5. Xett diplomatiyasi. Xettlarning tashqi siyosatida diplo-
matiya muhim o‘rin tutgan. Ular Kichik Osiyo va Old Osiyo ning
ko‘p davlatlari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatganlar. Bu alo-
qalar ko‘p hollarda maxsus shartnomalar bilan mustahkam-
langan. Xett arxivlarida Old Osiyoning boshqa mamlakatlari
arxivlariga qaraganda, bir necha marta ko‘p miqdorda diplo-
matik hujjatlar saqlanib qolgan. Xettlar boshqa mamlakatlar
bilan davriy ravishda elchilar orqali maktublar, sovg‘a-salomlar
almashib turganlar. Davlatlar o‘rtasidagi aloqalar sulolaviy ni-
koh shartnomalari bilan mustahkamlangan.
Podsho devonxonasida xalqaro aloqalarga maxsus muas-
sasa rahbarlik qilgan. Bu yerda elchilar, tarjimonlar, mirzolar
ishlagan va shartnomalar matnlari tuzilgan. Shartnomalar,
odatda, ikki tilda: biri xett tili, ikkinchisi akkat tilida tuzilgan.
Davlatlararo shartnomalar matnlari podsho oldidagi kengash-
da muhokama qilingan. Shartnomalarga podsholar muhrlari
tushirilgan. Matnlar loy, metall (kumush, jez, temir) taxtacha-
larga bitilgan. Shartnomalar matnlari yozilgan taxtachalar
mamlakatning oliy xudolari haykallari oldida saqlangan. Chun-
ki xudolar shartnomaning bosh guvohlari sifatida kim uni buz-
sa, jazolash huquqiga ega bo‘lganlar.
138
Xettlarning xalqaro shartnomalarining ko‘pchiligida Xett
qo‘shinlarining harbiy g‘alabalari mustahkamlangan. Shu sa-
babli, ularda ko‘p hollarda tomonlarning o‘zaro munosabatlari
teng huquqda bo‘lmagani ko‘rinadi. Xett podsholari ko‘pin-
cha qaram davlatni o‘lpon to‘lashga majbur qilganlar. O‘lpon
to‘lovchilar har yili Xett podshosi oldiga kelishga, qaram davlat
hududida joylashtirilgan Xett garnizonlariga g‘amxo‘rlik qilish-
ga, birinchi chaqiriq bilan Xett hukmdoriga qo‘shin bilan yor-
damga kelishga majbur qilinganlar.
Qaram davlat har yili (ba’zida yilida uch marta) shartnoma-
ni o‘qishga majbur bo‘lgan. Qaram mamlakat hukmdorining
o‘g‘illari, nevaralari va evaralari shartnomaga rioya qilishlari
shart qilib qo‘yilgan. Xett diplomatik amaliyotining o‘ziga xos
xususiyatlaridan biri xettlarning sulolaviy nikohlariga jiddiy
e’tibor berganlaridir. Xett podsholari o‘z qizlari va opa-singilla-
rini boshqa podsholarning nikohiga berishga harakat qilganlar.
Bu nikohlar har ikki tomonning o‘zaro munosabatlari barqa-
ror bo‘lishini ta’minlagan. Xettlar Xett malikalari turmushga
chiqqanda, albatta, bosh rafiqa bo‘lishi shartnomada alohida
qayd qilingan. Sulolaviy nikohlar vositasida Xett podsholari
boshqa davlatlarda o‘z ta’sirlarini mustahkamlaganlar. Bun-
dan tashqari, chet davlat taxtining qonuniy vorislari hukmdor-
ning bosh rafiqasi o‘g‘illari bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |