942-19 guruh talabasi Hajiyev Behzodning pedagogika va
psixologiya fanidan
Mustaqil ishi
Ekologik va iqtisodiy tarbiya
Reja:
1. Insonni shakllantirishda iqtisodiy tarbiyaning pedagogik ahamiyati.
2. Iqtisodiy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
3. O'quvchilarga iqtisodiy tarbiyani olib borishning shakllari.
4. Ekologik tarbiya haqida tushuncha.
5. Eologik tarbiyani tashkil etish shakllari.
Tejamkorlik. Abu Nasr Forobiy «Baxt-saodatga erishish haqida» asarida shunday yozadi: «Inson o'z mablag'ini to'g'ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg'anchiqlik qilish, xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka etaklaydi». Ko'rinib turibdiki Sharq mutafakkirlari maktab va oila sharoitida bolalarning iqtisodiy tafakkurini kengaytirish, ularni tejamkorlikka, tashabbuskorlikka, ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob-kitobga o'rgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga asosiy e'tiborni qaratganlar.
«Eyfarzand,o'zingnimoljametmoqdang'ofiltutmag'ilvalekinharnarsanietmaktilasangjahdqilg'il, tokihalollikbilajambo'lsinvahamishasengaboqiyhamdayoqimlibo'lsun. Agar moling ko'p bo'lsa, uni taqdir va tadbir bila ishga yaratg'il. Nedinkim, taqdir va tadbir bila yaratgan ozgina mol taqdirsiz va tadbirsiz ko'p moldin yaxshidur. Agar mol oz bo'lsa, ham yaxshi saqlamoqni vojib bilg'ilki, har kishi oz narsani saqlay olmasa, ko'p narsani ham saqlay olmag'uvsidir. Har narsa qo'lingga tushsa, bir tangadin ikki hissani qarilig' va ojizlig' vaqtining zaruriy ishlariga ehtiyoj uchun ehtiyot qilib qo'yg'il, va undin ko'z yumib aslo unga qo'l urmag'il. Qolgan ikki hissani o'zingning ziynat va asbobingga sarf etgil»
Xalqongigasingibketgan «Iqtisodbilanishlagankishilarfaqirbo'lmaslar» deganhadisbor, ungaquyidagichaizohberishmumkin: «Kirimigaqarabchiqiminitutabilmagankishibordavlatinibitirib, oxirixo'rlikkatushganiholda, kirimigaqarabchiqiminitutabilgankishiboybo'lmasada, o'zinifaqirlikdansaqlayoladi».
Iqtisodning yaxshi yoki yomonligi tejamkorlik bilan bevosita bog'liqdir. Bas, shunday ekan bolaga oilada iqtisod, kirim-chiqim mohiyati haqida ta'lim-tarbiya berish kerak. Bu ishni o'quvchi bevosita maktab ta'limi davrida oladi. Shuning uchun o'quvchida ilk iqtisodiy tushuncha asoslari va ko'nikmalarni tarkib toptirishga alohida e'tibor berilishi shu kunning muhim muammolaridan biridir.
Donolar debdurlarki: «Harakat qiling to obodon bo'lg'aysizlar va ozga qanoat qiling, toki mollaringiz ko'p bo'lg'ay, yumshoq tabiatli va shirin so'zli bo'ling, do'stiniz ko'p bo'lg'ay». Demak, ko'p ranj bila topilg'on ganjni (boylik) g'aflat va qohillik bila qo'ldan bermoq aqlli kishining ishi emasdur. Qashshoq bo'lg'andin so'ng har qancha pushaymon bo'lsa, sud (foyda) qilmaydur. Demak, moling barqaror bo'lguncha mashaqqat ustiga mashaqqat chekg'il, sen bundan bahramand bo'lg'aysan.
Biroq mol har qancha aziz bo'lsa ham, uni do'stlardin darig' tutmag'il. Har holda molingni go'ringga olib bormagungdur. Ammo daromad na chog'liq bo'lsa, xarjing ham ul miqdor bo'lsun. Shunda senga qashshoqlik mashaqqati yuzlanmag'ay. Har kishiki xarjini daxlidin oz qilsa, hech vaq qashshoq bo'lmag'ay.
Donishmandlar debdurlarkim, hech bir ishda isrof qilmag'il, isrof qiluvchi barcha vaqt ziyonkordur. Ammo tirikchilikni talx qilgudek qattiqliq qilmag'il. Ro'zgoringning zaruriy ishlarida tahsir nuqson ko'rguzmag'il. Joningga jabr qilmag'il: mol har nechakim azizdur, ammo jonigdan aziz emasdur. Alqissa, jahd etib yig'ilgan molingni bahllarning qo'liga topshirmag'il va sharobxo'r, qimorbozlarga e'timod qilmag'il. Mol jam etmakda xato qilmag'il, har odam o'z ishida xato qilsa, saodatdin mahrum bo'lg'ay va muddaolarda bebahra qolg'ay, nedinkim, roham mehnatdadur. Shundoqki, bugunning rohati kechagi mehnatning natijasidur.
Molingdin mustahiqlarga (munosib, loyiq) edurg'il. O'zgalarning molidin ta'ma qilmag'il, tokim barcha xaloyiqning yaxshiroq va azizrog'i bo'lg'aysan. Molingni o'zgalarning moli deb bilg'il, o'zgalarning molin o'z molingdin ziyodrog' bilg'il, toki omonatga xiyonat qilmaslik, to'g'rilik bila xalqqa mashhur bo'lg'aysan .
«... Har ishning bir sababi bordir. Ammo qashshoqlikning sababi isrofdir. Isrof faqat molni sarf qilishgagina emas, ovqatda, kishining qiziqishlari, nutqida ham isrof bo'ladi, isrof tanni aldaydi, nafsni ranjitadi, aqlni qochiradi va tirikni o'ldiradi».
Isrof so'zining lug'aviy ma'nosi bu – molni gunoh ishlarga sarflash yoki o'zi va bola-chaqasi uchun hech narsa qoldirmay, bor-yo'g'ini mayda-chuyda, ikir-chikirlarga sarflab yuborish ma'nolarini anglatadi. Isrof – u qaysi ko'rinishda bo'lmasin kishining bor-yo'g'ini sovuradi, yakson qiladi, degan fikr ilgari surilgan.
«Yaxshi sayrat, chiroyli hay'ot va har bir ishda iqtisodchilik etishi hislatlardan bir bo'lagidir» (216 bet, 468 hadis). Yana bir hadisda «Sizlarning uchta ishingiz uchun olloh taolo rozi va uchta ishingiz uchun g'azabda bo'ladi. Molni noo'rin erlarga sarf qilib zoe qilganingiz shularning bittasidur, deydilar» (206 bob, 131 bet). Birovdan qarzdor bo'lsangiz, va'da qilg'an kuningizda topshiring», deb ta'kidlanadi Qobusnomada. Haqiqatdan ham inson mol, mablag', boylik uchun o'zini xavf-xatarga qo'ymasligi shart. Albatta har bir inson uchun mol, mablag', boylik zarur, bu hayotning talabi. Ammo uni topishda O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va boshqa me'yoriy hujjatlarda ko'rsatilgan qoidalarga rioya qilish oilaning, davlatning, jamiyatning rivojlanishiga to'siq bo'lmasligi darkor. Bu sohada tadbirkorlik, tashabbuskorlik, halollik, adolat, xalq, davlat manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirilsa samarali natijalar keltiradi.
O'quvchilarga iqtisodiy tarbiya avvalo dars jarayonida singdiriladi. O'qituvchi qaysi sinfda qaysi predmetdan dars berishidan qat'iy nazar o'rganilayotgan materialning mazmunidan, uning xususiyatlaridan kelib chiqib, o'quvchilarga iqtisodiy ta'lim, tarbiya elementlarini singdirib, kerakli ko'nikma, odatlar haqida ma'lumot beradi. Masalan, adabiyot, tarix, geografiya darslarida biror yozuvchining asaridagi mazmunni bayon qilishda mazkur mahsulotni yoki boylikni ishlab chiqaruvchilar mehnati evaziga bunyod bo'layotganligini, ular mehnatini qadrlash, mehnat ahllarini hurmatlash har bir odamning o'z mehnatini qadrlashligini badiiy obrazlar vositasida o'quvchilar ongiga singdiriladi. Geografiya kursini o'qitish asosida tabiiy boyliklar, ularning turlari, ularning davlat rivojidgi hissasini uqtirish orqali mazkur boyliklar har bir kishiga kerak ekanligini, ularsiz inson hayoti farovon bo'lishi mumkin emasligini tushuntiradi. O'quvchi mazkur fanlardan olgan bilimlarini qiyoslab, taqqoslashtirish aasosida birinchi navbatda o'z mehnatini, so'ng o'zgalar mehnatini qadrlashga o'rganadi. Shu asosda o'quvchilarda iqtisodiy ma'lumot, ko'nikma va odatlar tarkib topadi. O'quvchilarni iqtisodiy tarbiyalashda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar samarali ta'sir ko'rsatadi.
Masalan, «Mohir qo'llar» to'garagi ishtirokchilari o'qituvchi-usta rahbarligida turli xil buyumlar, kiyim-kechaklar, o'yinchoqlarni tayyorlash bilan bog'liq ko'nikmalarni o'rganadilar, ya'ni biror bir mahsulot ishlab chiqarishni o'rganadilar. Ana shu mahsulotlar ishlab chiqarilmasa odamlar ularni bozordan xarid qilishlari zarur bo'ladi. Demak, ishlab chiqargan buyumlar kishilarning shu sohaga bo'lgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi, ya'ni ta'minlaydi. Xullas, bu mahsulotlar mablag', ya'ni pul hosil bo'lishiga asos soladi. Pul esa o'z navbatida o'quvchilarni iqtisodiy fikrlashga va shu haqda to'g'ri xulosa chiqarishga undaydi.
Yoki maktabdan tashqari biror zavod yo fabrika yo korxonada ishlab chiqarish jarayoni bilan o'quvchilarni tanishtirish orqali ularning mazkur sohalar bo'yicha tasavvur, bilim, ma'lumotlarini takomillashtiradi. Qaysi soha bo'lmasin u davlatning, kishilarning kundalik turmushi, hayoti bilan bog'liqligini anglaydi. Mazkur sohaning iqtisodiy imkoniyatlari va o'z navbatida odamlarning shu sohaga bo'lgan ehtiyojini o'quvchilar o'rganish, ko'rish, kuzatish jarayonida o'zlarining iqtisodiy ma'lumotlarini oshirib borishadi. Bularning barchasi o'quvchilarni iqtisodiy tarbiyalashda ijtimoiy ahamiyatga ega. O'quvchilarni iqtisodiy tarbiyalash ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, sayohatlarni, ko'rgazmalarni tashkil qilish singari manbalari mavjudki, ularsiz fuqarolarning iqtisodiy madaniyatini, tafakkurini, ongini va ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasini hal etish mushkul.
Oilada tejamkorlik tarbiyasi. Pul ham tarbiyalaydi. Bungga befarq qaramaslik darkor. Pul muomalasiga mensimay qarash, ko'pincha ikki tomonlama muammoga olib keladi. Tekinxo'rlik va oilaning iqtisodiy qiyinchiliklarini bilishni istamaslik odati tarbiyalanadi. Ikkinchidan, pul ochko'zlik, pul jamg'arishga intilishni tarbiyalashi mumkin. Ilk yoshlikdanoq bolani oilaning xo'jalik ishlari bilan tanishtirib borish zarur. Bola oila mablag'ini bilishi, oila hayotining bir oylik, bir kunlik «taxminiy smetasini» bilishi lozim. U asosiy oziq-ovqatlarning – non, yog', sut, go'sht, baliq, sabzavot va boshqalarning narxini bilishi kerak. Bola kamolga etib borgan sari uni buyumlar (kiyim, poyafzal, televizor va hokazolarning) qimmati bilan tanishib bormog'i lozim. Agar ota-ona qo'shimcha ish olib ishlayotgan bo'lsa, bola shuni tushunishi kerakki, onasi va otasi oilada hamma yaxshi yashashi uchun mehnat qilayopti. U shunday mantiqni tushunmog'i lozim: Har kim oila hayotini yaxshilashga o'zining qo'lidan kelgan hissasini qo'shishi kerak. Bola sizga qancha ertaroq yordam bera boshlasa, shuncha yaxshi bo'ladi.
Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumbashariy muammosiga aylangan. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo'lib, rivojlanishning hozirgi kuni va kelajagi ko'p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog'liqdir, - deb ta'kidlagan I.A.Karimov (O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida. 115-bet).
Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy «Bolalarga jonim fido» asarida «Men bolalar «Alifbo»sini ochib, birinchi so'zni hijjalab o'qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob – tabiat kitobini mutolaa etishlarini istardim» - deb ta'kidlaganidek, bu borada barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir.
O'zbekiston Respublika «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Ta'limning barcha darajalarida ta'lim oluvchilarning ekologik va sanitariya-gigiena ta'limi hamda tarbiyasini takomillashtirish zarur» - deb alohida ta'kidlangan.
«Ekologiya» yunoncha so'z bo'lib, tirik mavjudodlarning yashash sharti va tevarak atrofdagi muhit bilan o'zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga keladigan qonuniyatlarni o'rganadigan fandir. «Ekologiya» atamasi 1866 yilda nemis zoolog olimi E.Gekkel tomonidan kashf etilgan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 50-moddasida: «Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar» va 55-moddasida esa: «YEr va er osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umumiy boyliklardir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat mudofaasidadir» - deb juda o'rinli ta'kidlangan. Fuqarolarda ekologik madaniyatni tarkib toptirish, ularga tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo'lishni o'rgatish ijtimoiy pedagogika nazariyasi va amaliyotining eng dolzarb mavzusiga aylandi.
O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonuni, «Sog'lom avlod uchun» ordenining ta'sis etilishi, shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta'lim-tarbiya konsepsiyasi» ning ishlab chiqilishi, «Ekosan» jamg'armasining tuzilishi va 2000 yilning «Sog'lom avlod yili» va 2005 yilning «Sihat-salomatlik yili» deb e'lon va davlat dasturi ishlab chiqilishi ekologik tarbiyaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga qaratilganligini ko'ramiz.
Aholi sonining tez o'sib borishi natijasida ekologik ijtimoiy muammolar ham tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, aholini er, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta'minlash haqidagi muammolar butun dunyo ijtimoiy muammolariga aylanib bormoqda. YEr kurrasida insoning farovon yashashi endi ekologik muammolarni echishga bog'liq bo'lib qolmoqda. Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigienik, yuridik, estetik, pedagogik va psixologik yo'nalishlari mavjud. Pedagogik yo'nalishda ekologik ta'lim va tarbiya berish ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim deganda aholiga berilishi lozim bo'lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh maqsad ham turli yoshdagi kishilarda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat.
Fuqarolarda ekologik savodxonlik va madaniyat ijtimoiy ta'lim-tarbiya muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, mehnat jamoalari, mahalliy boshqaruv organlari, ichki ishlar xodimlari, prokuratura, sud, ommaviy axborot vositalari singari shakllarda amalga oshiriladi.
Fuqarolarga ekologik tarbiya berishda milliy xususiyat va tomonlarga asosiy e'tiborni qaratish foydali. Bular: suv, er, tuproq, havo muqaddas hisoblangan. Ota-bobolarimiz: «Suv – tabiat in'omi, hayot manbai», - deb bejiz aytishmagan. Ma'lumki hozir faqat 500 ming km3 ga yaqin chuchuk suv bor xolos.
Ma'lumki, barcha yoshdagi kishilarda tabiatni muhofaza qilish haqida qimmatli hayotiy g'oyalar xalq donishmandligida asoslangan. Masalan, «Soyasidan xalq foydalanib turgan daraxtni kesib yuborgan odamni tangri do'zaxga mahkum etur», «Dehqonchilik bilan shug'ullaninglar, dehqonchilik muborak kasbdir. Unga qo'riqchilarni ko'paytiringlar», «Qaysi bir musulmon ekin eksa yoki biror daraxt o'tqazsa, so'ng uning mevasidan qush yoki hayvon esa, uning ekinidan eyilgan narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi» va hokazo.
Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan biridir. 1911-1962 yillarda Orol dengizining sathi eng yuqori nuqta bo'lib, 53,4 metrni, shu darajalar 1994 yilda 32,5 metrga, suvning hajmi 1064 kub kilometrni (400 kub kilometrni) suvning yuzasi 66 ming kvadrat kilometrni (32,5 ming kvadrat kilometr) va minerallashuvi darajasi bir litr suvda 10-11 gramm (u ikki barobar oshganligining guvohimiz) ga etgan.
Orol dengizining qurib borishi munosabati bilan xalqaro, keng ko'lamli ahamiyatga molik bo'lgan ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va desografik muammolarning murakkab majmui vujudga keldi. Dengizning qurib borishi va mintaqaning cho'lga aylanib borishi bilan bog'liq fojea bu havzada yashayotgan barcha xalqlarning ijtimoiy fojeasidir.
Maktabda o'quvchilarni ekologik tarbiyalashda bunday ma'lumotlarni berib borish o'qituvchilarning asosiy vazifasi bo'lsog'i darkor.
Endilikda atrof-muhitga, tabiat boyliklariga e'tiborsiz bo'lish butun sayyoraga jiddiy zarar etkazishi ma'lumligi aniq bo'lib qoldi. Inson bilan tabiat o'rtasidagi munosabatlar muammolarini echish zaruriyati tug'ildi. O'quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo'lishni o'rgatish pedagogika nazariyasi va amaliyotida dolzarb muammoga aylandi.
Ayniqsa, umumta'lim maktablarida maktab partasidanoq tabiatga muhabbat ruhida tarbiya berishga astoydil kirishi zarurligini ko'rsatadi.
Tabiatni muhofaza qilish hozirgi zamonning asosiy masalalaridan biri bo'lib qolganligi o'quvchi ongiga singdiriladi. Haqiqatdan ham tabiiy boyliklardan haddan tashqari ko'p darajada foydalanish, yangi erlarni rejasiz o'zlashtirish oqibatida, ekologik muvozanat keskin o'zgardi, atrof-muhit ifloslandi. Ekologik tarbiya insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir.
Ekologik ta'lim-tarbiya maktabda barcha fanlarni o'qitishda amalga oshirilishi ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Bizningcha, umumiy o'rta ta'lim va boshqa muassasalarda ekologik tarbiya berishni tarbiyalashning mazmuni quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak:
-atrof-muhit va uning shaxs ma'naviy dunyosiga ta'siri;
-tabiat va uning ahamiyatini anglash;
-tabiatga muhabbatni shakllantirishda maktab va oilaning hamkorligi;
-o'z tumani, shaharini, qishloq va maktab hovlisini ko'kalamzorlashtirishda, hatto sinf xonasidagi o'simliklarni ham parvarishlashga qiziqishlarini;
-oiladagi, maktabdagi tabiatni, o'simliklar va hayvonot dunyosini e'zozlashga o'rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish;
-yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an'ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e'tiborni kuchaytirish.
«Avesto»da kishilarni ekologik tarbiyalash bo'yicha quyidagi tadbirlar belgilangan:
Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir.
Yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish jazosiga mahkumdir.
Ota-bobolarimiz azal-azaldan tabiatga yuksak mehr ko'rsatishgan. Yurtni obod etishgan, ko'chalarni, haylilarni sarishta qilishgan.
Maktab o'quvchilari ekologik tarbiya jarayonida quyidagilarni bilishlari zarur:
-tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular orasidagi bog'lanish;
-tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza qilish;
-atrof-muhitni ifloslantirishdan saqlash;
-tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish.
Umuman umumiy ta'lim maktab o'quvchilarining ekologik ta'lim-tarbiyasi quyidagi tuzilish va tizimda olib borilsa uning samaradorligi ta'minlanadi: ekologik his-tuyg'u, ekologik idrok, ekologik tasavvur, ekologik tushuncha, ekologik bilim, ma'lumot, ko'nikma, malaka, odat, ekologik madaniyat (mahorat) va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |