Davosi. Vabo bilan og’rigan bemor ahvoli ko’pincha organizimda yuz bergand egidratatsiya sababli og’ir bo’ladi. SHu tufayli vabo bilan og’rigan bemorlarni davolash kasalxonada amalga oshiriladi, ammo ba’zi hollarda, hayotiy ko’rsatmalarga ko’ra, uni uyda boshlash mumkin:
Tanadagi yo’qotilgan suyuqlik o’rnini to’ldirish kerak. Bemorga gazsiz mineral suv yoki qaynatilgan suv beriladi.Uning hajmini aniqlash uchun bemorning qusuq massasi va najas miqdorini o’lchash kerak.Bemorning tanasidan chiqib ketgan suyuqlik miqdori yo’qotilgan suyuqlikdan 1,5 baravar ko’p bo’lishi kerak.
Engil holatlarda suvsizlanish bilan kurashish uchun glyukoza-tuz yeritmalari ichiriladi, og’ir holatlarda esa tomir ichiga yuboriladi (1 litr pirogensizlantirilgan suv, 8 g natriy xlorid, 4 g gidronatriy karbonat, regidron).Uy sharoitida bunday yeritmani tayyorlash mumkin: 1 litr suyuqlik uchun 1 choy qoshiq osh tuzi va 4 choy qoshiq shakar qo’shiladi.
Antibakterial vositalar - tetratsiklin guruhining va xloramfenikol preparatlarini qo’llash kerak.
4. Bemorning og’ir ahvolida shokka qarshi terapiya o’tkaziladi.
Bemor avval 4-parhez taomlari bilan ovqatlantiriladi, 3-4 kundan so’ng umumiy parhezga o’tiladi. Vabodan sog’aygan bemorlar sog’ayish davrining 8-10 kuni axlati 3 marta va suyuqligi 1 marta tekshirilganda vabo vibrioni yo’qligi aniqlangach, uylariga jo’natiladi.
Profilaktikasi. Avvalo vaboning boshqa davlatlardan bizning yurtimizga kelib qolishiga qarshi chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Vabo uchrab turadigan xorijiy mamlakatlardan keladigan kishilar 5 kun davomida vrach nazoratida bo’ladi. Ular albatta bakteriologik yo’l bilan tekshiriladi.
Suv havzasidan vabo vibrioni topilgan hollarda, ana shu manbadan foydalanish qat’iyan man qilinadi. Har 10 kunda suv manbalarida bakteriologik tekshiruv o’tkazib turiladi. Vabo bilan og’rigan bemorlarga yaqin yurgan odamlar 5 kun davomida vrach nazoratida bo’ladi va bir marta bakteriologik tekshiruv o’tkaziladi. Vabo chiqqan uy dezinfeksiya qilinadi. Vabo o’chog’idagi kishilar vaboga qarshi xolerogena natoksini bilan emlanadi (bolalar 7 yoshdan keyin emlanadi). Emlanganlarning 96-98 % da antitoksinlar paydo bo’ladi. Zaruriyat bo’lganda oradan 3 oy o’tgandan keyingina odamni takror emlash (revaksinatsiya qilish) mumkin. Vaboning tarqalishi xavfli bo’lgan taqdirda o’tkir ichak kasalliklari bilan og’rigan kishilarning hammasi kattayu-kichik baravar kasalxonaga yotqiziladi va bakteriologik usul bilan tekshiriladi.
Nihoyat, vabo yuqish xavfi bo’lgan hollarda, masalan vabo uchraydigan xorijiy mamlakatga ketadigan kishilar shu kasallikka qarshi emlanadi. Zarur bo’lgan hollarda 3 oyo’tgach, ularni yana emlash mumkin (revaksinatsiya).
Chin chechak - o’ta xavfli, o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, organizmning umumiy intoksikatsiyasi va teri hamda shilliq qavatlarda toshma toshishi bilan xarakterlanadi. Chin chechakning so’nggi infeksiyasi 1977 yil 26 oktyabrda Somalining Mark shahrida qayd etilgan bo’lib, shu vaqtdan beri dunyo miqyosida emlash tufayli chechak kasalligi qayd etilmadi. 1980 yilda Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti chechakka qarshi muntazam emlashni tugatishni tavsiya qilgan. Chechakdan keyin omon qolganlar ko’rish qobiliyatini qisman yoki to’liq yo’qotishi va yaralar o’rnida ko’p sonli chandiqlar qolishi aniqlangan. Chechak bilan kasallanagan odamda kasallikka qarshi kuchli immunitet hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |