Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Pompeyning Sharq yurishlari. I triumvirat



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet304/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

3. Pompeyning Sharq yurishlari. I triumvirat. Spartak 

boshchiligidagi qullar qo‘zg‘oloni bilan bir vaqtda Mitridat VI 

bilan (mil.avv. 74–64-yillar) yangi urush boshlandi. Mitridat VI 

haqiqiy sharq podshosi bo‘lib, o‘z onasi, ukasi, o‘zi bilan nikohda 

bo‘lgan singillari, 3 o‘g‘li va 3 qizining o‘limiga aybdor edi. U 300 

ming kishilik qo‘shin, 400 kemadan iborat kuchli flotga ega edi. 

Dastlab Rim qo‘shinlariga tajribali sarkarda Lukull boshchilik 

qilib, bir qancha yutuqlarga erishdi. Lekin Mitridat VI ni yenga 

olmadi. Bundan tashqari, u qattiqqo‘lligi bilan legionerlarning 

noroziligini tug‘dirdi. Shunda senatning irodasiga qarshi xalq 

yig‘ini sharqda qo‘mondonlikni Gney Pompeyga topshirdi. 

Gney Pompey Sulla davrida tanilib, fuqarolar urushi davri-

da Sullani qo‘llagan edi. Keyin esa senat uni Spartakka qar-

shi Krass qo‘shiniga yordamga yubordi. Mil.avv. 70-yil Pompey 

va Krass konsul etib saylandi. Krass ovatsiya (piyoda triumf)

ga, Pompey triumfga sazovor bo‘ldi (Qadimdan Rimda kat-

ta  janglarda  g‘alabaga  erishgan  lashkarboshi  sharafiga  Rim 

shahrida zafar (triumv) marosimi uyushtirilar edi. Rim uchun 

ahamiyati katta g‘alabaga erishgan lashkarboshi jang aravasi-

da, kichikroq ahamiyatli g‘alabaga erishgan lashkarboshi pi-

yoda yurib, kapitoliy tepaligiga ko‘tarilib, qurbonlik keltirgan. 

Rim fuqarolari ularni qarsaklar bilan olqishlar (ovatsiya) edilar. 

Pompey qo‘shinlari rag‘batlantirildi. Pompey O‘rtayer dengizi 

qirg‘oqlarini talagan dengiz qaroqchilarini tugatib, Rimda katta 

obro‘ga ega bo‘ldi. 



529

G‘ayratli sarkarda Pont podshosini tor-mor qilib, Armanis-

tonni vassal davlatga aylantirdi. Pompey Bosfor podsholigida 

Mitridat VI ga qarshi qo‘zg‘olon uyushtirib, uning o‘zini o‘ldirish-

ga majbur qildi hamda Suriya va Yahudiyani istilo qildi. Kichik 

Osiyoda Rim hokimiyatini qayta tikladi. Urushdan so‘ng Rimda 

uning sharafiga zafar (trium) uyushtirildi va Pompey sharqda 

22 podsho ustidan g‘alaba qildi, 12 mln kishini bo‘ysundirdi, 

1538 shahar va qal’alar istilo qildi deb e’lon qilindi. Pompey-

ning Sharqqa yurishi ellin sharqi mamlakatlarining Misrdan 

tashqari Rimga bo‘ysundirishni tugalladi. 

Pompey Rimga g‘alaba bilan qaytdi. Bu vaqtda Rimda qarz-

ga botgan patritsiy Lutsiy Sergiy Katilina boshchilik qilgan 

harakatning fitnasi bostirildi. Bu harakat qarzlarni bekor qi-

lish va davlat to‘ntarishini maqsad qilgan edi. Etruriyada Kati-

lina va uning uch ming kishilik tarafdorlari shafqatsiz jangda 

o‘ldirildi. Nobillar va suvoriylar Katilina fitnasi davrida birlash-

dilar. Senat oqsuyak-patrisiylar respublikasi va an’anaviy Rim 

erkinligining himoyachisi sifatida chiqdi. O‘zining sharqdagi 

g‘alabalari bilan obro‘-e’tibori oshib ketgan Pompeyni Rimda 

hokimiyatni qo‘lga olishidan qo‘rqqan senat unga dushmanlik 

nazari bilan qaradi. Senat Pompeyni konsullikka o‘z nomzo-

dini qo‘yishga ruxsat bermadi. Senatda kuchli ta’sirga ega 

bo‘lgan yana bir taniqli patrisiy Lukull ham Pompeyga qarshi 

chiqdi. Pompeyning veteranlariga yer berilmadi. Ispaniyada 

noib bo‘lgan, luzitanlarning qo‘zg‘olonini bostirgan. Senat Gay 

Yuliy Sezarni ham mil.avv. 60-yilda sirtdan konsullikka o‘z 

nomzodini qo‘yishiga ruxsat bermadi. Ispaniyada katta boylik 

to‘plagan Sezar shaxsan o‘zi Rimga keldi. U konsullik saylovi-

da o‘z nomzodini qo‘ydi va mil.avv. 59-yil kosullikka saylandi. 

Sezar Rimdagi siyosiy vaziyatdan o‘z manfaati yo‘lida foyda-

landi. U senat qo‘llab-quvvatlamagan va bir-birovi bilan dush-

man bo‘lgan Pompey va Krassni murosaga keltirdi. Bu murosa 

juda muhim siyosiy oqibatga olib keldi: Rimdagi uch qudrat-

li kishi Pompey, Sezar va Krass norasmiy ittifoq tuzib, bir-

birlari ga yordam berish majburiyatini oldilar. Bu kelishuv I 

triumvirat (uch qudratli kishi ittifoqi, mil.avv. 59-yil) deb atal-

di. Har uchalasining ham nobillardan do‘stlari, plebs orasida 

ko‘plab klientlari, Italiya va provinsiyalarda tarafdorlari bor 

edi. Kelishuv Pompeyning Sezarni qiziga uylanishi, Sezarni 

o‘zining taniqli bir tarafdorining qizi Kalpuriyaga uylanishi bi-

lan mustahkamlandi. 




530

Rimda siyosiy hokimiyat uch taniqli siyosiy arbob Pompey, 

Krass va Sezar qo‘liga o‘tdi. Gay Yuliy Sezar (mil.avv. 100–44-yil-

lar) bu vaqtda Krass va Pompey kabi obro‘ga ega emas edi. Le-

kin u shuhratparast, shijoatli bo‘lgani uchun tez orada I tri-

umviratning amaldagi rahbari bo‘ldi. Bundan tashqari, u mil.

avv. 59-yildagi kelishuvga binoan konsul qilib saylandi. Bitim-

ga ko‘ra, Sezar agrar qonun loyihasini amalga oshirdi. Natija-

da Pompeyning sobiq jangchi-veteranlari yer ulushlariga ega 

bo‘ldilar. 

Respublika an’analariga sodiq bo‘lgan respublikaning hi-

moyachilarini mafkuraviy ilhomchisi bo‘lgan siyosatchi, taniqli 

siyosiy arbob, notiq Mark Tulliy Sitseron (mil.avv. 106–43) max-

sus qaror bilan Rimdan haydalib, mol-mulki musodara qilin-

di. Respublikaning boshqa tarafdorlari ham bosim ostida qol-

di. Sezar hokimiyat uchun kurashda shahar va qishloq plebey  

uning mustahkam tayanchi bo‘lib xizmat qila olmasligini tushu-

nar edi. Buning uchun yaxshi qurollangan sadoqatli qo‘shin 

kerak edi. Bu qo‘shinni tashkil qilish uchun katta miqdorda 

mablag‘ topish maqsadida Sezar Galliya provinsiyasiga 5 yil 

noiblik lavozimini olishga erishdi. 

Mil.avv. I asrning 50-yillarida rimliklar Galliyaning bir qis-

mini ishg‘ol qilgan edilar. Lekin uning katta qismi (hozirgi 

Fransiya, Belgiya, Gollandiyaning bir qismi, Shvetsariya ning 

katta qismi) hali erkin edi. Bu hududda yashagan o‘nlab qa-

bilalar doimo o‘zaro urushlar girdobida edilar. Senat Galliya-

ning qolgan ana shu qismini bo‘ysundirish uchun Sezarga 

qo‘shin to‘plashga ruxsat berdi. Galliyani istilo qilish yetti yil 

davom etdi. Boshda Sezar gelvet (hozirgi Shvetsariya hudu-

dida yashovchi) qabilasiga qarshi, keyin esa german qabilalari-

dan bo‘lgan Ariovis boshchiligidagi svevlarga qarshi urush 

harakatlarini olib bordi. Nihoyat belg qabilalari bilan keskin 

kurashdan keyin Galliya bo‘ysundirildi va u mil.avv. 57-yil 

Rim provinsiyasi deb e’lon qilindi. 

Mil.avv. 56-yil bahor oyida Sezarning Galliyadagi vakolati 

yana 5 yilga uzaytirildi. Sezar mil.avv. 55-yilda german qabi-

lalariga qarshi Reyn ortiga, mil.avv. 54-yilda esa Britaniyaga 

yurish qildi. Lekin mil.avv. 54-yilda Rimga qarshi Buyuk gal 

qo‘zg‘oloni yuz berdi. Bu qo‘zg‘olon arvern qabilalari tashab-

busi bilan boshlanib, qo‘zg‘olonga qobiliyatli yo‘lboshchi Ver-

singetorik boshchilik qildi. Rimliklar juda qiyin ahvolga tushib 

qoldilar. Sezarda 60 ming qo‘shin, qo‘zg‘olonchilarda 300 ming 




531

kishi bor edi. Faqat Sezarning harbiy-tashkilotchilik qobiliyati, 

uning diplomatik san’ati qo‘zg‘olonchilar orasida o‘zaro kelish-

movchiliklar kelib chiqishiga olib keldi. Natijada rimliklar bu 

qo‘zg‘olonni bostirdilar. Qo‘zg‘olonning so‘nggi o‘choqlari mil.

avv. 51-yilda tugatildi. 

Galliya istilosi natijalari ulkan edi. Sezar 300 qabilani bo‘y-

sundirdi. 800 shahar qamal qilib olindi. 1 mln. kishi asir olin-

di. Rimliklar qo‘liga ulkan miqdorda o‘lja tushdi: Rimda oltin 

qadoq lab sotildi va uning bahosi juda pastga tushib ketdi. 

Bularning hammasi Rimda Sezarning obro‘-e’tiborini oshirib 

yubordi. Galliyada urush harakatlari tugamasdan I triumvirat 

amalda tugadi. Krass mil.avv. 55-yil Parfiyaga yurish vaqtida 

yengilib halok bo‘ldi. Sezarning yutuqlari va obro‘-e’tiborining 

oshib ketishi u bilan Pompey orasidagi munosabatlarda sovuq-

lik va dushmanlikka sabab bo‘ldi. Galliyada Sezarning vakolati 

tugadi. U o‘z qo‘shinini tarqatishi lozim edi. Lekin u qo‘shinni 

tarqatmadi. Sezarning kuchli qo‘shinidan qo‘rqib qolgan sen-

at uni Rimning dushmani deb e’lon qildi. Senat uning raqibi 

Pompeyga Italiyada qo‘shin to‘plab, Sezarga qarshi chiqishga 

topshiriq berdi.

Nozik diplomat va uzoqni ko‘ra oladigan siyosatchi bo‘lgan 

Sezar Rimdagi vaziyatni kuzatib, Galliya noibligi davridan 

boshlab katta miqdorda pora berish bilan o‘z tarafdorlariga ega 

bo‘lgan edi. Sezar Pompey qo‘shinlarini kutib turmadi. U mil.

avv. 49-yil yanvarida Shimoliy Italiyaning chegarasi bo‘lgan 

kichik Rubikon daryosidan o‘tdi. Qonunga ko‘ra, bu daryo-

dan o‘tgan har qanday qurollangan qo‘shin Rimning dushma-

ni deb hisoblanar edi. Aytishlaricha, daryodan o‘tish oldidan 

Sezar uzoq o‘ylanib turib, «qur’a tashlandi» deb xitob qiladi va 

qo‘shinga daryodan o‘tishga buyruq beradi. Shimoliy Italiya ning 

shaharlari Sezar qo‘shinlariga deyarli qarshilik ko‘rsatmaydi. 

Pompey qo‘l ostida jangovar qo‘shin bo‘lmaganligi uchun mil.

avv. 49-yil 17-yanvarida janubga qo‘shin yig‘ishga jo‘nab ket-

di. Uning orqasidan vahimaga tushgan konsullar va senatning 

ko‘pgina senatorlari qochib ketdi. 

Sezar 3 bora Pompey bilan muzokaralar olib borishga urin-

di. Lekin Pompey 17-martda o‘ziga sodiq qo‘shin va tarafdorlari 

to‘planayotgan Yunonistonga jo‘nab ketdi. Nozik diplomat Sezar 

ikki oy davomida hech qanday qon to‘kmasdan butun Italiyani 

egalladi. U Rimga kirib, 5000 funt tilla va kumushdan iborat 

davlat xazinasini bosib oldi. Sezar Rimda ko‘p turmay, Pompey-




532

ga sodiq yetti legion turgan Ispaniyaga yurish qildi. Ispaniyada 

g‘alaba qilib, Sezar Bolqon yarim oroliga o‘tmoqchi edi. Ispa- 

niyadagi Ilerda shaharchasi yonida Sezar dushman qo‘shinlari-

ni 2-avgustda tor-mor qildi. Shundan so‘ng ikki ispan provin-

siyasi Sezar tomoniga o‘tdi. Hal qiluvchi jang mil.avv. 48-yil-

da Yuno nistondagi Farsal shahri yonida bo‘lib o‘tdi. Pompey 

qo‘shinlari yengildi. Pompey boshda Lesbos oroliga qoch di, u 

yerdan Misrga yo‘l oldi. U bir vaqtlar o‘smir Ptolemeyga homiylik 

qilgan bo‘lib, endi yosh podsho Ptolemeydan yordam olmoqchi 

bo‘ldi. Lekin u qirg‘oqqa tushishi bilan Ptolemeyning buyrug‘i 

bilan o‘ldirildi. 

Sezar Pompey o‘limidan uch kun keyin Misrga yurish qilib, 

bu yerda Ptolemeylar sulolasining taxt uchun kurashiga ara-

lashib, malika Kleopatrani hokimiyat uchun ukasiga qarshi 

kurashida yordam berdi. Oqibatda  Aleksandriyada Sezarga 

qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Bu qo‘zg‘olonni Sezar zo‘rg‘a bostir-

di. Shundan so‘ng u sharqqa Mitridatning o‘g‘li Farnakka qar-

shi yurish qilishga majbur bo‘ldi. Sezar bu yurishni juda qis-

qa muddatda – atigi 5 kunda amalga oshirdi va bu to‘g‘risida 

se natga o‘zining «Keldim, ko‘rdim, yengdim» degan mashhur 

maktubini yubordi. 

Pompeyning asosiy tarafdorlari endilikda Afrikada to‘plandi-

lar. Mil.avv. 46-yilda Afrika provinsiyasining sharqiy qirg‘og‘ida-

gi Tais shahri yonida katta jang bo‘lib, Pompey tarafdorlari to‘la 

tor-mor etildi. Shundan so‘ng Sezar Numidiyani bo‘ysundirdi. 

Mil.avv. 46-yilda u Rimga qaytdi va bu yerda Galliya, Misr, Pont 

va Numidiya ustidan g‘alabalari sharafiga to‘rt zafar triumfini 

bayram qildi. Lekin pompeychilar bilan kurash hali tugamagan 

edi. Pompeyning o‘g‘illari Ispaniyada kuch to‘pladilar. Munt 

yonida mil.avv. 45-yilda Sezar o‘zining raqiblari ustidan so‘ng-

gi g‘alabasiga erishdi. Jang juda qonli va keskin bo‘ldi. Sezar-

ning so‘zi bo‘yicha u birinchi bor g‘alaba uchun emas, o‘z hayoti 

uchun jang qildi. 

Fuqarolar urushi nihoyat tugadi. Sezar ikkinchi bor Rimda 

senat tomonidan diktator deb e’lon qilindi (senat Sezarni Ispa-

niyada bo‘lgan vaqtida birinchi marta diktator deb e’lon qilgan 

edi). Unga 5 yillik konsullik, umrbod tribun hokimiyati, say-

lov komisiyalarida o‘z nomzodini tavsiya qilish huquqi hamda 

boshqa unvonlar va vakolatlar berildi. Sezar o‘zining o‘rinbo-

sari (otliq qism boshlig‘i) etib, diktator Rimda bo‘lmagan payt-

da Rim va Italiyani boshqargan Antoniyni tayinladi. Sezar mil.




533

avv. 44-yilda beshinchi marta konsul lavozimini egalladi. Umr-

bod diktator deb e’lon qilindi. U mutlaq hokimiyatga ega bo‘ldi. 

Sezar podsho kiyimini kiyish huquqiga ega bo‘ldi. Uning nomi 

bilan qasamyod qildilar. Unga xudo kabi sig‘indilar. Uning tas-

viri tangalarda zarb qilindi. Sezarning ijtimoiy tayanchi yo‘q edi. 

Chunki uning tarafdorlarining manfaatlari bir-biriga to‘g‘ri kel-

mas edi. Bunday vaziyatda Sezar o‘z hokimiyatini mustahkam-

lashda qo‘shindan foydalandi. U o‘z raqiblarini ta’qib qilmadi. 

Faqat Pompeyning va uning ashaddiy tarafdorlari mulkini mu-

sodara qildi. Sezarning eski dushmanlari afv etildi. Pompeyning 

tarafdorlari bo‘lgan taniqli senatorlarni Sezar mo‘l-ko‘l sovg‘alar 

bilan taqdirladi. Ular provinsiyalarda oliy davlat lavozimlariga 

saylandilar, yer-mulklarini hadyaga oldilar. Sezar turli ijtimoiy 

guruhlardan tayanch topishga urinib, ijtimoiy sohada turli is-

lohotlarni o‘tkazdi. 

Sezar davridan oltin tanga muntazam zarb qilina boshlandi. 

Denariy butun davlat uchun yagona tangaga aylandi. Sezar 

konsulligi vaqtida (mil.avv. 59-yil) provinsiyalarda poraxo‘rlik-

ka qarshi qonun qabul qildi. Davlatdan tekin non va boshqa 

mahsulotlar oladigan plebsni 320 mingdan 150 mingga ka-

maytirdi. Shaharlarga mahalliy muammolarni yechish uchun 

avtonomiya huquqini berdi. Soliq tizimi tartibga solindi, soliq 

yig‘uvchi –publikanlar faoliyati ustidan nazorat o‘rnatildi. 

Deh qonchilikni rivojlantirish uchun botqoqliklarni yo‘q qilib, 

yo‘llarni qurish loyihalarini Sezarning o‘zi ishlab chiqdi va qis-

man amalga oshirdi. Sezar kalendar islohotini o‘tkazdi. Misr-

lik matematik va astronom Sozigen yordami bilan mil.avv. 45-

yil 1-yanvardan vaqt hisobi kiritildi. Sezar nomi bilan kvintiliy 

(iyul) oyi belgilandi.

 Sezar Parfiyaga qarshi yurishga tayyorlana boshladi. Rim-

da Parfiyani faqat podsho yengishi mumkin degan gap tarqal-

di. Rim nobillari orasida Sezarning dushmanlari ko‘p edi. Ular 

respublika tartib-qoidalarining buzilishi, davlat lavozimlaridan 

o‘zlarining chetlashtirilganligidan norozi edilar. Faqat barcha 

haqorat va tahqirlar uchun Sezardan o‘ch olishga bahona izlar 

edilar. Sezarga qarshi fitna uyushtirib, bu fitnada 60 dan ko‘p 

senator ishtirok etdi. Fitna boshida Gay Kassiy Longin, Mark 

Yuniy Brut va Detsim Yuniy Brut turdi. Sezar mil.avv. 44-yil 

15-martida senat majlisida Brut va Kassiy boshchiligidagi fit-

nachilar tomonidan o‘ldirildi. U 23 joyidan yaralangan bo‘lib, 

jarohatning faqat bittasi uning o‘limiga sabab bo‘ldi. 




534


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish