RIM RESPUBLIKASINING IJTIMOIY-SIYOSIY PAROKANDA
BO‘LISHI VA RESPUBLIKANING QULASHI
1. Rim respublikasining parokanda bo‘lishi. 2. Sulla dik-
taturasining o‘rnatilishi. Spartak boshchiligidagi qullar
qo‘zg‘oloni. 3. Pompeyning Sharq yurishlari. I triumvirat.
4. II triumvirat. Respublikaning qulashi.
1. Rim respublikasining parokanda bo‘lishi. Rim respub-
likasi tuzumining parokanda bo‘lishi siyosiy hayotning o‘zga-
rishida yaqqol ko‘rindi. Alohida shaxslar, butun-butun gu-
ruhlarning siyosiy faoliyatining asosiy maqsadi hokimiyat yoki
boylikka erishish edi.
Pretor yoki konsul mansabini egallash uchun shahar kam-
bag‘allarining ovozi asosiy rol o‘ynar edi. Shu sababli, lavozim-
ga nomzodlar ularni o‘z tomonlariga ag‘darib olish uchun non,
vino yoki moy tarqatish bilan ko‘p xarajat talab qiladigan o‘yin-
lar, bayramlar uyushtirar edilar. Hatto saylovlarda bevosita
saylovchilarning ovozi sotib olinar edi. Nomzodlar va saylovchi-
lar o‘rtasida vositachilar bo‘lib, ular nomzod mablag‘idan say-
lovchilarga pul va non, may tarqatib, ularning ko‘nglini olgan-
lar. Saylovlarga nomzodlar oldindan tayyorgarlik ko‘rib, o‘z ta-
nish-bilishlari, obro‘-e’tiborli kishilarning qo‘llab-quvvatlashiga
erishishga harakat qilganlar.
Nomzodlar saylovlar kompaniyasi davrida o‘zlariga ittifoqchi-
lar izlab, turli xil kelishuvlar va murosalarga kelar edilar. Siyo-
siy kurash nutqlar so‘zlash, varaqalar tarqatish va sud da’vo-
lari bilan amalga oshirilar edi. Siyosiy raqiblarga qarshi turli
xil sud jarayonlari qo‘zg‘atilar va siyosiy raqib turli yo‘llar bilan
obro‘sizlantirilar edi.
Rim respublikasining so‘nggi davrida poraxo‘rlikning avj oli-
shi, korrupsiya, ma’naviy-axloqiy buzuqlik respublika ijtimoiy
hayotining aynishidan dalolat berar edi. Nobillar va suvoriylar-
ga shaharning quyi tabaqalari o‘z ovozlarini saylovlarda sotish-
lari odatiy hol bo‘lib qoldi. Hatto Rimning tashqi dushmanlari
ham Rim lashkarboshi va siyosatchilarini sotib olishga mu-
vaffaq bo‘ldilar. Yugurta o‘ziga qarshi urushga yuborilgan rim
lashkarboshilariga pora berib, ularni uzoq vaqt keskin urush
harakatlari olib borishdan tiyib turgan edi. Numidiya podsho-
523
si (hozirgi Mavritaniya hududi) Yugurta Rimdagi poraxo‘rlik
to‘g‘risida mashhur so‘zini aytgan edi: «Rim sotqin shahar, kim-
ki uni sotib olishni istasa, unga albatta erishadi». Rim respub-
likasida oliy darajadagi amaldorlar uchun pora olish odatdagi
hol bo‘lib qoldi. Misr podshosi Ptolemey Avlet taxtga o‘z huquqi
tan olinishi uchun Sezar va Pompeyga 6000 talant miqdorida
pora bergan edi. Suriyadagi noib Avl Gabiliy Ptolemeyni taxt-
ga chiqarish uchun 10000 talant to‘lagan. Korrupsiya Rim su-
dini ham chetlab o‘tmadi. Rimliklar Rimda mil.avv. 74-yilda-
gi shov-shuvga aylangan sud ishini uzoq vaqt eslab yurdilar.
Sudyalarning biri sudda boshqa sudyalarga taqsimlab berish
uchun ayblovchi va ayblanuvchidan ham pora olgan edi.
Rim respublikasi hukmronligining so‘nggi yarim asrida
sudxo‘rlik kapitali, moliyachilar va bankirlarning soni ko‘pay-
di. Sudxo‘rlik bilan nafaqat suvoriylar, balki qonun bo‘yicha
rasmiy taqiqlangan bo‘lsa-da, senatorlar ham boshqalar vo-
sitachiligida shug‘ullandilar. Rimga qaram bo‘lgan jamoalar,
shaharlar, hatto podsholiklar ma’muriyati amalda moliyachi-
lar va sudxo‘rlar bilan birgalikda mahalliy aholini talar edilar.
Rimda provinsiyalar noiblari va boshqa mansabdor shaxslar-
ning poraxo‘rliklariga oid sud ishlari odatdagi hol bo‘lib qoldi.
Provinsiyalarni talab, boyib qaytgan noiblar to‘g‘risida «Rim-
dan boy provinsiyaga qashshoq bo‘lib ketdi, qashshoq provin-
siyadan boy bo‘lib qaytdi» degan ibora tez-tez ishlatiladigan
bo‘ldi. Provinsiyalarning talanishi, foydali moliya operatsiyalari
natijasida Rimda bu ish bilan shug‘ullanadigan kishilar qo‘lida
juda katta boylik to‘plandi. Rimliklarning oldingi ajdodlari bun-
day boylikni tushlarida ham ko‘rmagan edilar. Bu hali chegara
emas edi.
Mashhur patritsiy Lukullning boyligi 100 mln sestertsiy,
Krassning boyligi 200 mln sestretsiyga baholangan. Mashhur
notiq va siyosiy arbob Sitseronning boyligi 100 ming sestert-
siyga yaqin edi. Rimda 100 ming sestertsiy daromad qilmagan
kishini boy deb hisoblamas edilar. Juda katta boylikka ega
bo‘lish bilan birga, Rimda juda ko‘p zodagonlar qarzga botgan
edi. Qarz majburiyatlarining o‘sishi narx-navoning tez ko‘tarilib
ketishiga, siyosiy vaziyatning beqaror bo‘lishiga olib keldi. Rim
zodagonlari, siyosiy arboblar jamoa oldida obro‘sizlanmaslik
uchun juda katta sarf-xarajat qilishga majbur edilar. Oila ham
patriarxal ahamiyatini yo‘qotdi. Ayollar endi erga bo‘ysunish-
dan bosh torta boshladilar. Nikoh ko‘p holatlarda siyosiy maq-
524
sadlarni ko‘zlab tuzila boshlandi. Rim ayollarining o‘z erlariga
nisbatan xiyonati, buzuqligi odatdagi hol bo‘lib qoldi.
Qulchilik munosabatlarida ham bir qancha o‘zgarishlar ro‘y
berdi. Mil.avv. I asrning I yarmidan ba’zi qullar ozod qilina
boshlandi. Qul mehnati foydasiz ekanligi yaqqol ko‘rindi. Ozod
qo‘yilgan qullar tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, ularning ayrim-
lari juda katta boylik, ko‘chmas mulk to‘pladilar.
Rim aslzoda patritsiylar respublikasi edi. Senat a’zolari, kon-
sullar, oliy amaldorlar, odatda, eng boy Rim oilalaridan sayla-
nar edi. Konsul hokimiyati rimliklarning o‘zlari aytganlaridek,
eng boy patritsiy oilalar o‘rtasida «qo‘ldan qo‘lga» uzatilar edi.
Patritsiy oilalarning qarshiligi tufayli oddiy nomzod konsul say-
lovlarida juda kam 20-30 yilda bir marta g‘olib bo‘lar edi. Aslzo-
dalar bunday g‘olibni mensimasdan «yangi odam» deb aytar
edilar. Italiyadagi ko‘p shaharlar, hududlar Rim davlati tarkibi-
da bo‘lsalar ham ular ittifoqchilar hisoblanib, Rim fuqarosi hi-
soblanmas edilar. Mil.avv. 90-yillarda Italiya aholisi fuqarolik
huquqini talab qilib, qo‘zg‘olon ko‘tardi (mil.avv. 90–88-yillar).
Bu urush natijasida Italiya aholisi fuqarolik huquqini oldi.
Italiyada ittifoqchilar urushi tugamasdan Rimda birinchi
fuqarolar urushi boshlandi. Ikki lashkarboshi zodagon Lutsiy
Korneliy Sulla va oqsuyak zodagonlar uchun begona bo‘lgan
«yangi odam» Gay Mariy o‘rtasidagi nizo urushning boshlani-
shiga bahona bo‘ldi. Gay Mariy lotin shaharchasi Arpin yaqi-
nidagi suvoriy oilasidan bo‘lib, qattiqqo‘l, adolatli odam edi. U
harbiy xizmatni sidqidildan o‘tab, konsullik lavozimiga yetti
marta saylandi. Mariy birinchi konsulligi davrida harbiy islohot
o‘tkazdi. Ilgari 17 yoshdan 45 yoshgacha barcha Rim fuqarolari
urush vaqtidagina harbiy xizmatga chaqirilar va o‘z hisoblari-
dan qurol-yarog‘ olar edilar. Gay Mariy qo‘shinga kambag‘allarni
ham qabul qilishga ruxsat berdi. Endilikda askarlar davlat hi-
sobidan qurol-yarog‘, davlat xazinasidan maosh oladigan bo‘ldi-
lar. Harbiy xizmat muddati 16 yil deb belgilandi. Shu tarzda
Rim ko‘ngillilar qo‘shini muntazam qo‘shinga aylandi. Legioner
endi o‘zini fuqarodan ko‘ra askar deb hisobladi. Askarlarning
moddiy ahvoli davlatga va lashkarboshining saxiyligi, omadi
chopishiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Asta-sekin lashkarboshilarning
buyrug‘i, davlat hokimiyati obro‘sidan ko‘ra muhim bo‘la bosh-
ladi. Qo‘shinning Rim siyosiy hayotidagi mavqeyi kuchaydi.
Gay Mariyning raqibi Lutsiy Korneliy Sulla patritsiy oilasidan
kelib chiqqan edi.
525
Do'stlaringiz bilan baham: |