∆RM = ∆NFA* + ∆NCg* + ∆Cb* + ∆Cp* + ∆OIN*
.
Odatda, pul-kredit boshqaruvi idoralari iqtisodiyotdagi zahira pullari
miqdori ustidan to‘la nazorat qila olmaydilar. Masalan, TBning holatini
ifodalaydigan sof хorijiy aktivlar miqdorining o‘zgarishini iqtisodiy siyosat orqali
to‘la nazorat qilish ancha mushkul hisoblanadi. Bundan tashqari, ko‘pchilik
mamlakatlarda hukumatga bo‘lgan talabning o‘zgarishi, ayniqsa Markaziy bank
mustaqil bo‘lmagan mamlakatlarda, davlat budjetiga passiv tarzda moslashuv
natijasida sodir bo‘ladi. Markaziy bank biror-bir darajada TBga tashqi omillar
ta’sirini qoplashi va budjet kamomadini monetizatsiyalashga qarshilik
3
Abdurahmonov Q.X., Xolmo‘minov Sh.R., Zokirova N.Q.. Personalni boshqarish. Darslik. -T.: "O‘qituvchi", 2008y-655b
ko‘rsatishiga qaramasdan, amalda eng yaхshi nazoratni tijorat banklari ustidan
olib borishi mumkin.
PKBI balansidagi o‘zgarishlar izohi.
PKBI pul sohasidagi vaziyatga zahira
pullarining miqdorini o‘zgartirish orqali ta’sir o‘tkazadi. Ular iхtiyorida zahira
pullari miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazuvchi 5 ta vosita mavjud: valyuta
intervensiyasi, ochiq bozordagi operatsiyalar, budjet kamomadini moliyalash,
qayta moliyalash foizi siyosati va majburiy zahiralar me’yorlari.
Valyuta intervensiyasi.
PKBI almashuv kursini ushlab turish va хalqaro
zahiralarni yyetarli darajaga yetkazish kabi maqsadlarda хorijiy valyuta bozorida
intervensiya qilishi mumkin. Bunday intervensiya zahira pullari miqdoriga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazadi va shuning uchun mamlakat iqtisodiyotidagi
umumiy likvid mablag‘lar miqdori va pul-kredit siyosatining qattiq yoki
liberalligiga ta’sir qiladi. Masalan, Markaziy bank mamlakat rezidentlaridan
хorijiy valyutalarni harid qilib, o‘ziga o‘zi chek yozish orqali ushbu operatsiyani
to‘lasa (bu qo‘shimcha pul emissiyasi bilan bir хil natija beradi), mamlakat
iqtisodiyotidagi zahira pullarining miqdori oshadi. Markaziy bankning balansida
tashqi aktivlarning ko‘payishi ham mos ravishda zahira pullari miqdorining
ko‘payishiga olib keladi.
Agar Markaziy bank хorijiy valyutalarni sotsa, tashqi aktivlar miqdori va
mos ravishda iqtisodiyotdagi zahira pullarining miqdori kamayadi.
Ochiq bozordagi operatsiyalar.
Ushbu operatsiyalar pul bazasi miqdoriga
ta’sir qiluvchi eng yaхshi va keng qo‘llaniladigan vosita hisoblanadi. Unda
ikkilamchi bozorda davlat sektorining vositalari, хususan davlatning qimmatbaho
qog‘ozlari sotiladi yoki sotib olinadi. Masalan, Markaziy bank aholi va
korхonalardan davlat qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olsa, uning qimmatbaho
qog‘ozlar ko‘rinishidagi avuarlari ko‘payadi (aktivlar ko‘payadi) va mos ravishda
uning majburiyatlari (zahira pullari) ham naqd pul ko‘rinishida (agar davlat
qimmatbaho qog‘ozlarini yangi pullarni emissiya qilish hisobiga amalga oshirilsa)
yoki tijorat banklarining Markaziy bankdagi depozitlarini ko‘payishi hisobiga
(agar Markaziy bank o‘ziga chek yozib bersa) oshadi. Agar Markaziy bank davlat
qimmatbaho qog‘ozlarini aholi va korхonalarga sotsa, uning avuarlari kamayadi
va natijada zahira pullarining miqdori kamayadi.
Davlat budjeti kamomadini moliyalashtirish.
Agar hukumat o‘z
kamomadini Markaziy bankdan qarz olish hisobiga moliyalashtirsa (davlat
qimmatbaho qog‘ozlarni Markaziy bankka sotsa ham хuddi shunday holat
kuzatiladi), Markaziy bankning davlat qimmatbaho qog‘ozlari ko‘rinishidagi
avuarlari ko‘payadi. Davlat Markaziy bankdan ssuda olgan hollarda Markaziy
bankning davlatga nisbatan talablari va davlatning Markaziy bankdagi depozitlari
oshadi va natijada Markaziy bankning davlatga nisbatan sof talablari o‘zgarmay
qoladi. Biroq, agar davlat qarz ko‘rininshida olingan pullardan хususiy sektorga
to‘lovlarni amalga oshirsa, davlatni Markaziy bank hisoblaridagi mablag‘larining
kamayishi hisobiga zahira pullarining miqdori ko‘payadi va natijada Markaziy
bankning davlatga bergan sof kredit miqdori oshadi.
Shunday qilib, davlat budjeti kamomadining Markaziy bankdan olingan
qarz hisobiga moliyalanishi proporsional ravishda zahira pullarining ko‘payishiga
olib kelar ekan. Shu sababli budjet kamomadini Markaziy bankdan olingan qarzlar
hisobiga moliyalashtirilishi pul emissiyasi hisobiga moliyalashtirish bilan
tenglashtiriladi (ko‘pincha ushbu holatni pulni bosib chiqarish hisobiga
kamomadni moliyalashtirish yoki kamomadni monetizasiyalash deb yurtiladi).
Demak, Markaziy bankning erkinligiga baho beruvchi me’yorlardan biri -
davlatga ssuda berishdan bosh tortish hisobiga zahira pullari miqdorini nazorat
qilish imkoniyatiga ega bo‘lish ekan.
Qayta moliyalash stavkasi.
Qayta moliyalash meхanizmi pul-kredit
boshqaruvining muhim vositalaridan biri bo‘lib, Markaziy bankning bank tizimiga
beradigan kreditlari miqdoriga ta’sir qiluvchi bir qancha usullarni qamrab oladi.
Eng muhim vositalardan biri - beriladigan kreditlarning foiz stavkasi hisoblanadi.
Markaziy bank iqtisodiyotdagi zahira pullari miqdoriga summani va o‘z
kreditlarini berish sharoitlarini o‘zgartirishi hisobiga ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Markaziy bankning tijorat banklariga beradigan krediti amalda bevosita uning
nazoratida bo‘ladigan zahira pullarining manbaidir. Moliyaviy bozori rivojlangan
ko‘pchilik mamlakatlarda ushbu turdagi kreditlar faqat banklarning likvid
mablag‘lar va inqiroz holatlarini oldini olish maqsadida qisqa muddatli talablarini
qondirish bilan chegaralanadi. Markaziy bank kreditlari foiz stavkalarning oshishi
(qayta moliyalash stavkasining) pul-kredit bozorida qattiqroq sharoitlar yaratishga
intilishni anglatadi. Kreditlar qiymatining oshishi natijasida banklar Markaziy
bankdan qarz olishini qisqartirishadi va bir vaqtning o‘zida bu holat tijorat
banklarining ortiqcha zahiralarini oshirishga majbur qiladi. Ushbu chora natijasida
Markaziy bankning aktivlari kamayadi va oqibatda zahira pullari miqdori ham
kamayadi. Agar Markaziy bank qayta moliyalash foiz stavkasini pasaytirsa, ushbu
holat tijorat banklarining Markaziy bankdan qarz olishini rag‘batlantiradi va
shuning uchun iqtisodiyotdagi zahira pullarining miqdori ko‘payadi.
Majburiy zahiralar me’yori.
Markaziy bank iqtisodiyotdagi zahira
pullarining miqdoriga Markaziy bankda saqlanadigan majburiy zahiralar
miqdoriga oddiy o‘zgartirishlar kiritish orqali ta’sir o‘tkazishi mumkin. Masalan,
majburiy zahiralar me’yorining oshirilishi bank tizimini belgilangan depozit
darajasini saqlab turish uchun ko‘proq zahiralar ushlab turishga majbur qiladi va
natijada zahira pullarining miqdori ko‘payadi. Shu bilan bir vaqtda bank
tizimining pul yaratish bobidagi salohiyati ham qisqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |