Uo‘K: 53(072) kbk



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

5.129. Zahiraga avtomatik ulash
(Za.u.)
– Автоматическое 
включение резерва –The connection point of the passenger cars- 
elektr 
tarmoqlari va temir yo‘l transpoti tizimlaridagi eng muhim iste’molchilarni, 
birinchi navbatda signalizatsiya va markaziy blokirovka qurilmalarini zahira 
manbaga ulash uchun xizmat qiladi. Za.u. quyidagi asosiy talablarga javob 
berishi lozim: asosiy manba uzgichi avariyadan so‘ng, bexosdan yoki boshqa 
sabablarga ko‘ra ajratilishi natijasida iste’molchilar shinalarida kuchlanish 
bo‘lmay qolganda ishga tushishi; zahira manbani tarmoqqa faqat bir marta 
ulashi, ya’ni qisqa tutashish yuz bergan uchastkani u bartaraf etilmaguncha 
manbaga qayta-qayta ulamasligi; asosiy manba uzgichi zanjirni to‘liq 
uzmaguncha ishga tushmasligi.


233
5.130. 
Shuntlovchi 
liniyasi 
(
t.y. 
kontakt 
tarmog‘ining
)
 

Шунтирующая линия 
(
железнодорожной контактной сети
)
– Shunt 
line
(
rail contact network
) -t.y. kontakt tarmog‘ining o‘zaro yondosh 
bo‘lmagan seksiyalarini ulovchi elektr uzatish liniyasi . 
5.131. Shuntlovchi shtanga – Шунтирующая штанга
– 
Shunt rod –
Himoya vositasi
tushunchasiga qarang! 
5.132. 1,5 kV va 3 kV tortish tizimi– Тяговая система 1,5 kВ va 3 
kВ -The drive system 1.5 kV and 3 kV
- 1,5 kV va 3 kV kuchlanishli 
o‘zgarmas tok elektr ta’minoti tizimi (5.43-rasm).Elektr tortish tizimi 
kuchlanishi deganda uning elektr harakat tarkibi normal ishlashi uchun 
mo‘ljallangan nominal qiymati tushuniladi.
5.43-rasm. Elektrlashgan temir yo‘l uchastkasining 3 kV kuchlanishli 
o‘zgarmas tok elektr ta’minoti tizimi prinsipial sxemasi 
Bu kuchlanish kontakt tarmog‘ining ham nominal kuchlanishi hisoblanadi. 
Nimstansiya shinalaridagi kuchlanish odatda nominal kuchlanishdan 
10%
 ga 
ko‘p, deb qabul qilinadi. Shuning uchun ham 
3kV
kuchlanishli tizim 
nimstansiya shinalaridagi kuchlanish 
3,3kV

25kV
kuchlanishli tizim 
nimstansiya shinalaridagi kuchlanish esa 
27
,
5kV
ni tashkil etadi.
Tortish 


234
elektr ta’minoti tizimi ko‘pchilik hollarda 110(220) kV kuchlanishli 
shinalardanta’minlanadi. Shuning uchun ham elektr energiyasi tortuvchi 
nimstansiyaga chiqish kuchlanishi 10 kV bo‘lgan pasaytiruvchi 
transformatorlar orqali uzatiladi. Pasaytiruvchi transformator chiqish 
shinalariga tortuvchi transformator va o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka 
o‘zgartiruvchi to‘g‘rilagich o‘zaro ketma-ket ulangan o‘zgartkich agregati 
ulanadi. To‘g‘rilagich qurilmasi chiqish shinasidagi kuchlanish 3,3 kV ga 
teng. Ushbu shinalarning “musbat” qismasi kontakt tarmog‘iga, “manfiy” 
qismasi esa relsga ulanadi. 
O‘zgarmas tok tortish elektr ta’minoti tizimining 
o‘ziga xos prinsipial 
xususiyati 
shundan iboratki, elektr energiyasi tortuvchi motorga kontakt 
tizimi yordamida uzatiladi. Elektrovoz va elektropoyezdlar tortuvchi 
motorlarining nominal kuchlanishi 1,5 kV bo‘lib, ikkita tortuvchi motor 
o‘zaro ketma-ket ulanganda tortish tarmog‘idan 3 kV kuchlanish beriladi. 
3kV
kuchlanishli o‘zgarmas tok tortish elektr ta’minoti tizimi quyidagi 
afzalliklarga ega: 
1) kontakt tarmog‘i kuchlanishi tortuvchi motorlarga qo‘shimcha 
qurilma va o‘zgartkichlarsiz bevosita uzatiladi. Shuning uchun ham 
elektrovozlar nisbatan sodda tuzilishga ega; 
2) o‘zgarmas tok tortish yuklamasi uch fazali tashqi elektr ta’minoti 
tizimi uchun simmetrik yuklama hisoblanadi va shuning uchun ham bu 
yuklama tashqi uch fazali tizimda tok va kuchlanishlar nosimmetriyasini 
yuzaga keltirmaydi; 
3) o‘zgarmas tok tortish tarmog‘ining yondosh liniya va qurilmalarga 
elektromagnit ta’siri juda kam. 
Kamchiliklari: 
1) tortuvchi nimstansiyalar shinalaridagi nisbatan kichik kuchlanish (3,3 
kV) yondosh tortuvchi nimstansiyalar orasidagi masofani 15-20 km dan, yuk 
tortish ko‘lami katta bo‘lgan tog‘li profilli temir yo‘llarda esa 8-10 km dan 
oshirmaslikni talab qiladi. Bu esa elektr ta’minoti tizimi narxini va undan 
foydalanish xarajatlarini keskin oshishiga olib keladi; 
2) kontakt tarmog‘i simlari ko‘ndalang kesim yuzasining nisbatan 
kattaligi(sim yuzasi 400-600 mm
2
gacha etadi, o‘zgaruvchan tok tortish 
tizimida bu ko‘rsatkich 2-3 barobar kichik) birinchidan, rangli metall sarfini 
keskin oshirsa, ikkinchidan, kontakt tarmog‘i tayanchlariga beriladigan 
mexanik yuklamani ko‘paytiradi; 


235
3) kontakt tarmog‘i kuchlanishi miqdorining kichikligi va tokning 
nisbatan kattaligi tarmoqdagi elektr energiyasi isrofini 12-15% ga yetishiga 
olib keladi. Bundan tashqari, elektrovoz o‘zgarmas tok tortuvchi motorlari 
ishga tushirish reostatlaridagi elektr energiyasi isrofi ham taxminan 12 % ga 
yetadi; 
4) o‘zgarmas tok tortuvchi motorlari tezligini rostlash sxemalari 
(motorlarni qayta guruhlash, zanjirga reostatlarni ulash, qo‘zg‘atish 
chulg‘amlari sxemalarini o‘zgartirish) nisbatan murakkab; 
5) tortish tarmog‘i 110 (220) kV li tashqi elektr ta’minoti tizimiga 
ulanishida 110(220)/10 kV li oraliq pasaytiruvchi transformatordan 
foydalanish zaruriyati tug‘iladi; 
6) o‘zgarmas tok tortish tizimida relslardan yer ostiga tarqaladigan daydi 
toklar temir yo‘l atrofidagi inshootlar, shu jumladan kontakt tarmog‘i 
tayanchlari yer osti qismlarini tezkor ravishda korroziyaga uchrashiga sabab 
bo‘ladi; 
7) o‘zgarmas tok tortuvchi nimstansiyalardagi to‘g‘rilagich qurilmalari 
nisbatan kichik (0,88-0,92) quvvat koeffitsiyentiga ega va iste’mol 
qilinayotgan tok nosinusoidalligi bois 10 kV kuchlanishli shinalardagi elektr 
energiyasi sifat ko‘rsatkichlari yomonlashadi. 
Yuqorida keltirilgan kamchiliklar sababli “O‘zbekiston temir yo‘llari” 
AJ elektrlashgan temir yo‘llarida o‘zgarmas tok yordamida tortish tizimi 
qo‘llanilmaydi. Respublikamizda o‘zgarmas tok yordamida tortish tizimi 
shahar elektr transportlari (tramvay va metro)da qo‘llaniladi. 
O‘zgarmas tok temir yo‘llar elektr ta’minoti tizimlarida markazlashgan 
va taqsimlangan ta’minot sxemalari mavjud. Ushbu ikkita sxemaning asosiy 
farqi ulardagi to‘g‘rilagich agregatlari soni va quvvatni zaxiralash usuli bilan 
belgilanadi. Markazlashgan ta’minlash sxemasida tortuvchi nimstansiyadagi 
to‘g‘rilagich agregatlarining soni ikkitadan kam bo‘lmaydi. Taqsimlangan 
ta’minot sxemasida esa barcha tortuvchi nimstansiyalar bittadan to‘g‘rilagich 
agregatiga ega bo‘lib, tortuvchi nimstansiyalar orasidagi masofa qisqaradi. 
Birinchi sxemada zaxira uchun qo‘shimcha to‘g‘rilagich agregatlaridan 
foydalaniladi. Ikkinchi sxemada esa tortuvchi nimstansiya element va 
qurilmalari emas, balki tortuvchi nimstansiya zaxirada tutiladi. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish