Uo’K 28-725(092) kbk 86. 38g I 21 Ibrokimov Xojiboy


ISLOM DUNYOSIGINA EMAS, BUTUN JAXON TAN OLGAN ALLOMA



Download 2,32 Mb.
bet9/12
Sana20.07.2022
Hajmi2,32 Mb.
#825614
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
shodiya domilla

ISLOM DUNYOSIGINA EMAS, BUTUN JAXON TAN OLGAN ALLOMA
Az-Zamaxshariyning arab tili tuzilishi borasidagi mukammal asari o`z davrida va keyingi tarixda butun musulmon Sharqida oyatda mashxur bo`lgan. Fan tili arab tili bo`lgani uchun bunga xayratlanmaslik kerak. O`z zamondoshlari va keyingi davrlarda uning asarlarini o`qiganO`qishlari asnosida arab tilida o`lmas asarlar yaratgan olimlar unga turli ta'rif va laqablar berishganki, bularning o’zi aloxida bir tarix.
Xozir esa az-Zamaxshariy asarlariga Ovrupoda bo’lgan qiziqishga biroz to’xtalamiz.
O`rta asrlarda butun Sharqda ro'y bergan Uyg`onish davri buyuk allomalarni maydonga keltirdi. Ular davr talabidan kelib chiqib, o`z asarlarini arab tilida yozdilar. Arab tilida yozishlariga sabab bo’lgan yana bir xolat arab olimlari yunon faylasuflari, tarixchilari va fanning boshqa soxalarida yaratgan asarlarni tarjima qilishgandi. Islom dini kirib borgan hududlarda ilmga chanqoq insonlar nafaqat musulmon dunyosi, bal-
ki Ovrupo olimlari yaratgan asarlarni uqish, o`zaro
qiyoslash ishtiyoqida edilarki, bunda ularga aynan arab
tilini bilishlari talab kilinardi. Ovrupalik olimlar xam osiyolik ulkan allomalar asarlarini tarjima qilishga kirishar ekanlar, ular oldida asarlar yaratilgan til arab tilini mukammal bilish talabi turardi. Shu ma'noda
az-Zamaxshariyning arab tili tuzilishi-grammatikasi borasidagi mashhur
asari ularga judayam asqotardi. 1706 yilda turk olimi xuja Isxok Afandi az- Zamaxshariyning ”Muqaddimmat ul-adab” asarini usmonli turk tiliga tarjima qiladi. Shundan so’ng bu asar Ovrupaning bir qator tillariga tarjima qilinadi. Olmon olimi Vatzastayn 1850 yilda ushbu asarning ikki
jildlik tanqidiy matnini elon qiladi. Kizig’i,olim ushbu tanqidiy matnni yaratish uchun az-Zamaxshariyning Ovrupa kutubxonalarida saqlanayotgan yettita qo’lyozma nusxalarini o’zaro solishtiradi. Bu degani Ovrupada allomaning deyarli barcha asarlarining bir nechtadan
qo’lyozmalari saqlangan, sayyoxlar va olimlar Shark davlatlariga safarlari davomida az-Zamaxshariy asarlariga qiziqish kuchli bulganidan ularni izlab, katta pullar evaziga sotib olishganini ko’rsatadi
Allomaning ”Navobot ul-kalom” ("Nozik iboralar”) asari dastlab fransuz tiliga tarjima qilinib, 1876 yilda Parijda ko`p nusxada chop qilinadi. Ke- yinchalik bu asar Koxira, Beyrut, Qozon shaxarlarida xam nashr qilinadi.
Umuman olganda, az-Zamaxshariy asarlari kirib bormagan qit'a qolmagan. O`tgan davrda allomaning asarlari ellikka yaqin davlatlarda nashr qilingani buning isboti. Az-Zamaxshariy yaratgan yuz ellikka yaqin asarlarning o’ttizdan ortiqrog`i tuliq xolatda davrimizga yetib kelgan va ularning nusxalari o`nlab davlatlarning qo’lyozmalar fondlarida saqlanmoqda. Mustaqillikdan keyin az-Zamaxshariy ijodini
O`rganish, asarlarini chop qilishdek xayrli ishga qo`l urildi. U zot qalamiga mansub ilk asar esa 1992 yilda Toshkentda bosmadan chiqdi.
Az-Zamaxshariy asarlari dunyo kezmoqda. Dunyo ilm axli bu zot orqali jonajon yurtimizni qayta va qayta kashf qilayotir.

TUG’ILGAN JOYIDA AZIZDIR INSON!”


Mashxur shoirimiz Abdulla Oripov bir she'rida
ushbu misralarni faxr bilan keltiradi:
Qancha Diyorlarni sayr qilib yurdim,
Qancha manzillarda qurdim oshyon.
Eng buyuk xikmatga oxir yuz burdim
Tug’ilgan joyida azizdir inson.
Az-3amaxshariy xazratlari mavludining 920 yilligi Xorazmda katta tantanalar bilan nishonlandi. Ilk bora alloma yurtida uning ilmiy merosiga bag`ishlangan anjuman O’tkazilib, unda yurtimizdan xamda xorijdan kelgan ikki yuz nafardan ziyod olimlar ishtirok etdilar.
Kamina ushbu anjumanda alloma ixlosmandi sifatida qatnashganimdan xamisha faxr tuyaman. Az-Zamaxshariy xotirasini abadiylashtirish
maqsadida qo’shko’pir tumanining markazida eng gavjum va baxavo go’shada ulkan jome masjidi qurilishi istiqlolning dastlabki yillarida boshlandi, Bu vaqtda tumanga ilk xokim bulib saylangan Oltiboy
aka Rajabov ana shu xayrli ish boshida turdilar. Tarix va san'atga g’oyatda qiziquvchan inson, ajoyib raxbar, viloyatning ilk xokimi Marqs aka Jumaniyozov deyar- li xar oyda kelib, masjid qurilishi jarayoni bilan
yaqindan tanishib, mavjud muammolarni tezkor xal qilish bo’yicha mas'ullarga topshiriqlar berardilar. Xalqimizda ”Ming ishchiga bir boshchi” degan naql bor. Masjid kurilishiga asli kasbi savdo xodimi
bo’lgan Qutlimurod aka Yodgorov bosh bo’lganlar. Masjid Qurilishi uchun davlat xaznasidan pul ajratilmagan, barchasi xayriya xisobidan bo’lishi belgilangandi. Ana shu savob ishni amalga oshirishda tuman-
dagi barcha korxona va tashkilotlar, oddiy fukarolar hamjixatlik bilan, bir yokadan bosh chiqarib ishlaganlarini qayd qilish kerak.
Masjid loyixalashtirilgan vaqtda unda kichikroq
madrasa xam bo’lishi ko’zda tutilgan, bu yerda ilmga
chanqoq yoshlarga arab tilini O’rgatish va shu orqali az- Zamaxshariy asarlarini mutolaa qilib, O’rganishlariga imkon yaratib berish niyat qilingandi
O’z vaqtida nafaqat tumanda, balki viloyatda eng ulkan masjid shu tarzda qisqa fursatlarda barpo qilindi. Bugun masjidda O’qiladigan juma namoziga ming nafardan ziyod kishi qatnashmoqda. Masjid atroflariga Xorazmning ramzi bo’lgan gujumlar ekilgan bo’lib, ular bugunda osmonga bo’y cho’zib, masjidga o’zgacha ko’rk bag’ishlab turibdi.
Masjid atroflarini obodonlashtirish ishlariga tumanimiz bosh imom xatibi Mansur eshon buva bosh-kosh bo’lmoqdalar. Bu xayrli ishlarga elimizning saxovatli insonlari xam uz hissalarini Qo’shayaptilar.
Zero, yurtimizning mo’jaz bir maskani bo’lmish Qo’shko’pirimiz dovrug’ini dunyoga tanitgan Sharqu G`arbda bujurofiy atamani minglar, millionlar kibi va xotirasiga muxrlagan ulug’ inson az-Zamaxshariy
bobomiz xotirasini abadiylashtirish, kelgusi avlodlarga
bekamu ko’st yetkazishga barchamiz mas`ulmiz!

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish