53
qiziqishlari, aqliy intelektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. “Integratsiya” so‘zi, lotincha integratio-
tiklash, to‘ldirish “integer” butun so‘zidan kelib chiqqan. Boshlang‘ich sinflardagi yangi 1-2 sinf ona tili
va o‘qish savodxonligi, matematika darsliklari mavzu va topshiriqlar ham asosan integratsiyalashuv
asosida tuzulgan.Chet el ta’limi tajribasida asosiy e’tibor o‘quvchilarga boshlang‘ich ta’limda o‘quv
predmeti asosida bilim berishgina emas balki, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
O‘qish darslariga qo‘yilgan zamonviy talablar o‘qituvchidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qishga
jalb qilish, badiiy adabiyotni sa’atning bir turi sifatida qarashga, asarlarning badiiy mazmunini
tushunishga e’tibor qaratishni talab etadi.
Bugungi kunda o‘qish darslarida badiiy matnni tahlil qilish asosan izohli o‘qitish metodi asosida
olib boriladi.
1.
Izohli o‘qish asosan hayot bilan bog‘iq holda tashkil etiladi.
2.
O‘qishning ongli va ta’sirchan bo‘lishi uchun o‘quvchilarning hayotiy tajriba va taassurotlariga
asoslanish.
3.
O‘qishni ko‘rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga sayohatlar uyushtirish, hayvonot
olami va o‘simliklar dunyosini kuzatish, rasmlar, jadvallar, predmetlar bilan tanishtirish va o‘quvchini
ifodali o‘qishi tarzida olib borish kabi tamoyillar asosida olib borilsa, izohli o‘qish to‘liq muvofaqqiyatli
bo‘ladi. Ushbu metodga XX asrning 60-70 yillarida rus pedagogi K.D.Usheniskiy asos solgan, u o‘qishda
o‘quvchilarni “ongli, tushunib, o‘ylab o‘qishiga” alohida ta’kidlaydi va uni «izohli o‘qish» deb nomlaydi.
Badiiy asarni izohli o‘qishga yaqin bo‘lgan metodlardan biri ijodiy o‘qishdir. Atoqli metodis olim
N.I.
Kudryashev quyidagi ish usullarini kiritdi.
a)
o‘qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o‘qishi hamda o‘quvchilarning asarni tog‘ri va imkon
qadar yanada chuqurroq emostional idrok etishlarini ta’minlash maqsadida ko‘zda tutuvchi so‘z.
b)
o‘qilgan asaran o‘quvchilarning bevosita olgan tassurotlarini chuqurlashtirish maqsadiga ega
bo‘lgan va ularning diqqatini matnning muhim g‘oyaviy va badiiy xususiyatlari sari yo‘naltiradigan
suhbat uyushtirish yoki o‘qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy ,axloqiy, ijtimoiy -siyosiy muammoning
qo‘yilishi.
d)o‘qituvchining asar o‘qilganidan keyin o‘quvchilarning asarni tadqiq etish jarayonida to‘yingan
badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko‘zda tutuvchi so‘zi [1].
Ko‘rinadiki, ijodiy o‘qish izohli o‘qishdan farqli o‘laroq, to‘g‘ridan -to‘g‘ri matn mohiyatini
ochishga ijodiiy yondashishni talab etadi.
Ushbu metodlardan tashqari, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ilg‘or pedagogik texnologiya
usullaridan “Dumaloq stol metod”, “Guruhlar bilan ishlash”, “Aqliy hujum”, “Disskussiya” [2] kabi
usullardan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Avvalo darsda qanday usullarni qo‘llash o‘qituvchi
tomonidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: