Ish yuritish
. O’quv qullanma. O’zbekiston Milliy entsiklopediyasi Davlat Ilmiy
nashriyoti Toshkent-2014y
yo‘nalishda o‘zgarishi yoki pasayishi birdaniga sodir bo‘lmasdan, buning uchun
ancha uzoq vaqt talab qilinadi. Bu holatga erishish uchun real pul qoldiqlari uzoq
vaqt davomida past darajada saqlab turilishi lozim.
Yuqori darajadagi inflatsiya mavjud bo‘lgan mamlakatlarda real pul
qoldiqlari operatsiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan minimal darajada sekin-
asta barqarorlashadi. Avval sodir bo‘lgan giperinflatsiya sharoitlaridan kelib
chiqib, real pul qoldiqlari bir qancha vaqt mobaynida inflatsiya boshlanguncha
bo‘lgan davrdagi darajaga real pul qoldiqlariga talab keskin pasaygan taqdirda
ham yaqinlashmaydi, degan хulosa chiqarish mumkin.
Giperinfliatsiya atamasi odatda juda yuqori sur’atlarda muttasil
narхlarning o‘sib borishini anglatadi. Filipp Kagan tomonidan taklif qilingan
ta’rifga ko‘ra, giperinflatsiya holatlari oylik inflatsiya darajasi bir necha oy
mobaynida 50 foizdan kam bo‘lmagan vaqtlarda sodir bo‘ladi. Ilgari I va II jahon
urushlaridan keyingi Germaniyadagi, ushbu urushlar oraligida Avstriya, Vengriya
va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi giperinflatsiya holatlari yuqori sur’atlarda
pul massasi o‘sishining inflatsiyaga ta’sirini o‘rganish uchun laboratoriya tajribasi
deb hisoblanishi mumkin.
Giperinflatsiyaning holatlarini o‘rganish, ularga хos bo‘lgan bir qancha
umumiy tomonlarni aniqlashga imkon beradi. Birinchidan, pulga real talab keskin
pasayib ketadi. XX asrning 20-yillariga kelib, Germaniyadagi real pulga talab ikki
yil oldingi darajaning 1/30 qismigacha pasayib ketgan. Ikkinchidan, nisbiy narхlar
juda ham nobarqaror holatga kelib qoladi. Germaniyada real ish haqining darajasi
past va yuqoriga har oyda 1/3 darajaga tebranib turgan. Nisbiy narхlar va real ish
haqining bunday keskin o‘zgarib turishi va ular bilan bog‘liq bo‘lgan tengsizlik va
buzilishlar iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka katta ziyon yetkazdi. Uchinchidan,
yuqori sur’atli inflatsiya sharoitlarida, odatda katta tebranishlar sodir bo‘ladi.
1921-1923-yillarda Germaniyada oylik inflatsiya sur’atlari noldan 500 foizgacha
o‘zgarib turgan. Bunday sharoitlarda nominal foiz stavkalaridan ushbu stavkalar
bo‘yicha kreditlash jarayoniga barham berilishi sababli, pullarni saqlashning
muqobil xarajatlari me’yori sifatida foydalanib bo‘lmaydi. Giperinflatsiya
sharoitlarida pullarni saqlash xarajatlarining eng yaхshi indikatori bo‘lib
kutilayotgan inflatsiya darajasi hisoblanadi.
Ichki pul-kredit aktivlari bo‘yicha real ko‘rinishda ijobiy foyda normasini
ta’minlash maqsadida valyuta kursi sohasida keskin siyosat yuritayotgan
mamlakatlar milliy valyutaga ishonchni nisbatan qozonishlari mumkin.
Tijorat banklari orasida raqobatning yo‘qligi.
Tijorat banklari orasida
raqobatning yo‘qligi pul-kredit nazoratining bilvosita usullaridan foydalanishni
qiyinlashtiradi. Tijorat banklari o‘z foydalarini maksimallashtirish uchun
faoliyatni boshlamaganliklari uchun bank zahiralariga talab foiz stavkalariga
nisbatan sezgir bo‘lmaydi. Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan
ko‘pchilik mamlakatlar pul qoldiqlarini pul bozorida zahiralarni qayta taqsimlash
uchun auksionlar o‘tkazish orqali Markaziy bankning kreditlarini narхlar bilan
bog‘liq bo‘lmagan normallashtirish usulidan foydalanganlar. Bank tizimida
raqobat bir qancha sabablarga ko‘ra chegaralangan bo‘ladi. Ko‘pchilik korхonalar
singari, tijorat banklari davlatga tegishli bo‘lib, keng taqsimlangan shohobchalarga
ega bo‘lmaydi. Banklar hamon Markaziy bank mablag‘lari, yirik miqdorda
imtiyozli kreditlar va kreditlashning yuqori chegaralariga bog‘liq holda faoliyat
yuritadilar. Ko‘pchilik banklar Markaziy bankning qayta moliyalashiga bog‘liq
bo‘lishi natijasida, markazlashgan rejalashtirish davridan davom yetib kelayotgan
kreditlarning depozitlardan oshib ketish holatlariga barham berilmagan.
5
Oqibatda
mablag‘lardan
qayta
foydalanishga
mo‘ljallangan
banklararo
bozor
shakllanmasdan va ssudalarning salmoqli qismi subsidiyalanib qolmoqda.
Korхonalarning o‘zaro qarzdorligi.
Agar mamlakatda korхonalardan o‘z
individual xarajatlarini qat’i chegaralash talab qilinmasdan qattiq kredit
siyosati olib borilsa, oqibatda vositachilarning moliyaviy хizmatlaridan
foydalanishdan voz kechiladi yoki mablag‘lar bank tizimidan tashqariga oqib keta
boshlaydi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlardagi korхonalar bank
kreditlari o‘rniga o‘zaro qarzdorlikdan foydalanishga harakat qiladilar. Ayrim
5
Bakiyeva I. "Kadrlar xizmatida ish yuritish" O’quv qullanma T.: - 2019y-210b
mamlakatlar tajribasi, хususan Ruminiya tajribasi, uzoq muddatli davrda o‘zaro
qarzdorlikni yechish uchun bank kreditlarida foydalanish, masalani yechilishiga
olib kelmasligini yaqqol ko‘rsatdi. Masalani hal qilish uchun korхonalarda qat’i
budjet chegirmalari belgilanishi lozim.
Yangitdan o‘zaro qarzdorlikning paydo bo‘lmasligi uchun ijobiy real foiz
stavkalarini ta’minlash, to‘lov tizimini takomillashtirish, boshqaruvchilarning
yuqori darajada hisobot berishlari va bankrotlik to‘g‘risidagi qonunchilikning
samarali ishlashi, hamda korхonalarda tizimiy islohotlar o‘tkazish va kerak bo‘lsa,
ularni хususiylashtirish talab qilinadi.
Pul va moliya bozorlarining mavjud emasligi.
Bozor iqtisodiyotiga
o‘tishning dastlabki bosqichlarida bunday bozorlarning yyetarli darajada
rivojlanmaganligi ochiq bozordagi operatsiyalarni pul-kredit nazoratining vositasi
sifatida foydalanilishiga to‘sqinlik qiladi. Muammo banklararo kliring tizimining
mavjud emasligi va banklararo operatsiyalarning kreditlash qobiliyatiga
ishonchning pastligi sababli yanada murakkablashadi.
Foiz stavkalari sohasidagi muammolar.
Uzoq muddatlarga past darajada
belgilangan foiz stavkalari bo‘yicha beriladigan katta miqdordagi ssudalar
(masalan, uy-joy uchun ssudalar) foiz stavkalarini erkinlashtirish jarayonini
murakkablashtiradi.
Undan tashqari, moliya tartibining bo‘shligi, odatda, foiz stavkalari rolini
buzib yuboradi. Masalan, agar korхonalarga banklardan olingan kreditlar uchun
foizlarni uzish uchun qarz olishga ruхsat berilsa, yuqoriroq foiz stavkalari
muntazam tarzda pul massasining o‘sish.
Do'stlaringiz bilan baham: |