O’latga qarshi himoya kostumini kiyish tartibi.
O’latga qarshi himoya maxsus kiyim ma’lum bir ketma-ketlikda kiyilishi kerak: pijamalar (yoki kombinezonlar); paypoq, etik; katta ro’mol yoki sharf (qalpoq); vaboga qarshi xalat; paxta-doka niqobi; ko’zoynaklar; qo’lqoplar.
Kiyim yoqasidagi va xalatning belbog’lari chap va old tomondan bog’lagich bilan bog’lab qo’yiladi, so’ng yenglar bog’lagichlari mahkamlanadi. Niqob og’iz va burunni yopishi kerak.Niqobning yuqori bog’lagichlari boshning orqa, pastki bog’lagichboshning parietal qismiga bog’lanadi, paxta tamponlari burun qanotlarining yon tomonlariga joylashtiriladi.Ko’zoynaklar yaxshi o’rnatilishi va havo o’tkazmayotganiga ichonch hosil qilish kerak.
Himoya kostumini echish tartibi.
Ish tugagandan so’ng, kostyum asta-sekin, qat’iy belgilangan tartibda echiladi, kostyumning har bir qismini echich jarayonida qo’lqop kiyilgan qo’llarni dezinfeksiyalovchi yeritmaga botirib olinadi.
Etiklar yuqoridan pastgacha dezinfeksiyalovchi vosita bilan namlangan tamponlar bilan artib olinadi.
Ko’zoynakni yuqoriga va orqaga tortib echilad.
Niqobni bog’ichlarini ushlab turgan holatda tashqi tomondan ichkari tomonga o’rab echiladi.
Tashqi tomondan ichkariga o’ragan holatda xalat echib olinadi.
Ro’mol echib olinadi, so’ng qo’lqoplar va nihoyat pijamalar echiladi.
Kostyumdan ozod bo’lgach, qo’llar 70% spirt bilan dezinfeksiyalanadi va sovun bilan yaxshilab yuviladi.
Himoya kostyumi ham dezinfeksiyalanadi.
Sibir yarasi (kuydirgi) – inson va hayvonlarga xos bo’lgan o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, teri va teri osti to’qimalarida shishlar paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Ko’p asrlar davomida kuydirgi keng tarqalgan kasallik bo’lib bir zamonlar odamzod boshiga ko’p talofat keltirgan. Kuydirgi bilan har yili millionlab odamlar kasallangan. Abu Ali Ibn Sino, Gippokrat, Gomer, Ovidiylaruni “hayvonlardan odamlarga yuqadigan kasallik” deb ta’riflashgan.1788 yili rus olimi S.S.Andreevskiy Sibirdagi epizootiya vaqtida bu kasallikni hayvondan o’ziga yuqtirib, odamlar bilan hayvonlarda uchraydigan kasallik bir xil ekanligini isbotladi va bu kasallikni “sibir yarasi” (“sibirskaya yazva”) deb atashni tavsiya etdi. U kuydirgining patologik anatomiyasi, klinik xillarini tasvirlab berdi, davo va profilaktika usullarini ishlab chiqdi. Kuydirgi qo’zg’atuvchisini birinchi marta 1876 yilda R.Kox ajratgan, 1881 yilda L.Paster, 1883 yilda esa L.S.Senkovskiylar kuydirgiga qarshi vaksinalarini ixtiro qilganlar.
2012 yilda Qirg’izistonda ushbu infeksiyaning 1235 tuproq o’choqlari rasmiy ravishda ro’yxatga olingan, ularning yarmidan kami aniqlangan va betonlangan.
Rossiya Federatsiyasida 2013 yilda 9 oy ichida aholi orasida kuydirgi kasalligi bo’yicha 2 ta holat qayd etilgan;
2013 yil Moldovaning shimolida odamlarda kuydirgi kasalligining to’rtta holati qayd etildi;
2013 yilda 18 ta holat Tojikistonda odamlarda kuydirgi bilan kasallanishni 15 - 30 tagacha holatlari qayd etilgan, asosan chorvachilik rivojlangan joylarda qayd etildi;
2013 yil oktyabr oyida Armanistonda 15 kishi kuydirgi shubhasi bilan kasalxonaga yotqizilgan, 11 holatda tashxis tasdiqlangan;
2016 yil Volgograd viloyatining shimolida, Nexaevskiy tumanida, Rostov va Voronej viloyatlari bilan chegaradosh joyda sigirning sibir yarasi bilan kasallangan holati topilgan.
Etiologiyasi: Kuydirgini qo’zg’atuvchi mikrobni birinchi marta 1855 yilda shu kasallikni nobud bo’lgan ot organizmidan rus olimi Brauelar topgan. Kuydirgi mikrobi (Batsillus antrax) uzunligi 5-8 mkm., yo’g’onligi1-1,5 mkm. keladigan tayoqchadir. Sporalari esa tashqi muhitga juda chidamli, qaynatilganda 30 minutdan keyingina parchalanadi. Tuzlangan go’shtlarda uzoq saqlanadi. 700 С issiqda sporalar bir necha soatgacha halok bo’lmaydi. Kuydirgi kasalligiga asosan,qoramollar, qo’y va echkilar, ot, eshak hamda tuyalar moyil hisoblanadi. It, mushuk va yovvoyi yirtqich hayvonlar kasallikka kamroq chalinadi. Sovuqqonli hayvonlar va parrandalar kasallikka chalinmaydi. Shu bilan birga yovvoyi hayvonlar va yirtqich parrandalar (qarg’a, quzg’un va boshqa) kasallangan hayvon go’shtini yoki jasadini iste’mol qilgandan so’ng uzoq muddat davomida kuydirgi sporasini axlati va siydigi yordamida kasallik quzg’atuvchisini tashqi muhitga tarqatadi. Kuydirgi mikrobi organizmga shilingan teri, me’da- ichak shilliq pardalari va havo yo’llario rqali o’tadi.
Epidemiologiyasi: Kuydirgi kasalligining manbai uy hayvonlari, asosan katta va mayda shoxli hayvonlar, shuningdek otlar hisoblanadi. Kuydirgi bilan og’rigan hayvonlar kasallik mikroblarini axlati va siydigi bilan tashqariga chiqaradi. Hayvon o’lgandan so’ng uning terisi, juni, ichki organlari va qoni uzoq muddat yuqumli bo’lib turadi. Odamlarga kasallik tirik yoki o’lik hayvonlardan yuqadi. Kuydirgi hayvonga yaqin yurganda, parvarish qilganda osongina yuqadi. Kuydirgidan o’lgan hayvon terisi va junidan tayyorlangan har xil mo’yna buyumlar orqali ham yuqishi mumkin. Kuydirgi asosan cho’pon, veterinar xodimlari, qushxona, teri zavodi ishchilari, mo’ynado’zlarda uchraydi.
Klinik belgilari: kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 6 – 8 kungacha cho’ziladi, o’rtacha 2 – 3 kun davom etadi.
Klinik turlari: teri, o’pka va ichak turlari mavjud.
Teri turida kuydirgi karbunkuli (pustula maligna) deb ham yuritiladi. Kuydirgi karbunkuli ko’pincha, badanning ochiq erlarida (yuz, bo’yin,qo’llar) joylashadi. Kuydirgi tayoqchasi kirgan joyda avvalo qizil tuguncha (papula) paydo bo’ladi. Bu tuguncha tez orada pufakchaga (vezikula) aylanadi.
Pufakcha ichida qon aralash seroz suyuqlik bo’ladi. Pufakcha yorilgach, o’rnida yara paydo bo’ladi, bu yara tezda qotib, quriydi va qo’ng’ir rangli qoraqo’tir bilan qoplanadi. Qoraqo’tir og’rimaydi, lekin asta-sekin kattalashib boradi. Qoraqo’tir atrofida mayda pufakchalar paydo bo’ladi, bu kuydirgiga juda xarakterlidir. Kuydirgi karbunkuli atrofidagi ancha joy shishib chiqadi.
Kasallikning birinchi kuni bemor badani qaqshab, ozgina bosh og’riydi, darmonsizlik seziladi. Ikkinchi kuni bemor eti uvishib, qaltiraydi va tana harorati 39-40 C ga ko’tariladi, bosh og’rig’I kuchayadi, uyqu buziladi, taxikardiya aniqlanadi. Harorat 5-6 kundan so’ng pasaya boshlaydi, bemorning ahvoli yaxshilanadi, karbunkul ham qayta boshlaydi: avval shishi kamayadi, 2-3 hafta oxirida qoraqo’tiri ko’chib tushadi va tagida chandiq ko’rinadi.
Ichak shaklida kasallik belgilari to’satdan boshlanib, keskin tana haroratining 39-400 C gacha ko’tarilishi, o’tkir, kesuvchi qorin og’rig’i, qon aralash safro qayt qilish, qonli ich ketishi kuzatiladi. Odatda kasallik 3-4 kun davom etadi va ko’pincha o’lim bilan tugaydi.
O’pka shakli yanada og’ir kechadi. Bu yuqori tana harorati bilan xarakterlanadi, yurak-qon tomir tizimining buzilishi,qon aralash balg’am bilan kuchli yo’tal kuzatiladi. 2-3 kundan keyin bemorlar o’ladi.
Davolash:
Bemorga sibir yaraga qarshi globulin (kuniga 20–80 ml) bilan davolanish;
Antibiotiklar bilan davolanish (kuniga 2.000.000-4.000.000 birlikdan 16.000.000-20.000.000 birlikgacha). Tetratsiklin, xloram fenikol, aminoglikozidlar, sefalosporinlarvft foydalanish mumkin.
Terini parvarish qilish uchun maxsus vositalar kerak - malhamli bintlar (antibiotiklar, shifobaxsh vositalar bilan).
Toksik shokka qarshi choralar (yurak-qon tomirlari, glyukoza-tuz va kolloid yeritmalar va boshqalar).
Kontaktda bo’lgan shaxslar 8 kun davomida tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi va ularga shuningdek profilaktik antibiotiklar buyuriladi (doksitsiklin, siprofloksatsin) va epidemiologik ko’rsatkichlarga muvofiq emlanadi.
6. Ahvoligaqarabplazma, albuminvenaichigatomchilab.
7. Teri xilida jarrohlik usullarini qo’llash man etiladi.
Kasallikni oldini olish.
Infeksiya manbalarini yo’qotish;
Hayvonlar bilan ish olib boradiganlar maxsus vaksina bilan emlanadilar;
Bemor kasalxonada alohida xonaga yotqaziladi;
Bemor uyi dezinfeksiya qilinadi;
Bemor bilan kontaktda bo’lganlar 8 kun nazorat ostida bo’ladilar;
Kuydirgidan halok bo’lgan hayvon va odam jasadi kuydiriladi yoki mahsus tobutga solib, 2 metr chuqurlikka xlor ohagi sepib ko’miladi;
Infektsiya o’chog’ida bo’lganlar gammaglobulin va penitsillin qilinadi. (7-10 kun) keyin vaksina bilan emlanadi.
Antibiotiklar miqdori (dozasi) mikroblarga ta’sir qiladigan hajmda bo’lishi kerak, aks holda antibiotiklar samara bermaydi va mikroblar tezda dorilarga moslashib olishi mumkin. Kasallikni qo’zg’alish davrida antibiotiklar bilan davolashni iloji boricha ertaroq boshlash zarur, chunki kasallik boshida mikroblar soni oz bo’ladi, tez o’sib ko’payadi. Xuddi ana shu vaqtda mikroblar antibiotiklarga juda sezgir turadi. Vaqt o’tishi bilan esa dorilarning sezuvchanligi pasaya boradi. Dorilarni (ayniqsa, antibiotiklarni) o’zbilarmonlik bilan ishlatish hayot uchun xavflidir. Qanday xastalikka chalingandan qat’iy nazar, dori qabul qilishdan avval albatta shifokor bilan maslahatlashish kerak17.
Do'stlaringiz bilan baham: |