Har satrida xaqiqat bark uradi
Az-Zamaxshariy fannin bir qator sohalari bilan mufassal shug’ullangan.Uning ulkan ilmiy merosi ni tashkil qiluvchi asarlari va risolalari lug’atshunoslik,tilshunoslik,adabiyot,aruz,jug’rofiya,tafsir,hadis,fisk(islom huquqshunosligi) kabi o’z davrida g’oyatda e’zozlangan soxalarga bag’ishlangan.
Buyuk olim hayoti davomida bir yuz ellikka yaqin asar yozgan bo’lib,ularning aksariyati bizgacha yetib kelgan.
Az-Zamaxshariy tilshunoslik va lug’atshunoslikda eng yuqori cho’qqiga erishganki,boshqa biror olimga bu nasib qilmagan.
Makkada yashagan davrida bir yarim yil ichida yozib tugallagan”Al-Mufassal”asari arab tili navxu sarfini (grammatikasini)o’rganishda o’z davrida va keying davlarda Sharqu G’arbda g’oyatda shuxrat topgan.Navxu safri bo’yicha dunyodagi yirik olimlar az-Zamaxshariyning ushbu asarini taniqli arab tilshunosi Sabavayxning arab tili navxu safri (Grammatikasi)ga oid asaridan keying ikkinchi muhim qo’llanma deb e’tirof etganlar.
Nega ikkinchi?.
Gap shundaki,Sabavayx arab millatiga mansub olim.Az-Zamaxshariy esa turkey tillar,yani uzoq Xorazmning bir qishlog’idan chiqqan olim.Sabavayxning tili o’z ona tili-arabchada chiqqan , az-Zamaxshariy bu tilni Qur’oni Karimni o’qish va yodlash jarayonida o’zlashtirgan.Sabavayx mazkur asarini yaratishga deyarli butun umrini bag’ishlagan.Az-Zamaxshariy esa uni Makkada vaqtida yashagan davrida o’n sakkiz oy ichida takomiliga yetkazgan.
“ Al-Mufassal” yaratilgan vaqtidayoq shu qadar mashhur bo’lib ketadiki,boshqa hududlarda yashayotgan arablar uni o’z tillari bo’yicha yagona bilish manbai sifatida e’tirof etadilar. Shom (Suriya) Xokimi Muzaffariddin Muso kimda-kim “Al-Mafassal”ni yod olsa,unga beshming oltin tanga in’om qiliahi haqida farmon chiqaradi.Tarixiy manbalarda bir qancha olimlar bu asarlarni yod olib,Hokim sovg’asiga Musharraf bo’lganligi qayd qilingan.
Bundan tashqari,az-Zamaxshariy o’z salafi bo’lish Sabavayx asarini mukammal o’rganib, unga alohida sharx sifatida “Sharx aybat kitobi Sabavayx”asarini ham yozgan.Bu arab navxi sarfi haqida birinchi bo’lib yaratilgan mashhur asarlar yozilgan eng mukammal sharx bo’ib,unda az-Zamaxshariy muallifning ayrim xato va kamchiliklarini ham bergan.
Jahon fani tarixida boshqa millat vakilining boshqa bir til navxi arfi(grammatikasi) ni mukammal o’rganib,yaratgan asari deyarli yo’qligiyoq buyuk bobomizning naqadar ulug’ iqtidor egasi ekanligini ko’rsatadi.Xatto ayrim olimlar:”Agarda xorazmlik cho’loq bo’lmaganda arablar o’z tili tuzilishini bilmay o’tardilar”degan kinoyali fikrlar ham aytganlar.
“Al-Mufassal”asari birdaniga,yo’q yoydan paydo bo’lgan emas.Az-Zamaxshariy Xorazmdalik davrida “Muqaddimat ul-adab”asarini yozadi.Mazkur asar arab tilida yo’zilgan bo’lib, unda o’sha davr arab tilining iste’molda bo’lgan bo’lgan barcha so’zlari,iborlalarini qamrab olishga intiladi hamda ularning etimologiyasiga alohida e’tibor qaratadi.Besh katta qismdan iborat bu asarda otlar,fe’llar,bog’lovchilar,ot o’zgarishlari va fe’l o’zgarishlari haqida baxs yuritiladi.Bu asar o’sha davrda Xorazm taxtiga o’tirgan Otsizga bag’ishlangan.Otsiz olimlar, shoiru adiblarga hurmat bilan qarar , o’zi ham iqtidorli bo’lib,nazmiy mashqlar qilib turardi.
Az-Zamaxshariyning bu asari fors,chig’atoy (o’zbek),mug’ul va turk tillariga tarjima qilinadi.Asarning chig’atoy tiliga tarjimasini muallifning o’zi amalga oshirgan.
Arab tili fan tili sifatida iste’molda bo’lgan davrda az-Zamaxshariy yaratgan bu asarning qadri nixoyatda baland bo’lganini anglash qiyin emas.
Makkada yashagan davrda Xijozga safari davomida “Kitob ul-jibol va-l-amkina va-l-miyoxa”(“Tog’lar,joylar va suvlar haqida kitob”) asarini amir do’sti Vaxxos ma’lumotlari va o’zinging shaxsiy kuzatuvlari asosida yozib tugatgan.Bu asarda Arabiston yarim orollariga oid jug’rofik joylar,tog’lar suv xavzalari to’g’risida ma’lumotlar mufassal keltirilgan.Bu esa olimning Jug’rofiya ham mukammal bilganidan dalolat.
Az-Zamaxshariyning “Asos al- balog’a” (“Notiqlik san’ati”)asari asosida lug’atshunoslikka bag’ishlangan.Unda arab tilining fasoxati va mukammaligi haqida so’z boradi.Ya’ni, va’z aytuvchi o’z fikrini chiroyli ibora va so’zlar bilan ifodalashi,so’z boyligidan o’z o’rnida mohirona foydalana olishi uchun notiq aynan so’zlar va iboralardan yaxshi xabardor bo’lmog’I kerakki,olim o’z asarida ular uchun zarur ana shu so’z va iboralarni bir qadar mukammal keltirishga harakat qilgan.Olim yashagan davrda va keying zamonlarda jamoat oldida amru ma’ruf qolgan ulamolar bu asardan foydalanishga intilganlar.
Az-Zamaxshariyning “Atloq uz-zaxab fi-l-mavoi’a ba-l –xutab”(“Va’zlar va xutbalar bayonida oltin shodalar”) asari nasixatomuz maqolalar to’plamidan iborat.Shuningdek , olimning “Rabab ul-abroro va nusus ul-axyor”(“Ezgular baxori va yaxshilar izxori”)asarida adabiyot,tarix va boshqa fanlarga oid hikoyalar,latifalar va suxbatlar jamlangan.”Al-Qustos fi-l-aruz” (“Aruzda o’lchov mezoni asari alifbo tartibida yig’ilgan arab maqol,masalalariga bag’ishlangan.U yana “Al-Mustakso fi-l-amsol”(“Nihoyasiga yetgan masallar”)nomli asar ham yozgan.Yoki ellik qismdan iborat “Maqomot”(“Maqomlar”)asari qofiyali nasr-saj uslubining eng nozik namunalarini o’z ichiga jamlagan.
“Devon ush-she’r”,”Navobit ul-Kalim”(“Nozik iboralar”) g’oyat yuksak did bilan yozilgani bilan ajralib turadi.
…Ulug’ alloma yaratgan yuz ellikka yaqin asarlardan bir nechtasini keltirdikki,shularning o’ziyoq olimning fikratini ,iqtidorini ,quvvai xofizasini ko’rsatib bera oladi.
E’tiborlisi,az_azmaxshariy turkey tilli millat vakili bo’lgan holda qisqa fuesatda arab tilini bu qadar mukammal egallagani va arab tilini taxlil qilish, uning tuzulishini chuqur anglash orqali ajoyib asarlar yaratgani.To’g’ri,yurtimizga islom dini kirib kelishi bilan arab tili fan tili sifatida iste’molga kirdi.O’sha zamonlarda va keying tarixda yashab o’tgan barcha buyuk ajdodlarimiz o’z asarlarini asosan arab tilida yozdilar. Tilni bilish va shu tilda yozish boshqayu, anashu tilning muhim jihatlarini chuqur tushuna bilish va xatto xato va kamchiliklarini ko’rsata bilish boshqa.
Aynan Az-Zamaxshariy yaratgan asarlarkeyingi avlodlarga asarlar yaratishda xatoliklardan kechishga yordam bergan.
Etirofni mashhur tarixchi Ibn Al-Kiftiy fiklari bilan davom ettiramiz: “Hudo raxmat qilgur Az-Zamaxshariy ilm ul-adab, naxv va lug’at bobida o’zgalarda misol bo’ladigan alloma edi. U o’z xayot davomida ko’plab buyuk olimlar va fozillar bilan uchrasggan bo’lib, tafsir, xadis, naxv va boshqa coholar bo’yicha ko’plab asarlari bordir. U o’z asarlarini arab tilida ijod qilgan ajamliklar (yaniy, g’ayri arablar) orasida eng buyugidir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |