Qashqadaryo tarixi. Ko‘hna manzilgohlar. Xo‘ja Ilg‘or - Amir Temur tavallud topgan qishloq. Amir Temur va temuriylar davrida ilm - fan, me‘morchilik, obodonChilik. Ispaniya elchisi Lui Gonzales de Klavixoning Temur saroyiga tashrifi.
Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘i me‘moriy obidalari. Qishloq tarixi, undagi masjid qoldiqlari va qabristoni. Amir Temurning "Polvon toshi". Tatar guzar masjidi. Toshqo‘rg‘on qishlog‘i tarixi va undagi ikkita masjid. Amir Temur "g‘ori". Tarag‘ay qishlog‘i. "Dunyo tepa".
SHahrisabz (Kesh) memorchiligi: Oqsaroy. Amir Temur ushbu obidani Xorazmni egallash sharafiga bunyod etgan. UndaXorazm ustalari katta me‘morchilik ishlarini olib borishgan. U 1370 - 1404 yillarda qurilgan. Oqsaroy peshtoqining Markaziy Osiyo yodgorliklari ichidagi eng yirik peshtoq ekanligi. Uning ravoq oraligi 22,5 metr, minorasining hozirgi vayrona holatidagi balandligi 38 metr, peshtoq kengligi 40 metrdir. U Hindistondagi Tojmahaldan ham husnkor bo‘lgan. Xorij elchilari shu erda qabul qilingan. Klavixoning Oqsaroyda bo‘lishi. Oqsaroy deyilishiga sabablar: onasining sharafiga qurilganligi. Oqlik va poklik ramzi. Uzoqdan oppoq bo‘lib ko‘rinishi.
Dorussaodat majmuyi. Buning ma‘nosi baxt - saodat uyidir. Mazkur obidani davlatmandlar saroyi ham deyiladi. Chunki, unda temuriylar xilxonasi joylashgan. Amirzoda
Jahongir, UmarShayx mirzo vaAmir Temurning o‘zi uchun bunyod etgan sag‘analari, maqbaralari, Xazrati Imom masjidi va maqbarasi shular qatoriga kiradi.
Doruttilovat majmuyi. Buning ma‘nosi Qur‘oni Karim tilovat qilinadigan joydir. Unda Shayx SHamsuddin Kulol, Gumbazi Sayyidon va Tarag‘ay Bahodir (Amir Temurning otasi) maqbaralari xamda Ko‘k gumbaz masjidi mujassam. Shuningdek, Chorsu, hammom, Malik Ajdar vaXo‘ja Mirhamid masjidlari bor.
Qarshi (Nasaf) shahri yodgorliklari: Ko‘k gumbaz masjidi. 16 - asrdaAbdullaxon davrida qurilgan. Ko‘k gumbaz deyilishiga sabab, o‘z nomidan ko‘rinib turibdiki, gumbazning ko‘k rangda ekanligi. Bo‘yi 38 metr. Asosiy xonaqoh 8 x8 metr. Tuzilishi sodda. SHuningdek, Qarshida ko‘prik, hammom, Shermuhammad, Sharifxo‘ja, Xo‘ja Qurbon, Bekmir, Abdulazizxo‘ja madrasalari; Qo‘rg‘oncha va Zagza masjidlari mavjud.
Viloyatda yana quyidagi me‘moriy obidalar mujassam: GuzordaOqsaroy; KitobdaXo‘ja Ilim Kon xonaqohi va Bashir ota maqbarasi hamda bir masjid; Yakkabog‘da Yodgor Valloma madrasasi; Chiroqchidaeski Langar masjidi, Katta va kichik xonaqohlar; Qamashida Langar ota masjidi va maqbarasi; Kosonda Bandi Kushon masjidi, Husam ota majmuyi, Qo‘rg‘on masjidi, Po‘loti masjidi - xonaqohi; KasbidaXo‘ja Karlik, Sulton Mirhaydar majmuylari, Pandron, To‘ra masjid masjidlari, Namozgoh, Sardoba, Qo‘shgumbazli maqbara; Jo‘ynovdagi Ayvon masjidi; Nishonda Hazrati Imom Mo‘yin va Qovchinda Hazrati Shayx majmualari.
Do'stlaringiz bilan baham: |