Kapillar usullar bilan aniqlash, yuza nuqsonlarini aniqlash usuli bilan o‘xshab ketadi.
Kerosin bilan sinash bosimsiz ishlaydigan idishlar uchun qo‘lla- nilib, bosim ostida ishlaydigan idishlar uchun dastlabki sinov hi- soblanadi.
14.26-rasm. Oquvchanlik usuli bilan nazorat qilish.
Kerosin yuksak kapillarlik xossasiga ega. Payvand choklarining zichligini sinash usuli kerosinning xuddi shu xossasiga asoslan- gan. Sinashdan oldin choklar shlak va iflosdan tozalanishi hamda ko‘zdan kechirilishi lozim. Ko‘zdan kechirish vaqtida sezilgan kamchiliklar nazorat qilish boshlangunga qadar bartaraf qilinishi kerak.
Kerosin probasi bilan nuqsonlarni (nozichliklarni) aniqlash usulida payvand birikmaning bir tomoniga suvda eritilgan bo‘r surtiladi. Bo‘r eritmasi qurigandan keyin payvand chokning ik- kinchi tomoni yaxshilab kerosin bilan ho‘llanadi. Kerosin payvand chokdagi nuqsonlardan o‘tib, bo‘r bo‘yog‘ida nuqsonlar borligini va ularning xarakterini ko‘rsatuvchi moyli quyuq dog‘lar hosil qiladi. Topilgan nuqsonlar bartaraf qilinadi va qaytadan payvand- lanadi. Kerosin bilan tekshirish faqat musbat (0°dan yuqori) ha- roratda qo‘llaniladi. Payvand choklar kerosin bilan ho‘llangani- dan keyin 12 soat turishi kerak.
Rangli va lyuminissentli kapillar nazorat usullari penetrantlarni qo‘llashga asoslangan.
Kompression usullar.
Gidravlik sinovlar. Tekshirishning bu usulida payvand buyum (idish) suvga to‘ldiriladi. Shundan keyin nasos yoki gidravlik press bilan ish bosimidan 1,25 marta va undan ortiq bosim hosil qilinadi.
Gidravlik sinash usuli, tutib turish vaqti, bosim kattaligi va yo‘l qo‘yiladigan oqish tekshiriladigan obyekt uchun belgilan-
gan texnik shartlarda ko‘rsatiladi. Gidravlik sinashlar bosim os- tida ishlaydigan bug‘ va suv qozonlari, quvurlar va idishlarning mustahkamligini hamda zichligini tekshirishda bajariladi.
Pufakli usul. Bunday sinash idish va quvurlarning ish bosimida germetikligini tekshirishda qo‘llaniladi. Payvand birikmalarning zichligi sovun eritmasi yoki idishga quyilgan suvga botirib tek- shiriladi. Gaz o‘tadigan joylarda havo pufakchalari hosil bo‘ladi. Manometrik usul sosudlarda tirqish nuqsonlar mavjudligini si- nov bosimi o‘zgarishi oqibatida aniqlash asosida topiladi. Odatda
sinov bosimi 1,0 – 1,2 ishchi bosimni tashkil etadi.
Kimyoviy usul indikator moddalarga ammiakning kimyoviy o‘zaro ta’sirlashishiga asoslangan. Ammiak yordamida tekshirish quyidagicha bajariladi. Idishga (buyumga) ish bosimigacha si- qilgan havo beriladi va unga normal bosimdagi idish ichidagi havo hajmining 1% miqdorida ammiak aralashtiriladi. Payvand choklar simob nitratining suvdagi 5% li eritmasi shimdirilgan filtr qog‘ozi yoki bint bilan o‘rab qo‘yiladi. Nuqsonlar bo‘lsa, simob nitrati ammiak bilan ta’sirlanib, qog‘ozda qora dog‘ hosil qiladi.
Galoid vositasida tekshirishda freon–12 gazidan (ftorning ga- loid elementi asosida tayyorlangan gaz) foydalanadi, gaz idishdagi teshikdan chiqayotganda strelkali pribor (qo‘lda ko‘tarib yuriladi- gan ÃÒÈ–6 galoidli teshik izlagichi va boshqalar)da qayd qilina- di.
Geliyli usul geliy mavjudligida o‘zgarayotgan mass-spektrometr- da simning qizish elektr qarshiligini o‘lchash asosida amalga oshiriladi. Qarshilikni o‘lchash xuddi shunday simni (havoda joylashtirib) qizdirish natijasida solishtirish bilan o‘lchanadi.
Vakuum usullar.
Hamma buyumni vakuumlashda vakuum muhitning o‘zgarishi- ni ro‘yxatga olish bilan bajariladi.
Vakuumkamera usuli kerosin, havo yoki suv bilan sinab bo‘lmaydigan va bir tomondangina ochiq joyi bo‘lgan payvand choklarni (masalan, rezervuarlar, gazgolderlar va boshqa sig‘im- larning tublaridagi payvand choklarni) tekshirishda qo‘llaniladi.
Payvand choklarning zichligini vakuum usulida nazorat qi- lish uskunasi komplektiga quyidagi jihozlar vakuum-nasos va vakuummetrli vakuum-kamera hamda pnevmatik shlang kiradi (14.27-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |