Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Qadimgi Osuriya davri (mil.avv. II ming yillikning I



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

2. Qadimgi Osuriya davri (mil.avv. II ming yillikning I 

yarmi). Qadimgi Osuriya Mesopotamiyaning shimoliy-sharqiy 

yassi tog‘ligida Dajla daryosining yuqori qismida shakllandi. Bu 

g‘arbdan hudud shimoli – xettlar, janubi – sharqda xettlar, shu-

mer – bobilliklar bosqiniga muntazam uchrab turdi. Osuriya 

doimo qo‘shnilarning harbiy tazyiqiga uchragani uchun osurlar 

Old Osiyoda eng jangovar xalqqa aylandi. Dastlab ular ko‘ngilli 

qo‘shin tuzdilar va harbiy ko‘nikma hosil qildilar. 

Osur savdogarlari Kichik Osiyoda o‘zlarining bir necha 

tayanch savdo manzilgohlari (koloniyalar)ni barpo qildilar. 

Ularning orasidan qulay joyda joylashgan Ashshur asta-sekin 




145

Osuriyaning markaziga aylana bordi. Ashshur savdogarlari 

asosiy savdo yo‘llarida o‘rnashib qolish uchun o‘z koloniyala-

rini barpo qilishga harakat qilgan. U Kichik Osiyoning sharqiy 

qismini faol kolonizatsiya qilgan. Bu yerdan mis, qo‘rg‘oshin, 

kumush, chorva mollari, teri va yog‘och tashib ketilgan. 

Mil.avv. II ming yillik boshlarida qadimgi Osuriya markazi 

Ashshur bo‘lgan kichik hududni o‘z ichiga olgan edi. Ilk Osu- 

riya jamiyatida savdo yetakchi o‘rin egalladi. Qadimda Osuriya 

orqali Kichik Osiyo va Kavkazortidan Tigr daryosi bo‘ylab O‘rta 

va Janubiy Ikki daryo oralig‘i hamda Elamga, Sharqiy O‘rtayer 

dengizidan muhim savdo yo‘llari o‘tgan edi. Qadimgi Osuriya 

jamiyatida ibtidoiy quldorlik shakllangan bo‘lib, ibtidoiy jamoa 

qoldiqlari saqlanib qolgan. Podsho va ibodatxona yerlarida ja-

moachi va qullar mehnat qilgan. Yerning asosiy qismini jamoa 

yer egaligi tashkil qilgan. Qulchilikning asosiy manbalari mul-

kiy tabaqalanish natijasida erkin jamoachilarning qarzi uchun 

qul qilish va chetdan qul sotib olish bo‘lgan.

Mil.avv. XVI asrgacha Osuriya podsholari Alum-Ashshur, 

shahar-jamoa esa Ashshur deb atalgan. «Kichik va ulug‘lar» 

xalq yig‘ini o‘z ahamiyatini yo‘qota borgan. Hokimiyatning oliy 

organi – «Shahar uyi» boylardan tuzilgan oqsoqollar kengashi 

edi. Kengash a’zolari ichidan bir xil muddatga alohida lavozimli 

shaxs – «limmu» tayinla nib, u shahar xazinasini boshqargan. 

Uning nomi bilan joriy yil boshlangan. Oqsoqollar kengashi sud 

va ma’muriy ishlar bilan shug‘ullanadigan mansabdor shaxs 

– «ukulluma»ni tayinlagan. Shahar-davlatning merosiy hokimi 

«Ishshiakkum» lavozimi ham mavjud bo‘lib, u diniy vazifalar-

ni bajarib, ibodatxonalar qurilishiga rahbarlik qilgan. U urush 

vaqtida harbiy boshliq bo‘lgan. Mil.avv. XX asrda xalqaro vazi-

yat Osuriya uchun noqulay kelgan. Frot havzasida Mari davla-

ti yuksalib, Ashshurning g‘arb savdosiga jiddiy to‘siq bo‘lgan. 

Xett davlati Osuriya savdosini Kichik Osiyoda to‘xtatib qo‘ygan. 

Amoriy qabilalarini Ikki daryo oralig‘iga yurishlari ham vaziyat-

ni beqaror qilib, Osuriya savdosiga zarar yetkazgan.

  Faqat  mil.avv.  1781-  yillar  atrofida  amoriylardan  bo‘lgan 

yo‘lboshchi Shamshi-Adad Ashshur shahrini o‘zining Yuqori 

Mesopotamiyadagi davlati markaziga aylantirgan. Ashshur Ikki 

daryo oralig‘ining shimolidagi shaharlarni bosib oladi. Marini 

bo‘ysundirib, Karxemish bilan ittifoq tuzadi. Suriya shaharlari 

ham bosib olinadi. Ashshur g‘arb savdosida vositachilikni o‘z 

qo‘liga oladi. Davlat boshqaruvida podshoning mavqei kuchaya-




146

di. Shamshi-Adad davlat boshqaruvini bevosita o‘z qo‘liga olib, 

mutlaq hukmdor sifatida davlat boshlig‘i, oliy harbiy boshliq va 

sudya vazifasini o‘taydi. Boshqaruvni takomillashtirishga zaru-

riyat tug‘iladi. Mamlakat hududi, aholisi okruglarga bo‘linib, 

ularni boshqarish uchun noiblar yuboriladi. Mil.avv. 1757-yil-

da Shamshi-Adadning o‘g‘li Ishme-Dagan davrida Ashshurni 

Hammurappi bosib oladi. 

Mil.avv.  1740-yillar  atrofida  kassitlarning  Mesopotamiyaga 

hujumi davrida Shamshi-Adadning avlodlari hokimiyatni yana 

o‘z qo‘llariga oladilar. Ammo bu sulola tez orada hokimiyatni 

boshqalarga topshirishga majbur bo‘ladi. Lekin Shamshi-Adad 

sulolasi ning boshqaruvi Ashshur tarixining eng yorqin davri 

deb tan olingan. Keyinchalik Osuriya podsholari ro‘yxatida 

Shamshi-Adad va uning ajdodlari ham kiritiladi.

Mil.avv. XVI asrda Bobilda amoriylar sulolasi quladi va bu 

hududda kassitlar hukmronligi boshlandi. Mil.avv. 1500-yillar 

atrofida Mitanni davlati Shimoliy Suriya viloyatlarini bosib oldi 

va o‘z qudratining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Zaiflashib qolgan 

Osuriya Mitannining hokimiyatini tan olishga majbur bo‘ldi. 

Osuriya qudratli Mitannining tazyiqiga qarshi Misr bilan diplo-

matik aloqa o‘rnatdi. Ammo mil.avv. XV asr o‘rtalarida Mitan-

ni podshosi Shaushaattar Ashshurni bosib olib, uni Mitanni-

ga qaram qiladi. Mitanni Ashshurni g‘arbga chiqadigan savdo 

yo‘lidan butunlay mahrum qiladi. Keyingi asr boshlarida Osu-

riya o‘z mavqeyini tiklash uchun Bobil bilan yaqinlashib, Mi-

tanniga qarshi urush olib bordi. Lekin Bobilning hukmronligi-

ni tan olishga majbur bo‘ldi. Buning evaziga Mitanni zulmidan 

ozod bo‘ldi. Osuriya tez orada Bobilning zaiflashib qolganidan 

foydalanib, o‘z mustaqilligini to‘la qayta tikladi va bu hududda 

Bobilga qarshi o‘z ta’sirini o‘tkazish uchun harbiy harakatlarni 

boshladi. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish