Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

 va Populoniyadan qazib olingan 

temir Kampaniya va etrusk shaharlariga yetkazib berilar edi. 

Mil.avv. IV–III asrlarda Rim shahrida obodonchilik, qurilish 

ishlari avj oldi. Senzor konsul lavozimlarini egallagan, mil.avv. 

292-yilda diktator bo‘lgan Appiy Klavdiy davrida senat ilga-

rigi xarajatlarda o‘ta tejamkorlik siyosatidan voz kechdi. Kat-

ta xarajat talab qilgan qimmat, lekin foydali inshootlar qurildi: 

Italiyaning turli hududlarida a’lo yo‘llar, jumladan, mashhur 




493

Appiy yo‘li, Rimdagi suv quvuri qurildi. Botqoq yerlar quritilib, 

ekinzorlarga aylantirildi. Appiy Klavdiy yurisprudensiyani ham 

rivojlantirishga shart-sharoit yaratdi. 

Italiyaning ko‘pgina hududlari xo‘jaligining yetakchi soha-

si dehqonchilik edi. Etruriyada unumdor tuproq, yumshoq 

iqlim, yuqori agronomiya madaniyati va agrotexnika taraqqiyoti 

yuqori hosil olishni ta’minlar edi. Bu yerda bug‘doy, arpa, tariq, 

polba; Kampaniya va Janubiy Italiyada uzumchilik, zaytun da-

raxti keng tarqalgan edi. Etruriya g‘allasi Rim va lotin shaharla-

rini, Buyuk Yunonistondan keltirilgan zaytun yog‘i Latsiya va 

Etruriyani ta’minlar edi. 

Mil.avv. VI–III asrlarda jamoa yer egaligining yemirilishi bi-

lan birga, yerga xususiy mulkchilik kuchaydi. Urug‘ning yerlari 

kichik ulushlarga bo‘linib, yer ishlov berish uchun qarindosh-

lar,  kliyent va qullarga berilgan. Plebeylar xususiy mulk sifa-

tida o‘zlariga tegishli yer maydoniga ishlov berar edilar (ular 

davlatdan 2 yugerdan 0,5 gektargacha yer olganlar). Xususiy 

va jamoa yerlaridan tashqari, davlat yer jamg‘armasi (ager pub-

likis) mavjud edi. Rim fuqarosi davlat yerini katta bo‘lmagan 

ijara to‘lovi bilan okkupatsiya (lotincha egallash) qilish huquqi-

ga ega edi. Patritsiylar bu huquqdan unumli foydalandilar. Ple-

beylar ham yuz yillik kurashlar natijasida «ager publikis»dan 

foydalanish huquqiga ega bo‘ldilar. Ilk respublika davrida Rim 

iqtisodiyotining asosi qishloq xo‘jaligi edi. Mayda va o‘rta yer 

egaligi yetakchi rol o‘ynagan. Mil.avv. IV asrdan patritsiylar 

jamoa yerlarini («ager publikus») bosib ola boshladilar. Natija-

da yirik xo‘jalik (imeniye)lar paydo bo‘lib, qullar mehnatidan 

ko‘proq foydalanila boshlandi.

Boshda qadimgi Italiyada ayirboshlashning keng tarqalgan 

vositasi bo‘lib chorva hayvoni (pecus, shundan pulning lotin-

cha nomi – pecunta) xizmat qildi. Eng qadimgi davrdan boshlab 

Rimda mil.avv. III asrgacha pul sifatida og‘irligi 2-2,5 kg gacha 

bo‘lgan, ishlov berilmagan mis parchasi (aez rude) yurar edi. 

Ularni mil.avv. V asrdan og‘irligi 1000-1830 gramm bo‘lgan, 

xudo va hayvonlar tasviri tushirilgan quyma jez parchalari siqib 

chiqara boshladi. Mil.avv. IV–III asrlarning ikkinchi yarmidan 

327,45 gramm og‘irlikdagi jezdan quyilgan (aes grave) tangalar 

keng tarqaldi. Mil.avv. IV asrning ikkinchi yarmidan natural 

xo‘jalik o‘rniga pul-tovar xo‘jaligi keldi. Rim pul birligi – mis ass 

paydo bo‘ldi. Dastlab bu tangalar Yunon Moneta ibodatxonasi-

da zarb qilina boshlandi. Shundan «moneta» so‘zi kelib chiqdi. 




494

Mil.avv. III asr oxiridan ass 10 marta yengillashib, 173 gramm-

ga keldi. Jez tanganing tressis


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish