Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona


Toshkent shahri va viloyati yodgorlik resurslari



Download 1,22 Mb.
bet102/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

Toshkent shahri va viloyati yodgorlik resurslari


Toshkent (Shosh, Choch) tarixi. Qang‘ davlatchiligi. Arxeologik yodgorliklari, ilm - fani, hunarmandchiligi, san‘ati. Savdogarlik. Toshkentning 4 dahasi va 12 darvozasi. Mustaqillik yillari qurilgan madaniy - maishiy inshootlar.
Me‘morchilik: Xo‘jaAlambardor maqbarasi. Xo‘jaAlambardor (10 - asr) - Movaraunnahrda islomni ilk dm‘vatchilaridan bo‘lgan - Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al - Qaffol al - Shoshiyning safdoshi alambardor (bayroqdor) sharafiga qurilgan. Uning tahmin qilingan qabri shaharning eski Beshyog‘och qismida, Kamolon darvozasi ortida bo‘lib, ziyoratgoh memorial majmuagaasos bo‘lgan. Uning er osti chillaxonasi hozirgacha saqlangan. Xo‘jaAlambardor maqbarasi qabristonning markazida joylashgan.
Qaffol Shoshiy maqbarasi. Uning to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al Qaffol ash - Shoshiy bo‘lib, yashagan davri 10 - asrdir. Toshkentning yetuk olimlaridan biri hisoblanib, shofi‘iya (suniylikdagi oqim) mazhabining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Qur‘on, hadis, shariat ilmi bilimdoni bo‘lgan. Uning "Odob ul - qozi" ("Qozoodobi") asari mashhurdir. Maqbaraxalq tilida Hazrati Imom (Hastimom) deyiladi. U 0,5 grammgachaog‘irlikdagi qulf - kalitlarni yasaganligi uchun "Al - Qaffol" ("Qulfchi") nisbati berilgan. Ungaatab qurilgan dastlabki maqbara saqlanib qolmagan. Gulom Husayn nomli me‘mor keyinroq uni qayta qurgan. Eshikning tepasidagi kitoba saqlanib qolgan. Maqbaraning o‘rtasida kattaginaxona bor. 16 - asrda maqbara yonida Boboxo‘ja maqbarasi ham bunyod bo‘lgan.
Shayx Zayniddin boboOrifon maqbarasi. Shayx Zayniddin bobo (13 - asr) asli Bag‘dod (Iroq) lik bo‘lib, u kishining otalari SHahobiddin Orifon Bag‘dodning eng katta mutassavvuflaridan biri bo‘lganlar. 1214 - yilda tug‘ilgan Zayniddin bobo keyinchalik Toshkentga ko‘chib kelganlar. Mazkur maqbaraning chillaxonasida hayot kechirib, tasavvuf tariqatini rivojlantirishga hissa qo‘shganlar. Rivoyat qilishlaricha, u kishi Hasti Imomda yotgan Qaffol Shoshiyga juda ihlosmand bo‘lgan ekanlar. SHu bois, ushbu maqbaradan Hasti Imomgaer osti yo‘li bo‘lgan ekan. Maqbara sohibqiron Amir Temur farmoni bilan qurilgan, - deyiladi.
Zangi ota himmatiy yodgorlik majmui. Zangi ota (13 - asr) ning asl ismlari Oyxo‘ja ibn Toj Xo‘jadir. Zangi (arabcha so‘z) ota deyilishiga sabab, u kishi qora tanli bo‘lganlar. SHuning uchun Zangi ota nisbati berilgan. Turkiston islom olamida ulug‘ mutafakkir va mutasavvuf donishmandlardan hisoblanadilar. Ustozlari Hakim ota (Sulaymon Boqirg‘oniy), zavjalari Anbar otindir. Ul zot qo‘y boqib o‘stirganlari uchun Cho‘ponlarning piri, - deyishgan. Amir Temur ushbu obidani bunyod etgan. Majmua darvozaxona, minora, masjid, madrasa, xonaqoh, shiypon, hovuz, Anbar otin maqbaralaridan iborat.
Cho‘pon ota majmui. Mazkur majmuaning qurilishi Mirzo Ulug‘bek nomi bilan bog‘liq (15 - asr). Qo‘ychivon Cho‘ponlar homiysi Cho‘pon otagaatab qurilgan. U masjid, maqbara, hujralar, darvozaxonadan iborat.
Shayx Hovandi Tohur majmui. Majmuadaasosan uchta maqbara bor: Shayx Hovandi Tohur, Yunusxon, Qaldirg‘ochbiy.
Shayx Hovandi Tohur maqbarasi. Shayx 14 - asrda yashab o‘tgan diniy arboblardan, ilohiyot va tariqat ilmi namoyondalaridan biri bo‘lib, valiulloh darajasiga yetgan. Otasi Shayx Umar Bog‘istoniydir. Xo‘jaAhror valiy ularning qarindoshi bo‘lgan. Shayx maqbarasi bir necha bor qurilgan va uncha katta bo‘lmagan. Ikki xonadan iborat: birinchi - kattaxona 12 qirrali gumbazli ziyoratxona; ikkinchi - kichik xona 8 qirrali gumbazli go‘rxonadir. Maqbarani yonida ikkita chillaxona bo‘lgan. Ularni Xo‘jaAhror qurdirgan, atrofi mozor bo‘lgan. Masjid ham bo‘lgan. Maqbara 14 - 15 - asr obidasidir.
Yunusxon maqbarasi. Yunusxon Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyning naslidan hisoblanadi. 15 - asrda yashab o‘tgan. U Boburning onasi Qutlug‘ Nigorxonimning otasidir. Ya‘ni, Boburga buva hisoblanadi. Toshkentning 1485 - 1487 - yillaridagi hokimidir. Maqbara Yunusxonning o‘g‘li Ahmadxon tomonidan qurdirilgan. Tarxi to‘g‘ri to‘rtburchak, o‘rtasidaxonaqoh bo‘lib, gumbazli. Zalning burchaklarida ikki qavatli hujralar bor. Gumbaz
keyinchalik buzilib ketgan.
Qaldirg‘ochbiy maqbarasi. Maqbara 15 - asrning birinchi yarmida bunyod bo‘lib, kim tomonidan qurdirilganligi noma‘lum. Rivoyatlarga ko‘ra, bu erga Qaldirg‘ochbiy ismli qozoq shahzodalardan yoki biylardan biri dafn etilgan. Kubik shaklidagi maqbara 12 qirrali piramidalik gumbaz bilan yopilgan.
Baroqxon maqbarasi. Baroqxon (16 - asr) - shayboniylar sulolasidagi xon bo‘lib, o‘z davrida Movaraunnahrni boshqargan. Uning nomi bilan tanga pullar zarb etilgan. ObodonChilik ishlari qilgan. Xususan, madrasa qurdirgan. Hozir ushbu binoda O‘zbekiston musulmonlari diniy ishlari idorasi joylashgan.
Ko‘kaldosh madrasasi. Ushbu madrasa 16 - asrgaoid bo‘lib, uni Toshkent xonlaridan birining vaziri Ko‘kaldosh qurdirgan. Muqimiy, Furqat, Hamza, Hislat kabi shoirlar ushbu madrasada bo‘lishgan, yashashgan, ilm olishgan. Madrasa O‘zbekiston musulmonlari diniy ishlari idorasi tasarrufidadir.
Hofiz Ko‘hakiy madrasasi. Hofiz Ko‘hakiy (16 - asr) - Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy tarixchi, huquqshunos, tarjimon bo‘lib, Mirzo Ulug‘bekning sevimli shogirdi Aliqushchining nabirasidir. U Hindistonga 1528 - yili Bobur Mirzo va 1569 - yili Akbarshoh huzurigaelchi bo‘lib borgan. Ushbu nom bilan madrasa qurdirgan va talabalarga ilm o‘rgatgan. O‘zbekiston mustaqillikkaerishgach, uni qayta tiklashgaerishildi. Hozir masjid vazifasini o‘tamoqda.
Abdulqosim Shayx madrasasi. Abdulqosim (19 - asr) Toshkent shahrida ma‘rifatparvarlik ishlari bilan nom qozongan bo‘lib, ilmi toliblarga bepul ilm o‘rgatgan. Ushbu madrasa ham uning tomonidan bunyod bo‘lgan. Hovlida gir aylana ikki qavatli hujralar bor. " Honaqoi Mo‘yi Muborak" ichidagi ravoqli mehrobi tepasidaarab tilida "Bu ark kabi binoda Rasulning latif mo‘yi bor", - deb yozilgan so‘zlar bor.
Mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining milliy qahramoni - Amir Temur va millatimiz donishmandi - Alisher Navoiygaatab ajoyib haykallar bunyod etildi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish