Uo‘K: 53(072) kbk



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

5.135. 2x25 kV tortish tizimi

Тяговая система 2х25 kВ - Traction 
system 15 kV – 
2x25 kV kuchlanishli va 50(60) Hz chastotali, qo‘shimcha 
simga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan tok elektr ta’minoti tizimi bo‘lib, uning 
kontakt tarmog‘idagi nominal kuchlanishi 25 kV, qo‘shimcha simning 
kontakt tarmog‘iga nisbatan kuchlanishi esa 50 kV ni tashkil etadi. 
 
Bu elektr tortish tizimi o‘zgaruvchan tok tortish elektr ta’minoti 
tizimining bir ko‘rinishi bo‘lib, avtotransformatorli uch simli elektr 
ta’minotiga ega (5.45- rasm). Bu tizim birinchi marta 1913 yilda AQSHda 
qo‘llanilgan. 2x25 kV li tizim ham elektr energiyasini 110(220) kV li tashqi 
elektr ta’minoti tizimidan energiya taqsimlash qurilmalari orqali qabul qiladi. 
Bunda tortuvchi nimstansiyalarda ikki yoki uch chulg‘amli pasaytiruvchi 
P
Q

P
Q
5
,
1



240
(tortuvchi) transformatorlar o‘rnatiladi. Ikki chulg‘amli transformatorlar 
o‘rnatilganda 110(220) kV li yuqori kuchlanish 50 kV kuchlanishgacha 
pasaytiriladi. 
Tortuvchi 
nimstansiyada 
uchta 
tortuvchitransformator 
o‘rnatiladi. Ularning ikkitasi tortish tarmog‘iga ulanadi, uchinchisi esa 
zaxirada turadi. Bu ikkita transformator chulg‘amlari ochiq uchburchak 
sxemasida yig‘iladi.Ushbu transformatorlar chet chiqishlari orasidagi 
kuchlanish 50 kV, chet va o‘rta chiqishlari orasidagi kuchlanish esa 25 kV 
dan bo‘ladi (5.45-rasm).Transformatorlar elektr jihatdan o‘zarobirlashtirilib, 
5.45-rasm. Elektrlashgan temir yo‘l uchastkasining 2x25 kV kuchlanishli 
o‘zgaruvchan tok elektr ta’minoti prinsipial sxemasi:
TT1, TT2 – bir fazali 
pasaytiruvchi (tortuvchi) transformatorlar; 2 – liniya avtotransformator(LAT)lari; 3 – 
relslarni TT va LAT ikkilamchi chulg‘amlari o‘rta chiqishlari bilan ulanishi; 4 - 50 kV 
kuchlanishda quvvat oqimi; 5 - 25 kV kuchlanishda quvvat oqimi; 6 – elektrovoz. 
relslarga va 2x25 kVli taqsimlash qurilmasi orqali kontakt tarmog‘iga 
ulanadi. Bunda kontakt tarmog‘i tayanchlari bo‘ylab bo‘ylama fiderlar 
joylashtiriladi. Bitta yo‘nalish bo‘ylama fideri tortuvchi transformator bitta 
chiqishiga ulanadi, uning ikkinchi chiqishiga esa o‘sha yo‘nalish kontakt 
osmasi ulanadi. Fider bilan kontakt osmasi orasidagi kuchlanish 50 kV, fider 
bilan relslar, relslar bilan kontakt osmasi orasidagi kuchlanishlar 25 kV dan 
bo‘ladi. 
Bir fazali transformatorlardan iborat tortuvchi nimstansiya uch fazali 
transformatorlardan iborat tortuvchi nimstansiya bilan bitta kontur tarmog‘i 
bo‘ylab parallel ishlashi mumkin emas. Chunki, bir fazali transformatorlar 


241
tortish tarmog‘iga elektr uzatish liniyasining liniya kuchlanishlarini, uch 
fazali transformatorlar esa – faza kuchlanishlarini beradi. Bu kuchlanishlar 
vektorlari orasidagi faza siljish burchagi 30 . Ikki turdagi tortish (1x25 kV va 
2x25 kV) tizimlarini o‘zaro moslashtirish tortuvchi nimstansiyada amalga 
oshiriladi. Ushbu nimstansiya yelkasini 27,5 kV kuchlanish bilan ta’minlash 
uchun ikkita uch fazali transformator, uning boshqa yelkasini 55 kV 
kuchlanish bilan ta’minlash uchun ikkita bir fazali transformator o‘rnatiladi. 
1x25 kV va 2x25 kV tortish elektr ta’minoti tizimlari kontakt tarmoqlari 
neytral qo‘yilma bilan ajratiladi.
Yo‘lning 
har 
8-12 
kmda 
tortish 
tarmog‘i 
liniya 
avtotransformatori(LAT)ga ega bo‘lib, u bo‘ylama fider, kontakt osmasi va 
relslarni o‘zaro bog‘lab turadi. 25 kV kuchlanish elektr harakat tarkibiga 
avtotransformator orqali beriladi. Bu tizimning o‘ziga xos xususiyatlaridan 
biri shundan iboratki, unda 1x25 kV li tizimga mo‘ljallangan elektr harakat 
tarkiblari parkidan bemalol foydalanish mumkin. Bundan tashqari, tortish 
toki tortuvchi nimstansiyaga relslar orqali emas, balki kontakt simi bilan 
deyarli bir xil balandlikda joylashgan ta’minlovchi sim orqali tortish tokiga 
qarama-qarshi yo‘nalishda qaytadi. Bu holat kontakttarmog‘i tokini va tortish 
tarmog‘i to‘la qarshiligini uning induktiv tashkil etuvchisining kamayishi 
hisobiga kamayishiga olib keladi. Buning natijasida tortish tarmog‘idagi 
kuchlanish yo‘qolishi va quvvat isrofi kamayadi, elektrovoz tok qabul 
qilgichidagi kuchlanish miqdori esa ortadi, elektrlashgan temir yo‘lni 
yondosh liniya va qurilmalarga ko‘rsatadigan elektromagnit ta’siri 50 kV li 
ta’minlash simining ekranlovchi xususiyati hisobiga keskin susayadi. Aloqa 
liniyalarida induksiyalanadigan xavfli kuchlanishlar 11 martagacha, ularga 
halaqit qiluvchi ta’siri esa 6,5 martagacha kamayadi. Tortuvchi 
nimstansiyalar ta’minlash yelkalaridagi kuchlanishlarni mustaqil ravishda 
rostlash imkoniyati paydo bo‘ladi. 
2x25 kV li tizimda 50 kV li fiderlar va avtotransformatorlar hisobiga 
tortuvchi nimstansiyalar orasidagi masofani 80-90 km gacha uzaytirish 
imkoniyati yuzaga keladi. Bundan tashqari, temir yo‘llarning o‘tkazish 
qobiliyati sezilarli darajada oshadi. Iste’mol qilayotgan quvvat teng 
bo‘lganda tortish tarmog‘idagi tok ikki marotaba kamayadi. 
2x25 kV li tizim kamchiliklari sifatida LATlar o‘rnatilishi, tortuvchi 
nimstansiyalardagi transformatorlar sonini uchtagacha ortishi (bittasi doim 
zaxirada turadi), yuzasi kontakt simi yuzasiga teng va izolatsiyasi 25 kV 
0


242
kuchlanishga mo‘ljallangan ta’minlovchi fider mavjudligi, notortuvchi 
iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun alohida uch fazali 
transformator 
o‘rnatilishi 
hisobiga 
elektrlashtirishni 
nisbatan 
qimmatlashishini, kontakt tarmog‘i, ta’minlovchi fider va relslarga ulangan 
avtotransformatorlarda qo‘shimcha elektr energiyasi isrofi yuzaga kelishini, 
kontakt tarmog‘i va avtotransformatorlarni qisqa tutashish toklaridan himoya 
qilishni biroz murakkablashishini hamda kontakt tarmog‘iga texnik xizmat 
ko‘rsatishni qiyinlashishini va kuchlanishni rostlash jarayoni murakkabligini 
aytib o‘tish mumkin. Bundan tashqari, temir yo‘l uchastkalarida tortuvchi 
nimstansiyalar sonining kamayishi elektr uzatish liniyalaridagi toklar 
nosimmetriyasini ortishiga olib keladi, chunki “parma” sxemasini 
tugallangan siklini amalga oshirish qiyinlashadi.
Fransiya yuqori tezlikli temir yo‘l magistrallarida 2x25 kV, 50 Hz tizim 
qo‘llaniladi (5.46-rasm). Bunda nimstansiyalararo masofa 100 km gacha
5.46- rasm. Fransiya yuqori tezlikli temir yo‘l magistrallarida 2x25 kV , 50 
Hz li tortish elektr ta’minoti tizimi sxemasi:
TN – tortuvchi nimstansiya; ATP – 
avtotransformator punkti. 
uzaytirilishi mumkin, tortish tarmog‘ini yondosh inshootlar va aloqa 
liniyasiga ta’siri keskin kamayadi.Bunday tizim 1981 yilda Fransiyaning 
Janubiy-Sharqiy yuqori tezlikli magistralida qo‘llanilgan. Fransiyaning 
Atlantika yuqori tezlikli magistrali tortuvchi nimstansiyalarida bir fazali 
transformatorlar, liniyada esa avtotransformatorlar o‘rnatilgan. 
2x25 kV tortish elektr ta’minoti tizimi 400 kV kuchlanishli elektr uzatish 
liniyasidan ta’minlanadi. Tortuvchi nimstansiyalarda ikkita - ishchi va zaxira 
transformatorlar o‘rnatilgan. 
Har 
bir 
transformator 
yacheykasi 
60 
MVA 
quvvatli 
bitta 
transformatordan tashkil topgan bo‘lib, tabiiy moyli sovutish tizimiga hamda 


243
50 kV kuchlanish tomonidagi 12 kA gacha bo‘lgan qisqa tutashish tokini 
chegaralovchi reaktiv qarshilikka ega. 
Seksiyalash postlari va parallel ta’minlash punktlari har birining quvvati 
10 MVA bo‘lgan 50/25 kV kuchlanishli ikkita avtotransformator bilan 
jihozlangan. Seksiyalash postlarida neytral qo‘yilma qurilmasi ko‘zda 
tutilgan. Chunki, seksiyalash postiga tutashgan uchastkalardagi tok va 
kuchlanish faza jihatdan o‘zaro mos tushmaydi.
Yuqorida keltirilgan kamchiliklarga qaramay 2x25 kV kuchlanishli 
elektr tortish tizimi elektrlashgan temir yo‘llar ishida eng jadal tizimlardan 
biri hisoblanadi. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish