Uo’K 28-725(092) kbk 86. 38g I 21 Ibrokimov Xojiboy


YELKAMA-YELKA YASHAGAN ALLOMALAR



Download 2,32 Mb.
bet7/12
Sana20.07.2022
Hajmi2,32 Mb.
#825614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
shodiya domilla

YELKAMA-YELKA YASHAGAN ALLOMALAR
Katta-kichik bo’lsin saltanat taxdida muqim o’tirish hukumdorlar uchun oson yumush emas, garchi atrofida qo’l qovishtirib turgan yuzlam mulozimlari bo’lsa-da. Negaki bugun taxt soxibi qarshisida qovishtirilib turgan kul ertaga unga qarshi taxt tig’ ko’tirishi ham mumkin .
Taxt shunday bevafo matoh!
Yuqorida anushteginiy xorazmshoxlar davlat hududini kengaytirish va ayni paytda el-ulus tinchligini saqlash uchun muttasil harbiy yurishlar uyishtirgani, ayni paytda el-ulus tinchligini saqlash uchun muttasil harbiy yurishlar uyishtirgani, mudofa janglari olib borishganini tizimli ravishda ko’rsatib berganki.
Yurishlari savashlar tizimini o’qigan kitobxon, hukumdorning bundan boshqa yumishi yo’q ekan-da, degan xa-

yo’lga borishi mumkin. Yo’q! Yurishlari nisbatan tinchlik davrida taxt soxiblari raiyatni xidoyatga davit kiluvchi masjidlar, madraslar, darvishlar uchun xonakolar, karvonlar uchun karvon- saroylar qurdirganlar. Bu masjidlar, madrasalar saboq beradigan olimu umarolarni xatto etti iqlim narida bo’lsa-da topib, moddiy rag’bantlantirib, qo’llab-quvvatlab yurtga kelishga davit qilganlar. Xorazimshoxlar saroyida hamisha etti iqlimga nomi ketgan olimu ulamolar diniy va dunyoviy ilimlar bilan shug’ullanishgan.


Anushteginiy xorazimshoxlar islom bayrog’ini ko’tarib, mo’minu mazlumlar ximoyachisi sifatida tarix saxniga chiqishgan ekan, demak, ular qatida shariat peshvolari, islom muxaddislari, islomiy fikx bilimdonlari bo’lishlari va ulusni Allox dinidan og’ishmaslikka hamisha davat qilishlari asosiy shartlardan biri xisoblangan.
Xorazmshoh aziz avliyo shaxslar, ulug’ shayhlar qarshisida tiz bukib, some bo’lib o’tirishlarini sababi ham shu!
Az-Zamaxshariy yashagan davrda xukum surgan xorazmshohlar saroyida faoliyat olib brogan olimlar ro’yhati uzundan-uzun. Ozar olimi, anushtegin xorazimshoxlar davlati tarixini ilk bora mukkamal o’rgangan va bu xaqda ishonchli manbalarga asoslangan kattagina tarixiy risola yozgan Ziyo Bunyodov “Anushteginiy xorazmshoxlar davlati-1097-1231” nomli asariningsaltanatining madaniy-ilmiy darajasiga bag’ishlangan 8-bobida nomi butun sharqga mashhur bo’lgan 46 nafar olim haqida bir qadam malumotlar beradi.

Biz ushbu manbaga suyangan holda bevosita Az-Zamaxshariy davrida yashagan u zot bilan yelkama-yelka turib, diniy va dunyoviy ilimlar bo’yicha asarlar yaratgan zotlarni keltirib o’tishni maqul ko’rdik. Etiborlisi, bu olimlarning birlari Az-Zamaxshariyga ustozlik qilgan bo’lsalar yana birlari u kishiga shogirtlika tushushgan.


1.Xorazimshoxlar davrining eng mashxur shoiri Rashiddin Muxammad Al-Umariy. Bu zot Rashiddin Votvot laqbi bila tanilgan. Xorazimshoxlardan Otsiz, Takash va Muhammad davrida saroyda kotib al-insho vazifasida ishlagan. 1114 yilda tug’ilgan, 1182 yilda vafot etgan. Uning “Al-Risola” asari juda mashhur bo’lgan.
Taxminimizcha, Az- Zamaxshariy Xorazimga kaytib, saroyda hizmat qilgan davrlarda Rashiddin Votvot o’ttiz yasharlar yigit bo’lgan. Demak, ular bir davrda saroyda ishlaganlar.
2. O’z davrining yana bir mashhur shoiri Asiriddin Abu-Fadl Muxammad ibn Toxir Axsikentiy bo’lib, bu zot 1184 yilda vafot etgan. U qasida janrida ijod qilgan mashhur shoi Xoqoniy yo’lida go’zal sherlar yaratgan.
3. Xorazmshox El-Arislon va Takash davrida saroyda yashagan yana bir mashhur so’z ustasi Sayfiddin Isfaraniy edi. Bu zot Axsikentiy izdoshi bo’lib, unga ergashib go’zal qasidalar ijod qilgan.
4. 1165 yilda vafot etgan Abul Qosim Ali ibn Muxammad ibn Ali al-Adibiy al-Xorazimiy nazm va nasrda ijod qilib , bir qator asarlar yaratgan.
5. 1155 yilda El-Arslonning xarbiy yurishi davri-

da jangda shaxid ketgan Faxr al-Afadil Abu Uar ibn Muxammad ibn Umar Al-Xorazimiy ham g’oyatda taniqli so’z ustalaridan birsi sifatida zomondoshlari tomonidan etirof etilgan.


6.Butun sharqda “tibbiyot piri, tengi yo’q hakim” deb etirof etilgan al-Xakim Ali ibn Muxammad al-Xijoziy al-Qayniy tibbiyotga kassaliklarga tashxis qo’yib va davolash usullari haqida ko’p jildli asar yaratgan. Bundan tashqari, saljuqiy sulton Sanjarga bag’ishlab “Turklarning faxri haqida” xorazmshox otsizga bag’ishlab “Aqillilik haqida risola” kasi asarlar ham yaratgan. U mashhur matematik va shoir Umar Hayomning shogirdlaridan biri bo’lib, 1151 yilda 90 yoshida foniy dunyodan boqiy dunyoga rixlat qilgan.
7. 1141 yilda xorazmshox Otsiz o’z davrining mashhur faylasufi Baxouddin Abu Muxammad Abduljabbor ibn Abduljabbor ibn Muxammad al-Xaraqiyni Gurganjga taklif qiladi. Saljuqlar saltanati bosh kenti Marvda yashab , falakiyot ilmi bilan shug’ullangan bu olim ayni paytda matiq ilmida ham Benazir insonlardan biri bo’lgan.
8. Abul Mufaxr Muxammad ibn Muxammad ibn Abuljalil al-Umariy al-Kotib al-Buxoriy al-Xorazmshoxiy Otsiz davrida saroyda kotiblik vazifasini bajargan. Notiqlik sanati va so’zlari tuzilishi bo’yicha bir qator risolalar muallifi bo’lgan, o’z davrida “Xorazm va Xuroson olimlari peshvosi” deb etirof etilgan bu shaxsning az-Zamaxshariyga tasiri kuchli bo’lgan.
9. Al-Amir al-Sayyid al-imom Zayniddin Ismo il ibn al-Xasan al-Xusayniy al-Jurjoniy asosan tabobat bilan shug’illangan bo’lsada, fanning boshqa soxalari bilan qiziqqan. Xorazmshox Otsiz davrida
”Shoh tabobati”, ”Kun va tun tartiboti”, ” Intilish ” , faylasuflarni rad qilish” kabi asarlar yozgani buning isboti. Mashhur olim al-Bayxakiy uning 1136 yilda kurgani, shu vaktda olim ancha keksayib qolgani
xaqida o’z kitobida eslatib ketgan.
10. ”Faxriy qotib va so’z ustasi" laqabiga ega Abu Isxok shayx al-Amid Ibroxim ibn Muxammad ibn Ibroxim al-Nasaviy shu davrning ulug’ allomalaridan biri bo’lib, bu zot 1125 yilda vafot etgan.
11. Abulxasan Ali ibn Arrak as-Sannariy al- Xorazmiy grammatika, so’zlar tuzilishi va aruz bo’yicha tengsiz olim bo’lib, ancha muddat Buxoroda yashagan. U Qur'oni Karim oyatlari tafsiri bo’yicha aloxida risola ham yaratgan. Tarixiy solnomalarda bu olimning 1143 yil Xorazmning Mazan degan qishlog’imda vafot etgani qayd qilingan.
12. Abulxasan ibn mi ibn Muntajab Ali ibn Muxammad ibn Arslon ibn Muxammad al-Xorazmiy 1141 yil xorazmshol Otsizning Marvga yurishi
vaktida jangda jalok bUlgan. Bu olimning yana bir laqabi —"al-kotib" bUlib, shoir xamda ”Xorazm tarixi” asari muallifi sifatida tanilgan.
13. Abulxasan Ali ibn Muxammad ibn Ali ibn Axmad ibn Marvan al-Umraniy al-Xorazmiy taniqli adiblardan bo’lib u zot az-zamaxshariyga adab ilmidan saboq bergan. 1164 yili Xorazmda vafot etgan.
14. Abu Muxammad Maxmud ibn Muxammad ibn al-Abbos ibn Arslon al-Abbosiy al-Xorazmiy 1099 yil 38 da t`tilib, 1172 yilda vafot etgan. U umrining aksar qismini xorazmshoxlar saroyida o’tkazgan. Bu olim
”Al-Kafiy fi-l-fikx” nomli islom xukukshunosligiga oid xamda ”Tarixi Xvarazm” asarlarini yozgan.
15. Al-Xakim Abuja'far ibn Muxammad al- Buxoriy qadim donishmandlardan kolgan rivoyatlar,
xikoyatlarning bilimdoni bulgan. Bu alloma 1156 yilda olamdan o’tgan.
16. Abulvafo Muxammad ibn Muxammad ibn al- Qosim al-Axsikentiy tilshunoslik xamda tarix bilan Shug’ullangan. 1126 yilda vafot etgan.
17. Abdurashid Axmad ibn Muxammad ibn al-Kosim al-Axsikentiy Abuvafo al-Axsikentiyning ukasi bo’lib, nasriy va nazmiy asarlari bilan tanilgan.
18. Zayniddin Muxammad ibn Abulqosim al- Baqqoliy al-Xorazmiy Qur'oni Karimda ko’p keladigan so’zlar lug’atini yaratgan. U taqriban 1166-67 yillardan dunyodan o’tgan.
19. Abulkaram Abdusalom ibn Muxammad ibn Abulxasan Ali al-Xijjiy al-Firdavsiy al-Xorazmiy al-Andarastoniy Gurganj yakinidagi qishloqda tavallud topgan. Undan hadislar to’plami meros qolgan. Bu muqaddis 1142 yilda vafot etgan.
20. Oloviddin Abulfatx Muxammad ibn Abdulkamid al-Xusayniy al-Osmandiy as-Samarqandiy taniqli faqix bo’lib, bir qator Sharq davlatlarini kezib chiqqan va islom xuquqshunosligiga oid qator risola-
lar yaratgan. Bu olim 1095 yilda tug’ilib, 1121 yilda
dunyodan o’tgan.
21. Abul Muayyid al-Muvaffaq ibn Axmad ap-Makkiy
“Axtab Xvarazm"(”Kuchli notiq”) laqabi bilan mashxur
39
Bo`lib, Gurganjdagi madrasalardan birida mudarrislik
qilgan. U az-Zamaxshariyning shogirdi bo`lib, arab ti-
lini mukammal bilishi bilan tanilgan. Ayni paytda
yaxshi shoir xam bo`lib, islom tarixiga oid qator asarlar
xam yaratgan. Bu olim 1172 yilda vafot etgan.
22. Abdulkarim ibn Muxammad ibn Mansur Abu- sayyid ibn Abul-Muzaffar al-Marvaziy as-Somoniy
”Nisb Kitob al-ansab” nomli ko`p jildli lug`at muallifi bo`lib, u dunyoning ko`plab davlatlariga sayoxati davomida arab va boshqa tillarni O`rgangan. U 1167 yilda olamdan o`tgan.
23. Muxammad ibn al-Xusayin ibn Muxammad ibn al-Xusayin Ali ibn Ibroxim ibn Abdullox ibn Yoqub az-Zug`uliy ko`plab asarlarning muallifi bo`lib, za- mondoshlari yozishlaricha, ”fa`atgina bitta asari 400
jilddan iborat edi”. Bu olim 1163 yilda vafot etgan. Ro’yxatni yana davom ettirish mumkin. Ammo zukko kitobxon yuqorida ismi sharifi va nisbalari keltirilmish allomalarning o`zidanoq o`sha davrda Xorazmdagi ilmiy, adabiy muxit ko`lamini yaqqol ko`z oldiga keltira oladi.Yana e'tibor berilsa, olimlar nisbalarida ular
Tug`ilgan manzillar aks etganki, buning o`ziyoq anushteginiy xorazmshoxlar qayerda taniqli olim bo`lsa, ularni saltanat poytaxtiga taklif qilishgani, ma'nan va moddiy qo`llab-quvvatlashganini ko`rsatadi. Saroyda taniqli ulamo, olimlar, shoir va adiblarni jamlash, bir tomondan, xukmdorning obro`sini oshirsa, yana bir tomondan, shu zaminda ilm chukur ildiz otishiga zamin yaratgan. Ya'ni, taniqli allomalar muxiti yana o`nlab va yuzlab ilmga chanqoq yoshlarni o’ziga chorlagan.
Ko’rinib turibdiki, az-Zamaxshariy bo’shliqdan
To`satdan paydo bo`lgan olim emas. Ungacha bo`lgan davrda Xorazmda ilmiy, adabiy muxit kamol topgandi. Az-zamaxshariy o’z zamondoshlari bo`lgan olimlar bilan yelkama-yelka turib faoliyat yuriTISHI asnosida Xorazm fani nomini yanada yuksaklarga ko`tardi va o`zidan keyin mangu nur sochuvchi ilm mash'alasini qoldira oldi.

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish