Nazorat savollari:
1. Sanitariya ishlovi necha elementdan va qanday chora-tadbirlardan iborat?
2. Zararsizlantirish turlari va usullarini ayting.
3. Dezaktivatsiya, usullari va vositalarini ayting.
4. Degazatsiya, usullari va vositalarini ayting.
5. Dezinfektsiya, usullari va vositalarini ayting.
6. Dezinsektsiya, usullari va vositalarini ayting.
7. Deratizatsiya, usullari va vositalarini ayting.
MAVZU: AHOLINI HIMOYA QILISH VOSITALARI
Reja:
1. Aholiga kelayotgan xavf haqida xabar berish usul va vositalari.
2. Jamoa himoya vositalari.
3. Shaxsiy himoya vositalari.
4. Tibbiy himoya vositalari.
Tayanch iboralar: sanitariya ishlovi, qisman sanitariya ishlovi, to‘liq sanitariya ishlovi, gazniqob, respirator, filtrlovchi, ayiruvchi, boshpana, panajoy, shlem, himoya komplekti, AI – 2 shaxsiy dori qutichasi, IPP – 8, 9, 10-kimyoviy moddalarga qarshi shaxsiy xaltacha.
Aholiga kelayotgan xavf haqida xabar berish
usul va vositalari
Hozirgi inqiroz sharoitida aholini ommaviy qirg'in qurollaridan himoya qilishning turli usullari qo'llaniladi. Ularning asosiylari:
aholini jamoaviy himoya vositalariga - himoya inshootlariga joylashtirish;
aholini yirik shaharlardan shahar tashqarisiga xavfsiz hududga evakuatsiya qilish;
shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
har bir fuqaro hudud va mahalliy joylarning himoya xususiyatlaridan foydalanishni bilishi kerak.
Ommaviy qirg'in qurollaridan himoya qilish usul va vositalarini bilish sizning hayotingizni va ko'p odamlar hayotini saqlashning muhim shartlaridan biridir!
Xabar berish usullari:
Qo'lda (fuqaro mudofaasi favqulodda vaziyatlarni boshqarish punktidan maxsus telegramma aloqa vazirligining telegrafchilari tomonidan davlat aloqa kanallari orqali uzatilishi);
Avtomatlashtirilgan (maxsus aloqa vositalari va texnik vositalar yordamida davlat aloqa kanallari orqali xabar berish).
Aholinin ogohlantirish:
tovush chiqaradigan qurilmalar (elektr sirenalari);
radio-televidenie va simli eshittirish tarmoqlari.
Yordamchi ogohlantirishlar:
qo'lda ishlaydigan sirena qurilmalar;
elektr megafonlar;
harakatchan ovoz kuchaytiradigan stantsiyalar;
sanoat korxonalarining va transport vositalarining ovozli signallari.
Havo trevogasi” ogohlantirish signali.
“Havo trevogasi” ogohlantirish signali dushman hujumi tahdidi yuzaga kelgan taqdirda butun aholiga beriladi. Aholi yashaydigan hudud va shaharlarda sirenalar yoqiladi, shu bilan birga, suhandon 2-3 daqiqa ichida ma'lumot beruvchi moslamalar yordamida e'lon qiladi: “Diqqat! Diqqat! Fuqarolar! Havo trevogasi! Havo trevogasi! ”. Signal bir necha bor takrorlanadi va hamma joyda korxonalar hamda transportda uzluksiz signal eshitiladi.
Ushbu signalda aholi darhol himoya inshootlariga panoh topishlari kerak, agar ular bo’lmasa yerto'lalar, er osti yo'llari, tunnellar, er osti quvurlari, jarliklar va boshqa sun'iy va tabiiy boshpanalarga yashirinishlari kerak.
"Radiatsiya xavfi" ogohlantirish signali.
Signal hududning radioaktiv zararlanishining to'g'ridan-to'g'ri tahdidi (1 soat ichida) yoki bunday zararlanish aniqlanganda beriladi. Signalni eshitgach gazniqobni, gazniqob bo’lmasa respirator kiying, avvaldan tayyorlangan oziq-ovqat va suv, dori-darmonlar, zarur buyumlarni oling va boshpana yoki radiatsiyadan himoya qiluvchi boshpanaga boring. Ular bo'lmaganda, eng ishonchli himoya podval, tosh binolar bo'lib xizmat qilishi mumkin.
"Kimyoviy xavf" ogohlantirish signali.
Kimyoviy yoki bakteriologik zararlanish tahdid qilinganda yoki aniqlanganda "Kimyoviy xavf" signali beriladi. Ushbu signalda siz tezda gazniqobni kiyishingiz, terini himoya qilish vositalari (ular bo'lmaganda - film materiallari, Bolonya kabi yomg'ir paltolari, kauchuk etiklar, qo'lqoplar va boshqalar) va himoya insootlaridan panoh topishingiz kerak. Himoya insootlari yo'q bo'lganda - turar-joy, sanoat va kommunal xonalarda yashirinish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |