Andijon viloyatidagi me’moriy yodgorliklar.
Andijon shahri bo’yicha:
Jome majmui. U madrasa, masjid va minoradan iborat. Madrasa 19 - asr oxirlarida katta va hashamatli qilib qurilgan. Darsxonalari va hujralari bor. Ikki qavatli. Tarxi P shaklida. Masjid Farg‘onadagi eng yirik obida hisoblanadi. Minoraning balandligi 32 metr.
SHuningdek, tumandagi savdogar Ahmadbek hoji tomonidan qurdirilgan uy, Paxtaobod tumanidagi Otaqo‘zi madrasasi (bularning ikkalasi ham 20 - asr boshlarida qurilgan), Namangan shahridagi Mullo Qirg‘iz madrasasi (20 - asr), Ota Valixonto‘ra masjidi (20 - asr), Mavlonbuva majmui (19 - asr), Xo‘jaAmin qabri (18 - asr), Namangan tumanidagi Sirli masjid (19 - asr), Yusufboy Xoji uyi (20 - asr), Kosonsoy tumanidagi jome masjid (18 - asr), Yusufxon Eshon majmui ( 18 - asr), To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Goyibnazar madrasasi (19 - asr ), Chust tumanidagi Lutfullo Mavlono majmui ( 20 - asr ), Pop tumanidagi CHodak madrasasi, Boy Hamadoniy maqbarasi (19 asr) ham alohida tarixiy, estetik va turistik e‘tiborga loyiq.
Vodiyda Mustaqillik yillardaAhmad al - Farg‘oniy, Burhonuddin al - Marg‘inoniy yubileylari munosabati bilan o‘rnatilgan yodgorliklar, Andijondagi Bobur Mirzoxotirasigaatab qurdirilgan obidalar turizm markazlari sifatida qad rostlab turibdi.
Boshqa hududlardagi yodgorlik resurslar Karmana tarixi.
Karmana me‘moriy yodgorliklari. Qosim ShayxAzizon majmuasi. 16 - asr islom dini mutafakkirlaridan biri -piri komil Qosim ShayxAzizon bo‘lib, Buxoroxoni Abdullaxonning ustozi bo‘lgan. Uning to‘rt tomonidan quduq bo‘lgan. Bu erda masjid ham bor.
Mir Sayyid Bahrom maqbarasi. 10 - 11 - asrgaoid bo‘lib, uni samoniylar sulolasi vakillaridan birining qabri, -deb kelinadi. Maqbara pishshiq g‘ishtdan, gumbazli, to‘rtburchak shaklidadir. O‘rtada qabr, uning yonida ikkita qabr toshi bor.
Raboti Malik va Sardoba. Bularni 11 asrda qoraxoniylar davrida SHamsulmulk Nosir Ibn Ibrohim qurdirgan. Majmua "Buyuk Ipak yo‘li"da karvonsaroy - mehmonxona vazifasini bajargan. Amur Temur, Alisher Navoiylar ham bu erda bo‘lishgan.
SHuningdek, Kampir devoli, tarixiy chorbog‘ va saroylar ham Karmana tarixidaalohidaahamiyatga ega. Asqarobod, CHorgarchorbog‘, Xonchorbog‘, Jarchorbog‘, Gulcharbog‘, Bog‘lochin, Xayrabot, Mirza chorbog‘lar shular jumlasidandir.
Buxoroamiri AbdulloAhmadxonning 1894 - 1910 yillarda yashagan uyi - Xonchorbog‘dadir. CHargarchorbog‘da esa Buxoroamirining saroyi (qarorgohi) bo‘lgan.
Jizzax - Samarqand yo‘lidagi "Temur darvozasi" ham turizm manzillaridandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |