BIR SAVOB ISH YO`LIDA
Qishloqda tugilgan va butun umri shu yerda kechgan dexqon farzandiman! Bobomiz Ibroxim buva xon davrida va sho`ro zamonlarida miroblik qilganlar. Keyinchalik qishloq oqsoqoli va kolxoz raisi bo`lib ishlaganlar. Otam-Davlat buva butun umri dalada utgan
inson edilar. Bobolardan meros kasb dexqonchilik bizning xam
nasibaga yozilgan ekan. Ya'ni, paxta xom ashyosini qayta ishlovchi tizimda ishladim. Bularni eslatishimga sabab kamina so’z ustasi emasligimni aytish. Otam qolxozda ishlab, nafakaga chiqqach, yetti ajdodimiz xoki yotmish Xazrati Sayyid Ali Mur-salil bobo (Odamlar tilida dunyoz bobo deb ataladi) kabristonini obod qilishdek savob ishga boshbo`ldilar. Kechasigina emas, kunduzi yonidan odam o`tsa qo`rqadigan tashlandik xolga kelgan kabristonqisqa fursatda obod bulishi, tevaragiga devor tortilib, ichkarisida ziyoratga kelganlar uchun aloxida binolar qurish kabi barcha ishlar xashar yo`li bilan amalga oshdi. Davlatdan bir tiyin mablag’ ajratilmagani uchun bu oson ish emasdi. O`sha vaqtda Otaxon akam tuman paxta tozalash zavodida ishlardilar,men xam shu dargoxda faoliyat yuritaman. Xali ertatongda, nonushta ustida otam bizlarga vazifa topshirardilar. Tuprok tashish uchun yuk mashinasi yuborish, xasharda ishlayotganlar uchun ovqat xarajatlaritopish va shu kabi boshqa xayriya ishlariga undaganlar.
O`zlari ham oladigan yaxshigina qarilik nafaqasining barini shu xayriya ishlariga sarfladilar...Az-Zamaxshariy xazratlari tavalludining 920 yilligiga viloyatda katta xajmdagi tadorik ko`rildi. Shulardan biri va eng asosiysi Zamaxshariy nomidagi jome masjidini bunyod qilish. Bu masjid ham xashar
Yo`li bilan tiklandi va otam bu jarayonga bizlarni,o`g`illarini jalb qildilar.
.. Men istiqlol davrida yangidan tuzilgan «milliy tiklanish” demokratik partiyasi a'zosi va shu partiyadan tuman kengashi deputatiman. Partiyaning nomi aytib turibdiki, dasturida aynan millatni qadim qadriyatlarga sadoqat ruxida tarbiyalash, unut bo`lgan ezgu ishlarga qayta umr bag`ishlash
va shu orqali Yangi Uzbekistonni yaratish g`oyalari mujassam. Partiya faoli va deputati sifatida aynan shu maqsadlarda yo`g`rilgan ezgu ishlarga bir qadar o’z ulushimni qo`shib kelmoqdaman. Ushbu risolani qoralash niyati xam ana shu maqsadlardan tug`ildi. Tariximizda yashab o`tgan buyuk ajdodlarimiz bilan yoshlarni tanishtirish, ular yaratgan asarlar, asrlardan-asrlarga o`tib kelayotgan ezgu amallar yangi davlatchiligimiz poydevori yanada mustaxkam bo`lishi uchun xizmat qiladi. Bundan deyarli chorak asr oldin bo`lib o`tgan buyuk vatandoshimiz az-Zamaxshariy mavlud sanalari baxona u zot xayoti va ilmiy faoliyati xaqida bir qancha risolalar chop qilindi, yozgan asarlarining bir kismi nashrdan chiqdi. Buyuk alloma xayoti va ijodini o`rganish tadqiq qilish jarayoni davom qilmoqda.Kamina tadqiqotchi olim emasman, risolada buyuk alloma asarlarini taxlil qilishga urinish yo’q, Bunga quvvai xofizam xam yetmaydi. Risolani yozishdan maksad -- buyuk vatandoshimiz xaqida Uquvchilarga muxtasar ma'lumot bermoq, u zot yashagan davr va muhitni imkon qadar ko`rsatib berish. Va yana o`zi tirilib usgan tuprokda u zotga ko`rsatilayotgan extirom — xotirasini avaylab-asrash uchun qilinganan va qilinayotgan savob ishlar va bu ish boshida turgan insonlar xaqida hikoya qilmoq.
Buyuk Qodiriy bobomiz aytganlaridek: “ Moziyga qaytib ish qilish xayrlikdir”. Bu xayrlik ishning bir ulushi sizga xam tegadi, toki risolani o`qib va ukib fikr yuritsangiz, farzandlarimizga bu haqda so`zlab bersangiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |