Bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini shakllantirishning nazariy asoslari



Download 24,86 Kb.
bet1/2
Sana21.06.2022
Hajmi24,86 Kb.
#688140
  1   2
Bog'liq
Bo\'lajak boshlang\'ichbsinf o\'qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini shakkllanti


BO`LAJAK BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHILARINING IQTISODIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING
NAZARIY ASOSLARI
Egamberdiyeva Lobarxon Olimjonovna
egamberdiyevalobarxon@gmail.com
Farg'ona davlat universiteti
pedagogika fakulteti ta'lim
tarbiya nazariyasi
(boshlang'ich ta'lim ta'lim)
yo'nalishi
Annotatsiya: ushbu maqolada boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarning iqtisodiy madaniyatini shakllantirish, oʻquvchi shaxsining tejamkorlikka bilim olishdagi yoʻnalishni ixtiyoriy tanlashi uchun sharoit yaratish haqida fikrlar yuritilgan.
Kalit soʻzlar: iqtisod, taʼlim, maʼnaviy, axloqiy, tarbiya, texnologiya, tasavvur, fikrlash, dolzarbligi.
Аннотация: В данной статье рассматривается формирование экономической культуры будущих учителей начальных классов, создание условий для индивидуального выбора школьника в сфере аскетизма воспитания.
Ключевые слова: экономика, образование, духовность, этика, образование, технологии, воображение, мышление, актуальность.
Annotation: This article discusses the formation of the economic culture of future primary school teachers, the creation of conditions for the individual choice of the student in the field of thrift education.
Keywords: economics, education, spirituality, ethics, education, technology, imagination, thinking, relevance.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M Mirziyoyev oʻz Murojaatnomasida – biz mamlakatga doir har bir qarorni xalqimiz bilan maslahatlashib, bevosita muloqat asosida qabul qilmoqdamiz. “Xalq davlar idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga hizmat qilishi kerak” degan gʻoya bu borada faoliyatimiz mezoniga aylanganligini, bu tizimni asosi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtuval qabulxonasi fuqoralarning murojaatlari bilan ishlashning oʻziga xos demokratik instituti sifatida amalda oʻzini oqlaganini hamd 2017-yilda iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan yangicha maʻno- mazmundagi va samarali islohatlarni amalga oshirish yoʻlida qadamlarni qoʻyganligini taʻkidladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaat- nomasida mamlakatimizni 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustivor yoʻnalishlari etib quydagilarni belgilab berdilar:
Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, yaʻni zamonaviy yondashuvlar, ilgʻor texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yoʻnalish boʻlib, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yoʻliga oʻtgan holda yangi fikr, yangi gʻoyaga, innovatsiyaga tayangan davlatni, xalqni kelajagini barpo etishni aynan innovatsion gʻoyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlash, ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni safarbar etish, ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtrokini, ijodiy gʻoya va ishlanmalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash. Maʻlumki boshlangʻich taʻlim uzluksiz taʻlim tizimining muhim boʻgʻinlaridan hisoblanadi. Ayniqsa ularga “Tovar, pul, narx, baho va hakzo” tushunchalar toʻgʻrisida dastlabki maʻlumotlar berish yaxshi samara beradi. Bunda iqtisodiy xarakterdagi masalalardan foydalaniladi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari iqtisodiy munosabat haqida dastlabki maʻlumotlarni olishi, ularni kelgusida fermer yoki tadbirkor boʻlish hislatlarini shakllantiradi.
Iqtisodiy madaniyat tarkibidagi eng muhim elementlarni bilim va amaliy ko'nikmalar, iqtisodiy sohadagi inson xatti-harakatlarining xususiyatlarini tartibga soluvchi normalar, uni tashkil etish usullari deb atash mumkin.
Iqtisodiy madaniyatning vazifalari Iqtisodiy madaniyat bir qancha muhim vazifalarni bajaradi.
Asl bo'lgan adaptiv funktsiya. Aynan shu narsa insonga jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlariga, iqtisodiy xatti-harakatlarning turlari va shakllariga moslashishga, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashishga imkon beradi. muhit, masalan, zarur iqtisodiy foyda ishlab chiqarish, ularni sotish, ijaraga berish, ayirboshlash va hokazolar orqali taqsimlash.
Moslashuvchan funktsiya bilan muvofiqlashtirilgan kognitiv funktsiya. Iqtisodiy madaniyatda mavjud bo'lgan bilimlar, uning g'oyalari, taqiqlari, huquqiy me'yorlari bilan tanishish insonga o'z iqtisodiy xatti-harakatlarining mazmuni va shakllarini tanlashda ishonchli yo'riqnomaga ega bo'lishga imkon beradi.
Tartibga solish funktsiyasi. Iqtisodiy madaniyat insonlar va ijtimoiy guruhlarga u tomonidan ishlab chiqilgan ma'lum standartlar va qoidalarni talab qiladi, bu odamlarning turmush tarziga, ularning munosabati va qadriyat yo'nalishlariga ta'sir qiladi.
Iqtisodiy faoliyat tajribasini avloddan-avlodga o'tkazib, avlodlar va davrlar o'rtasida muloqot qilish imkoniyatini yaratadigan tarjima funktsiyasi.
iqtisodiy madaniyat ijtimoiy-iqtisodiy majmuidir. iqtisodiyotni boshqaradigan normalar va qadriyatlar. Shaxsning iqtisodiy madaniyatini uning faoliyatdagi ishtirokining ma'lum bir natijasi bo'lgan shaxsiy xususiyatlari va fazilatlari yig'indisi orqali kuzatish mumkin. Bunday fazilatlarga mehnatsevarlik, mas'uliyat, ehtiyotkorlik, o'z ishini oqilona tashkil eta olish, korxona, yangilik va boshqalar kiradi. Iqtisodiy fazilatlar shaxsiyat va xulq-atvor normalari ikkalasi ham bo'lishi mumkin ijobiy(tejamkorlik, intizom), shuning uchun va salbiy(isrofgarchilik, noto'g'ri boshqaruv, ochko'zlik, firibgarlik). Iqtisodiy fazilatlar yig'indisiga asoslanib, shaxsning iqtisodiy madaniyati darajasini baholash mumkin.
Yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishda milliy umuminsoniy qadriyatlar Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini eʼtiborga olib taʼlim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib boorish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bunga xalq ogʻzaki ijodi, pedogogikasi, mutafakkir, maʼrifatparvar pedagog va olimlarning tarbiyaga axloq-odobga doir gʻoyalarini oʻrgatib komil insonni ishlari amalga oshmoqda. “Kelajak bugundan boshlanadi”-deydi dono xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib koʻrsatuvchi ruhiy va maʼnaviy jarayonning mezonini belgilaydi. Bu borada taʼlim-tarbiya samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish taʼlimni ilgʻor tajribalar asosida boyitib borish, yangi pedagogic tajribalar asosida olib borish ayniqsa muhimdir. Xalq musiqasi ogʻzaki ijodiyoti, anʼanalari, urf-odatlari asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish ularni koʻproq oʻz millatini sevishga gʻururlanishga shorqano gʻoya va taʼlimotlarni oʻrganib ularni kelajakka tadbiq etishga zamin yaratiladi. Respublikamizda milliy madaniyatimizni oʻziga xosligini tiklash, umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarni badiiy, axloqiy tarbiyalash va kamol toptirish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Maʼnaviy yetuk millat qadriyatlarini toʻgʻri baholashga va uni yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega boʻladi. Demak, jamiyat maʼnaviyatining oʻsishi qadriyatlardan keng foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaratib, qadriyatlarni yanada rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Qadriyatlar taʼrifidan kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni quyidagicha taʼriflash mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar-millat uchun muhim axamiyatga ega boʻlgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bogʻliq holdagi qadriyat shaklidir.[1]
Taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarning tub mohiyati taʼlim mazmuni va shaklini takomillashtirishga qaratilgan. Fan-tehnika taraqqiyoti, jamiyatimizning demokratlashuvi, ahborot miqyosining oshib borishi kabi omillar bolaning shahsiy hususiyatlariga, jumladan, idrok eta olish, tasavvur va fikrlash, aqliy qobiliyatlarining rivojlanishiga olib keldi. Bolaning olamni bilishga boʻlgan ehtiyoji har tomonlama keskin oshganligi hech kimga sir emas.
Bugungi kunda Respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlar jamiyat ravnaqiga qaratilgan boʻlib, ularda har bir fuqaroning jamiyatda oʻz oʻrni, qadri boʻlishiga alohida eʼtibor berilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini taʼlim-tarbiya jarayonlariga tayyorlashda oʻzgacha bir yondashuvni amalga oshirish lozimligi yuzaga kelmoqda.
Boʻlajak oʻqituvchilarning maʼnaviy saviyasini va bu sohadagi bilim, koʻnikma va malakasini shakllantirish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligi aniq. Bu borada talabalarning maʼnaviy saviyasini aniqlash ham oʻziga hos boʻlgan muammo echimini topishni talab etadi. Bu muammoning echimini hal qilishda oquvchlar maʼnaviy saviyasini aniqlash maqsad qilib olingan va bu jarayonni amalga oshirishda ahborotli taʼminotni taʼminlash ham koʻzda tutilgan. Bundan koʻzlangan maqsad milliy qadriyatlar tizimini talabalar ongiga singdirib, ularning maʼnaviy tafakkurini kengaytirishdan iboratdir. Bu borada olib borilgan ilmiy izlanishlarimiz natijalarining koʻrsatishicha taʼlim-tarbiya jarayonini muntazam ravishda qadriyatlar haqidagi bilimlar bilanhar qachongidan ham boyitib, ulardan boʻlajak mutahassislarni tayyorlashda foydalanishning optimal variantlarni yaratish mumkinligini koʻrsatmoqda.
Buning uchun:
1. Oʻquvchilarning maʼnaviy bilim doirasini boyitishga erishish;
2. Oʻquvchilarning milliy qadriyatlar toʻgʻrisidagi bilimlarini yuksaltirish;
3. Oʻquvchilar tomonidan milliy-maʼnaviy qadriyatlar boʻyicha nazariy bilimlarni oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlash va ularni boyitish;
4. Milliy-maʼnaviy qadriyatlar boʻyicha shakllangan bilimlarini yoshlar ongi va qalbiga etkazib berishning optimal variantlarini yaratish va shu kabilarga erishish lozim boʻladi. Bunda ulugʻ ajdodlarimiz qoldirgan maʼnaviy boyliklar, xalq ogʻzaki ijodi – tarbiya oʻchogʻi uygʻunligiga mos maʼlumotlar, urf-odatlar, anʼanalarning tarbiyaviy ahamiyati, kasbiy mahorat koʻnikmalari, shaxsiy hayotga tayyorlashning mazmun-mohiyatlariga alohida eʼtibor qaratilmogʻi lozim. Bunday bosqichlarni amalga oshirishda albatta uning maʼnaviy-maʼrifiy asoslari muhim rol oʻynaydi.
Insonning tafakkuri qanchalik mustaqil boʻlsa, u shunchalik tashabbuskor boʻladi. Odamning fikrlashi qancha erkin boʻlsa, u shuncha izlanuvchan, ijodkor boʻladi. Shakllanib kelayotgan shaxs oilada kattalar, maktabda oʻqituvchilar xokimligidan qutulsa, uning ruxiy, aqliy, jismoniy imkoniyatlariga qarab ish tutilsa, bolada oʻz xatti-sharakati uchun javobgarlik shissi paydo boʻladi. U oʻz fikri, qarashiga ega boʻladi. Fikr kishisi hamisha oʻz qarashlarini asoslaydi, kerak boʻlganda ximoya qiladi. Shuning uchun yurtimizda mustaqil fikrlovchi shaxslardan iborat barkamol avlod tarbiyasiga aloxida eʼtibor qaratilmoqda.
Oʻquvchi shaxsining tejamkorlikka bilim olishdagi yoʻnalishni ixtiyoriy tanlashi uchun sharoit yaratishda, avvalo, uni erkin fikrlovchi shaxs sifatida shakllantirish muammosi qal etilishi lozim boʻladi. Pedagogika nazariyasida erkin fikrlovchi, mustaqil shaxsni shakllantirishning umumiy asoslari keng miqyosda tadqiq qilingan va koʻplab natijalar qoʻlga kiritilgan. Biroq, bunday tadqiqotlarning aksariyat qismi muammoning umumiy jiqatlariga qaratilgan boʻlib, respublikamizda amalga oshirilayotgan taʼlim isloqoti talablariga toʻla javob bera olmaydi.[2]
Tadqiq etilayotgan muammoning dolzarbligi yana shundan iboratki, Milliy dasturni amalga oshirishning ikkinchi bosqichida majburiy umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-qunar taʼlimiga, shuningdek, oʻquvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab tabaqalashtirilgan taʼlimga oʻtishni toʻliq amalga oshirish vazifasi belgilab berilgan. Taʼlim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan toʻldirib, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muqit vujudga keltirish koʻzda tutilgan. Biroq ushbu vazifalarni amalga oshirishning ilmiy-nazariy asoslari etarlicha ishlab chiqilmagan.
Darxaqiqat, kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni shaxs sifatida shakillanishida ularga tejamkorlik tarbiyasini berish muhim axamiyatga egadir. Oʻquvchilarni har tomonlama kamolotga etkazish uy-roʻzgʻor ishlarida oila jamgʻarmasining tejab-tergab, qadrlab sarflab keragini ishlatishlari umuman aytganda tejamkorlik toʻgʻrisida bilimlarni bilishlariga chamabarchas bogʻliqdir.Oʻquvchilrga tejamkorlik tarbiyasini berishdan asosiy maqsad jamiyatda oqilona farovon hayotni tashkil etish yaʼni iqtisodiy oʻtish davrida ham qiyinchiliklarsiz, isrofgarchilik mehnat faoliyatini shakillantirishdan iboratdir.
Boshlangʻich sinif oʻquvchilariga iqtisodiy tarbiyasini berish va taʼlim-tarbiya jarayonini yangicha tashkil qilishda ikkita asosiy tamoyilga tayanish lozim:
ijtimoiy-iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda oʻtmishni teran xis eti, aʼnana va urf-odatlarni hisobga olib, tarixiy taraqqiyot merosdan foydalanish;
jahon ilmiy tafakkuri va ishtimoiy amaliyoti erishgan eng yaxshi tajribalardan samarali foydalanishdan iborat.
Iqtisodiy tarbiyasi bugungi kuning dolzarb masalaridan biri hisoblanib, jamiyatimizning iqtisodiy oʻtish davrini boshidan kechirmoqda, hamda milliy anʼana va urf-odatlarga asoslanib, isrofgarchilikka yoʻl quymay, har bir mamlakat fuqorasi oldida tejamkorlik gʻoyalarni shakillantrishdir. Hammamizga maʼlumki, tejamkorlik ota-bobolarmiz davridayoq islom dunyosining diqqat markazida turgan. Eyish, ichish,oʻqishdan ham aynan tejamkorlik, iqtisod va unga taʼsir etuvchi madaniyat muhimroq oʻrinda turgan.
Oʻqituvchi biror-bir narsa va predmetni soʻz yoki topishmoq yordamida uch marta tariflaydi. Taʻriflar borgan sayin soddalashib boraveradi. Soddalashib borishi natijasida oʻquvchilarning ballari ham pasayib boraveradi.



Download 24,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish