Universiteti tabiiy fanlar kafedrasi


Koronavirus haqida ma’lumot va uning oldini



Download 23,75 Mb.
bet114/178
Sana31.05.2022
Hajmi23,75 Mb.
#622654
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   178
Bog'liq
УМК 2021-2022 лотинча

Koronavirus haqida ma’lumot va uning oldini
olish chora-tadbirlari
Koronavirus COVID-19 – havo-tomchi va aloqa yo’llari orqali yuqadigan kasallik bo’lib, zotiljamning og’ir shakli, hatto o’limgacha olib keladigan xavfli yuqumli kasalliklardan biri hisoblanadi.
Dastlab ushbu virus 1965 yilda o’tkir rinit bilan kasallangan bemorda aniqlangan bo’lib, yuqori nafas yo’llarida viruslarning ko’payishi natijasida nafas olish, asab tizimlari va oshqozon-ichak traktini zararlanishiga, bolalarda esa bronxit va zotiljamga olib kelgani ma’lum.
Jeneva 2020 yil 11 fevral – Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti koronavirusning yangi tipiga sOVID -19 rasmiy nomini berdi, bu “2019 yilda paydo bo’lgan koronavirus pandemiyasi” degan ma’noni bildiradi. Virus dunyo bo’yicha 199 ta davlatda aniqlangan.
Virus ilk bora Xubey viloyatining Uxan shahrida joylashgan Xuanan nomli hayvon va dengiz mahsulotlari bozoriga aloqador bo’lgan mahalliy aholi vakillarida namoyon bo’lgan. Mazkur bozorda iste’mol uchun dengiz mahsulotlari, it go’shti, ilonlar va hatto ko’rshapalaklar ham sotilgan. Taxminlarga ko’ra, koronavirus hayvon organizmida mutatsiyaga uchragan. So’ngra insonga yuqqanligi aniqlangan.
Bu virusning koronavirus deb nomlanishiga sabab, tekshiruvlar natijasida virusning tuzilishi astronomik (quyosh) tojga o’xshashligidir.
Ushbu virus tashqi muhit ta’siriga va zararsizlantiruvchi vositalarga nisbatan chidamli bo’lib, kasallik xastalanagan odamlardan havo-tomchi hamda maishiy muloqot yo’li orqali yuqayotgani, bemorga yordam ko’rsatishda himoya vositalaridan foydalanmaslik natijasida tibbiyot xodimlariga ham kasallikning yuqish holatlari kuzatilgan.
Koronavirus infeksiyasining yashirin davri bir necha hafta (24 kungacha ) davom etishi mumkin. Salbiy tomoni bu vaqtda o’z badanida mazkur virusni tashuvchi kishi o’zining xastalanganini bilmagan holda muloqotga kirishgan o’zga kishiga yuqtirishi mumkin.Kasallangandan keyin qisqa muddatli immunitet qoladi va qayta kasallanishdan saqlamaydi.
Kasallik harorat bilan boshlanadi, so’ng quruq yo’tal paydo bo’ladi, 1 haftadan so’ng nafas olishi qiyinlashadi, bosh og’rig’i, tomoqda og’riq, aksa urish, mushaklar va ko’krak sohasidagi og’riq kabi belgilar kuzatiladi. Mutaxassislarning xulosasiga ko’ra, koronavirus keltirib chiqargan kasallikning gripp kasalligidan farqi shuki, ushbu kasallik asoratlar bilan o’tishi va o’lim bilan tugashi ehtimoli yuqori bo’lgan.
Koronavirus nimasi bilan xavfli? Virus yangi, yer yuzida hech kimda immunitet yo’q, barcha odam kasallanishi mumkin, virusning odamdan odamga o’tishi isbotlangan, virusdan odamlar o’limi kuzatildi.
Kasallikning oldini olish uchun bir qancha chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi:

  • Qo’lni 20 soniya davomida sovunlab yuvilgandan so’ng, spirt bilan ishlov berish;

  • Yuvilmagan qo’llar bilan ko’z, og’iz kabi a’zolarga teginmaslik;

  • Yo’talganda va aksirganda og’iz va burunni ro’molcha bilan yopish;

  • Shamollash belgilari bo’lgan bemorlar bilan yaqin muloqotda bo’lmaslik;

  • Go’sht va tuxum mahsulotlarini yaxshilab pishirmoq kerak;

  • Himoyalanmagan holatda hayvonlarni ushlash yoki hayvonlar tegishi mumkin bo’lgan joylarga teginishdan saqlanish kerak;

  • Gavjum bo’lgan jamoat joylariga borishdan saqlanish kerak;

  • Yashash joyini va ko’p aloqada bo’ladigan yuzalar ustini dezinfeksiyalovchi vositalar bilan tez-tez tozalash ishlarini amalga oshirish kerak.




Download 23,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish