5.112. Tortish relsi
(T.r.)
– Тяговыйрельс -Rail traction
- temir yo‘i
elektrlashgan uchastkasi relsi bo‘lib, undan tortish toki o‘tadi hamda tortish
217
tarmog‘i elementi hisoblanadi. Avtoblokirovka rels zanjirining turi(bitta yoki
ikkita rels tolaligi)ga qarab tortish toki bitta rels tolasidan yoki ikkita rels
tolasidan o‘tkaziladi; ushbu holatga qarab relsning bitta yoki ikkala tolasi T.r.
hisoblanadi. Rels elektr zanjiri uzluksizligini ta’minlash maqsadida T.r.
o‘zaro payvandlanadi yoki relslarni elektr jihatdan ulagich bilan
birlashtiriladi.
5.113. Tortish tarmog‘i
(T.t.)
– Тяговаясеть -Electric-traction
netware
- tortish elektr ta’minoti tizimining bir qismi bo‘lib, u elektr
eenergiyasini bitta yoki bir nechta tortuvchi nimstansiyalardan t.y. elektr
harakat tarkibiga uzatish uchun xizmat qiladi, uning tarkibiga eng umumiy
holda ta’minlovchi, so‘ruvchi (qaytuvchi) va shuntlovchi liniyalar, kontakt
tarmog‘i va tortish rels tarmog‘i kiradi (5.36-rasm). Ayrim holatlarda T.t. ga
kontakt va(yoki) rels tarmoqlariga tarkibiga kiruvchi qo‘shimcha sim va
qurilmalar ham kiradi. T.t. murakkab elektr zanjiri bo‘lib, u simlar, rels
tarmog‘i va yerni o‘z ichiga olgan bir nechta konturlardan tashkil topadi.
T.t.dan elektr harakat tarkibiga yo‘nalgan tokkontakt tarmog‘i simlari
5.36-rasm. Tortish tarmog‘i asosiy elementlari.
orasida taqsimlanadi (5.37-rasm). Tok nimstansiyaga rels tarmog‘i, yer
va so‘ruvchi liniya orqali qaytadi. T.t.ning konturlari orasida yuzaga
keladigan o‘zaro induktiv bog‘lanish ta’sirida rels tarmog‘i-yer zanjirida uni
hosil qilgan kontakt tarmog‘i tokiga qarama-qarshi yo‘nalgan tok
induksiyalanadi. T.t.ning har bir kilometr uzunligiga to‘g‘ri keladigan
218
solishtirma aktiv qarshiligi
r
, induktivligi
L
va sig‘imi
C
uning asosiy
parametrlari hisoblanadi.
r
va
L
qiymatlari asosan tortish tarmog‘i tarkibiga
kiruvchi kontakt tarmog‘i simlari, rels tolalari va boshqa elementlarining
soni va xarakteristikalariga hamda yerning elektr o‘tkazuvchanligiga bog‘liq
5.37-rasm. Tortish tarmog‘i bo‘ylab toklarning o‘tish sxemasi:
1 – kontakt
tarmog‘i simlaridan o‘tuvchi toklar; 2 – relslardan o‘tuvchi tok; 3 – yerdan o‘tuvchi tok;
4 – rels tarmog‘i-yer konturida induksiyalangan tok.
bo‘ladi. Tokni relslardan uning uzunligi bo‘ylab yerga sirqib o‘tish
intensivligi relslar – yer zanjirining o‘tish qarshiligi bilan aniqlanadi va
shuning uchun ham
r
va
L
parametrlar qiymatlari T.t. uzunligi bo‘ylab
o‘zgarmas bo‘lmaydi: nimstansiyalar va elektr harakat tarkiblari yaqinida
ularning qiymatlari elektrlashgan t.y.ning nimstansiyalar va elektr harakat
tarkiblari orasidagi uchastkasi o‘rtasidagi qiymatlariga nisbatan kattaroq
bo‘ladi. O‘zgaruvchan tokda relslar magnit xossalari nochiziq bo‘lganligi
sababli yuqorida keltirilgan parametrlar qiymatlari relslardan o‘tayotgan tok
qiymatiga ham bog‘liq bo‘ladi.Solishtirma sig‘im
C
kontakt tarmog‘i
elementlarining geometrik o‘lchamlari va ularni yer yuzasiga nisbatan o‘zaro
joylashish o‘rni hamda izolyatsiya xarakteristikalari bilan aniqlanadi. Tortish
elektr ta’minoti tizimining asosiy ko‘rsatkichlari T.t. parametrlariga ko‘p
jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Kontakt tarmog‘i simlarining soni va markalari
turlicha bo‘lgan (50 Hz li) o‘zgaruvchan tok T.t.da solishtirma aktiv qarshilik
qiymati 0,14 – 0,20
Ω
𝑘𝑚
⁄
, solishtirma induktivlik esa 0,9 –
1,5
𝐻
𝑘𝑚
⁄
oraliqlarda o‘zgaradi. T.t.ning solishtirma sig‘imi 20
𝐹
𝑘𝑚
⁄
ga
yaqin.
219
Tortish elektr ta’minoti tizimining poyezdlarni o‘tkazish bo‘yicha
imkoniyati T.t.ning (undan uzoq yoki qisqa muddatda o‘tishi mumkin
bo‘lgan tokning ruxsat etilgan eng katta qiymati bilan aniqlanuvchi)
yuklanish qobiliyati bilan tavsiflanadi. Kontakt tarmog‘idagi similar umumiy
yuzasini yoki sonini oshishi T.t.ning yuklanish qobiliyatini ortishiga olib
keladi. Poyezdlar o‘lchamlari va massasini ortishi T.t.ni kuchaytirishni, ya’ni
uning yuklanish qobiliyatini oshirishni talab etagi. Buning uchun odatda
kontakt osmasiga qo‘shimcha ravishda kuchaytiruvchi sim osiladi. Bu sim
tokning ruxsat etilgan eng katta qiymatini 1,5 – 2 marta oshirish,
R
va
L
qiymatlarini kamaytirish (kuchaytiruvchi va kontakt simlari orasidagi masofa
qancha katta bo‘lsa,
L
shuncha kichik bo‘ladi) imkonini beradi.
O‘zgaruvchan tok t.y.ning ayrim uchastkalarida uning yondosh
kommunikatsiyalarga ko‘rsatadigan elektromagnit ta’sirini ancha(15
martagacha) kamaytirish talab etiladi. Bunday holatlarda T.t.da qaytuvchi
simga ega bo‘lgan so‘ruvchi transformatorlar o‘rnatiladi(4.38-rasm,
a
).
Bunday T.t. anker uchastkalar izolyatsion tutashmalari sonining ko‘pligi va
R
va
L
qiymatlarining kattaligi bilan faqr qiladi. Bunday T.t.lari
xarakteristikalarini yaxshilash so‘ruvchi transformatorlar transformatsiya
koeffitsiyentlarini tanlash, qaytuvchi simni tolalash(расщепление) va uni
tayanchlarda qulay(ratsional) joylashtirish bilan amalga oshiriladi. Yuklanish
qobiliyati yuqori bo‘lgan o‘zgaruvchan tok T.t.ning yondosh liniyalarga
elektromagnit ta’sirini kamaytirish maqsadida nimstansion zonada rels
tarmog‘i yoki maxsus yerlatgichga ulangan ekranlovchi simdan foydalaniladi
(5.38- rasm,
b
). ekranlovchi sim, odatda, kuchaytiruvchi sim bilan birgalikda
qo‘llaniladi va ikkaiasi ham kontakt tarmog‘i tayanchlarida osiladi. Kontakt
tarmog‘i va kuchaytiruvchi sim toklari ta’sirida ekranlovchi sim – yer
konturida uni induksiyalayotgan toklar yo‘nalishiga nisbatan qarama-qarshi
yo‘nalgan tok hosil bo‘ladi. Ekranlovchi sim kuchaytiruvchi sigma qancha
yaqin joylashgan bo‘lsa, induktivlik
L
va elektromagnit ta’sir shuncha
kattaroq darajada kamayadi. T.t. parametrlarini yaxshilash uchun undagi
kuchlanish oshiriladi. Bunga erishishning iqtisodiy jihatdan eng tejamkor,
elektr harakat tarkibi konstruksiyasini o‘zgartirmasdan va kontakt tarmog‘i
izolyatsiyasini kuchaytirmasdan yo‘li – bu ta’minlovchi sim kuchlanishini
kontakt tarmog‘i kuchlanishiga nisbatan oshirishdir. Tortuvchi
nimstansiyadan ta’minlovchi sim orqali uzatiluvchi yuqori kuchlanish
avtotransformatorlar yordamida elektr harakat tarkibi uchun talab qilingan
220
kuchlanishgacha pasaytirilgan holatda kontakt tarmog‘iga beriladi
(5.38-rasm,
c
). Bunday T.t.da ta’minlovchi sim bilan rels tarmog‘i, kontakt
tarmog‘i bilan rels tarmog‘i orasidagi kuchlanishlar 25 kV dan, ta’minlovchi
sim bilan kontakt tarmog‘i orasidagi kuchlanish esa 50 kV bo‘ladi(2x25 kV
tortish elektr ta’minoti tizimi).
5.38-rasm. Tortish tarmog‘i sxemalari:
a
- so‘ruvchi transformatorli sxema;
b
–
ekranlovchi simli sxema;
c
– ta’minlovchi sim va avtotransformator(o‘zgartgich)li
sxema; 1 - tortuvchi nimstansiya; 2 - so‘ruvchi liniya; 3 – rels tarmog‘i; 4 – qaytuvchi,
ekranlovchi similar va rels tarmog‘i orasidagi tutashtirgichlar; 5 - so‘ruvchi
transformatorlar; 6 – qaytuvchi sim; 7 - kontakt tarmog‘i; 8 – ta’minlovchi sim; 9 -
kontakt osmasi va kuchaytiruvchi sim orasidagi tutashtirgichlar; 10 - kuchaytiruvchi sim;
11 - ekranlovchi sim; 12 - ta’minlovchi sim; 13 – statik o‘zgartgichlar yoki
avtotransformatorlar.
221
Elektr energiyasining ko‘pchilik qismi ta’minlovchi sim orqali uzatilishi
tufayli kontakt tarmog‘i yuklamasi 1,5 – 1,8 marta,
R
va
L
qiymatlari esa 2,2
– 2,6 martaga kamayadi. 25 kV li tortish elektr ta’minoti tizimidan faqrli
o‘laroq 2x25 kV li tizimda tortish tokini tortuvchi nimstansiyaga asosan
relslar va yer orqali emas, balki ta’minlovchi sim orqali qaytadi. Buning
natijasida tizimning yondosh liniyalarga elektromagnit ta’siri qariyib 10
baravar kamayadi. Elektrlashgan t.y. uchastkasi T.t.ni kuchaytirish va
elektrlashtirilayotgan t.y. T.t. elementlarini tanlash uchun ularning texnik-
iqtisodiy ko‘rsatkichlari taqqoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |