lashgan Vassokanda shahari bo‘lgan. Mitanni podsholari oriy
141
«Xurri jangchilari podshosi» unvonlariga ega bo‘lganlar. Oriy
ma’budlari Indra, Mitra-Varuna va Nasati hukmron sulolalar-
ning homiy xudolari edi.
Bu davlat mil.avv. XVI–XV asrlarda Old Osiyo siyosatida
yetakchi o‘rinni egalladi. Misr, Xett davlatlari Mitanni bilan
hisoblashishga majbur bo‘ldi. Mitanni mil.avv. XVI asr oxiri-
da podsho Shuttarni I davrida Zagros va Nineviyadan Shimoliy
Suriyagacha bo‘lgan hududni egallab, ulkan davlatga aylandi.
Shu vaqtdan boshlab bir yuz ellik yil davomida Old Osiyoda Mi-
tannidan kuchli bo‘lgan qudratli davlat yo‘q edi. Mitanni kuchli
qo‘shinga ega bo‘lib, qo‘shin asosini qattiq intizomga bo‘ysun-
gan otliq qismlar tashkil etgan. Mitanni yuz yil davomida (mil.
avv. XVI asr oxiridan boshlab XV asr nihoyasigacha) qudratli
davlatga aylanib, Old Osiyoning eng kuchli davlatlari Misr va
Xettlar bilan raqobat qildi. Podsho Shuttarna davrida (mil.avv.
XVI asr oxiri) Mitanni hududi Zagros tog‘lari va Parratarna (mil.
avv. 1471-yillar atrofi) Misrning zaifligidan foydalanib, butun
Sharqiy O‘rtayer dengizini Kilikiyadan Markaziy Falas tingacha
bo‘lgan hududlarni egalladi. Mil.avv. XV asr o‘rtalarida Misr
bilan Mitanni o‘rtasidagi chegaralar Kadesh shahri atrofidan
o‘tgan. Taxminan mil.avv. XV asr o‘rtalarida Mitanni Suriya
uchun xettlar bilan to‘qnashdi. Podsho Ardadama xettlarni to‘la
yanchib tashlab, Mitanni chegaralarini Kichik Osiyodagi Tavr
va Yuqori Galisgacha cho‘zdi (mil.avv. XV asr oxiri). Bu davrda
Mitanni Misr bilan Mesopotamiya va Sharqiy O‘rtayer dengizi
havzasi uchun uzoq kurash olib bordi. Mil.avv. XV asrda xalqa-
ro vaziyat o‘zgarib, Misr bilan Mitanni o‘rtasida ittifoqchilik mu-
nosabatlari o‘rnatildi va sulolaviy nikohlar tuzildi. Tutmos IV va
Amenemxotep III Mitanni malikalariga uylandilar va Mitanniga
oltin va turli sovg‘a-salomlar jo‘natdilar.
Mil.avv. XIV asr boshlarida Mitannidagi sulolaviy nizo, saroy
fitnalari davlatni zaiflashtirdi. Saroy fitnasi natijasida o‘smir
Tushratti taxtga chiqdi. Tushratti Misr bilan uzilib bo‘lgan
diplomatik aloqani qayta tikladi, qizi Tado-Xebani Misr fir’avni
Amenxotep III ga turmushga berdi. Xett podshosi Suppilulum I
Mitanniga bostirib kirdi. Boshda Tushratti xettlarning hujumi-
ni qaytardi, lekin hukmronligining so‘nggi yillarida Suppilu-
lum I dan yengildi. Mitannining bir qismini xettlar zabt qildi-
lar, Tushratti qochishga majbur bo‘ldi va o‘ldirildi. Yordamga
chaqirilgan Osuriya hukmdori Ashshurballit I mamlakatning
sharqiy viloyatlarini anneksiya qildi. Shu vaqtdan Mitanni Shi-
142
moliy Mesopotamiyadagi kichik bir davlatchaga aylanib qoldi.
Uning ustidan nazorat qilish uchun osur va xettlar o‘zaro ku-
rash olib bordilar. Qachonlardir qudratli davlat bo‘lgan Mitanni
qoldig‘lari mil.avv. 1260-yilda Osuriya podshosi Salmanasar I
tomonidan tugatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: