Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

2. Rim iqtisodiyoti. O‘rtayer dengizi havzasida yuz yil davo-

mida olib borilgan bosqinchilik urushlari natijasida Rim kichik 

shahar-davlat doirasidan chiqib, O‘rtayer dengizining eng 

qudratli davlatiga aylandi. Bu mamlakat iqtisodiyoti va Rim 

jamiyat hayotining boshqa sohalarida ham o‘zgarishlarga olib 

keldi. Ayniqsa, iqtisodiyotda muhim o‘zgarishlar yuz berdi.

Rim-Italiya xo‘jaligiga klassik qulchilik munosabatlarining 

kirib kelishi chuqur o‘zgarishlarga olib keldi. Qishloq xo‘jaligi-

ning turli sohalarida o‘sish boshlandi. Uzumchilik, zaytun 

daraxtlari o‘stirish, bog‘dorchilik va sabzavotchilik rivojlandi. 

Yunoniston, Kichik Osiyo va Afrikadan uzumning yangi navlari, 

meva daraxtlar keltirildi. Qishloq xo‘jaligida mehnat qurollari-

ning turlari ko‘paydi. G‘allachilik takomilllashdi. Sifatli bug‘doy 

ekilib, hosildorlik o‘sdi. Yerlarga ishlov berish, o‘g‘itlash va 

boshqa agrotexnika qoidalariga rioya qilina boshlandi. Chor-

vachilikda ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Chorvachilik va 

parrandachilik o‘sha vaqtda eng daromadli sohalarga aylandi. 

Qishloq xo‘jaligining o‘sishini asosiy sabablari qulchilikni keng 




502

tadbiq qilinishi, tovar ishlab chiqarish xo‘jaligining tashkil qilini-

shi, kichik xo‘jaliklardan voz kechib, katta ekin maydonlarida 

xo‘jalik yuritish edi. Qishloq xo‘jaligida bu davrda xo‘jalikning 

asosiy yetakchi turi bir necha yuz yuger yer va unda 10-20 qul-

lar ishlaydigan quldor xo‘jaligi edi. Bular o‘rta quldor xo‘jaligi 

hisoblanib, ular bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga 

 

ixtisoslashgan edi. Bunday xo‘jaliklar villa deb atalgan. Villalar 



bilan bir qatorda qishloqda erkin dehqonlarning kichik xo‘jaligi 

keng tarqalgan edi. Dehqon 10-30 yuger yerda o‘z oilasi bilan 

ishlab, ba’zida bir yoki ikki qul mehnatidan foydalanar edi. 

Italiyada hunarmandchilikning gullab-yashnashi mil.avv. II 

– I asr larga to‘g‘ri keladi. Rim va boshqa shaharlarda kichik 

ustaxonalar (ergasteriylar)da 10-20 hunarmand ishlar edi. Qul 

mehnatidan keng foydalanila boshlandi. Hunarmandchilik-

da ozod qo‘yilgan qullar mehnati ham sezilarli o‘rinni egalladi. 

Ularning o‘zlari ham uncha katta bo‘lmagan ustaxonalarga ega 

edilar. Hunarmandchilikning rivojlanishi metall, tosh, yog‘och, 

jun, teri, shisha va qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyojni 

kuchaytirdi. Sardiniya va Ispaniyada temir qazib chiqarish keng 

yo‘lga qo‘yildi. Tog‘-kon va metall quyishda yangi texnik o‘zga-

rishlar amalga oshirildi. Shaxtalarda 150 m gacha chuqurlikda 

ishlana boshlandi. Konlarda ventilatsiya, Arximed vinti, kon-

dan suvni qochirish g‘ildiragidan foydalanila boshlandi. 

Yunonistondan marmar, Misrdan granit import qilindi. Ita-

liyaning o‘zida Shimoliy Etruriyadan marmar qazib olina bosh-

landi. Qurilish materiallari taqchil edi. Arzon, qulay, mustah-

kam qurilish materialiga ehtiyoj o‘sdi. Mil.avv. II asrda rimliklar 

bu talablarni qondiradigan qurilish xomashyosi – betonni kashf 

qildilar. Rimliklar pishirilgan g‘isht ishlab chiqarishni keng 

yo‘lga qo‘ydilar. Mil.avv. II–I asrlarda ma’lum ishlab chiqarish-

ga ixtisoslashgan yirik hunarmandchilik markazlari shakllan-

di: Puteola

 – temirni qayta ishlash, Kapuya – jez va qo‘rg‘oshin 

quymalari bilan, Manturin va Kaliy – qishloq xo‘jalik qurolla-

rini tayyorlash, Arretsiy – kulolchilik, Tarent, Kanuziy – jun 

mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shuhrat qozondi. Rimliklar 

fuqarolik va muhandis me’morchiligini rivojlantirdilar. Rim suv 

quvurlari, ko‘priklari, termalari, amfiteatrlari, portlar, Rimdagi 

ko‘p qavatli uylar me’morchilik va qurilishning eng yaxshi yu-

tuqlari asosida bunyod qilindi. 

O‘rtayer dengizi savdosi gullab-yashnadi. Rim, Puteola

,  

Si rakuza eng yirik savdo markazlari bo‘lib qoldi. Kemasozlik, 




503

dengizchilik rivojlandi. 200 tonnagacha yuk ortiladigan savdo 

kemalari paydo bo‘ldi. Qo‘shimcha yelkanlar, kema boshqaru-

vi, mayoqlar, gavanlar qurildi. Dengiz savdosi bilan hatto savdo 

qilish man etilgan nobillar ham shug‘ullana boshladilar. Ular 

qonunni chetlab o‘tib, dengiz savdosida vositachilar va o‘zlari-

ning ozod qo‘yilgan qullaridan foydalandilar. 

Quruqlikdagi savdo ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Sha-

har va qishloqlar o‘rtasida mahsulot almashuv maxsus quril-

gan shahar bozorlarida, viloyatlararo yarmarkalarda amalga 

oshirildi. Viloyatlar o‘rtasida aloqalarning mustahkamlanishi 

Italiyada puxta qurilgan qurilish san’atining noyob yutuqlari 

bo‘lgan yo‘llarning qurilishiga sabab bo‘ldi. Yo‘llar tosh to‘shal-

gan mustahkam to‘g‘ri chiziqda bunyod qilinib, boshda Itali-

yaning barcha viloyatlarini, keyinchalik provinsiyalarni qamrab 

oldi. Rim shahridan o‘tadigan eng yirik yo‘llar Italiyaning bar-

cha viloyatlari va undan tashqari cho‘zilib ketdi. Rim forumi-

da oltin suvi yuritilgan ustun qo‘yilib, undan Italiyaning bosh 

yo‘llari masofasini hisoblash boshlandi. Ana shu yerdan «bar-

cha yo‘llar Rimga boradi» aforizmi tug‘ildi. Rim savdosining o‘si-

shi tanga miqdorini ko‘paytirishni talab qildi. Rimning sestersiy 

va denariy kumush tangalari tezda O‘rtayer dengizi havzasida 

asosiy valyuta o‘rnini egallab, boshqa tangalarni siqib chiqardi. 

Bosqinchilik urushlari natijasida Rimga moddiy boylik, pul 

mablag‘lari va qullar oqib keldi. I Puni urushidan so‘ng Rim 

xazinasiga 3200 talant kirim bo‘ldi. II Puni urushidan so‘ng 

Karfagenning to‘lov puli 10 ming talant, Antioxga yuklangan 

tovon to‘lovi 15 ming talantni tashkil etdi. Rim sarkardalarining 

harbiy o‘ljalari behisob edi. Makedoniya podshosi Perseyning 

g‘olibi Emiliy Pavelning Rimga zafarli kirishida bosib olingan 

qimmatbaho qurollar, san’at asarlari, oltin, kumush bilan to‘la 

katta xumlar jang aravalarida uch kun davomida olib o‘tildi. 

Antiox ustidan g‘alaba natijasida harbiy o‘lja sifatida 1280 fil 

tishi, 234 oltin chambar, 187 ming funt kumush (1 Rim funti 

327 gramm), 224 ming yunon kumush tangasi, 140 ming 

makedon tilla tangasi, ko‘p miqdordagi zargarlik buyumlari 

Rim xazinasiga kelib tushdi. Mil.avv. II asrgacha Rim kumush 

tangaga ehtiyoj sezmadi. Bu istilolar, ayniqsa, ispan kumush 

konlarining bosib olinishi Rim davlatini o‘z pul tizimini kumush 

bilan ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Bu Rimda savdo, moli-

ya-sudxo‘rlik kapitali  rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Rimda turli 

jamoat ishlari, provinsiyalarga soliqlarni ijaraga olgan moliya-




504

chi-tadbirkorlar paydo bo‘ldi. Istilochilik urushlaridan olingan 

o‘ljalar, qaram hududlardan olinadigan daromadning o‘sishi 

natijasida Pidna yonidagi jangdan so‘ng (mil.avv. 168-yil) Rim 

fuqarolari harbiy xarajatlar uchun olinadigan soliqni to‘lamay 

qo‘ydilar.

Rim bosib olingan hududlar boshqaruvini yo‘lga qo‘ydi. Bu 

hududlar rimliklarning mulki provinsiya (qaram) yer deb e’lon 

qilindi. Rimdan pretor yoki Rimda konsullik muddatini o‘tab 

bo‘lgan konsullar noib etib tayinlandilar. Bosib olingan hudud-

larda Sitsiliya, Sardiniya provinsiyalari tashkil etildi. Pireney 

yarim orolining asosiy aholisi iber qabilalari edi. Puni urushlari 

natijasida rimliklar va Ispaniya deb ataladigan yarim orolning 

katta qismini bosib oldilar. Ispaniya Betika (mil.avv. 197-yil) 

Tarrakon Ispaniyasi (mil.avv. 197-yil) provinsiyalarni tashkil et-

dilar. Rim urushlar davomida Italiyadan chetdagi bosib olingan 

hududlar provinsiya deb ataldi. Boshda «provinsiya» so‘zi oliy 

magistratga beriladigan topshiriq ma’nosini bildirgan. Keyin 

esa bu so‘z bosib olingan hududlarga nisbatan aytildi. Rimning 

birinchi provinsiyalari Sardiniya (mil.avv.241-yil), Sardiniya va 

Karsika (mil.avv. 227-yillar), Ispaniyada Betika va Tarrakan  

Ispaniyasi provinsiyalari (mil.avv. 197-yil) tashkil etildi. Res-

publika davrida 20 provinsiya bo‘lib, rimliklar ularni «rim xalqi-

ning pomestesi» deb hisoblar edilar. Provinsiyalar rim noibi va 

uning qo‘shinini o‘z hisoblaridan saqlashlari majbur bo‘lgan. 

Noiblar o‘zlari chiqaradigan ediktlar orqali oliy harbiy, ma’mu-

riy va sud hokimiyatini ommaga oshirganlar. Oktavian davri-

da promagistratlar boshqaradigan senat provinsiyalari va legat 

yoki propretor unvoni bilan prokuratorlar boshqaradigan im-

perator (chegara) provinsiyalariga bo‘linib ketdi. Provinsiyalarni 

boshqarish tizimi asta-sekin shakllandi. Provinsiyalarni bosh-

qaradigan pretorlar bir yil muddatga saylab qo‘yilgan. Provin-

siya boshqaruv muddatini uzaytirish senatning maxsus qarori 

bilan amalga oshirilgan. Noib bilan birga, provinsiyaga moli-

ya-xo‘jalik ishlarini olib boradigan kvestor jo‘natilar edi. Sobiq 

konsullar, hali konsul bo‘lmagan yuqori mansabdorlar ham 

noib lavozimini egallar edilar. Noiblar provinsiyalarda harbiy 

va sud hokimiyatini o‘z qo‘llariga to‘pladilar. Provinsiyalar noib, 

uning amaldorlari va qo‘shinlarini moddiy jihatdan ta’minlashi 

kerak edi. Noiblar o‘z mansablarini suiiste’mol qilib, shaxsiy 

boylik orttirish uchun provinsiyalarni talon-taroj qildilar. Shu 

sababli, mil.avv. 149-yil Rimda provinsiya noiblarining ta lon-




505

tarojligiga, suiiste’molligiga qarshi senator tribunallari tash-

kil qilindi. Bu maxsus sudlarga provinsiyalarning noiblaridan 

jabr tortgan kishilar murojaat qilishi mumkin edi. Provinsiyalar 

aholisi uchun yana bir kulfat bu rimliklarning soliq yig‘ishda-

gi tovlamachiliklari bo‘ldi. Rim noiblari soliq yig‘ish huquqini 

xususiy kishilar («publikanlar»)ga topshirdilar. Ular soliq sum-

masini oldindan kelishilgan miqdorda Rim noibiga to‘lab, keyin 

uni mahalliy aholidan bir necha barobar ko‘paytirib yig‘ib ol-

ganlar. Bu ishlar bilan asosan moliya zodagonlari bo‘lgan yan-

gi suvoriylar qatlamining vakillari shug‘ullangan. Rim davla-

ti bo‘ysundirilgan xalqlarning yerlarini bir qismini tortib oldi. 

Oltin va kumush, tuz, tosh konlari va o‘rmonlar Rim davlati 

ixtiyoriga o‘tdi. Katta miqdordagi urush tovonlari, asirlarni qul 

qilib sotishdan kelgan daromadlar, harbiy o‘ljalar Rim davlati-

ni dunyoda eng katta moliyaviy markazga aylantirdi. Ayniqsa, 

Rim respublikasida oliy hokimiyat egasi bo‘lgan nobilitet

 yana-

da boyib ketdi. Nobillar boyligining asosi bu yirik yer egaligi 

edi. Nobillar qo‘shin qo‘mondonlari yoki provinsiyalar noiblari 

sifatida katta miqdorda boylik to‘pladilar.

Mil.avv. 218-yilda qabul qilingan alohida qonun bo‘yicha se-

natorlar savdo va moliya ishlari bilan shug‘ullanishlari taqiqlab 

qo‘yildi. Shu sababli, zodagon senatorlar ko‘p miqdorda yer 

maydonlarini sotib oldilar. Yirik xo‘jaliklar tashkil qilib, qullar 

mehnatidan foydalandilar va yuqori daromad oldilar. Nobillar-

ning iqtisodiy-siyosiy qudrati zodagonlarning tashqi ko‘rinishi-

da ham aks etdi. Ular keng qizg‘ish yo‘lli tunika (ko‘ylak) va 

maxsus poyafzal kiyar hamda qo‘llariga maxsus senator uzugi-

ni taqar edilar. Bu ularning Rim jamiyatining boshqa qatlam-

laridan ajratib turadigan ramziy belgi edi.

Mashhur yunon tarixchisi Polibiy Rimda birinchi marta se-

natorlarni ko‘rib, ularni hashamatli kiyingan ulug‘vor ko‘rin-

ishlaridan hayratda qolgan edi. Polibiy senatorlarni podsholar 

bilan tenglashtirdi. Nobillar «oddiy» fuqarolarni davlatda nufu-

zli mansablarni egallashlariga, eng avvalo, konsullik mansabi-

ga yaqinlashtirmaslikka harakat qilar edilar. Mil.avv. 180-yilda 

qabul qilingan qonun nobillarning oddiy fuqarolarni hokimiyat-

ga yaqinlashtirmasliklari uchun qilgan harakatlarining natija-

si edi. Ushbu qonunga ko‘ra, Rim fuqarosi uchun mansabga 

erishish o‘n yillik harbiy xizmatdan so‘ng, 28 yoshdan boshla-

nishi lozim edi. Dastlab kvestor, keyin kuril edili, 40 yoshdan 

so‘ng pretorlik lavozimini egallash mumkin edi va 43 yoshda-




506

gi shuhratparast rimlik fuqaro konsul mansabiga da’vo qilishi 

mumkin edi. 

Nobillar kam sonli ijtimoiy qatlam bo‘lishlariga qaramasdan, 

yuz yillar davomida davlat hokimiyatining oliy mansablari-

ni faqat o‘zlari egallab turdilar. Ular mamlakat miqyosida o‘z 

obro‘-e’tiborlarini kuchaytirish maqsadida Italiya munitsipiy 

boy zodagonlari bilan yaqin aloqada bo‘ldilar. O‘zlariga xizmat 

qiladigan ko‘p sonli klientlarni saqlab turdilar. Rim magistra-

turasiga faqat o‘z toifalariga yaqin bo‘lgan kishilarni qo‘ydilar. 

Bir necha patritsiy oilalari yuz yillar davomida Rimga senator-

lar, konsullar, senzorlar va boshqa oliy mansabdorlarni yet-

kazib berdi. Oliy mansablarni egallash uchun zodagon-patrit-

siy oilalar bir-birlari bilan ittifoq tuzib, mansablarni egallash 

uchun saylovlarda o‘zaro yordam uyushtirganlar. 

Rimning istilochilik urushlari davrida jamiyatning yangi 

imtiyozli suvoriylar tabaqasi paydo bo‘ldi. Suvoriylar soliqlar 

yig‘ish, qo‘shin ta’minoti va sudxo‘rlik ishlari bilan shug‘ullanib 

boyib ketdilar. Qul mehnatidan ommaviy tarzda foydalanish, 

provinsiyalardan arzon g‘alla keltirilishi Italiya dehqon xo‘jali-

gini izdan chiqardi. Dehqonlar g‘alla o‘rniga uzum va zaytun da-

raxtlarini o‘stira boshladilar. Bog‘dorchilik, poliz-sabzavotchi-

lik keng rivojlandi. Vinochilik tez orada katta daromad keltira 

boshladi. Dehqonlar xonavayron bo‘lib, katta shaharlarga keta 

boshladilar va Rim hokimiyatidan tekin non va tomosha talab 

qildilar. Ularning ba’zilari senatorlarning klientlariga aylandi-

lar. Zodagon-patritsiylarning tayanchi bo‘lgan davlat hokimi-

yati Rim va boshqa shaharlarda to‘plangan, yeridan ajralgan 

oddiy fuqarolarni boqishga majbur bo‘ldi. Hokimiyat ularga 

muntazam oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatishni yo‘lga qo‘ydi. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish