Kurs ishining maqsadi - iqtisodiyotni modernizasiyalash jarayonida mamlakatimizda mehnat va uning asosiy yo’nalishlarini takomillashtirish bo’yicha o’rganish va tahlil qilish.
Ko’zlangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qo’yilgan:
Mehnat tushunchasi paydo bo’lishi va uning omillarini o’rganish va tahlil qilish;
Mehnat faoliyatiga inson omilining ta’siri tavsiflash;
Ijtimoiy mehnat munosabatlarini tashkil etishni o’rganish;
1.Mehnat tushunchasi paydo bo’lishi va uning omillari
Mehnat – insonning muayyan ehtiyojlarini qondira oladigan va oʼziga kerak
boʼladigan moddiy yoki maʼnaviy neʼmatlarni ishlab chiqarish (yaratish)
boʼyicha ongli, maqsadli va taʼqiqlanmagan faoliyatidir.
Insoniyat tarixi mehnatning ijtimoiy taraqqiyot va inson taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyati borligidan dalolat beradi. Mehnat insoniyat sivilizatsiyasining birinchi va asosiy shartidir.
Iqtisodiy adabiyotlarda mehnatga K.Marks tomonidan berilgan ta’rif keng tarqalgan.Mehnat "inson va tabiat o'rtasida sodir bo'ladigan jarayon, ya'ni insonning maqsadli faoliyati bo'lib, u o'z faoliyati bilan o'zi va tabiat o'rtasidagi metabolizmga vositachilik qiladi, tartibga soladi va boshqaradi, zarur foydalanish qadriyatlarini yaratadi.”4 Menimcha, bu ta’rif hozirgi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.Mehnat haqida yana bir qancha tusgunchalar mavjud.Xususan merkantilizm maktabi asoschilari odamlaming, jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan,tashqi savdoda - muomala jarayonida paydo bo’ladi, ko’payadi, savdoda band bolgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib keldilar.Fiziokratlar esa merkantilistlardan farqli olaroq, boylik qishloq xo’jaligida yaratiladi va ko’payadi, degan g’oyani olg’a surdilar. Klassik maktabi namoyandalari bo’lmish A.Smit, U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina savdoda yoki qishloq xo’jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa xo’jalik sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va “hamma boylikning onasi yer, otasi mehnat”, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldilar.5
Bozor munosabatlarining ilk koʼrinishlari paydo boʼlishi natijasida natural xoʼjalik yuritish tizimida amal qilgan iqtisodiy gʼoyalar va mehnatga oid qarashlar ham yangicha maʼno-mazmun kasb eta boshladi. Mazkur jarayonlar asosan XVI asrda Yevropada merkantilizm taʼlimotining vujudga kelishi bilan bogʼliq. Ushbu maktab mafkurachilari U.Stafford, G.Skaruffi, B.Divanzetti va T.Mannlar boylik toʼplash, oltin, kumush va qimmatbaho buyumlarga egalik qilish gʼoyasini ilgari surib, davlatning boyligi ularning miqdori bilan belgilanadi, unga mehnat orqali erishiladi, deya taʼkidlashgan. Merkantilistik taʼlimotIni mantiqiy jihatdan davom ettirgan. Jon Lo (1671-1729) asosiy eʼtiborni oltin-kumushlarga emas, balki pul
muomalasiga qaratar ekan, iqtisodiy ravnaqning kaliti pulning moʼlligida, uning koʼpligi koʼp odamlarni ish bilan band etadi, deb tushunadi.
Klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi angliyalik olim Vilyam Petti (1623-1687) nomi bilan bogʼliqdir. XVII asrga kelib Аngliyada manufakturaning rivojlanishi natijasida mehnat munosabatlarining yangicha talqini vujudga keldi. Bu vaqtda «yollanma mehnat», «yollanma ishchi kuchi» tushunchalari muomalaga
kiritilib, ushbu atamalar asosan yerlari tortib olingan va manufakturaga jalb qilingan dehqon hamda hunarmandlarga nisbatan ishlatilgan. V.Petti mehnat ekspluatatsiyasini yoqlab, ish haqini cheklash va ishchilarga minimum ish haqi toʼlash gʼoyasini ilgari surdi. U ishchi kuchini emas, balki mehnatni tovar hisoblab, mehnat boylikning otasi, nihoyatda faol tamoyildir, yer esa uning onasidir, deya taʼkidlagan. Petti mehnatni tahlil qilib, har bir aniq mehnat aniq narsani, isteʼmol qiymatini yaratadi, deydi. U mehnatning tabiiy bahosi ish haqidir va uning eng yuqori bahosi ishchilar hayoti uchun zarur boʼlgan mablagʼlar miqdoridan iborat, deb tushuntiradi hamda har bir xizmatchi yashash, mehnat qilish va koʼpayish uchun kerakli narsani olsa bas, degan xulosaga keladi. V.Petti taʼlimotida inson va mehnat omiliga nisbatan quyi darajali qarash mavjud edi.
V.Pettidan farqli oʼlaroq, frantsuz taʼlimotchisi Per Baugilber (1646-1714) ishlab chiqarishda ishchi kuchi va mehnat omilini birinchi darajaga qoʼydi.
P.Baugilber «shaxsiy manfaat» tamoyilini ilgari surar ekan, ishlab chiqarishda ishchi kuchining manfaatlarini xam unutmaslik, hisobga olish kerak, deb taʼkidlaydi.
Fiziokratizm taʼlimotining asoschisi frantsuz olimi Fransua Kene (1694-1774) iqtisodiyotga «sof mahsulot» tushunchasini kiritib, u faqat qishloq xoʼjaligida, dehqonchilikda yaratiladi, degan fikrni ilgari suradi. Sof mahsulot nazariyasiga asoslangan holda F.Kene ishlovchilarni (jami ish bilan bandlarni) unumli va unumsiz sinflarga ajratadi. Ushbu tasnifga koʼra, unumlilar sinfiga faqat qishloq xoʼjaligida, dehqonchilikda band boʼlganlar kiritilib, boshqa tarmoq xodimlari
(sanoatchilar, hunarmandlar, savdogarlar) unumsiz mehnat vakillari sanalgan.6
Klassik iqtisodiy maktab taʼlimotining yuqori choʼqqisiga yetishida britaniyalik olimlar Аdam Smit (1723-1790) va David Rikardo (1772- 1823)larning hissasi beqiyosdir. А.Smit tadqiqotlarining tub asosi insonlar manfaati va ularning turmush darajasi masalalaridan iborat boʼlgan. U «Xalqlar boyligi» asarida bu boradagi iqtisodiy qarashlarini ilgari surgan. Unga koʼra, jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mehnat tufayli paydo boʼladi. А.Smit mehnatni barcha sohalarda boylikning asosi, deb biladi.
Islom dinida inson omili yuqor idarajaga qoʼyilib, uning kadr-qimmati xususida alohida qarashlar ilgari suriladi. Unga koʼra, inson – Аlloh yaratgan barcha mavjudotlari ichida eng oliysi. Islom taʼlimotining bosh qomusi boʼlmish “Qurʼoni Karimda”hayotning barcha jabhalari oʼrin olgan boʼlib, tegishli yoʼl-yoʼriq, koʼrsatma, tartib va qoidalar oʼz aksini topgan. Mazkur yoʼl-yoʼriqlarda iqtisodiy masalalarga, shu jumladan, mehnatga oid munosabatlarga ham alohida urgʼu berilgan. Islom aqidasida boylik orttirishning asosi mehnatdir va u halol boʼlmogʼi lozim, deya taʼkidlanadi. Shuningdek, unda inson turli kasblarni egallashi, foydali mehnat faoliyati (dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdogarlik) bilan shugʼullanishi zarurligi qayd etilgan. Bugungi iqtisodiy taʼlimotda ushbu tushunchalarni bevosita iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat sohalari boʼyicha ish bilan bandlikning taqsimlanishi sifatida qarash mumkin.
Аlisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida dehqonlarga jamiyatning asosiy moddiy boyliklarini yaratuvchi kuch, deb qaragan. Ushbu asarda taqsimot muammosiga, uni mehnatga yarasha adolatli tashkil etishga birinchi darajali eʼtibor berilgan. Shoir yasovul mehnati misolida shunday deydi: “Аgar u xizmatiga yarasha haq olish xayolida boʼlsa,bu ota merosi va ona suti kabi haloldir”.
Ushbu falsafiy fikrda ikki iqtisodiy gʼoya ilgari surilgan:
birinchidan, har bir xodim avval boshdanoq halol mehnat qilishni mehnat haqini oqlaydigan darajada ter toʼkishni oʼylab ishlashi kerak;
ikkinchidan, ish beruvchi xodim mehnati miqdori va sifatiga yarasha
haq bersagina, u ona suti kabi halol boʼladi.
Mehnat insoniyat sivilizatsiyasining birinchi va asosiy shartidir.Shunga ko’ra mehnat va ishchi kuchi o’rtasidagi farqni tushunib olish muhim sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |