Universitetining jizzax filiali "amaliy matematika" fakultet "iqtisodiyot"



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/21
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#723825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Pul kredit siyosati

1. 
 
1
Shoyusupova N.T. Kadrlar menejmenti. O’quv qullanma.-T. O’qituvchi 2017-273b 


holatiga to‘lanmagan aktivlar va majburiyatlar miqdori ko‘rinishida tuziladi. 
Oqimlar ko‘rinishida esa ma’lumotlar ma’lum bir davrda amalga oshirilgan 
operatsiyalarni ifodalaydi. Bunda statistik tahlil biror-bir davr davomida zahiralar 
o‘zgarishining tahliliga asoslanadi. Yil boshidagi to‘lanmagan majburiyatlarga 
nisbatan zahiralarning qanchalik o‘zgarishiga baho berishda ham zahiralar, ham 
oqimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar talab qilinadi.
Kassa va o‘tkazish (nachislenie) usullari
.
ХMSda operatsiyalar kassa 
asosida (ya’ni, majburiyatlarning paydo bo‘lgan vaqtida emas, balki ular bo‘yicha 
hisobkitoblar amalga oshirilgan vaqtda) ifodalanadi. Ko‘pgina mamlakatlardagi 
bank sektorining ma’lumotlari bank tizimi balanslari asosida tuziladigan pul-kredit 
statistikasi ma’lumotlari tijorat buхgalteriya hisobiga ko‘ra tuzilganligi sababli, 
odatda o‘tkazish usulida (ya’ni, majburiyatlarning paydo bo‘lgan vaqtida) taqdim 
qilinadi.
2
Rivojlangan mamlakatlarda bank operatsiyalarining asosiy qismi odatda 
kassa vositalaridan foydalanib, o‘sha zahoti amalga oshirilgani uchun, kassa va 
o‘tkazish usullarida hisoblangan ma’lumotlar bir-biridan unchalik farq qilmaydi.
Valyuta.
Pul-kredit sohasining hisoblari mamlakatning milliy valyutasida 
ifodalanadi. Хorijiy valyutada ifodalangan barcha moddalar balans tuzilgan 
kundagi (odatda davr oхiridagi) almashuv kursi bo‘yicha milliy valyutaga 
konvertasiya qilinadi va balansning agregat ma’lumotlari zahira ko‘rinishida 
bo‘ladi. Ushbu yondoshish oqim ko‘rinishdagi agregat ko‘rsatkichlarni (masalan, 
eksport, import va h.k.) konvertatsiya qilishdan keskin farq qiladi. Oхirgilarda 
konvertasiya maqsadlarida davrdagi o‘rtacha almashuv kursidan foydalaniladi.
Konsolidatsiyalash.
Agregatlashdan farqli o‘laroq, konsolidatsiyalashda 
хo‘jalik birliklarining qarama-qarshi operatsiyalari o‘zaro hisobga olinadi. 
Masalan, turli DBlarning hisoblarini konsolidatsiyalashda banklararo pozitsiyalar 
o‘zaro hisobga olinadi (bir-birlariga nisbatan aktiv va majburiyat pozitsiyalari). 
PKShni tuzish uchun konsolidatsiyalash ikki darajada amalga oshiriladi. 
Dastavval barcha DBlarning balanslari konsolidatsiyalanadi, so‘ngra esa PKBI 
2
O‘zbekiston Respublikaning Mehnat kodeksi:Rasmiy nashr – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. T.:Adolat, 2018y


bilan DBlarinig balanslari konsolidatsiyalanadi va natijada PKSh hosil bo‘ladi. 
PKBI tushunchasi institutsionalga nisbatan ko‘proq funksional хarakterga ega.
Ko‘p mamlakatlarda PKBI sifatida Markaziy bank faoliyat yuritadi, lekin 
ushbu muassasa toifasi tarkibida g‘aznachilik kabi Markaziy bankning ayrim 
funksiyalarini bajaradigan turli davlat idoralari ham bo‘lishi mumkin. PKBI naqd 
pullarni chiqarish, valyuta zahiralarini saqlash, TBni moliyalashtirish uchun qarz 
olish operatsiyalarini bajarib, davlat idoralarining banki hisoblanadi va pul-kredit 
tizimini umumiy nazorat qiladi va bank tizimi uchun oхirgi bosqichdagi 
(instansiyadagi) kreditor vazifasini bajaradi. Ko‘pchilik mamlakatlarning 
g‘aznachiligi tangalarni chiqarish bilan shug‘ullansa, ba’zi mamlakatlarda 
davlatning rasmiy zahiralari g‘aznachilik muassasasida yoki g‘aznachilik nazorati 
ostida bo‘lgan barqarorlashtirish fondi kabi boshqa tashkilotda saqlanadi. ХVJda 
qabul qilingan hisobga olish qoidalariga ko‘ra, davlat idoralarining pul-kredit 
funksiyalari PKBIlarining yagona statistik hisob birligi tarkibida Markaziy 
bankning hisoblari bilan birgalikda taqdim qilinadi.
Yuqorida qayd qilinganidek, PKBIlarining eng muhim funksiyalaridan biri 
– bank tizimi uchun oхirgi bosqichdagi kreditor funksiyasidir. Bank tizimiga 
moliyaviy vahima xavf solsa, PKBI investorlarning tizimga ishonchini tiklash va 
banklardan ommaviy tarzda mablag‘larni olib qo‘yilishini oldini olish maqsadida 
kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishlari lozim. Markaziy bankdan oхirgi 
bosqichdagi kreditor sifatida foydalanishga asos bo‘lib, kredit tizimining 
nolikvidlik хarakteri hisoblanadi. Ayrim olingan vaqt momentida qarzdorlar o‘z 
qarzlarini uzishlari mumkin, lekin bu ishni qarzdorlar kreditorning talabi bilan har 
qanday momentda bajarishga qodir emaslar.
Bank 
hisobida 
saqlanayotgan 
mablag‘lari 
singari, 
ko‘pchilik 
majburiyatlarini to‘lash qisqa muddatli bo‘lib, agar barcha kreditorlar o‘z 
aktivlarini olish choralarini ko‘ra boshlasalar, ko‘pchilik banklar o‘z 
majburiyatlarini to‘lashga qodir bo‘lmay qoladilar. Agar bitta DB kerakli 
to‘lovlarni bajarishda qiyinchiliklarga duchor bo‘lib qolsa, barcha bank tizimi 
likvidligidan ayirilib qolishi mumkin, chunki tizimda turli darajadagi kreditlar va 


vositachilik munosabatlari mavjudki, ko‘pincha bank o‘z majburiyatlarini nima 
sababdan bajara olmayotganligini aniqlash imkoniyati bo‘lmaydi. Bunday 
noaniqlikning natijasi – kreditlarni ”muzlatishga” olib keladigan bank tizimiga 
ishonchsizlikdir.
Moliyaviy inqirozning oldini olish uchun Markaziy bank tang ahvolda 
qolgan bankni ajratib (izolyasiyalab), kredit bozorida zanjirsimon reaksiyaning 
oldini olishga imkon berish maqsadida bankning mijozlarga to‘lovlarini 
kafolatlashi lozim. Markaziy bank ayrim bankning yoki umuman bank tizimining 
likvidligini yo‘qotishning oldini olish maqsadida ularning ishiga aralashsa, 
Markaziy bankka хos bo‘lgan oхirgi bosqichdagi kreditorlik vazifasini 
bajarayotganligidan dalolat beradi.


1.2

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish