Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

2. Agrar masala. Sitsiliyadagi qullar qo‘zg‘oloni Rim jamiya-

tining ichida va butun mamlakat miqyosida kuchli ziddiyatlar 

mavjudligining belgilaridan biri bo‘ldi. Quldorlik munosabatla-

rining keng tarqalishi, dehqonlarning yersizlanishi,



 xonavayron 

bo‘lishining ommaviy tus olishi ijtimoiy qarama-qarshiliklarni 

yanada kuchaytirdi.

Hukmron tabaqaning uzoqni ko‘ra oladigan vakillari dav-

lat va  uning harbiy kuchini mustahkamlash maqsadida Rim 

qo‘shinlarining asosini tashkil etgan dehqonlar ahvolini yax-

shilash zarurligini tushunar edilar. Shu maqsadda yirik yer 

egalari qo‘lida to‘planib qolgan ortiqcha jamoa yerlarining bir 

qismini yersizlarga va muhtojlarga taqsimlash taklif qilindi. 

Ammo nobillar va katta yer egalari hal qiluvchi rol o‘ynagan 

senat yerni qayta taqsimlashga keskin qarshilik ko‘rsatar edi. 

Agrar islohotlarni o‘tkazish uchun Rimda harakat boshlandi. 

Taniqli plebey urug‘i Semproniylardan bo‘lgan mashhur Sisi-

pionning nevarasi, otasi ikki marta konsul bo‘lgan senzorning 

o‘g‘li 28 yoshli Tiberiy Semproniy Grakx agrar islohotlarni o‘tka-

zish uchun keskin kurash boshladi. Mil.avv. 133-yilda Tiberiy 

Grakx xalq tribuni lavozimiga saylanib, o‘z agrar qonun loyiha-

sini taklif qildi. Bu qonun loyihasi bo‘yicha yerga egalik qilish 




513

500 yugergacha cheklanib, agar oilada ikki voyaga yetgan o‘g‘il 

bo‘lsa, har bir oila 1000 yugergacha yerga ega bo‘lishi mum-

kin edi. Qolgan ortiqcha yer pul mablag‘i bilan kompensatsiya 

qilish asosida davlatga qaytarilishi kerak edi. Yangidan tashkil 

etilgan yer jamg‘armasi 30 yuger (7,5 ga.) miqdorida chek yerga 

bo‘linib, yersiz va kam yerli fuqarolarga merosiy ijara huquqi-

da taqsimlanishi kerak edi. Ularning egalari xazinaga uncha 

ko‘p bo‘lmagan miqdorda soliq to‘lashlari lozim edi. Qishloqda-

gi kichik ishlab chiqaruvchilarning yersizlanishi va xonavayron 

bo‘lishini to‘xtatish maqsadida davlatdan olingan yerlarni sovg‘a 

qilish yoki sotish taqiqlangan. Qonun loyihasi qabul qilindi. Is-

lohotni amalga oshirish uchun tarkibida Tiberiy va uning ukasi 

Gay bo‘lgan komisiya  tashkil etildi. Islohotga qarshi bo‘lgan 

senat tashkiliy xarajatlarga pul mablag‘i berishdan bosh tortdi. 

Tiberiy senatga qarshi bo‘lgan yana bir qonunni komisiyalarda



 

qabul qilinishiga erishdi. U agrar komisiyaning ehtiyoji uchun 

vafot etgan Pergam podshosi Attal III ning xazinasini berishga 

erishdi. Tiberiy Grakxning islohotchilik faoliyatiga qarshi kuch-

li qarshilik boshlanib, uning dushmanlari navbatdagi saylovlar 

paytida Tiberiy va uning tarafdorlarini o‘ldirdilar. 

10 yil o‘tgach, islohotlar dasturini Tiberiyning ukasi Gay 

Grakx taklif qildi. Gay Grakx agrar sohada emas, sud, ma’muriy 

tizim, qo‘shin va pul tizimida qator islohotlarni tizimli amalga 

oshirdi. Bir qancha tadbirlar shahar plebey foydasiga o‘tkazildi 

(arzon non sotish) va suvoriylar toifasidan provinsiya noiblari 

suiiste’mollarini ko‘radigan sud komisiyalari tashkil etildi. 

Lekin shahar plebeyning katta qismi va suvoriylar agrar is-

lohotlardan manfaatdor emas edilar. Buning ustiga provin-

siyalarga qishloq xo‘jalik koloniyalarining tashkil etilishi su-

voriylarning noroziligiga olib keldi. Gay Grakxning Italiyaning 

Rimdan tashqari hududlari aholisiga fuqarolik huquqini berish 

niyati Rim plebsini unga qarshi bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Plebey 

o‘z imtiyozlari va o‘zlari oladigan xayr-ehsonni boshqalar bilan 

baham ko‘rishni istamas edi. Gay Grakx islohotchilik faoliyati-

da jamiyatning turli xil tabaqalariga tayandi. Uning raqiblari 

mil.avv. 122-yildagi saylovda uning qayta saylanishiga yo‘l ber-

madilar. Ommaviy to‘qnashuvda Gay Grakx va uning tarafdor-

lari halok bo‘ldi. Uning o‘limidan so‘ng agrar qonunni hech kim 

bekor qilishga botina olmadi. Lekin yerlarni taqsimlovchi komi-

siya  tugatildi va yer berish to‘xtatildi. Mil.avv. 111-yildagi agrar 

islohot ilgari 500 yugergacha egallangan yerlarni va islohotlar 



514

natijasida 30 yugerlik yerlarni o‘z egalariga xususiy mulk sifa-

tida qonunlashtirdi. 

Islohotchi aka-uka Grakxlarning tizimli amalga oshirgan 

ko‘pgina tadbirlari eng jiddiy natijalarga olib keldi. Gay Grakx 

o‘limidan so‘ng, oligarxiya o‘z mavqeyini qisman tikladi. Suvoriy-   

lar sud ishlarini o‘z qo‘llarida saqlab qoldilar. Agrar islohot o‘tka-

zish to‘xtatildi. Mil.avv. 121-yilda agrar islohotlar natija sida 

olin gan yer ulushlarini begona qilmaslik bekor qilindi. Mil.avv. 

119-yilda agrar komisiya  faoliyati to‘xtatildi. Mil.avv. 111-yilda 

plebey tribuni Spuriy Toriy qonuniga asosan fuqarolar ijara-

ga olgan 500 yugergacha bo‘lgan barcha davlat yerlari xusu-

siy mulk deb e’lon qilindi. Italiyada tashkil topgan 10 ming lab 

dehqon xo‘jaliklar o‘nlab yillar mavjud bo‘ldi. Shahar plebsiga 

tarqatiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining miqdori o‘sdi. Ple-

bey Grakxlar faoliyati senatda va siyosiy hayotda nobil larning 

yagona hukmronligiga putur yetkazdi.

Aka-uka Grakxlarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatlari natijasida 

Rimda senat, suvoriylar va barcha boy toifalarning optimatlar 

partiyasi va nobillarga qarshi turgan plebey demokratiyasining 

populyarlar partiyasi paydo bo‘ldi. Populyarlar va optimatlar 

atamasini birinchi bo‘lib mil.avv. 63-yilda notiq va siyosiy ar-

bob Sitseron ishlatdi. 


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish