Universiteti tabiiy fanlar kafedrasi



Download 23,75 Mb.
bet112/178
Sana31.05.2022
Hajmi23,75 Mb.
#622654
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   178
Bog'liq
УМК 2021-2022 лотинча

Kasallik belgilari. Kasallikning inkubatsion davri 3-6 kun, o’latga qarshi emlatganlarda 8-10 kungacha cho’ziladi. G.P. Rudnev o’latning quyidagi klinik shakllarini ajratadi: 1) teri; 2) bubon; 3) o’pka; 4) septik; 5) ichak shakllari.
O’lat to’satdan boshlanadi. Bemorning badani titrab, harorati 39-400 s darajagacha ko’tariladi va bu isitma 3-10 kun davom etadi. Isitma bilan bir qatorda intoksikatsiya ham boshlanadi. Bemorning darmoni quriydi, boshi aylanib qattiq og’riydi. Ishtahasi yo’qoladi, tashna bo’ladi. Ko’ngli aynab, qon aralash qayt qiladi. Mushaklari, umurtqa pog’onasi og’riydi. Bemorning yuzi qizargan va ko’zlariqip-qizil bo’ladi. Badani quruq va issiq bo’ladi. Til oppoq karash bilan qoplanadi. Ba’zan bemorning qorni og’riydi. Bemor bezovtalanadi, ko’pincha alahlaydi, yurganda gandiraklaydi.
Teri shakli. O’lat mikrobikirgan joyda kichkina dog’ paydo bo’ladi. Keyin budoy papula, vezikula va pustulaga aylanadi. Pustula yorilgach, o’rni yara bo’lib, uzoq vaqtgacha bitmaydi. O’latning teri formasi judakam (3-3% hollarda) uchraydi. Mikrob kirgan joyda o’lat karbunkuli paydo bo’lishi mumkin. Ba’zi hollarda terida toshmalar uchraydi.
Bubonli shakli. O’latning bubonli formasida yuqori harorat va intoksikatsiya bilan bir qatorda bemorning limfa tugunlari shishib, kattalashadi va og’riydi. Zararlangan limfa tugunlari kasallikning ikkinchi kunidan boshlab qo’lga o’tadi, keyinular tez kattalashadi, tovuq tuxumidek bo’lib qoladi. Limfa tugunidagi yallig’lanish jarayoni teri osti to’qimasiga ham o’tadi. 6-8 kundan so’ng bubon yiringlaydi, og’riq kamayadi, teri ko’kimtir tus oladi. Bubonda flyuktuatsiya (yiring to’planishi) aniqlanadi. 8-12-kun bubon yoriladi va ko’p miqdorda sariq-yashil rangli quyuq yiring chiqadi. Bubon yorilgach, harorat pasayadi va 10-12 kunlari yara bitib, o’rni chandiq bo’lib qoladi. Ba’zi hollarda bubon yiringlamaydida, 6-7 kunlardan boshlab sekin-asta kichrayadi va shishi kamayib, yo’qolib ketadi. Bo’yin limfa tugunlarida bu bonlar rivojlanganda kasallik juda og’ir o’tadi.
Septik shakli. O’latning bu shaklida odamning teri yoki shilliq pardasi orqaliko’p miqdorda kuchli patogen o’latta yoqchalari kirishi organizmning himoya vositalarini engib qonga tushishi natijasida kasallik birdaniga boshlanadi. Qisqa inkubatsion davrdan so’ng (bir necha soatdan 1-2 kungacha davom etadi) bemorning eti uvishib, qaltiraydi, harorat ko’tariladi, badanida ko’pincha toshma ko’rinadi. Pulsijuda tezuradi (har daqiqada 150-160), ba’zan sanoqqa kelmaydi. Ba’zi hollarda meningo ensefalit belgilari aniqlanadi. Ko’p o’tmay infeksion-toksik shok rivojlanadi va bemor koma holatiga tushib, uzog’i bilan 2-3 kun ichida juda kuchli intoksikatsiya va gemorragik sindrom oqibatida halok bo’ladi. O’latning septik formasidan bemorning sog’ayishi juda kam uchraydi.
O’pka shakli. Bu o’latning eng og’ir shaklidir. U to’satdan boshlanadi. Bemorni eti uvishib, qaltiraydi va harorat ko’tariladi va boshi qattiq og’riydi, ko’kragi sanchiydi, yo’taladi. Yo’talganda oldin tiniq shilimshiqdan iborat, keyin qon aralash balg’am tashlaydi. Bemor bezovtalanib, alahlaydi. Uni tekshirib ko’rilganda pnevmoniyaga xos alomatlar aniqlanadi. Nafas ancha tezlashadi, bemorni yuzi ko’karadi, pulsi yuzaki bo’ladi, so’ngra bemor hushidan ketadi va oxiri o’lim bilan tugaydi.
Ichak shakli. Oxirgi yillardagilariga ko’ra, o’latning ichak shakli septik jarayon oqibatida yuz beradi. Harorat yuqori darajaga ko’tariladi, kuchli intoksikatsiya bo’ladi. Bemor ko’ngli aynab, qayt qiladi. Qon va yiring aralash tez-tez ichi ketadi, qorni og’riydi, kuch aniq bezovta qiladi. O’latning ichak formasida bemor bir necha kun ichida halok bo’ladi.
Davosi. O’latga davo qilishda yuqori dozada antibakterial terapiya yaxshinatijaberadi. Davolanish - antibiotiklarni yerta qo’llash bilan boshlanadi. O’pka va septik shakllarida dozalari ikki baravar, antibiotiklar 3 hil dorilar teng barobar qo’llaniladi.Bubonli vabo bilan davolash davomiyligi 7 kun, o’pka va sepsis bilan - 10 kun. Bemorlarga askorbinat kislotasi (1 kunda 1,5-2 gdan),B1, B6, B12, K vitaminlarini berish zarur. O’latning bubon shaklidan sog’aygan bemor isitmasi tushganidan boshlab hisoblaganda 2 haftadan keyin kasalxonadan chiqariladi.
Profilaktikasi. O’latning tabiiy o’choqlarini yo’qotish uchun kemiruvchilarning inlariga zaharli moddalar qo’yiladi. O’lat tashhisi aniqlangach, bemor darhol kasalxonaga yotqiziladi, bemor yashagan joyda dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya o’tkazilib, bu joyda 6 kun muddatga karantin e’lon qilinadi. Bemorga yaqin yurgan odamlar 6 kun davomida shifokor nazoratida bo’ladi, har kuni 3 marta ularning harorati o’lchanib turiladi. Ehtiyot shart yuzasidan ularga streptomitsin tayinlanadi. O’lat o’chog’ida ishlaydigan tibbiy xodimlar shaxsiy profilaktika qoidalariga rioya qilishlari kerak, ular albatta o’latga qarshi mahsus kiyim kiyib ishlashlari zarur. Biror kishi o’lat bilan kasallansa, yoki o’lat epidemiyasi boshlanib qolgudek bo’lsa, o’sha joyda yashovchi aholining hammasi (2 yoshli bolalardan boshlab) o’latga qarshi emlanadi. Vaksina in’yeksiya qilingach, bir haftadan so’ng immunitet paydo bo’ladi. Immunitet bir yilgacha davom etadi.

Download 23,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish