Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


FAOL TA’LIM ASOSIDA DARSLARN TASHKIL QILISH ‒ TA’LIM



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

FAOL TA’LIM ASOSIDA DARSLARN TASHKIL QILISH ‒ TA’LIM 
SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA 
Adizova Nodira Baxtiyorovna, 
BuxDUPI dotsenti 
Jamolova Lubat Ilhomovna, 
BuxDUPI 1-kurs magistranti 
 
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini 
kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil 
etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko‘p 
tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo‘llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu 
bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko‘p bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarli hamma 
vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan 
maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo‘llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim 
metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ri tanlash muammosini keltirib chiqargan. 
O‘quv jarayonida o‘quvchining o‘zi o‘ziga baho berishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi.O‘quvchi 
uchun dars qiziqarli o‘qitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi. O‘qish jarayoniga ijodiy yondashuv, 
ijobiy fikr namoyon bo‘ladi.Har bir o‘quvchining o‘zi mustaqil fikr yurita olishiga, izlanishga, 
mushohada qilishga olib keladi. Interfaol usulda o‘tilgan darslarda o‘quvchi faqat ta’lim mazmunini o‘z- 
lashtiribgina qolmay, balki o‘zining tanqidiy va mantiqiy fikrlarini ham rivojlantiradi. Xulosa shuki, 
bunday sharoitda o‘qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo‘yicha chuqur 
mushohoda yuritishga, muammolarni o‘z vaqtida echa oladigan qobiliyatga ega bo‘lishi kerak. Interfaol 
metodlarda darsni tashkil etishda o‘quvchi shaxsini rivojlantirish o‘z-o‘ziga zamin yaratishdan 
boshlanishi kerak. Ya’ni o‘quvchining: 

o‘zi mustaqil mutoala qilishi, o‘qishi asosida bilim olishi; 

o‘zini o‘zi anglab yetishga, anglab tarbiya topishga; 

o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga; 

o‘quv mehnatiga mas’uliyat hissi bilan qarashga; 

o‘z faoliyatini mustaqil tashkil eta olishi, har bir daqiqani g‘animat bilishga; 

o‘quv mehnatiga o‘zida hoxish, istak uyg‘ota olishga; 

har qanday vaziyatda faollik ko‘rsata olishga; 

Interfaol metodlar – o‘quvchilarning o‘zaro muloqot va o‘zaro ta’siridagi dars jarayonini 
amalga oshiruvchi usuldir. “Interaktiv” so‘zi ingliz tilidan olingan “Interakt”, ya’ni “Inter” – o‘zaro, “akt” 

harakat, ta’sir, faollik ma’nolarini beradi. Interfaol usullardagi darslar o‘quvchini ijodiy fikrlashga, 
olingan axborotlarni o‘zaro faollikda hal etishga, o‘z fikrini erkin bayon etishga, tashabbuskorlikka, 
guruhlarda masalalar yechimini topishga, hamkorlik, hamjihatlikda ish yuritishga, fikrni mantiqan yozma 
ravishda bayon etishga chorlaydi. Interfaol metodlarda ish yuritish, an`anaviy usullardan voz kechish 
degani emas. Balki ta’lim mazmunini o‘zaro faollikda hal eta olish demakdir. 

Interfaollik – o‘zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, u o‘quvchi va o‘qituvchi muloqotida sodir 
bo‘ladi. Interfaol usulning bosh maqsadi o‘quv jarayoni uchun eng qulay vaziyat hosil qilish orqali 
o‘quvchining faol, erkin fikr yuritishiga muhit yaratishdir. U o‘zining intellektual salohiyatini, 
imkoniyatlarini namoyon etadi, va o‘quv sifati va samaradorligini oshiradi. Interfaollik asosida o‘tgan 
darsni tashkil etish shunday kechadiki, bu jarayonda birorta ham o‘quvchi chetda qolmaydi, ya’ni ular 
ko‘rgan, bilgan, o‘ylagan fikrlarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘quvchilarning har 
bir bildirgan fikrlari, u to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishidan qat’i nazar, tanqid qilinmaydi. O‘quvchilar 
hamkorlik, hamijodkorlikda ishlashda mavzu mazmunini bilish va o‘zlashtirishda o‘zlarining shaxsiy 
hissalarini qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zaro bilim, g‘oya, fikr almashish jarayoni sodir bo‘ladi. 
Hozirgi kundagi eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar: 
Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blist-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy 
ish”, “Muammoli ta’lim” va b. 


55 
Interfaol ta’lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, 
“Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va h. k. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol 
ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategic 
yondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim 
metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q. Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq 
skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima 
uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg‘ulotlarda asosiy 
fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik 
organayzerlar bilan ishlash ham ko‘proq interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida 
boshqa farq yo‘q. 
Xulosa qilib aytganda, interfaol mashg‘ulotlarni yuqorida qisqacha bayon qilingan omillarni 
hisobga olgan holda tashkil qilish va olib borish bu mashg‘ulotlarning sifati va samaradorligini yanada 
oshirishga yordam beradi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish