Uo’K 28-725(092) kbk 86. 38g I 21 Ibrokimov Xojiboy


ZAMAXSHARDAN CHIQQAN DAXO



Download 2,32 Mb.
bet3/12
Sana20.07.2022
Hajmi2,32 Mb.
#825614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
shodiya domilla

ZAMAXSHARDAN CHIQQAN DAXO
Tug`ilgan muqaddas tuprog`im Xorazm o`zining ming-ming yillik tarixida ne-ne talotumlarni ko`rgan, qanchalab urushlarni, tabiat ofatlarini boshidan kechirgan. Tarixchilar e'tirof etishlaricha, davlatchiligimiz Ibtidosi xam aynan Xorazmdan boshlanadi. Xorazmni Allox nazari tushgan yurt deyishadi. Xududda ilk Uyg`onish davri xam aynan Xorazmdan boshlangan. Xivalik mashxur alloma Muxammad al-Xorazmiy jahon fanida algebraga asos solgani, o`nlik sanoq tizimini yaratgani ma'lum. Dunyo fani taraqqiyotiga ulkan Xissa qo’shgan eng buyuk beshta olimning biri sifatida
e`tirof qilinishi xam shundan.Allox nazari tushgan deganimiz isboti shuki tarix yevrilishlarida urushu savashlar ro`y berib, xatto katta saltanatlar yo`k bo`lib ketgan zamonlarda xam el kishilarni xidoyatga boshlash, ularni ruxan ko`llash uchun bu zaminga Yaratgan egam buyuk daxolarni takror va takror beravergan. Xorazmshox Ma'mun tashkil qilgan akademiyada Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr al-Iroqkabi jaxon faniga ulkan hissa qo`shgan ulug` olimlar faoliyat yuritganlar. Takdir taqozosi bilan Maxmud G`aznaviy Xo- razmni istilo qiladi va Beruniy va boshqa olimlarni o`zi bilan olib ketadi. Ibn Sino bundan sal oldin kelayotgan xatarni sezib, Xorazmni tark qilgandi. Barcha zamonlarda ulug` allomalar saltanat tayanchi, yurtning faxri bo`lishgan. G`aznaviy istilosidan keyin parokandalikka yuz tutgan yurtda go`yo va`tincha bo`lsa xam raiyatni xidoyatga boshlaydigan, odamlar-
ga ruxan xaloskor bo`ladigan birorta taniqli shaxs olim, shoir, ulamo qolmaydi. Ammo oradan asr kechinib. Yaratgan egam bu yurtga yana bir ulug` daxoni tufxa qiladi. Bu az-Zamaxshariy edi. Vokelikdan oldinlab ketib, eslatish joizki, mug`ullar istilosidan keyin xam bir vaqtlar yetti iqlimni farmonbardorlikda tutgan, ne-ne buyuk zotlarga belanchak bulgan Xorazm zamini yana bir muddat daxosiz qoladi va oradan sal o`tmay Paxlavon Maxmud dunyoga keladi... Tarixiy bitiklarda Zamaxshariy xijriy 467 yilning rajab oyining yigirma yettisida Xorazmningning katta qishloqlaridan biri xisoblanmish Zamaxsharda dunyoga kelgani qayd qilingan. Bu milodiy
taqvimda 1075 yilning 19 martiga to`g`ri keladi. Sharkda yilboshi Navruz xisoblanadi. Baxoriy uyg`onishni boshlagan tabiatga uyg`un tarzda aynan
Navruz yilboshi qilib tanlangani bejizga emas. Navruz keng nishonlanadigan kun —22 mart aynan yangi oyning boshlanishi. Bu ayni bir paytda kecha va kunduzning muylok tenglik kuniyam.Shu kundan boshlab odamlar dalaga otlanadilar, rizq-nasibasini yaratishga kirishadilar. Buning uchun tabiatning uzi juda qulay ob-havoni yaratadi. Taqdiri Amudaryodan oqib keladigan suv bilan botiq Xorazm uchun bu juda muhim. Negaki, aynan mart oyi boshlarida daryoda qishda muzlagan suv eriydi va obi hayot yana o`z o`zanidan oqa boshlaydi. Navro`z kunlariga kelib daryo rizq-ro`z yetishtiruvchi dalalarta yetarlicha suv tashib keltiradi. Taqdirning in'omiga qarangki, Zamaxshariy xazratlari xam aynan Navruz nishonlanayotgan kun-
larda dunyoga kelganlar. Go`yo azim daryo kabi el rizqini boy qilmoq, ularning kungillarini ilm bilan nu- rafshon qilmoq uchun.
Qadimiy bitiklarda bu zotning tuliq ismi-sharifi va nisbalari ushbutaxlit keltiriladi – Abulqosim Maxmud ibn Muxammad (ba'zi manbalarda Axmad) az-Zamaxshariy al-Xorazmiy. Demak, usha davrda tamoyilda bo`lgan shaxs ismi- sharifi va nisbasi yozilishidan kelib chi`ib aytsak, u zotning ismlari Maxmud bo`lib, otasining ismlari Umar va bobosi ismlari Muxammad bo`lgan. O`zi tug`ilgan qishloq va yurtni esa az-Zamaxshariy al- Xorazmiy deb nisbalariga qo`shganlar. Makkada yashayotgan kezlarida misrlik shogirdi Shaxobiddin ibn al-Xusniy al-Molikiyga yuborgan maktublarida o`zi xaqida shunday yozganlar: “ Men Mahmud ibn Umar ibn Muxammad al-Xorazmiyman, keyin az-Zamaxshariyman. Xorazmning bir kishlog`iga mansubman. Zamaxshar tug`ilgan `qishlog`imdir". Bu o`rinda keltirilgan ismlar silsilasiga e'tibor bersak, otasining ismlari Umar va bobosining
ismi Muxammad ekani ma'lum bo’ladi. Zamaxshar Xorazmning katta qishloqlaridan biri bo`lgan. Ayrim manbalarda bu qishloq atamasi Izmixshir ko’rinishida xam keladi. Bu qishloq Xivadan 55, ko`xna Urganchdan esa 120 chaqirim masofada bo`lib, shu ikki qadim shaxar oralig`ida joylashgan.
Az-3amaxshariy taqvodor oilada tarbiya topgan. Otasi o`z davrining savodli insonlaridan bo`lib, tirikchilik tashvishlaridan bo`sh vaqtlarini Qur'oni
Karim tilovati va toat-ibodat bilan O`tkazgan. Ayni paytda uzoq yillar qishloqdagi masjidlardan birisida imomlik vazifasini xam bajargan. Xulq- atvorda benazir, shirinsuxan va G`oyatda muruvvatli inson bo`lganidan el kishilari orasida katta obro` orttirgan. Az-Zamaxshariyning onasi xam takvodor ayol bo`lib, islom dinining barcha farz va sunnatlariga og`ishmay amal qilgan. Yana manbalarda otasi bir muddat xibsda - zindonda saqlangani va az-Zamaxshariy xokim Muayyid al-Mulkka murojaat qilib, otasining ilmu fazilati xurmatga loyiqligini, katta oila boquvchisi ekanligini inobatga olib, uni ozod qilishni iltimos etgani keltiriladi. Manbalarda az-Zamaxshariyning otasi nima sababdan zindonband Qilingani xaqida xabarlar keltirilmaydi. Ammo aniqqi, u kishi biror moliyaviy sabab xisbga olinmagan, balki diniy qarashlari uchun xukmdorlar bilan kelisha olmay qolgan bo`lishi
xaqiqatga yaqin. Az-Zamaxshariy dunyoga kelgan oila a'zolari mu'taziliy oqimiga qat'iy rioya qilganlar.Bu oqim a'zolari bilan islomdagi boshqa xizb va oqimlar orasida xamisha kelishmovchiliklar yuz berib turgan. Uzi e'tiqod qilgan oqim qarashlarini targ`ib qilgani, bu borada boshqa dindorlar bilan bahslashib qolgani uning ustidan xokimga arz qilishlariga sabab bo`lib, vaqtincha xibsga olingan bo`lishi mumkin. Az-Zamaxshariy dastlabki ilmni otasidan oladi. Otasi unga yozish, o`qishni o`rgatish asnosida Kur`oni Ka-
rimni xam xali bola paytidayoq yod oldiradi. Bu oila qanchalik taqvodor bo`lmasin, otasi katta . Masjid imomligi vazifasini bajarmasin, ruzg`or
asosan ilkidagi bir parcha yerda dexqonchilik qilish orkasidan kelgan. Bundan tashkari, oila a'zolari bir qator xunarlarni xam o`rganib, shu kasbi orqali oila- ni ta'minlashgan. Otasi az-Zamaxshariyni tikuvchiga shogirdlikka berganidan xam bu oilada xalol mexnat bilan ruzgor tebratish tamoyilda bulganini kursatadi. .. Ammo taqdir az-Zamaxshariyga tikuvchilik emas, inson ruxiyatini butlovchi buyuk ilm soxibi bo`lishni yozgandi. Shu sabab u tikuvchilikni tashlab, dunyo ko`rish, ilm olish uchun uzok safarga otlanadi. Shu o`rinda tarixyozarlar qayd qiladilarki, az- Zamaxshariyni otasi tikuvchilikka bergani sababi, uning bir oyog`i cho`loqligi. Bir oyoqli yarim nogiron banda dalada dexqonchilik kilishi, temirchi ustaxonasida ishlashi yoki boshqa jismonan qiyin ishlarga bosh urib, tirikchiligini o`tkazishi qiyin.
Tikuvchilik esa bir yerda o`tirib, bajariladigan amallardan. Az-Zamaxshariyning yosh vaqtida nogiron bo’lib qolishini bolalik vaqtida chumchuk bolasi oyog`iga ip .Bog`lab, o`ynab yurib, polaponning oyog`ini uzib olgani va onasi uni karg`agani bilan bog`lashadi. Az- Zamaxshariy o`z asarlaridan birida bu vokea tafsilotini to`liq keltirganlar xam. ..
Oyog`i cho`loq bo’lib qolish sababi xakida esa turlicha taxminlar bor. Bir taxminda aytilishicha, Buxoroga ilm olish uchun borgan, ayni qish vaqtida O`qishdan ta'til olib, uyiga qaytayotganida qattik sovuqda oyog’ini sovuq urgan va tabiblar Oyog’ini kesishga majbur bo’lishganmish.
Bu taxmin otasi uni tikuvchiga shogirdlikka bergani xolati bilan mos tushmaydi. Negaki , otasi aynan oyog’i cho’loq bo’lgani uchun o’g`lini tikuvchiga shogirdlikka bergan. Xali bu paytda o’g’li Buxoroga taxsil olish
uchun ketmagandi. Keyinchalik ilm olish xavasi ustun kelib, tikuvchilikni tashlab, Buxoroga ketgan. Yana bir taxminda aytilishicha, oyog’i otdan yiqilgan vaktida «qattik lat yegan va tabiblar oyoqni kesishdan boshqa chora yo’qligi uchun shu tibbiy amaliyotni bajarishgani eslatiladi. Agarda o’sha zamonlarda va so’nggi davrlarda xam “Ot Yigitning suyanchi” tamoyiliga imkoni bor yigit amal qilganini eslatsak, bu taxmin xaqiqatga yaqinroq bo’lib chikadi. Tarixda asov otlardan yiqilish, xozirgi zamon-
da kunora ro’y beradigan avtoxalokatlar kabi ko’p uchragan. Xatto Xiva taxtida atigi yarim kun O’tirgan Sariq Ayg’irxon degan shaxs xam otdan yiqilib, vokea joyida vafot etgan. Ya'ni, ertalab taxtga o’tkashazilgan xon peshin namoziga borish uchun otga minganu... asov ot uni ag`darib
yerga urgan. Nima bo’lgandayam, bu takdir! Ammo bir oyog’iyo’k oyoq o’rnida yog’och oyoq ko’yilgan yarim nogiron bu zot vaqti kelib, butun musulmon olamida buyuk daho darajasiga kutarildiki, insoniyatning ma'naviy tamadduni uchun ushbu xolat eng muximidir.
Yurtkezar sayyoxlar qadim Xorazmga tashrif buyurar ekanlar, uning bir-biridan xaybatli qal'alari, obod qishloqlarini ko’rib, xayratlarini yashira olmay, taassurotlarini safarnomalarida keltirganlar. Bu safarnomalarda Xorazm ming qal'ali"yuz ming Qishloqli” ulkan va obod yurt sifatida ta'riflanadi. Qarangki, shu yuz ming qishloqdan birisi - Zamaxshardan shunday ulug’ daxo zot chiqqan. Buyam Yaratganning inoyati!

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish