Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


TURKISTON O‘LKASIDA USULI JADID MAKTABLARINING SHAKLLANISH



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet410/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

TURKISTON O‘LKASIDA USULI JADID MAKTABLARINING SHAKLLANISH 
JARAYONI, MUAMMOLARI VA TARAQQIYOTI 
Amonov Ulug‘murod Sultonovich, 
BuxDUPI dotsenti 
Sayidova Ziyna Yoqubovna, 
BuxDUPI si 1-kurs magistranti 
Annotatsiya: 
Ushbu maqola Turkiston o′lkasida usuli jadid maktablarining shakllanishining asosiy 
sabablari, maqsadlari ochishdan qanday maqsad ko′zlanganligi jadidchilarning, jumladan: I.Gaspirali, 
A.Avloniy, M.Behbudiy, I.Ibrat, A.Shakuriy, S.Siddiqiy, M.Abdurashidxonov, H.H.Niyoziylarning ilm- 
ma’rifat uchun ko′rsatgan jasoratlari, xizmatlari yangi usuldagi maktabning ,garchi mashaqqatli yo′l 
bo′lsa-da, uning imkoniyatlari,millatni uyg′otmoq uchun mazkur usuldagi maktabning ahamiyati ,uni 
tashkil 
qilishda ma’rifatparvarlarning bosib 
o′tgan yo′llari muammolari,bosqichma bosqich 
rivojlanishidagi yangi darsliklar, kutubxonalar, dars jadvali,o′quv jihozlari,ko′rgazmalarning yaratilishi, 
amaliy fanlarning ahamiyati va ta’limdagi taraqqiyot haqida so′z boradi. 
Kalit so′zlar: 
darsliklar, maktab, jadid, taraqqiyot, muallim, kitob, qishloq, jamiyat, ijtimoiy, ilm, 
ma’rifat 
XIX asr boshlarida Buxorodagi ma’rifatparvar musulmon ruhoniylari va ziyolilari orasida madrasa 
va maktablar sistemasi hamda islom diniga kirib qolgan bid’atlarni isloh qilish fikri paydo bo‘la boshladi. 
Shunday islohot tarafdorlarini jadidchilar, ya’ni yangilik tarafdorlari deb atay boshladilar 
XIX asr oxiri - XX asrning boshlarida Turkistonda chor mustamlakachiligining kuchayishi 
natijasida Markaziy Osiyoning ko‘p joylarida jadidchilik harakati kuchayib ketdi. Bu harakat mavjud 


428 
jamiyatning ijtimoiy-madaniy asoslarini qayta qurishga qaratilgani sababli eski tuzum, eski turmush, eski 
maktab tarafdorlarining kuchli qarshiligiga duch keldi. Bu qarshi kuch vakillari qadimchilar deb atalgan 
bo′lsa, yangi hayot shabadalarini olib kelishga uringan kishilar jadid yoki jadidchilar degan nom oldilar. 
Ismoilbek G‘aspirali sharq xalqlari ma’naviy hayotida, xususan, maktab va maorifida chinakam 
inqilob qilib, «usuli jadid» nomi bilan tarixga kirgan «usuli savtiya»ni u boshlab berdi. Ismoilbek barcha 
turkiy xalqlarni yagona millat deb bildi; ilm-ma’rifatda, haq-huquqda ularni dunyoning taraqqiy topgan 
millatlari bilan teng ko‘rmoqni orzu qildi. 1884-yil G‘aspirali yana bir muhim ishga qo‘l uradi. U o‘n ikki 
bolani yangicha — «usuli jadid» bilan o‘qitishga kirishadi. Qirq kun ichida ularning savodini chiqaradi. 
Imtihonga bolalarning ota-onalarini taklif qiladi. Hamma bir og‘izdan «usuli jadid»ning beqiyos 
imkoniyatini e’tirof etadi. Xullas, Ismoilbek eski maktabda besh yilda olinadigan bilimni ikki yilda 
o‘rgatishga muvaffaq bo‘ladi. Shogirdlari uchun «Xo‘jai sibyon» («Bolalar muallimi») nomli darslik 
tuzadi. Xullas, Ismoilbek eski maktabda besh yilda olinadigan bilimni ikki yilda o‘rgatishga muvaffaq 
bo‘ladi. 
Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkistonda «usuli jadid» maktablarini tashkil etish uchun bor kuchini 
sarfladi. U shu maktablami kitoblar bilan ta’minlashda ham jonbozlik ko‘rsatdi. 
Behbudiy 
Samarqandning eski shahar qismida bepul kutubxona, qiroatxona, o‘z hovlisida maktab ochdi. Mashhur 
pedagog Abduqodir Shakuriyning yangi usuldagi maktabini o‘z hovlisiga ko‘chirib keldi. O‘quv rejalari 
tuzish, yangi darsliklar yaratish, o‘qituvchilar tayyorlaydigan kurslar ochish kabi ishlarni rivojlantiradi. 
«Usuli jadid» maktablarida hamma o‘qish huquqiga ega bo‘lgan.. «Usuli jadid» maktabini yo‘lga qo‘yish 
oson kechmadi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning yangi maktablar uchun yozgan asarlari katta hodisa bo‘ldi. 
Ayni davrda bu darsliklar nazariy, ilmiy va amaliy jihatdan keng qo‘llanildi. Bu kitoblarning bugungi 
kunda ham qadri yo‘qolganicha yo‘q. «Kitobat ul-atfol» («Bolalar maktubi») asari o‘z davrida bir necha 
marta nashr etilgandi. Bu kitobga qirqtaga yaqin forsiy va turkiy insholardan namunalar kiritilgan. 
Munavar Qori Abdurashidxon o‘g‘li. U o‘z millati fidoyisi sifatida Turkiston musulmon xalqlari 
milliy- ozodlik harakati rivojiga katta hissa qo‘shdi. Munawar qori 1901—1904 -yillari Toshkentda 
«usuli savtiya» maktabini ochadi, ayni vaqtda maktabda imomlik ham qiladi. 1906-yili esa, yangi usul 
maktabi sohasidagi faoliyatini o‘z uyining tashqari hovlisida davom ettiradi, oradan ko‘p vaqt o‘tmay 
maktab uchun ikki xonali qo‘shimcha bino qurdiradi. Qisqa muddat ichida bu maktab dovrug‘i ortadi, 
bolalar soni ko‘payib ketadi. Natijada qori akaga hammahalla bo‘lgan Buvaxon to‘ra Poshshaxon 
o‘g‘lining tashqi hovlisida ham maktabning ikki sinfli maktab ochiladi. Bu yerda 1-, 2-sinflarni bitirgan 
bolalar o‘qishni Munavar qori hovlisida davom ettirganlar. 1913-1914 o‘quv yilida maktabda yuqori 
sinflar (5- va 6-sinflar) ochiladi. To‘rtinchi sinfdan rus tili ham o‘quv fani sifatida o‘rgatiladi. 
Is’hoqxon Ibrat 1886-yili eski maktablarga nisbatan birmuncha ilg‘or bo′lgan maktabni ochdi. 
1907-yili esa ikkinchi marta qishloq bolalari uchun eski maktablardan butunlay farq qiluvchi bepul yangi 
usuli savtiya maktabi ochdi. Bu maktabda o‘z farzandlari Abbosxon, Vaqqosxon, Fayozxonni ham 25 
nafar qishloq bolalarini o‘qitdi. Maktab o‘z uyida, yorug‘ derazali xonaga joylashgan bo‘lib, u yangicha 
o‘quv qurollari — parta, stol, stul, yangi kitoblar, darsliklar, daftar, doska kabilar bilan jihozlangandi. 
Ibrat ilg‘or pedagoglar orasida birinchi bo‘lib 1914 -yili To‘raqo‘rg‘onda rus maktabi ochdi va uni 
«Uchitel» nomi bilan atadi. Bu maktabda 1916-yilgacha To‘raqo‘rg‘on va qo‘shni qishloqlardan 30 nafar 
o‘quvchi tahsil ko‘rdi. U bu yerda birinchi marta 1908 - yili savod chiqarishga bag‘ishlangan «San’ati 
Ibrat qalami Mirrajab Bandiy» asarini nashr qidi. 
Abdulla Avloniy 1907-yili Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik Degrez mahallasida 
yangi usuldagi maktablar ochdi. Maktablardagi o‘quv jihozlarini o‘zgartirdi, o‘z qo‘li bilan parta va 
doskalar yasadi. Maktabga qabul qilingan bolalarning asosiy qismi kambag‘al kishilarning bolalari 
bo‘lganligi uchun ularni kiyim-kechak, oziq-ovqat, daftar-qalam bilan ta’minlash maqsadida, 
do‘stlarining ko‘magida «Jamiyati xayriya» tashkil etadi va bu jamiyatga o‘zi raislik qiladi. 
Hamza 1911-yili Qo‘qonning Hojibek guzarida maktab ochib, yetim va kambag‘al bolalami 
o‘qitadi, o‘quvchilar uchun «Yengil adabiyot», «O‘qish kitobi» o‘quv qo′ masalasida amaliy va nazariy 
jihatdan muhim g‘oyalarni olg‘a surdi H.H.Niyoziy 20 yillik o‘qituvchiiik faoliyati davomida yoshlar 
tarbiyasi Suriya), Bayrut, Istanbul, Odessa shaharlariga borib, 1914-yil boshlarida Qo‘qonga qaytadi. 
1915-yili Marg‘ilonda maktab ochadi, muallimlar tayyorlaydigan kurs tashkil etadi. Hamza ma’rifatni 
keng xalq ommasiga tarqatish tarafdori edi. Kambag‘al bolalarining o‘qishini doimiy ta’minlash niyatida 
ularga moddiy yordam berishni maqsad qilib «Yordam jamiyati» tuzadi. 
Xulosa o′rnida shuni ta’kidlash lozimki,Turkistonda usuli jadid maktablarining shakllarishi va 
taraqqiy topishi juda ko′plab muammolarning barham topishiga zamin yaratishi mumkin edi. Yangi 
usuldagi maktab yoshlarni ilmli, odobli qilib tarbiyalashi va hunarga o′rgatishi orqali istiqlolga 
erishishlariga imkon berardi. Buyuk ma’rifatparvarlarimiz har bir inson jamiyat, tabiat va hayvonot 


429 
dunyosidan xabardor bo‘lishi kerakligi haqida so‘zlar ekan, buning uchun ilm-fanni egallash zarurligini 
ta’kidlashgan. Jadidlar uchun ilm va ma’rifat yagona qurol bo‘lib, ular shu qurol yordamida o‘lkada 
ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun kurashmoqchi bo‘ldilar. Xalqni bu balolardan faqat 
maktab ta’lim-tarbiyadagi keskin islohotlar qutqara olardi. Shu bois,ma’rifatparvarlar zulmkorlarga qarshi 
o‘z yangi maktablarini ochishga ahd qildilar. Marifatparvarlar o‘z millatlaridan yetuk olimlar, bilimdon 
mutaxassislar, madaniyat arboblari etishib chiqib, yurtni obod, Vatanni ozod, farovon etishlarini orzu 
qildilar va bu yo‘lda fidoyilik ko‘rsatdilar. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish