Uo‘K: 53(072) kbk



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

6.119. Seksiyalash posti 
(
kontakt tarmog‘i
SP)
: aktiv SP - Aктивный 
пост секционирования 
контактной сети
– 
Active section 
of the contact 
network
-
t.y. kontakt tarmog‘ining SP bo‘lib, uning taqsimlash qurilmasi 
ta’minlovchi sim orqali tortuvchi nimstansiyaning taqsimlash qurilmasi bilan 
bog‘langan.
6.120. Seksiyalash posti 
(
kontakt tarmog‘i
SP)
: passiv SP - 
Пассивный пост секционирования 
контактной сети
- Passive post of 
sectioning of the 
contact network

t.y. kontakt tarmog‘ining SP bo‘lib, 
uning taqsimlash qurilmasi ta’minlovchi sim orqali tortuvchi nimstansiyaning 
taqsimlash qurilmasi bilan bog‘lanmagan.
6.121. 
Simlar 
tarangligini 
kompensatsiyalash 
(S.t.k.) 
– 
Компенсация натяжения проводов – Compensation for wire tension -
kontakt tarmog‘i simlari harorati o‘zgarganda ular tarangligini avtomatik 
rostlash. S.t.k. kontakt tarmog‘i simlarini ankerlash tugunlarida 
kompensatsiyalashning turli xil konstruksiyalari – blok-yuklar, har xil 
diametrli barabanlar, gidravlik, gazogidravlik, prujinali va b. Yordamida 
amalga oshiriladi. Eng sodda tuzilishga ega bo‘lgan blok-yukli kompensator 
yuk va bir nechta blok(polispast)dan tashkil topgan bo‘lib, yuk blokjar orqali 
ankerlanayotgan simga ulanadi. Ikkita blokli kompensator yukining og‘rligi 
kontakt osmasining ankerlanayotgan simlarida hosil qilinishi zarur bo‘lgan 
taranglik kuchining yarmiga teng qilib olinadi (uzatish nisbati 1:2). Anker 
tayanchiga mahkamlangan qo‘zg‘almas blok pazasida tros (odatda po‘latdan 
yasalgan) joylashtirilgan bo‘lib, uning bitta uchiga yuk uchun mo‘ljallangan 
shanga mahkamlangan, sirtmoq ko‘rinishida yasalgan va ichiga 
qo‘zg‘aluvchan bloklar joylashtirilgan ikkinchi uchi esa tayanchga 
mahkamlangan. Ankerlangan sim izolyator orqali qo‘zg‘aluvchan blok 
vilkasiga ulangan. Uchta blokli kompensator (6.47- rasm) eng keng 
tarqalgan va uning konstruksiyasiga po‘lattrossirtmog‘idajoylashtirilgan 
ikkinchiqo‘zg‘aluvchan blok ko‘zda tutilgan bo‘lib, uning bitta uchi 
tayanchga, ikkinchisi esa birinchi qo‘zg‘aluvchan blok vilkasiga 
mahkamlangan. Ankerlangan sim izolyator orqali ikkinchi qo‘zg‘aluvchan 
blok vilkasiga ulangan. Bunda yukning og‘irligi kontakt osmasining 
ankerlanayotgan simlarida hosil qilinishi zarur bo‘lgan taranglik kuchining 
to‘rtdan biri(1/4) gateng qilib olinadi (uzatish nisbati 1:4). Ammo bu holatda 
yuk vertical bo‘ylab ikkita blokli kompensatordagiga nisbatan ikki marta 
katta masofaga siljiydi. Ushbu masofani qisqartirishh maqsadida yuklar 


321
ikkita girlyand ko‘rinishida shtangada joylashtirilishi mumkin. Yuklar 
girlyandlari 
shamol 
ta’sirida 
chayqalmasliklari 
uchun 
harakatni 
cheklagichlardan foydalaniladi. 
6.47-rasm. Uchta blokli 
kompensator:
1 – temir-beton tayanch;
2 – yuklar girlyandi; 3 – qo‘zg‘almas blok; 
4 – kompensator troslari; 5 - 
qo‘zg‘aluvchan bloklar; 6 – izolyatorlar’ 7 
– kontakt simi; 8 – ushlab turuvchi tros.
Turli 
diametrli 
barabanlari 
va 
tormozlovchi 
qurilmalari 
bo‘lgan 
kompensatorlar ham (masalan, Germaniyada) qo‘llaniladi (6.48- rasm). 
Kichik diametrli barabanga ankerlanayotgan similar, kichik diametrli 
barabanga esa yuklar girlyandlari bilan bog‘langan tros o‘raladi. 
Tormozlovchi qurilma sim uzilganda kontakt osmasini shikastlanishdan 
saqlash uchun xizmat qiladi. Yaponiya, Fransiya, Portugaliya, Germaniya va
ba’zi bir davlatlarda kontakt tarmog‘i simlarini berilgan tarangliklarini 
saqlagan holda bo‘shatish imkoniyatiga ega bo‘lgan kompensatorlardan 
foydalaniladi.
Yaponiyada tayanchga mahkamlangan va ichi moy bilan to‘ldirilgan 
silindr ko‘rinishidagi gidravlik kompensatorlar qo‘llaniladi. Silindr ichida 
joylashtirilgan porshen shtok orqali ankerlanayotgan sim bilan ulangan. 
Haroratni ortishi yoki kamayishi moy hajmining o‘zgarishiga va porshenni 
siljishiga sabab bo‘ladi, natijada esa sim uzunligining o‘zgarishi 
kompensatsiyalanadi. 
Buyuk Britaniya o‘zgaruvchan tok liniyalarida gazogidravlik 
kompensatorlar qo‘llaniladi. Bunday kompensator ichi moy va gaz(azot) 
bilan to‘ldirilgan silindr ko‘rinishidagi yasalgan bo‘lib, uning hajmi shunday 
tanlanganki, u gazogidravlik tizim bilan bog‘langan sim uzunligi o‘zgarishini 
kompensatsiyalay 
olsin. 
Gazogidravlik 
kompensatorlarning 
boshqa 


322
kompensatorlardan afzalliklariga ularning kontakt osmasi simlari tarangligi 
juda kichik diapazonda o‘zgarganda ham kompensatsiyay olishi; 
kompensator qurilmasi o‘lchamlarining nisbatan kichikligi (bu holat anker 
tayanchlarini normal o‘lchamlarda joylashtirish imkoniyatini beradi); kontakt 
osmasini berilgan taranglik bilan montaj qilishning qulayligi. Ammo 
gazogidravlik kompensatorlar tuzilishi jihatdan murakkab, harxi esa qimmat. 
Bundan tashqari, ular barcha holatlar uchun standart emas, chunki ularning 
parametrlari anker uchastka uzunligiga, kontakt osmasini yo‘lning to‘g‘ri 
yoki egri uchastkasida joylashganligiga va foydalanish mobaynida sim 
haroratining o‘zgarish diapazoniga bog‘liq bo‘ladi. 
6.48- rasm. Barabanli kompensator:
1 – buraluvchi kronshteyn; 2 – kompensatorni 
tayanchga mahkamlash mo‘ljallangan kronshteyn;
3 – asos; 4, 5 – tishli ilashmalar; 6 – buraluvchi 
rama; 7 – poperechina; 8 – har xil diametrli 
barabanlar; 9 – bir uchi kompensatsiyalanayotgan 
simga ulangan tortuvchi kanat; 10 – yukka ulangan 
kanat.
Ayrim mamlakatlar(Yaponiya, Germaniya)da prujinali va richag-
prujinali kompensatorlar ham qo‘llanilmoqda.
Kontakt simlari osilish strelasi o‘lchamlarining og‘ishi 
±10 𝑚𝑚
dan, 
ushlab turuvchi tros, ta’minlovchi, kuchaytiruvchi, qaytuvchi va so‘ruvchi 
simlarniki esa
±50 𝑚𝑚
dan oshmasligi lozim. Har bir tayanchlararo 
oraliqda atrof muhitning istalgan haroratida poyezdlar harakati tezligi 160 
km/s dan oshmaydigan t.y. uchastkalarida similar va troslar tarangligi 
ularning jadval va grafiklarda belgilangan qiymatlaridan 
±10 %
dan, 
poyezdlar harakati tezligi 160 km/s dan 250 km/s gacha bo‘lgan t.y. 
uchastkalarida esa bu kattalik
±5 %
dan oshmasligi lozim. Yangi simlarning 
mexanik mustahkamlik zahirasi koeffiyenti (sim uzilish mexanik 
kuchlanishining uni maksimal ishchi kuchlanishiga nisbati) kompensatorlar 
troslari uchun 4 dan, bo‘ylama ushlab turuvchi, fiksirlovchi troslar va 
bimetall ko‘ndalang ushlab turuvchi troslar uchun 3 dan, kontakt simlari, 
po‘latalyuminiy ko‘p tolali simlar, to‘lqinlar harakatlanadigan bimetall 


323
po‘latmis va po‘latalyuminiy sim tolalari uchun esa 2 dan kam bo‘lmasligi 
talab etiladi.
6.11- jadval 
Kontakt osmasi turi 
Kontakt simini ma’lum uzunlikdagi (m) tayanchlararo 
oraliq o‘rtasida osilish strelasi, mm 
Oraliq tayanchlararo 
oraliq 
O‘tish tayanchlararo 
oraliq 
40 
50 
60 
70 
40 
50 
60 
70 
Kompensatsiyalangan, 
ressorli, parametrlari 
yaxshilangan va harakat 
tezligi 161 dan 250 km/s 
gacha bo‘lganda (KC-250-25-
UZ) 
10 
15 
15 

10 
15 
15 

Kompensatsiyalangan va 
yarim kompensatsiyalangan, 
ressorli, hamda harakat tezligi 
91 dan 160 km/s gacha 
bo‘lganda (KC-160-25-UZ, 
KC-140 va KC-120) 
20
10
30
20
40
30
50
40
−30
−30
−20
−20
−20
−20
−20
−20
Kompensatsiyalangan va 
yarim kompensatsiyalangan, 
ressorli, hamda harakat tezligi 
71 dan 90 km/s gacha 
bo‘lganda (KC-140 va KC-
120) 
10
0
20
10
30
20
40
30
−20
−20
−10
−10
−10
−10
−10
−10
Yarim kompensatsiyalangan, 
oddiy tayanch torli va harakat 
tezligi 70 km/s gacha 
bo‘lganda (KC-70) 
30
20
40
30
50
40
70
60
10
0
20
10
20
10
20
10

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish