Etiologiyasi. Chechak qo’zg’atuvchisi - virus. U hujayraning ichida bo’ladi. Uni Pash entanachalari deyiladi.
Epidemiologiya. Infeksiya manbai kasal odam. Virus kasallikni birinchi kunidan tomoqda, burunda, halqumda, pustula (pufakchada), qora qo’tirda bo’ladi. Kasallikni birinchi kunidan, qora qo’tir tushib ketguncha yuqumli bo’ladi. Kasallik havo-tomchi, kontakt yo’li bilan yuqadi. Kasallikdan so’ng immunitet qoladi. Emlaganda 3-5 yil davomida immunitet aniqlanadi. SHuning uchun qayta emlash zarur.
Klinik belgilari. YAshirin davri 13-14 kun,og’ir kechganda u 10-5 kungacha qisqaradi. Prodromal davrda umumi yahvoli keskin og’irlashadi, tana harorati yuqori darajaga ko’tariladi, bosh og’riydi va aylanadi, ko’ngli aynab qayt qiladi. Dumg’aza orqasida og’riq, burun-halqum va tomoq shilliq qavatlari qizarishi, taloq kattalashishi va ayniqsa kasallikning 2-3 kun paydo bo’lib, teri qichishishi bilan kechadigan prodromal davr muhim diaginostik ahamiyatga ega. Prodromal toshmalar 2-3 kun saqlanadi. Prodromal davr doimiyliligi 3-4 kun. CHechakka xostoshmalar tana harorati to tushib umumiy ahvoli yaxshilangandan keyin toshadi. Toshma etap bilan toshadi, dastlab yuzda toshib, keyin boshini sochli qismi, tanaga, keyinchalik oyoq-qo’llarga toshib, biroz achishib, engil qichishishi bilan kechadi.
Toshma burun, tomoq, burun-halqum qizilo’ngach, bronx shilliq qavati va konyuktivaga ham toshadi (papula – vezikula – pustula – qoraqo’tir).
Yiringlash davri (pustula hosil bo’lishi) kasallikning 9-10 kuni boshlanib, umumiy ahvoli yana yomonlashadi: bosh og’riydi, uyqusizlik, ba’zan hushdan ketishi, tana harorati ko’tarilishi kuzatiladi. YUzda, ayniqsa qovoqda shish paydo bo’ladi. Teri taranglashadi. SHilliq qavatdagi toshmalar tezda yaraga aylanadi va natijada ko’zda og’riq, yorug’likdan qo’rqish, burundan nafas olish va yutish qiyinlashuvi, so’lak oqishi, ovoz bo’g’ilishi –hiqildoq stenozi, defikatsiya (ich kelganda) va peshob ajratayotganda og’riq kuzatiladi. Kiyim va choyshablarga yiring surilishi tufayli yoqimsiz, spetsifik hid keladi. Yiringlashish davrida sepsis rivojlanishi mumkin. Kasallikning yengil turida 14-16 kunlarda harorat tushib, bemor umumiiy ahvoli yaxshilanadi va toshma qurish davri boshlanadi, u teri qichishish bilan kechadi. Hosil bo’lgan to’q jigar rangli qora qo’tir kasallikning 20 kunidan 40 kunigacha ko’chib tushadi. Qora qo’tir ko’chib tushgandan keyin yulduz simon chandiq hosil bo’ladi.
Chechak asoratlari turlicha va juda ko’p. Unga absess, flegmona, sepsis, ko’rlik, karlik, bronxit, bronxo pnevmoniya, plevrit, asfiksiya, kollaps, meningoensefalit, orxit, adneksit (tuxumdon yallig’lanishi) va boshqalar kiradi. Asoratlarning ba’zilari o’limga olib kelishi mumkin.
Birinchi tibbiy yordam davolas:
Chechakka shubha bo’lsa, darhol shifokor bilan maslahatlashish kerak, bunday vaziyatni kechiktirish og’ir oqibatlarga va bemorning o’limiga olib kelishi mumkin. Malakali mutaxassislar yetib kelgunga qadar birinchi yordam quyidagicha amalga oshiriladi:
Tana haroratini pasaytirish.Uy sharoitida bemorga issiq, ko’p miqdorda ichimlik (sharbatlar, mevali ichimliklar, achchiq bo’lmagan choy), shuningdek isitma nushiruvchi dorilarni (tarkibida paratsetamol, ibuprofen va boshqalarni tutuvchi), masalan, "Teraflu", "Nurofen", "Maksikold", "Nise", “Nimesil” kabi dorilarni berishingiz mumkin.
Ovqatlantirish. Maxsus parhez yo’q. SHilliq qavatlarga shikast etkazmaslik va oshqozon-ichak traktidan qon ketishini oldini olish uchun bemorga kichik qismlarda iliq ovqat (issiq yoki sovuq emas), iloji boricha suyuq holda berish kerak. Bunday ovqatlarga qaynatilgan sabzavotlar, go’sht, tovuq, baliq, kartoshka pyuresi, bulon kiradi.
Boshqa odamlarga infeksiyani yuqishini oldini olish. Chechak boshqalarga yuqmasligi uchun niqoblar, qo’lqoplar va ko’zoynak taqish kerak. yengi uzun bo’lgan ko’ylak, qalpoqcha ( bir marta ishlatiladigan) va baxilla kiyish kerak. Shuningdek, shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilish, bemor ovqatlanadigan buyum va idish-tovoqlarinialohidalab ajratish juda muhim, har ovqatlangandan keyin idishlarni dezinfeksiyali yeritmada yuvish kerak.
Chechakni davolashda maxsus mikroblarga qarshi gamma globulin ishlatiladi.Bemorga ushbu preparatni 3-6 ml miqdorida mushak orasiga yuboriladi. Gamma globulindan tashqari, bemorga kuniga ikki marta 0,6 g miqdorida metisazon buyuriladi.
Chechakni davolashda simptomatik terapiya ham qo’llaniladi. Agar asosiy patologik jarayonga ikkilamchi infeksiya tushsa, antibiotiklar qo’llaniladi - yeritromitsin, oksatsillin va metitsillin.
Profilaktikasi. Chin chechak karantinli infeksiya hisoblanadi. CHinchechak bilan kasallangan bemor va bu kasallikka gumon qilingan bemorlar qat’iy izolyatsiya qilinishi, klinik va laborator tekshirilishi va maxsus statsionarda davolanishi kerak. Tibbiy xodim himoya kiyimida bo’lishi zarur. Bemor kiyimlari, o’rin-ko’rpalari, bemor yotgan xona, u ishlatgan idish-tovoqlar dezinfeksiya qilinadi. Bemor bilan muloqotda bo’lganlar 17 kunga karantin saqlaydilar. Ular chin chechakka qarshi emlanadi. Ularga bir marotaba donor immunoglobulini yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |