Uo‘K: 53(072) kbk



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

5.126. Yo‘l reaktori

Реактор путевой - The reactor track -
o‘zgaruvchan tok rels janjirlarida qarshilikni chegaralash uchun 
qo‘llaniladigan elektr apparat bo‘lib, ferromagnit o‘zakli induktiv g‘altak 
ko‘rinishida yasaladi. 
5.127. Yo‘lovchi tashuvchi vagonlar ulash punkti - Пункт 
подключения пассажирских вагонов – The connection point of the 
passenger cars
- tortish elektr ta’minoti tizimining liniya qurilmasi bo‘lib, u
yo‘lovchi tashuvchi vagonlar elektr isitish zanjirlarini tortish tarmog‘iga 
ulash uchun mo‘ljallangan.
5.128. Yo‘naltirilgan himoya 
(Y.h.)
 – Направленная защита – The 
partitioning of underground structures –
tortuvchi nimstansiya(TN)larda 
qo‘llaniladi va nafaqat qisqa tutashish(QT) toki yuzaga keleshiga, balki 
quvvat yo‘nalishiga ham reaksiya qiladi. Y.h.ni ishga tushirish organi bo‘lgan 
tok relesi va quvvat yo‘nalishi relesi amalga oshiradi hamda faqat QT yuz 
bergan liniya(yoki liniya qismi)ni manbadan ajratadi.
TNlar liniyalarining ishlash sharoitlariga qarab turli ko‘rinishdagi Y.h.lar 
qo‘llaniladi. Kutish vaqtisiz ko‘ndalang tokli differensial Y.h. TNlarni 
ta’minlovchi 10 va 35 kV li, har birida o‘zining uzgichi bo‘lgan parallel 
liniyalarda ishlatiladi. Quvvat yo‘nalishi relesi va tok relesi tok cnulg‘amlari 
liniyalardagi toklar farqiga, quvvat yo‘nalishi relesiga beriladigan kuchlanish 
esa nimstansiya shinasidagi kuchlanish transformatoridan olinadi. Bunda Y.h. 
ta’minlovchidan to TNgacha bo‘lgan liniyaning barcha qismini qamrab 
oladi. Manbadan ajratiladigan liniyani tanlash quvvat yo‘nalishi relesi 
tomonidan 
amalga 
oshiriladi, 
bunda 
tok 
chulg‘amlaridagi toklar 
yo‘nalishi(fazasi)ga qarab relening mos kontakti ulanadi. Agar bir 
tomonlama ta’sir etuvchi quvvat yo‘nalishi relesidan foydalanilsa, unda 
ikkita rele o‘rnatiladi va ularning har biri o‘zining liniyasini uzish uchun 
xizmat qiladi.
Nol ketma-ketlikli tok Y.h. liniya va shinalarni yerga bir fazali 
tutashishlarda himoyalash uchun ishlatiladi. TNlarni ta’minlayotgan 110-220 
kV li liniyalarda uch yoki to‘rt pog‘anali himoya o‘rnatiladi. Bunda quvvat 


232
yo‘nalishi relesining tok chulg‘mi yuqori kuchlanish neytraliga ulangan tok 
transformatoriga ulanadi. Uning o‘rnatma(ustavka)si yuklama toklari va 
tashqi QT toklari nobalansiga qarab sozlanadi. Otpaykali o‘zgaruvchan tok 
TNlarida quvvat yo‘nalishi relesining kuchlanish chulg‘mi 27,5 kV 
kuchlanishli shinadan ta’minlanayotgan kuchlanish transformatoriga ulanadi. 
6 va 10 kV li bir tomonlama ta’minlanayotgan yakka liniyalarda quvvat 
yo‘nalishi relesining tok chulg‘mi nol ketma-ketlikli tok transformatoriga, 
kuchlanish chulg‘mi esa chulg‘mlari ochiq uchburchak ulangan kuchlanish 
transformatorlariga ulanadi. 35 kV li bir tomonlama ta’minlanayotgan yakka 
liniyalarni himoyalashda himoya tok zanjirlari nol ketma-ketlikli tok filtriga 
ulanadi.
Nol ketma-ketlikli tok Y.h. sxemalarida sezgir ishga tushirish organlari 
qo‘llaniladi. Signalizatsiya, markaziy blokirovka (СЦБ) ni ta’minlayotgan 
yuqori kuchlanishli liniyalarda agar shinalarga kamida ikkita ulangan bo‘lsa,
unda ham xuddi shunday himoyalar o‘rnatiladi. Agar shinadan faqat bitta 
liniya ta’minlansa, u holda nol ketma-ketlikli kuchlanish maksimal qiymati 
bo‘yicha noselektiv himoya qo‘llaniladi. Distansion Y.h.dan o‘zgaruvchan 
tok kontakt tarmog‘i fiderlarini QT tokidan himoyalashning ikkinchi 
pog‘onasi sifatida foydalaniladi. U himoya birinchi pog‘onasini va 
seksiyalash posti himoyasini zahiralaydi. Himoyaning qo‘shni fiderdagi QT 
dan selektivligi quvvat yo‘nalishini aniqlovchi organ yordamida amalga 
oshiriladi. O‘z fideridagi yuklamadan himoya yuklama va QT rejimlarida 
turlicha bo‘lgan tok va kuchlanish orasidagi faza siljish burchagi bo‘yicha 
sozlanadi. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish