Universitetining jizzax filiali "amaliy matematika" fakultet "iqtisodiyot"



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/21
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#723825
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Pul kredit siyosati

Xulosa
Asosiy makroiqtisodiy hisoblar orasida pul-kredit hisoblari bir qancha 
sabablarga ko‘ra muhim rol o‘ynaydi.
Birinchidan, asosida pul yotgan bozor iqtisodiyotida moliyaviy tizim 
sektorlararo resurslar oqib o‘tadigan vositachi vazifasini bajaradi. Pul-kredit 
sektori iqtisodiyotdagi barcha moliyaviy oqimlar bo‘yicha hisob-kitob markazi 
hisoblanib, ushbu sektorning hisoblarida moddiy resurslarni sektorlararo harakatini 
ifodalaydigan oqimlar dinamikasini aks etadi. 
Pul, pul aylanishi, pul tizimi iqtisоdiyotning eng asоsiy markaziy mua
mmоlaridan biri, ya’ni «qоn tоmiri» hisоblanadi. Pul tizimining to‘g‘ri faоliya
ti darоmadlar va хarajatlarning dоiraviy aylanishiga hayotiy kuch bеradi. 
Ayn
i vaqtda yagona elektron platforma Markaziy bankning bozor operatsiyalari orqali 
qisqa muddatli foiz stavkalariga tezkor ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini 
kengaytiradi va pul-kredit siyosati uzatish mexanizmining foiz kanali ta’sirini 
kuchaytiradi.Inflyatsion 
targetlash 
rejimida 
pul-kredit 
sohasida 
amalga 
oshiriladigan choralar shaffofligini oshirishga va asossiz inflyatsion kutilmalarning 
oldini olishga qaratilgan kommunikatsion kanalining amal qilishi muhim ahamiyat 
kasb etadi.Shundan kelib chiqqan holda,Markaziy bank qabul qilinayotgan qarorlar 
sabablari hamda mohiyatini elektron va bosma ommaviy axborot vositalari orqali 
aholi va biznes hamjamiyatiga tushuntirish bo‘yicha faol ish olib boradi.Pul-kredit 
siyosati sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va kutilayotgan natijalarni 
keng jamoatchilikka yetkazish va ular tomonidan ma’lumotlarni to‘g‘ri qabul 
qilinishini ta’minlash maqsadida e’lon qilinadigan axborotlarda soha mutaxassisi 
bo‘lmaganlar uchun tushunarli bo‘lgan til va atamalardan foydalaniladi.Shu bilan 
birga, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish borasida olib borilayotgan 
ishlar ko‘lami kengaytirib boriladi. 
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning aniq strategiyasini ishlab chiqish 
va uning instrumentlaridan samarali foydalanish vazifasi ko‘p jihatdan Markaziy 
bank tomonidan amalga oshiriladigan tahlil va prognozlar sifatiga bog‘liq.Puxta 
ishlab chiqilgan makroiqtisodiy prognozlarga asoslangan pul-kredit siyosati ichki 


moliya bozorlaridagi noaniqliklarni kamaytiradi, qabul qilinayotgan qarorlar 
mohiyatini tushuntirishni yengillashtiradi va uning yo‘nalishlarini oldindan 
aniqlash imkonini yaratadi.Bugungi kunda Markaziy bank xalqaro amaliyotlar 
asosida prognozlash ishlarini tashkil etishning boshlang‘ich bosqichida turibdi. 
Bunda inflyatsiya darajasini prognozlashning dastlabki modellarini tuzish borasida 
ilk qadamlar tashlangan. 
Xususan, ARIMA (avtoregressiya – suzuvchi o‘rtachaning integrallashgan 
modeli) modelida iste’mol narxlarining guruhlashtirilgan indeksini qo‘llash va 
sinovdan o‘tkazish boshlandi.Shu bilan birga, OLS (eng kichkina kvadratlar usuli) 
i VAR (vektorli avtoregressiya) modellari ham qo‘llanmoqda.2018-2021 yillarda 
inflyatsiya va bank tizimidagi likvidlilikni omillar bo‘yicha tahlil qilish, to‘lov 
balansi statistikasini zamonaviy usullar asosida tuzish, asosiy makroiqtisodiy 
hamda pul-kredit ko‘rsatkichlarini prognozlash va modellashtirish instrumentlarini 
takomillashtirish bo‘yicha ishlar yanada kuchaytiriladi. 
Zaruriy ma’lumotlar bazasini shakllantirish bilan bir qatorda yarimtarkibiy 
va tarkibiy modellar asosida qo‘llaniladigan modellar ro‘yxatini kengaytirish 
ko‘zda tutilmoqda.Shu bilan birga, Markaziy bank tomonidan 2018 yildan boshlab 
iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarni aniqlash borasida o‘tkazilayotgan so‘rovlar 
va kuzatuvlar inflyatsion xatarlarni chuqur o‘rganish, pul-kredit siyosatini ishlab 
chiqish va samarali amalga oshirishda ko‘mak beradi.Markaziy bank xalqaro 
moliya institutlari va xorijiy mamlakatlar markaziy banklari bilan ham hamkorlikni 
sifat jihatdan yangi darajada davom ettiradi. 
Pul-kredit siyosatini takomillashtirish va uning instrumentlari rolini 
kuchaytirish, bank tizimi likvidligini tahlil qilish va prognozlash hamda pul 
bozoridagi operatsiyalar samaradorligini oshirish maqsadida 2018-2021 yillarda 
Xalqaro valyuta jamg‘armasining maxsus texnik missiyalarini jalb qilish, xorijiy 
mamlakatlar markaziy banklari ilg‘or tajribasini o‘rganish va o‘zaro tajriba 
almashish amaliyotini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.




Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish