RIM RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY-SIYOSIY KURASH
1. Sitsiliyadagi qullar qo‘zg‘oloni. 2. Agrar masala. 3. Rim
respublikasining tashqi siyosati. 4. Rimda siyosiy kurash-
ning keskinlashuvi.
1. Sitsiliyadagi qullar qo‘zg‘oloni. Rimning istilochilik
urushlari natijasida mil.avv. II asrda Italiya va Sitsiliyada
qullarning soni keskin o‘sdi. Qul asosiy ishlab chiqaruvchi-
ga aylandi. Yirik quldorlik xo‘jaliklari – latifundiyalar, o‘rta
quldorlik xo‘jaliklari – villalarda yuzlab, minglab qullar ishladi.
Qulchilik manbalari urushlar, provinsiyalarda qarzi uchun qul
qilish, dengiz qaroqchiligi va qullarning tabiiy ko‘payishi edi.
Rim huquqi qullarni buyum (jez), «so‘zlaydigan qurol» (inshtru-
mentum vocale) deb hisoblar edi. Xo‘jayinning mulki sifatida
qul huquqsiz edi. Xo‘jayin uni jazolashi, o‘ldirishi mumkin edi.
Qullarning shafqatsiz ezilishi va xo‘rlanishi ularni tez-tez
qo‘zg‘olon ko‘tarishiga sabab bo‘ldi. Qullar mil.avv. 196 – 95-yil-
larda Etruriyada, mil.avv. 185-yilda Apuliyada qo‘zg‘olon ko‘tar-
dilar. Rim jamiyati va davlati asoslarini titratgan ana shunday
qo‘zg‘olonlardan biri mil.avv. 138 –132-yillarda Sitsiliyadagi qul
Evnoy boshchiligidagi qullar qo‘zg‘oloni edi. Qo‘zg‘olon rahbari
Evnoy «Antiox» nomini olib, yangi Suriya davlati tuzilganini
e’lon qildi. Davlatni boshqarish uchun kengash va xalq yig‘ini
tashkil etilib, Enna shahri davlat markazi bo‘ldi.
Qo‘zg‘olonga Sitsiliyaning janubiy-g‘arbidagi qullar ham
qo‘shildi. Bu yerda qo‘zg‘olonchilarga kilikiyalik qul Kleon bosh-
chilik qildi. Tezda Evnoy va Kleon birlashib, Rim qo‘shinlarini
yanchib tashladilar. Kleon «podsho Antiox»ning strategi lavozi-
mini oldi. Rimliklar juda katta qiyinchiliklar bilan qo‘zg‘olonni
mil.avv. 132-yilda bostira oldilar. Mil.avv. 104-yilda Sitsiliyada
qul Salviy (Trifon) boshchiligida yana qullar qo‘zg‘oloni ko‘taril-
di. Lilibey shahari yaqinida qul Afiniodn boshchiligida qullar
qo‘zg‘olonining ikkinchi o‘chog‘i paydo bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchi qul-
lar birlashib, rim armiyasiga qarshi bir necha bor zarba berdi.
Faqat mil.avv. 101-yilda konsul Manliy Akviliy bu qo‘zg‘olonni
zo‘rg‘a bostirdi.
Sitsiliyadagi qullar qo‘zg‘oloni bilan bir vaqtda Pireney yarim
orolida iber qabilalari Rim hukmronligiga qarshi urush olib
512
bordilar. Viriat
boshchiligida luzitan qabilalari qo‘zg‘oloni-
ning bostirilishi yarim orolni to‘la tinchlantirishga olib kelma-
di. Ispa niyaning shimoliy-sharqiy qismidagi iber va kel’t-iber
qabi lalari rimliklarni haydab chiqarishga qat’iy ahd qildilar. Bu
harakatning tayanch markazi Numansiya shahri edi. Luzitan-
lar qo‘zg‘oloni bostirilganidan so‘ng, Viriat o‘ldirilib, rimliklar
katta kuch bilan iber qabilalarining uyushgan ittifoqining qar-
shiligini bostirishga kirishdilar. Besh yil davomida Rim qo‘shini
qo‘zg‘olonni bostira olmadi. Ochko‘z, qobiliyatsiz harbiy bosh-
liqlar davlat manfaatlaridan ko‘ra, talonchilikni afzal ko‘rdilar.
Ular o‘zlarining ochko‘zligi bilan ittifoqchi bo‘lgan qabila va ma-
halliy aholining qahr-g‘azabini qo‘zg‘atdilar. Mil.avv. 137-yil-
da Rim qo‘shini qurshovga tushib qoldi. Faqat kvestor Tiberiy
Semproniy Grakxning harbiy san’ati tufayli Rim qo‘shini qirib
tashlanmadi. Kvestor iberlarning talabi bilan Rimliklarni Ispa-
niyadan olib chiqib ketishga va’da berdi. Ammo senat Tiberiy
tuzgan shartnomani tasdiqlamadi va urushni davom ettirish-
ga qaror qildi. Ispaniyaga eng yaxshi Rim harbiy boshliqlari
yuborildi va 15 oy davomida qo‘zg‘olonchilar bilan olib borilgan
urush rimliklarning g‘alabasi bilan tugadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |