Buxoro tarixi. Ko‘hna Varaxsha. Somoniylar davlati. SHayboniyxon asos solgan Buxoroxonligi. Savdo karvonlari, hunarmandchilik, ilm - fan va madaniyatning rivojlanishi. Rossiya, Xitoy, Hindiston kabi davlatlar bilan savdo vaelChilik aloqalarining olib borilishi. Italiyalik mashhur sayyoh Marko Poloning, ingliz sayyohi Antoni Jenkinson, rus elchisi Ivan Xoxlov, Boris Pozuxin, venger sayyohi vaolimi Xerman Vamberilarning Buxoroga tashrifi. Buxorodan Rossiyaga Qozi No‘g‘ay, Mulla Farruh, Hoji Farruh, Ernazar elchilarning elchi bo‘lib borishlari. Buxoro temir yo‘lining qurilishi.
Buxoro memorchiligi: Ark. Uning Siyovush tomonidan ilk bora qurilishi. 7 - asrda Buxoro hokimi tomonidan qayta tiklanganligi. SHayboniylar davrida hozirgi qiyofasi (ansambl ko‘rinishi)ni olishi. Obida20 metr balandlikda va 4,2 gektar maydonni egallagan ulkan inshoot bo‘lib, ko‘p burchakli, atroflari qo‘rg‘on devorlari bilan o‘ralgan. Arkda hokimlar, xonlar vaamirlar istiqomat qilishgan. Unda zarbxona, xazina, zindonlar bo‘lgan.
Ismoil Somoniy maqbarasi. Somoniylar sulolasining asoschisi Ismoil Somoniyning otasi qabri ustiga bunyod etilgan bu yodgorlik 9 - 10 asrlarga mansubdir. U kub shaklida va usti yarim sharsimon qubbali bo‘lib, burchaklari ham to‘rtta kichik qubbalardan iborat. Devorning qalinligi 1,8 metr. Pishiq g‘ishtdan qurilgan. Keyinchalik Ismoil Somoniyning o‘zi ham shu erga dafn etilgan.
Mahoki Attori masjidi. 9 - 16 asrlar obidasi hisoblangan ushbu masjid shahar markazidagi attorlar rastasi yonida joylashganligidan shunday nom olgan. Tosh ustunga qurilgan bu masjiddagi peshtoq va tahmonsimon eshik o‘ymakor ganch, g‘isht, koshin, sopol g‘ishtchalar bilan bezatilgan. Juda go‘zal, o‘zigaxos yodgorlik hisoblanadi.
Chashmai Ayyub maqbarasi. 12 - asr yodgorligi bo‘lgan mazkur obida to‘rttda binodan iborat bo‘lib, turli davrlarda bunyod bo‘lgan. U Ayyub payg‘ambar nomi bilan atalgan. Aytishlaricha, qurg‘oqChilik yillarida payg‘ambardan yordam so‘raydilar. Ayyub esa hassasini erga sanchganda buloq otilib chiqqan. Shundan ushbu nom berilgan. Yodgorlik jarda, ya‘ni buloq oqib turgan joyda turibdi. Temur bu erda ham ikkita bino bunyod etgan. To‘rttala yodgorlikning hammasida o‘zigaxos qubbalar mujassam.
Namozgoh masjidi. Ushbu yodgorlik 12- , 14- , 16 - asrlarga tegishli bo‘lib, gumbaz, naqshinkor peshtoq, mehrob koshinlar bilan bezatilgan.
Minorai Kalon. Markaziy Osiyo hududidagi eng baland minora (46,5 metr) hisoblangan ushbu minora 1127 - yilda qoraxoniylardan Arslonxon hukmronligi yillarida qurdirilgan. Pishiq g‘ishtdan terilgan, ichidagi zinapoyasi 104 tani tashkil etadi. Ustida 16 darchali mezona bor. Minoradan azon aytilib namozga chaqirilgan va undan dushmanni kuzatishda ham foydalanilgan. Poydevorining chuqurligi 10 metrdan oshadi.
Sayfuddin Bahorziy maqbarasi. Bu yodgorlik 13 - asrda yashab ijod etgan kishining nomi
bilan bog‘liq bo‘lib, ziyoratxona va maqbaradan iborat. Keyinroq maqbaraga taqalib katta peshtoq qurilgan. Ikki tomonida ikkita mezona mujassam.
Buyon Qulixon maqbarasi. Bu yodgorlik Sayfuddin Bahorziy maqbarasi bilan bilan yonma - yon joylashgan bo‘lib, 14 - asrda Samarqandda o‘ldirilgan mug‘ul xoni chingiziylardan Buyon Qulixon mozori ustiga bunyod etilgan, ikki xonali. Sag‘ana kichik xonada. Yodgorlikning to‘rtta tomonida ustunlar bor. Maqbaraning ichki va tashqi tomoni zangor, ko‘k, binafsha ranglar bilan bezatilgan va naqshinkordir.
Ulug‘bek madrasasi. Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug‘bek ushbu madrasani 1417 - yilda qurdirgan. Ulug‘bek Gijduvon va Samarqandda ham madrasalar bunyod etgan. Lekin, ilk madrasasi Buxorodadir. U to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida. Unda hovli, peshtoq, darsxona, masjid bo‘lib ikki qavatli. Ustasi Ismoil Tohir o‘g‘li hisoblanadi.
Masjidi Kalon. Bu arxeologik qidiruv ma‘lumotlariga qaraganda 12 - asrda qadimgi imorat qoldiqlari ustiga 14 - 15 - asrlarda qurila boshlanib, 16 - asr boshlarida tam‘mirlangan. Jome masjidi hisoblanib, Bibixonim masjididan keyin kattaligi jihatdan Markaziy Osiyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Yodgorlikning qurilish an‘analari temuriylar davrini eslatadi. Uning yettitaeshigi bo‘lib, asosiy eshigining ichki va tashqi tomonlari ayvonlar bilan bezatilgan. Masjid 127 x78 metr bo‘lib, bir gektar maydonni egallagan. Hovlining yo‘lagi 208 ta ustun tepasiga qurilgan 288 ta qubba bilan qoplangan.
Mir Arab madrasasi. 1530 - yilda qurilgan bu madrasa tarxi xuddi Mirzo Ulug‘bek madrasasi kabidir. Faqat darsxona o‘rniga maqbara joylashgan. Maqbaraning ichiga Mir Arab dafn etilganligi bois, unga shu nom berilgan. Mir Arab asli yamanlik ShayxAbdullohdir. Maqbarada uning avlodlari ham joylashgan. U turli koshinlar, ganchlar bilan bezatilgan. Obida ikki qavatli bo‘lib, hujralardan iborat.
Ko‘kaldosh madrasasi. Yodgorlik Abdullaxon hukmronligi yillari (1578 - yil)da qurib bitkazilgan bo‘lib, Markaziy Osiyodagi yirik madrasalardan biridir. Uning 160 ta hujrasi bor. Eshigi, peshtoq, ayvonchali bolxonalar go‘zal qilib qurilgan. Peshtoq koshinlarida ko‘k, yashil vaoq naqshinkor bezaklar o‘simliklarni tasvirlagan. Madrasada yozuvchi Sadriddin Ayniy yashagan va o‘qigan.
Qo‘sh madrasa. Qo‘sh madrasa deyilishiga sabab, ikkita madrasadan iborat. Biri Modarixon madrasasi (1566 - yil), ikkinchisi Abdullaxon madrasasi (1588 - yil) dir. Bular ham Ko‘kaldosh kabi Abdullaxon davrida qurdirilgan. Modarixonning xajmi kichikroq, bezaklari oddiy uslubdadir. Abdullaxon esa serhasham.
Bozor toqilari. SHayboniylar sulolasi davrlarida turli savdo toqilari qurilgan: Toqi sarrofon (sarroflar -bir davlatning pulini ikkinchi bir davlat puligaalmashtirib beruvchi kishilar); Toqi telpakfurushon (telpak, do‘ppi sotuvchilar); Toqi kitobfurushon (kitob sotuvchilar); Toqi zargaron (zargarlik buyumlari tayyorlovchilar va sotuvchilar). Bularning bari 15- asrgaoid me‘moriy yodgorliklarimizdir.
Labihovuz maydoni. Maydon o‘rtasida 1620 - yili katta hovuz qazilib, atroflari sinchlar bilan mustahkamlangan, harsanglardan zinapoyalar, marmardan tarnovlar ishlangan. Hovuzning eni 36 metr, bo‘yi 45,5 metr, chuqurligi 5 metr bo‘lib, uning g‘arbiy tomonida Nodir Devonbegi xonaqohi (Labihovuz masjidi), Sharqiy tomonida Nodir Devonbegi madrasasi, Shimoliy tomonida Ko‘kaldosh vaErnazar elchi nomli madrasasi (saqlanmagan) qad ko‘targan. Bari obidalar 16 - 17 asrgaoiddir.
Abdulazizxon madrasasi. Ushbu yodgorlikni Buxoroxoni Abdulazizxon 1652 - yilda Ulug‘bek madrasasi ro‘parasida qurdirgan. Juda dabdabali peshtoqi bor. UndaXitoy ajdari va semurg‘ qushining surati aks etgan. Me‘mori Mimxokon ibn Xo‘ja Muhammadamindir. Madrasada ikkita masjid bor.
Chor Minor. 1807 - yilda qurilgan mazkur madrasani xalifa Niyozqul madrasasi ham, deb ataladi. U me‘moriy majmuydan iborat. Ya‘ni, ayvonsimon masjid, bir qavatli madrasa, hovuz (hozirda ko‘milgan) va maftunkor old darvoza. Ushbu darvoza zangor va ko‘k koshinlar bilan bezatilgan 4 ta baland mezonali qubbka shaklida qurilgan. Mezanalar husndor va minoraga o‘xshaydi, shu boisdan madrasani Chor Minor deyiladi. Unda Hindiston masjidlari memorchiligi
an‘analari ko‘rinadi.
Bolahovuz masjidi. Ark qarshisida 1712 - yilda qurilgan. U hujralar va 20 ta baland yog‘och ustunlardan iborat, hashamatli ayvondan tashkil topgan. Ayvonlar 1917 - yilda qurilgan. Sitorai Mohi Xosa. Mazkur saroy shahar tashqarisida, shahardan 4 km. shimolda mavjud.
Amir Ahadxon 1892 - yildaeski saroyni qurdirgan. Shuningdek, bu erda yevropa uslubida yangi majmua ham bunyod etilgan. 6,7 gektarga ega bog‘i mavjud. 1917 - yildaAmir Sayyid Olimxon yangi saroyni rus muhandislari Sokovich va Margulislar, bezaklarini esa Usta SHirin Murodov rahbarligida qurdiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |