11-AMALIY MASHG'ULOT. “XO„JALIK YURITUVCHI SUBEKTLAR
FAOLIYATINI DAVLAT TEKSHURUVI TO„GRISIDA”GI QONUNINI TAXLIL QILISH
VA MUNOZARA YURITISH.
1998 y. da qabul qilingan “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tekshiruvi
to’g’risida” qonunning maqsadi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar (tekshiruv sub’ektlari) va davlat
tekshiruvini amalga oshiruvchi tashkilotlar (tekshiruvchi idoralar) o’rtasidagi
munosabatni
tartibga solishdan iborat.
Qonunda tekshiruv sohasidagi asosiy tushunchalar keltirilgan:
Tekshiruvchi idoralar
– xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tekshiruviga
qonun bo’yicha vakolatlangan Vazirliklar va mahkamalar;
Tekshirish –
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bularning
faoliyatini tartibga
soluvchi qonunlar va boshqa qonun hujjatlarini bajarilayotganligini tekshiruvchi idoralar
tomonidan o’tkaziladigan bir yo’la tekshiruv;
Nazorat sifatida tekshirish
- xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bundan avvalgi
tekshirishda aniqlangan buzilishlarni bartaraf etganligini tekshiruv
idoralari tomonidan
tekshirish.
Tekshirishning asosiy printsiplari:
– tekshiruvchi idoralar faoliyatining qonuniyligi, ob’ektivligi va oshkoraligi;
– yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
– xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatiga aralashmaslik .
Tekshiruvchi
idoralarning
faoliyati
Tekshiruvchi
idoralarning
faoliyatini
muvofiqlashtirsh bo’yicha Respublika kengashi va Kengashning hududiy komissiyalari
tomonidan yillik (kvartal) reja-grafik asosida muvofiqlashtiriladi
Respublika kengashining asosiy vazifalari:
– tekshiruvchi idoralarning faoliyatini
muvofiqlashtirish;
– muvofiqlashtiruvchi tekshiruv rejalarini ishlab chiqish;
– tekshiruvchi idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish rejalariga rioya qilish qismida
tekshirish;
– rejadan tashqari tekshirishlarni Kengash va uning hududiy idoralar bilan kelishishmay
o’tkazish hollarini yo’qotish.
Rejali tekshirishni o’tkazish uchun quyidagilar asos bo’ladi:
– muvofiqlashtirish rejasidan ko’chirma;
– tekshirish maqsadi, tekshirishni o’tkazish sanasi va tekshiruvchi
lavozimli shaxslar
tarkibi ko’rsatilgan tekshiruvchi idora buyrug’i;
– tekshirishni o’tkazish rejasi.
Tekshiruvchi idoralarning lavozimli shaxslari egallagan lavozimiga muvofiqligi bo’yicha
har yili attestatlashdan o’tishi va belgilangan namunadagi maxsus guvohnomasi bo’lishi lozim.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni reja bo’yicha tekshirish yilda ko’pi
bilan bir marta
o’tkaziladi. Me’yorlar va qoidalarni bajarayotgan, bu to’g’rida auditorlarning har yillik
hulosalariga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, odatda, ikki yilda ko’pi bilan bir marta
tekshiriladi.
Tekshirish muddatlari 30 kalendar kundan oshmasligi kerak. Ayrim xollarda muddatlar
Respublika kengashi yoki uning hududiy idorasi tomonidan cho’zilishi mumkin.
Rejadan tashqari tekshirishlar Respublika kengashi yoki uning hududiy idorasining qarori
asosida o’tkaziladi.
Rejadan tashqari tekshirishlar uchun quyidagilar asos bo’ladi:
– O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori;
– xo’jalik yuriguvchi sub’ekt tomonidan qonun hujjatlarining buzilganligi to’grisida
qo’shimcha dalillar aniqlanganda;
– favqulodda vaziyatlarning sodir bo’lishi
oldini olish;
– sanitariya-epidemiologik vaziyat murakkablashganda;
– chet mamlakatlardan yuqumli kasalliklar kirishi va tarqalishi extimoli paydo
bo’lganda.
Tekshirish idoralari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga aralashish huquqiga ega
emas.
Nohuquqiy qarorlar yoki tekshiruvchi idoralar lavozimli shaxslarining boshqa xarakatlari
natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektga yetkazilgan ziyon belgilangan tartibda to’latiladi.
Tekshiruvchilarning harakatlariga norozilik sud yoki
tekshiruvchi yuqori idoraga
topshiriladi. SHikoyat topshirish tekshiruvchilarning ishini to’xtatmaydi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirish tartibi to’g’risidagi Nizom bo’yicha
tekshirishlarni ro’yxatga olish Kitobi joriy etilgan. Bu Kitob betlari raqamlangan, tikilgan, muhr
bilan bir-biriga biriktirilgan bo’lishi lozim. Tekshirishlarni ro’yxatga olish Kitobi tekshirish
boshlanishi oldidan va tekshirish tugallangandan keyin tekshiruvchi idora va xo’jalik yurituvchi
sub’ektning lavozimli shaxslari tomonidan to’latiladi.