Uo‘K: 53(072) kbk



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

6.151. Changak zonasi
(kontakt simini elektr harakat tarkibi tok qabul 
qilgichi polozini)

Зона подхвата 
(контактного провода полозом 
токоприемника электроподвижного состава) 
– 
Pick-up zone
(of the 
contact wire by the current collector of the electric rolling stock)
- t.y. 
kontakt osmasi havo strelkasidagi zona bo‘lib, uning doirasida elektr harakat 
tarkibi tok qabul qilgichi polozi qo‘shilgan yoki kesishgan t.y. tepasidagi sim 
bilan o‘zaro umumiy kontaktga ega bo‘ladi(ta’sirlashadi).
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


339
7-BOB. TORTUVCHI NIMSTANSIYA
7.1. Ajratgich
(A)
– Разъединитель- Disconnector -
elektr zanjirining 
alohida qismlarini ularda tok bo‘lganda yoki bo‘lmaganda ulaydigan va 
uzadigan kommutatsion apparat. A. lar profilaktika yoki ta’mirlash ishlarini 
olib borish oldidan liniyaning ta’mirlanayotgan qismini uning qolgan 
qismidan ko‘zga ko‘rinadigan holatda ajratib qo‘yish uchun o‘rnatiladi. A. lar 
tortuvchi nimstansiyalar, kontakt tarmog‘i va b. elektr uskunalarda keng 
qo‘llaniladi.
A. lar o‘zidan uzoq muddat davomida yuklama nominal tokini o‘tkaza 
olishi, qisqa tuytashish tokiga nisbatan yuqori ishonchlilikka, elektrodinamik 
va termik mustahkamlikka ega bo‘lishi hamda mexanik jihatdan ham 
mustahkam bo‘lishi lozim. Elektr zanjiri A. yordamida ajratilishidan avval u 
o‘zida elektr yoyini so‘ndiruvchi qurilmasi mavjud bo‘lgan uzgich orqali 
manbadan uzilishi lozim. Bu qoidaga rioya qilinmasa, elektr yoyi yuzaga 
kelishi va u A. ni hamda b. elektr qurilmalarini shikastlashi mumkin. 
7.1- rasm. РНДЗ-2-110 rusumli 
ajratgich (Rossiya):
1 – asos; 2 va 9 – 
izolyatorlar kolonkalari; 3 – qismalar; 4 – 
elastik bog‘lagich; 5 – pichoq; 6 – 
baqmoqli lamellar; 7 – kurak(lopadka); 8 – 
yerlovchi pichoq uchun kontakt; 10 – 
kolonka podshipnigi; 11 - yerlovchi 
pichoqlar; 12 – richak; 13 – tortqi; 14 – val; 
15 – yuritma.
A. ga nisbatan noto‘g‘ri amallar bajarilmasligi uchun mexanik, elektr va 
kombinatsiyalashgan blokirovka qurilmalaridan foydalaniladi. A. lar 
o‘rnatilish joyiga qarab ichkarida va tashqarida o‘rnatish uchun, 
uzuvchi(рубящий), buriluvchi, shtepselli va b. rusumlarga; bir va uchta 
qutbli;pichoqlari gorizontal va vertical joylashgan; yerlovchi pichoqli;
pichoqsiz; qo‘lda va distansiyadan boshqariluvchi rusumlarga bo‘linadi. 
Tortuvchi nimstansiyalar va t.y. transportining b. elektr uskunalarida 
ichkarida o‘rnatish uchun bitta yoki ikkita kolonkali tayanch izolyatorlariga 


340
ega bo‘lgan vertikal uzadigan A. lar, tashqarida o‘rnatish uchun esa, odatda, 
gorizontal-buriladigan rusumli A. lar ishlatiladi. Agar A. larda yerlovchi 
pichoqlar mavjud bo‘lsa, u holda ular asosiy kontaktlardan mexanik jihatdan 
shunday blokirovka qilinadiki, natijada bu kontaktlar ulanganda yerlovchi 
pichoqlarda kommutatsiya jarayoni yuz bera olmasin.
Kontakt tarmog‘i A. lari seksion A. lar bo‘lib, ular kontakt tarmog‘i 
seksiyalarini ulash va uzish hamda ta’minlovchi liniyaga ulash uchun xizmat 
qiladi (
Kontakt tarmog‘ini seksiyalash
ga qarang!). O‘zgaruvchan tok 
liniyalarida, odatda, gorizontal-buriladigan rusumli A. lar, o‘zgarmas tok 
liniyalarida esa vertical uzuvchi A. lar qo‘llaniladi. A. larni masofaviy 
boshqarish kontakt tarmog‘i hududidagi navbatchilik punkti, stansiyalar 
bo‘yicha navbatchilik xonalari va b. joylarda o‘rnatilgan pultdan amalga 
oshiriladi. Eng mas’uliyatli va tez-tez ulab-uziladigan A. lar dispetcherlik 
teleboshqaruv tarmog‘ida o‘rnatiladi. A. lar bo‘ylama (kontakt tarmog‘ining 
bo‘ylama seksiyalarini ulash va uzish uchun), ko‘ndalang (kontakt 
tarmog‘ining ko‘ndalang seksiyalarini ulash va uzish uchun), fider va b. 
turlarga bo‘linadi. Ular kirill alifbosi harflari (masalan, bo‘ylamalar – А, Б, 
В, Г; ko‘ndalanglar – П; fiderdagilar – Ф) va yo‘l hamda kontakt tarmog‘i 
seksiyalari tartib raqamlariga va mos keluvchi raqamlar (masalan, 
П
23
) bilan 
belgilanadi.
Kontakt tarmog‘ining ajratilgan seksiyasi yoki unga yaqin joylashgan 
depo, elektr harakat tarkibi tomida joylashgan elektr qurilmalarni ko‘zdan 
kechirish, vagonlarga yuklash va tushirish yo‘llarida xavfsizlikni 
ta’minlashda bitta yerlovchi pichoqqa ega bo‘lgan A. lar o‘rnatiladi. Bunday 
A. lar ajratilganda unga tegishli bo‘lgan kontakt tarmog‘i seksiyalari 
yerlanadi. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish