Bilish sub’ekti.
Bilish bilan shug`ullanuvchi kishilar va butun insoniyat
bilish sub’ekti xisoblanadi. Ayrim olingan tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar,
ilmiy tadqiqot institutlari ham aloxida bilish sub’ektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat
va jamiyat mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning o`ziga ham qaratilishi
mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish ob’ekti, ham bilish
sub’ekti sifatida namoyon bo`ladi.
Bilishning maqsadi
ilmiy bilimlar xosil qilishdangina iborat emas, balki
bilish jarayonida xosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga
intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga
erishishdir. Fan — fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi
lozim. Inson ilmiy bilimlar vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani
sari ilm-fan qadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama
rivojlanishi bilan turli ilm soxalarining hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy
jamoalar bilish sub’ekti, yangi ilmiy kashfiyotlar ijodkoriga aylanadilar.
Bilish predmeti
sub’ektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish
ob’ektining ayrim soxalari va tomonlaridir. Fanning o`rganish soxasi tobora
konkretlashib boradi. Тabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab
botaniqa, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshqa soxalari vujudga
kelgandir. Тadkikot predmeti fanlarni bir-biridan farqlashga imkon beradigan
muxim belgidir. Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy darajaga
ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo`lib,
xissiy bilish deyiladi. Хissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir. Insonning sezgi
a’zolari (kurish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa
mavjudotlarda bo`lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini
farqlash, tabiiy muxitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi.
Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, dikkat, xayol tashqi olam
to`g`risida muayyan bilimlar xosil qilishga yordam beradi. Bilishning yuqori
bosqichi faqat insonlargagina xos bo`lib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi.
Agar inson o`z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va
xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki mohiyatini
bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo hodisa sifatida namoyon
bo`ladi. Har bir hodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo`ladi.
Shu boisdan ham hodisa aldamchi va chalKituvchidir. Binobarin, inson
sezgilarining biron bir narsa yoki hodisa to`g`risida bergan ma’lumotlari xech
kachon uning butun mohiyatini ochib bera olmaydi. Тushuncha. Aqliy bilish
yoki tafakkur vositasida bilish xissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar
vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, tahlil qilish, sintezlash,
mavxumlashtirish orqali yangi xosil qilingan bilimlardan tushunchalar
yaratiladi. Тushunchada insonning xissiy bilish jarayonida orttirgan barcha
bilimlari mujassamlashadi. Тushuncha aqliy faoliyat maxsuli sifatida vujudga
keladi. Narsa va hodisalar mohiyatiga chuqurrok kirib borishda tushuncha
muxim vosita bo`lib xizmat qiladi.
Aqliy bilish xissiy bilishga nisbatan ancha murakkab va ziddiyatli
jarayondir. Aqliy bilishda narsa va hodisalarning tub mohiyatini bilish uchun
ulardan fikran o`zoklashish talab etiladi. Masalan, insonning mohiyati uning
sezgi a’zolarimiz kayd etadigan kelishgan kaddi-komati, chiroyli koshu ko`zi,
ijodkor quli, oyoklari bilan belgilanmaydi. Insonning mohiyati avvalo, uning aql
va tafakkurga, yaratish qudratiga, mexr-shafkat xissiga, mehnat qilish, so`zlash
qobiliyatiga ega ekanligida namoyon bo`ladi.
Inson tushunchasi o`zida insoniyatning ko`p asrlar davomida orttirgan
bilimlarining maxsuli sifatida shakllandi. Har bir fan o`ziga xos tushunchalar
apparatini yaratadi va ular vositasida mohiyatni bilishga intiladi. I. Kantning
fikricha, narsalarning mohiyati so`z va tushunchalarda mujassamlashadi. Ya’ni
biz so`z va tushunchalarni o`zlashtirish jarayonida biron bir bilimga ega
bo`lamiz. Har bir inson dunyoga kelar ekan, tayyor narsalar, munosabatlar bilan
bir qatorda tayyor bilimlar olamiga ham kirib boradi.
Хukm.
Aqliy bilish narsa va hodisalarga xos bo`lgan belgi va xususiyatlarni
tasdiklash yoki inkor etishni taqozo etadi. Тafakkurga xos bo`lgan ana shu
tasdiklash yoki inkor etish qobiliyatiga xukm deyiladi. Хukmlar tushunchalar
vositasida shakllanadi. Хukmlar yangi bilimlar xosil qilishga imkoniyat yaratadi,
ular vositasida narsa va hodisalar mohiyatiga chuqurrok kirib boriladi. Shunday
qilib, xukm narsa va hodisalarning tub mohiyatini ifodalovchi eng muxim belgi
va xususiyatlar mavjudligini yo tasdiklaydi yoki inkor etadi. Masalan, «inson
aqlli mavjudotdir», degan xukmda insonga xos eng asosiy belgi - aqlning
mavjudligi tasdiklanayapti. Birok inson shunday murakkab mavjudotdirki, uning
mohiyati faqat aqlli mavjudot ekanligi bilan cheklanmaydi. Chunki kirKinbarot
urushlar, ekologik inqirozlar aqlli mavjudot bo`lgan inson tomonidan amalga
oshirildi. «Inson axloqli mavjudotdir». Inson to`g`risidagi hozirgi zamon
fanining muxim xulosasi ana shu.
Хulosa
— aqliy bilishning muxim vositalaridan biri, yangi bilimlar xosil
qilish usulidir. Хulosa chiqarish induktiv va deduktiv bo`lishi, ya’ni ayrim
olingan narsalarni bilishdan umumiy xulosalar chiqarishga yoki umumiylikdan
aloxidalikka borish orqali bo`lishi ham mumkin. Binobarin, tushuncha, xukm va
xulosalar chiqarish ilmiy bilishning muxim vositalaridir. Bunday bilish insondan
aloxida qobiliyat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va hodisalardan fikran
o`zoklashishni, dikkatni bir joyga to`plashni, ijodiy xayolni talab etadi.
Bilishning oliy darajasi intuitiv bilish, qalban bilish, g‘oyibona bilishdir.
O`zining butun borliqini fan, din, siyosat va san’at soxasiga bag`ishlagan buyuk
kishilar ana shunday bilish qobiliyatiga ega bo`ladilar. Intuitiv bilish xissiy va
aqliy bilishga tayanadi. Buyuk shaxslarning Koyibona bilishi ularning doimiy
ravishda fikrini band etgan, yechimini kutayotgan umumbashariy muammolar
bilan
bog`liqdir.
Ilmiy
bilishning
eng
samarali
usullarini
aniqlash
gnoseologiyada muxim o`rin egallab keldi. Har bir fan o`ziga xos bilish
usullaridan foydalanadi. Ilmiy bilish fakt va dalillarga, ularni qayta ishlash,
umumlashtirishga asoslanadi. Ilmiy fakt va dalillar to`plashning o`ziga xos
usullari mavjud bo`lib, ularni ilmiy bilish metodlari deyiladi. Ilmiy bilish
metodlarini o`rganadigan maxsus soxa —
Do'stlaringiz bilan baham: |