanib jilo beriladi va dori bilan ishlanadi. Mikrotekshirish yordamida metalning sifatini belgilash, shu jumladan, metalning kuyganligi, dona chegaralari bo‘ylab oksidlar borligi, nometall aralashmalar, oksidlar, sulfidlar bilan metalning ifloslanganligi, metall donasining kattaligi, payvandlashda metall tarkibining o‘zgarishi, mikroskopik yoriqlar, g‘ovaklar va strukturaning bosh- qa defektlarini aniqlash mumkin.
Makro va mikrostrukturalar laboratoriyalarda tekshirila- di hamda tekshirish natijalariga qarab payvandlash rejimining to‘g‘riligi haqida xulosa chiqariladi. Bu sinashlar chok nuqson- larining ro‘y berish sabablarini ham aniqlashga va payvandlash davomida bunday nuqsonlarning bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka im- kon tug‘diradi.
Metallar, qotishmalar va ularning payvand birikmalari tashqi muhit ta’siridan yemirilishiga korroziya deyiladi. Korroziyaning ikki xili bo‘ladi: kimyoviy va elektrokimyoviy.
Kimyoviy korroziya metall bilan muhitning (quruq gazlar, suyuq noelektrolitlar – ya’ni benzin, moy, smola va boshqalar) bevosita o‘zaro ta’sirlanish jarayonidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |