Uo’K 28-725(092) kbk 86. 38g I 21 Ibrokimov Xojiboy



Download 2,32 Mb.
bet1/12
Sana20.07.2022
Hajmi2,32 Mb.
#825614
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
shodiya domilla


Xojiboy Ibraximov
Asrlarki faxrimiz erur
(Az-zamaxshariy xaqida risola )
UO’K 28-725(092)
KBK 86.38g
I 21
Ibrokimov Xojiboy
Asrlarki faxrimiz erur [Matn]: Az-Zamaxshariy xaqida
risola / X.Ibroximov. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022.
- 56 6.
ISBN 978-9943-8015-3-0
Xamma xam uz yurti tarixi va u yerdan chiqqan ulug`allomalar xaqida keng malumotga ega bo’lavermaydi. O’zini oddiy dehqon deb tanishtirgan, asli kasbi muxandislik bo’lgan muallifmizning ushbu risolasini o’qib, olimlik, ilmiy unvonlar da’vo qilmasdan xam qo’liga qalam olib ziyo tarqatayotgan chuqur bilimli hamyurtlarimiz borligidan xam mamnun bo’ldik, xam faxr tuydik. X. Ibroximovning
Mahumud az-Zamaxshariy xaqida to’plagan malumotlar uncha-muncha olimning to’plaganidan kam emas, xayotiy va tarixiy voqeliklar bilan sayqalangani uchun xam o’qishidir.
Kitob barcha kitobxonlar uchun qimmatli va qadrli tuxfa
Bo’lishiga ishonamiz.
UO’K 28-725(092)
KBK 86.38g
Mas`ul muxarrir:
Ro’zimboy XASAN,
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi

Loyiha raxbari:


Abdulla O’ROZBOEV,
filologiya fanlari doktori,
Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy xodimi
978-9943-8015-3-0
X.Ibroximov,
O «Muharrir nashriyoti»,
Toshkent, 2022.

Bolalikdan nomlari tanish
“Bolalik- podsholik’ degan naql behuda aytilmagan. Xali ongu shuuri shakllanmagan bola o’z hoxlagan ishini qilishga intiladi , oqibati nima bilan tugashini bilmaydi .
Endi tetapoya yurayotgan bolakay laqqa cho’g’ni qo’li bilan ushlashi va kuyib qolishi shundan
Yoki bola nazarida yo’l chetida mudrab yotgan kuchuk ham beozor jonivor.
Qo’yib bersangiz , uning boshini silashi mumkin .Jaxli qo’zigan yoki tabiatidan
Kelib chiqib , kuchukcha beixtiyor bola qo’lini tishlab olishi bor.
Olti-yetti yoki undan kattaroq yoshdaki bolalar nimaning oldiga borish –bormaslikni bir qadar bilishadi . Ularda qo’rqish hissi xosil bo’lib ulgiradi.
Ammo…
Yetti yo sakkiz yoshligimdagi bir voqea umrbod yodimda qolgan. Tengqur bolalar bilan bahor ohirlarida daxlizimiz bo’g’otida bola ochgan qaldirg’och uyasini hoda bilan bir amalab buzdik. Uyaga qo’shilib qaldirg’ochning endigina qanot chiqargan polaponlari ham oyog’izmiz tagiga tushdi. Jajjigina polaponlar chirqilashgancha nozik oyoqlari bilan qochishga urinar, tepamizda esa ona qaldirg’och tinmay aylanardi…
Qaldirg’och bolalarini ikki jo’ra teng bo’lishib oldik- xar birimizga ikkitadan yetdi.Endi ular qochib ketmasliklari uchun oyoqlarini ga’ltak ip bilan maxkam bog’ladik va o’zimizcha o’ynay boshladik .Polaponlar qochisha urinar,bizlar esa ipni tortib, ketishlariga yo’l qo’ymasdik.
Qaldirg’och bolalari charchashdi ,xolsiz yotip qolishdi .Ona qaldirg’och esa xamon boshimiz uzra charx urardi.
Bilmadim,bu o’yinimiz oqibati nima bilan tugardi .Shu payt onam kelib qoldilar va ‘ E, nima qilyapsizlar? Xar bir jonzod xudo yaratgan maxluqot! Ularga ozor berish kata gunoh ! ‘ deganlaricha polaponlar oyoqchalaridagi iplarni yechib , so’ng uyasini boyagi joyiga avaylab o’rnatib qo’ydilar .
Bir zumdan so`ng ona qaldirg’och bolalari yoniga qo’ndi….
….. o’shanda raxmatli onam xayitbika momo bizlarga: “Qaldirg’ochlar Makkadan uchib keladilar .Ular polaponlari bilan Makkaga uchib ketar vaqtida : “Keyingi yili ham shu uyga qaytib kelgaymiz! Bu uyda bolalar ko’paysin !” deb duo qilar ekanlar’’,- derkanlar,jonzodlar bilan bog’liq bir rivoyatni aytib beradilar .Aytdilarki qadim zamonlarda qishlog`imizga yaqin qiloqlardan birisida bir bolakay o`yinqaroq bo`lib ,chumchuq polaponini ushlab ,oyog`ini ipi bilan bog`lab o`zicha o`ynab yurgan.Chumchuqcha qochib,devor yorig`iga kirgan vaxti uni chiqarish uchun ipni qattiq tortganida ip bog`langan nozik oyog`I uzilib tushgan. O`g`lining bu ishini ko`rgan onasi uni :”Nima qilding ? Endi Xudo seni jazolaydi - oyog`ing cho`loq bo`lib qoladi ?” deb koyigan . Va ko`p o`tmay shu bola cho`loq bo`lib qolgan
Onam o`sha o`yinqaroq bola xaqida gapirganlarida uyimizning kunbotar tamonini qo`llari bilan ko`rsatib ,o`sha qishloq shu yoqda bo`lganini aytganlar .
........Kechqurun mening jo`ram bilan qilgan qaldirg`och bolalariga qilgan “yaramas ishi ”mizni otam eshitib ,kishi ham onam aytgan rivoyatni aytib berganlar .
Otam o`shanda ‘Zamaxshariy ‘ degan ismni aytganlar . Bu ism esimda qolgani sababi –tanish-bilishalarim bo`lan bolalar va xatto kattalar orasida xam shunday ismli inson yo’qligi edi.
Ko`p vaqtlargacha bu g`alati ismni takrorlab yurganman ,tengqurlarimga aytib , ularni xayron qoldirganman .Keyin maktabga borganimda –oltinchimi-yettinchi sinfda vaqtimizda maktabimizning tarix fani o`qtuvchisidan Zamaxshariy kimligini so`raganmda u kishi : “ shunday bir donishmand o’tgan u arab grammatikasini yaratgan .O’zi esa bizga qo’shilib olgan Zamaxshar degan qishloqda tug’ilgan” deb qisqacha tushuntirganlar
Sho’ro zamonlarida bu inson ismi-sharifi birorta darslikka kiritilmagan ,
darslik u yoqda tursin,hatto ilmiy adabiyotlarda kamdan- kam xollarda eslanardi
Sho’rolarning “ Din - afyun ! “ degam siyosati amalda bo’lgan zamonlarda Az-Zamaxshariy qatog’on qilingan tarixiy shaxslardan biri bo’lgan-da !
... Xon zamonlarida elatlarda xar bir qavmning o’z masjidlari bo’lgan –
Xiva xonligida hududlarda yashovchi axoli aynan “masjid qavmi “Shaklida soliqchilar qavmida turgan
Sho’rolar kelgach , barcha masjidlarni yiqib tashladi . Hali bola vaqtimizda elatimizda ham “ masjid o’rni “ deb ataladigan joylar bo’lardi bir xonadon tomorqasicha keladigan tep-tekis tuproq uyimi yoki tekislangan yalang maaydonchalarda fudbol o’ynaganmiz qariyalar bu yerda masjid o’rni bo’lganini aytishgan.Ammo biror banda masjid o’rniga imorat solish yoki
Uni tekislab , ekin yeriga ayantirishni hayoliga ham keltirmagan
Bunday masjid o’rinlari xatto o’tgan asrning 80-yillariga qadar shu xolida tashlandiq bo’lib yotdi….
Istiqlol zamonasiga kelibgina asriy qadriyatlarimiz qayta tiklandi – eski ,
tashlandiq masjidlar qayta tamirlanib , yangi masjidlar bunyod etildi.
…Uyimizdan biror yuz ellik qadam masofada qadim G`ozibod (xalq tilida G`ozovod ) arig`I oqib o’tadi.Ota-bobolarim ,balki yeti, balki yetmish avlodim ushbu ariqning qiba tarafida yashagan .Bolalik davrimizda uyimiz va qo’shnilar yakka xo`jalik –xutor – ko`rinishida yashardik.Xozir bu maskan kattagina axoli punkitiga aylangan .
G`oziobod arig`ining “Qo`shko`pir-Shovot” kata yo`li ustiga qurilgan ko`prikning shundoq janub tamonida nafaqat tumanimizda , balki Xorazmda eng yirik jome masjidlaridan biri qad roslab turibdi .Bu masjid Az-Zamaxshariy nomi bilan ataladi.
Bir mo`min banda sifatida juma namozlarini eldoshlarim qatorida shu jome masjid muazzini aytgan azon tovushi bilan uyg`onamiz va bomdod namozi tadorigini ko`ramiz .
Az-Zamaxshariy masjidi xayotimizning bir bo`lagiga

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish