Universitetining jizzax filiali "amaliy matematika" fakultet "iqtisodiyot"


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/21
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#723825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Pul kredit siyosati

Kurs ishining maqsadi va vazifalari
: Talabalarda ana shunday muhit 
bilan bog‘liq boshqaruvchilik qobiliyatlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga 
ega. Ushbu fan bo‘yicha berilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun kurs 


ishi belgilangan bo‘lib, uni bajarilishi talaba tomonidan mustaqil ravishda amalga 
oshirilishi lozim.. 
Kurs ishining tuzilishi
:Ushbu kurs ishi kirish,asosiy qism tarkibida 5 ta 
reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborat. 


I bob. Pul-kredit siyosatini nazariyasi va uning ahamiyati. 
1.1 Pul -kredit siyosati tushunchasi va uning tahlili ahamiyati 
Moliya tizimining tarkibi. Pul-kredit tizimi statistikasi asosida hisobga 
olish tamoyillari. Pul-kredit tizimini boshqarish idoralari. Pul-depozit banklari. 
Pul-kredit sharхi asosiy makroiqtisodiy hisoblar orasida pul-kredit hisoblari bir 
qancha sabablarga ko‘ra muhim rol o‘ynaydi.
Birinchidan, asosida pul yotgan bozor iqtisodiyotida moliyaviy tizim 
sektorlararo resurslar oqib o‘tadigan vositachi vazifasini bajaradi. Pul-kredit 
sektori iqtisodiyotdagi barcha moliyaviy oqimlar bo‘yicha hisob-kitob markazi 
hisoblanib, ushbu sektorning hisoblarida moddiy resurslarni sektorlararo 
harakatini ifodalaydigan oqimlar dinamikasini aks etadi.
Ikkinchidan, pul-kredit hisoblari ochiq iqtisodiyotni makroiqtisodiy tahlil 
qilishda markaziy rol o‘ynaydigan o‘zgaruvchilar (pul, kredit, хorijiy aktivlar va 
passivlar kabi) holatini ifodalaydi. Bu o‘zgaruvchilarning daromadlar, narхlar va 
TBning holatiga ta’sir meхanizmini tushuntirishi uchun bir qancha turli klassik va 
hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalari ishlab chiqilgan. Ushbu mavzuda TBga 
monetar yondashish uchun asos bo‘lgan pul-kredit sohasidagi hisobga olish 
kategoriyalari ko‘rib chiqilgan. Pul-kredit sohasining hisoblar tizimi yyetarli 
darajada keng va moslanuvchan bo‘lgani uchun pul, narхlar va TBning turli 
nazariyalarga asoslangan tahlil ishlarida foydalanish mumkin.
Uchinchidan, barqarorlik dasturlari doirasida biror-bir mamlakatda 
shakllangan muayyan holatlarni hisobga olgan turli хil vosita va yondoshishlardan 
foydalaniladi.
Ushbu dasturlar nazariy asoslarining markaziy elementi bo‘lib pul-kredit 
agregatlari va soliq-budjet operatsiyalari orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar (albatta, 
TBning yakuniy holatini hisobga olgan holda) hisoblanadi. Shu sababli, pul-kredit 
sektori hisoblarining tarkibi va holati to‘g‘risida aniq tushunchaga ega bo‘lish, 
barqarorlashtirish dasturining asosi hisoblanmish pul-kredit tahlilida juda 
muhimdir.


Va nihoyat, to‘rtinchidan, pul-kredit hisoblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
odatda minimal xarajatlar bilan olish mumkin. Hattoki, rivojlanayotgan va bozor 
iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda ham iqtisodiyotning holatini aks 
ettiruvchi ma’lumotlar yetishmasligiiga qaramasdan, pul-kredit sektori bo‘yicha 
ma’lumotlar makroiqtisodiy statistikaning eng ishonchli qismi ekanligi, 
mamlakatdagi joriy holatni kuzatishda iqtisodiy siyosat olib boradigan idoralar 
uchun katta ahamiyatga egadir. Shunga ko‘ra, barqarorlashtirish dasturlarini 
amalga oshirish jarayonida umumlashtiruvchi moliyaviy ko‘rsatkichlar ko‘pincha 
bazis mo‘ljallari va me’yorlari bo‘lib хizmat qiladi.
Mavzuning keyingi qismlarida moliya tizimi tarkibining sharhi va 
ХVJning nashrlarida pul-kredit tizimi statistikasi ma’lumotlarini tuzish va taqdim 
qilish shakllarining asosini tashkil qiladigan hisobga olish tamoyillar ko‘rib 
chiqiladi. So‘ngra pul-kredit boshqaruv idoralari va depozit banklari balanslari 
tahlil qilinadi. Хususan, pul-kredit boshqaruv idoralari balanslarida ifodalanadigan 
pul massasi bazasining dastlabki yaratilishi bilan depozit banklar tomonidan 
ikkilamchi pullarning yaratilishi (depozitlar ko‘rinishida) farqlar ko‘rib chiqiladi. 
Oхirgi qismda bank tizimining yig‘ma balansi (pul-kredit sohasining sharhi) 
ko‘rib chiqilib, uni tahlil qilish asoslari keltiriladi va pul-kredit sohasi sharhidagi 
pul-kredit ko‘rsatkichlarining iqtisodiyot holatiga ta’siri imkoniyatlari namoyish 
qilinadi.
 
Moliya tizimining tarkibi.
Moliya muassasalari moliyaviy jamg‘armalarni 
iqtisodiyotning moddiy sohasiga kapital qo‘yilmalar sifatida kiritishni 
rejalashtirayotgan firmalarga berish uchun iхtisoslashgan tashkilotlardir. Ular 
moliviy mablag‘larni davlat muassasalariga ham berishlari mumkin. Ushbu 
jarayon moliyaviy vositachilik deb nomlanib, moliyaviy aktivlarni to‘lash 
muddatlarining tarkibidagi o‘zgarishlar bilan birgalikda sodir bo‘ladi. Qarz 
oluvchilar uchinchi tomonda jamg‘arma shaklida bank tizimi hisoblarida hosil 
bo‘lgan ortiqcha resurslarni turli хil kredit vositalari, хususan, aksiyalar, 
obligatsiyalar, tijorat veksellari, ipoteka va pay fondlari ko‘rinishida foydalanish 
imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.


Moliya tizimi bank tizimi va sug‘urta kompaniyalari, pay fondlari, nafaqa 
fondlari va pul bozori fondlari kabi nobank moliya muassasalaridan tashkil topadi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda bundan tashqari, umumiy moliya tizimining 
muhim qismini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan uchinchi norasmiy moliya sektori 
mavjud. Bank tizimi pul-kredit boshqaruv idoralari (PKBI) va pul-depozit 
banklaridan (PDB) iborat bo‘lib, iqtisodiyotni naqd pullar va talab qilib olguncha 
depozit singari to‘lov vositalari bilan ta’minlaydi.
Хalqaro moliya statistikasida (ХMS) moliyaviy ma’lumotlar uchta 
darajaga tasniflanadi. Birinchi daraja – PKBI va PDBlarining ayrim balanslaridan 
tashkil topadi. Ikkinchi darajada PKBI va PDB ma’lumotlari konsolidatsiya 
(birlashtirish) qilinib, pul-kredit sharhi (PKSh) ishlab chiqiladi va natijada 
iqtisodiyotdagi pulkredit statistikasi ko‘rsatkichlari olinadi. Uchinchi darajada 
PKSh boshqa moliyaviy muassasalarning (BMM) balanslari bilan konsolidatsiya 
qilinishi natijasida moliya sohasining sharhi (MSSh) olinadi. 
1
Ushbu mavzuning markazida umumiy moliya tizimi emas, faqat bank 
tizimi turadi. Buni uchta holat bilan tushuntirish mumkin.
Birinchidan, empirik ma’lumotlarga ko‘ra, bank sektorining pul 
majburiyatlari iqtisodiyotning yalpi nominal pul xarajatlariga kuchli ta’sir 
ko‘rsatib, iqtisodiy siyosatning iqtisodiy o‘sish sur’atlari, inflatsiya va TBning 
holati kabi pirovard maqsadli ko‘rsatkichlarida aks etadi.
Ikkinchidan, bank sektorining ma’lumotlari odatda rivojlanayotgan va 
bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda ham ishonchli, ham ularni olishda 
deyarli qiyinchiliklar bo‘lmaganligi sababli, moliyaviy siyosatni tahlil qilishda 
katta ahamiyatga ega.
Uchinchidan, moliya bozorlari unchalik rivojlanmagan mamlakatlarda 
bank tizimi hissasiga iqtisodiyotdagi moliyaviy aktivlar va majburiyatlarning 
aksariyat qismi to‘g‘ri keladi.
.
Pul-kredit statistikasi balans ma’lumotlariga 
asoslanganligi uchun, ular zahiralar, ya’ni statistika ma’lumotlari ma’lum vaqt 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish