317
6.44- rasm. Seksiyalash posti uzgichlar bilan jihozlangan ikkita yo‘lli
uchastka tugunli ta’minlash sxemasi:
QA1
,
QA2
,
QB1
,
QB2
– A va B tortuvchi
nimstansiyalardagi uzgichlar;
QPA1
,
QPB1
,
QPB1, QPB2
- SP dagi uzgichlar.
S.p. da uzgichlar mavjudligi noselektiv himoyada quyidagi afzalliklarga
olib keladi: ulab-o‘chirishlar soni kamayadi, bu esa kommutatsion apparatlar
eskirish muddatini birmuncha oshiradi; shikastlanmagan uchastkalarni elektr
energiyasi bilan qayta ta’minlash tezlashadi, chunki postdagi sekin harakatga
keladigan motor yuritmali ajratkichlar ajratilishi va qayta ulanishiga vaqt sarf
bo‘lmaydi; shikastlanmagan uchastkalarni elektr energiyasi bilan
ta’minlanish ishonchliligi ortadi. So‘nggi afzallik quyidagicha izohlanadi:
QA1
uzgichni AQU qurilmasi yordamida qayta ulash muvaffaqiyatsiz
bo‘lganda
QA1
va
QPA1
uzgichlar bilan chegaralangan shikastlanmagan
uchastkadagi elektrovozlar manbasiz qolmaydi. Chunki ular elektr energiyasi
bilan
B
nimstansiyadan
muvaffaqiyatli ulangan
QB1
va
QB2
(yoki ularni
bittasi) hamda uzilmagan
QPA1
,
QPB1
,
QPB2
uzgichlar orqali ta’minlanadi.
Shuning uchun ham energodispetcherda vaziyatni baholash va
QA1
uzgichni
qayta ulash mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun vaqt yetarli
bo‘ladi.Tortuvchi nimstansiyalar va S.p. lari uzgichlarida o‘rnatiladigan
himoya xuddi selektiv himoya singari, ammo kutish vaqtisiz
amalga
oshiriladi. S.p. qurilmasi zavodda metall qoplama(kojux) ichida montaj
qilinadi va avvaldan tayyorlab qo‘yilgan poydevor ustida o‘rnatiladi.
2) Qarama-qarshi-konsol sxemasi bo‘yicha elektr energiyasi bilan
ta’minlayotgan avtoblokirovka yuqori kuchlanishli
liniyasida bitta
nimstansiya shikastlanganda butun liniyani elektr energiyasi bilan
ta’minlashni amalga oshirish hamda qisqa tutashish toklaridan himoyalash
uchun mo‘ljallangan elektrotexnik qurilma bo‘lib, yuqori kuchlanishli
liniyaning shoxobchalangan joyida o‘rnatiladi va moyli yoki vakuumli
318
uzgichlar joylashtirilgan yuqori kuchlanishli kameradan iborat bo‘ladi.
Istalgan bitta ta’minlash punkti uzilgandaS.p. uzgichi ulanadi va toksizlangan
yarim zona yondosh nimstansiyadan elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
S.p., odatda, liniyaning shikastlangan uchastkasini uzish uchun mo‘ljallangan
maksimal tokli himoya qurilmasi, zahirani avtomatik ulash qurilmasi, seksion
uzgich holati to‘g‘risida ma’lumot beruvchi signalizatsiya vositalari va b.
bilan jihozlanadi.
Yuqori tezlikli harakatda poyezdlarni neytral qo‘yilmadan muntazam
ravishda o‘tishda tokli yuklama rejimi inersiya rejimi bilan tez-tez almashinib
turadi. Bu esa elektr ta’minoti sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun
ham yuqori tezlikli liniya kontakt tarmog‘ining bir seksiyasidan boshqasiga
o‘tayotganda motorlarni manbadan ajratmaslik maqsadida maxsus avtomatik
almashlab ulagich qurilmasi qo‘llaniladi. Seksiyalarni
almashlab ulash
amalga oshiriladigan punktlari neytral qo‘yilma zonasida joylashtiriladi. Bu
punktlar seksiyalash postlari deb ham ataladi.6.45- rasmda Yaponiyaning
“Sinkansen” yuqori tezlikli temir yo‘l magistrallarida qo‘llanilayotgan
neytral qo‘yilmadagi seksiyalash posti sxemasi va uning ishlash algoritmi
keltirilgan.
6.45- rasm. Yaponiyaning “Sinkansen” yuqori tezlikli temir yo‘l
magistrallarida qo‘llanilayotgan neytral qo‘yilmadagi seksiyalash posti
sxemasi va uning ishlash algoritmi:
1-seksiyalash posti; 2, 3 – tezkor avtomatik
almashlab ulagichlar; 4, 11, 13 – topshiriq signallari ishlab chiquvchi tugunlardan; 5,6 –
energetik tizim turli fazalaridan ta’minlash zonalari; 7, 10, 12, 14 – zonalarni
ketma-ket
bosqichda bosib o‘tayotgan yuqori tezlikli poyezd; 8 – havoli izolyasion birikma; 9 –
drosselli tutashma.
319
Tortuvchi nimstansiyalarni loyihalash elektr tortish tarmog‘i seksiyalash
joylarini aniqlashdan boshlanadi. Bunda quyidagilar hisobga olinishi lozim:
1) poyezdlar berilgan harakat parametrlari uchun tortish va elektr hisob
ma’lumotlari; 2) yuqori kuchlanishli ta’minlash liniyasi ulanish nuqtalaridagi
quvvat miqdori va uning zaxirasi; 3) qurilmalar termik va dinamik
chidamliligini sinash uchun qisqa tutashish quvvatlari; 4) tok va
kuchlanishlar assimetriya koeffitsiyentlarining
ruxsat etilgan qiymatlari; 5)
yuqori garmonikalar ulushi; 6) reaktiv quvvatning kamayish bo‘sag‘asi; 7)
ta’minlovchi kuchlanish og‘ishining ruxsat etilgan qiymati; 8) aloqa liniyasi
kabellarining joylashish o‘rni va xarakteristikalari.
2x25 kV, 50 Hz tizimli yuqori tezlikli liniyalarda seksiyalash postlari
avtotransformator punktlari bilan birlashtiriladi (6.46- rasm).
6.46- rasm. 2x25 kV, 50 Hz tizimli yuqori tezlikli liniya (Fransiya)dagi
avtotransformator punkti bilan birlashtirilgan seksiyalash posti sxemasi:
A1,
A2 – 50/25 kV li avtotransformatorlar; IL1 – IL4 – ta’minlovchi liniya uzgichlari; T1 –
T4 – liniya ajratkichlari; IP – tutashtirgich uzgichi; TSA1, TSA2 – tortuvchi
nimstansiyaning o‘z ehtiyojlari transformatorlari
Neytral qo‘yilmali seksiyalash posti nimstansiyalararo zonani
ta’minlovchi energetik tizim har xil fazalaridan konsol ta’minotini amalga
oshirish imkoniyatini beradi.