Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona


Xorazm viloyati yodgorlik resurslari



Download 1,22 Mb.
bet99/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

Xorazm viloyati yodgorlik resurslari


Qadimgi Xorazm tarixi, arxeologiyasi, davlatchiligi, sm‘nati, ilm - fani, dini, hunarmandChiligi.
Xiva "Ichan qal‘a" tarixiy me‘morchilik qo‘riqxona muzeyi: 1920 - yil 26 - aprelda sobiq Xivaxoni qabulxonasi binosidaoChilib, dastlab Xorazm Respublika tarix - inqilobiy muzeyi, 1924 - yildaXorazm viloyat tarix - inqilobiy muzeyi, 1970 - yildan "Ichan qal‘a" me‘morchilik qo‘riqxonasi bilan birlashtirilib, Xiva "Ichan qal‘a" tarix -me‘morchilik qo‘riqxona - muzeyi", - deb atalgan. "Ichan qal‘a"ga to‘rtta darvozadan kirilgan: Bog‘cha darvoza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza.
Me‘moriy obidalari:
Ko‘hna Ark. Xivaning qadimgi qal‘asi. Qal‘a tarixi Xiva tarixi bilan bog‘liq. Unda 19 - asrgaoid xon va amaldorlarning xovlilari, aslaxaxona, o‘q - dori tayyorlaydigan ustaxona, omborlar, oshxona, otxona, zindon, qo‘chqor urushtiriladigan maydon bo‘lgan. To‘rtta hovlidan tashkil topgan.
Sayyid Alovuddin maqbarasi. 14 - asrda So‘fi Amir Kulol Naqshband tomonidan ustozi ShayxAlovuddin mozori ustiga qurdirgan maqbara peshtoqli, unda ziyoratxona va go‘rxona mavjud. Sag‘anaga Sayyid Alovuddinning vafot etgan sanasi (1303 - yil) bitilgan.
Uch avliyo maqbarasi. 16 - asrda qurilgan. Noma‘lum uch kishining qabrlari mujassam. Peshtoqi baland, gumbazli kattaxonasi bor. Buxorolik ustalar qurgani bois, Xiva yodgorliklaridan ajralib turadi.
Arab Muhammad madrasasi. 1616 - yildaXivaxoni Arab Muhammadxon tomonidan qurdirilgan. Me‘mori kim ekanligi noma‘lum. To‘rtburchak shaklidaemas, trapetsiya shaklida qurilgan. Darsxonasi bostirma ustida. Gumbazli xonali.
Anushaxon hammomi. 1657 - yildaOq masjid yonidaAbdulg‘ozixon tomonidan o‘g‘li Anusha Muhammad Sultonning Karmanadagi g‘alabasi sharafiga qurdirilgan.
Xo‘jamberdibek madrasasi. 1688 - yilda qurilgan. Hujralar bilan o‘ralgan, dastlab bir hovlili bo‘lgan. Olloqulixon madrasasi qurilgach, Xo‘jamberdibek madrasasi ikki hovlili qilib qayta bunyod bo‘lgan.
Sherg‘ozixon madrasasi. Xivaxoni Sherg‘ozixon Mashhad (Eronning shimoli - Sharqiy qismidagi shahar)da qilgan g‘alabasi sharafiga 1719 - 1728 yillarda qurdirgan. Uning ro‘parasida Pahlavon Mahmud maqbarasi joylashgan. Madrasa hovlisi o‘rtada, to‘rtburchak shaklida, bezaksiz, sodda va bir va ikki qavatli, hujralar, masjid, darsxona bor. Peshtoqi katta.
Muhammad Amin Inoq madrasasi. 18 - asrdaXivaxoni Muhammad Amin Inoq (1770 - 1785) hukmronligi davrida qurilgan. Bir qavatli hovlida ikkitaayvon bo‘lib, darsxona, masjid, xujralar bor.
Juma masjidi. Masjidning tashqi ko‘rinishi sodda. Ichki kattaxonada 212 ta ustun bor. Bezaklar 18 - 19 asrga tam‘luqli. Ustunlarning to‘rttasi 10 - asrgaoid. SHuningdek, 14 - asrga tam‘luqli ustunlar bor. 18 - asrda masjid qayta tam‘mirlanib, baland minora ham qurilgan.
Bog‘bonli masjid. Buni aka - uka bog‘bonlar bunyod ettirgan. Uning tomi gumbazli, ikki ustunli peshayvondan iborat. Me‘mori Pahlavon Quli bo‘lib, 1809 - yilda qurilgan. Bm‘zi bezaklar 14 - asrgaoid.
Muhammad Aminxon madrasasi va minorasi. Xivaxoni Muhammad Aminxon tomonidan 19 - asrda qurdirilgan. Kalta minor uning yonida joylashgan. Xonning o‘limi minora qurilishini to‘xtatib qo‘ygan. SHu bois, uning bo‘yi 26 metrligicha qolib ketgan. Madrasa ikki qavatli
bo‘lib, birinchi qavatdagi xujralar dahlizli, ikkinchi qavatdagilari ayvonli.
Muhammad Rahimxon madrasasi. 19 - asrdaXivaxoni Sayyid Muhammad Rahimxon II (Feruz) tomonidan qurdirilgan. Ko‘hnaArk ro‘parasida bo‘lib, kattaligi bo‘yicha Muhammad Aminxon madrasasidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Unda yozgi va qishgi masjid, darsxona, kutubxona, xujralar mavjud. Old qismi ikki, qolganlari bir qavatli.
Pahlavon Mahmud majmui. U gumbazli xonaqoh, maqbara va ziyoratxonalardan iborat.
19 - 20 - asrlargaoid. Darvozaxonadan kichik hovliga o‘tiladi. Qarshisida katta peshtoq, gumbazli xonaqoh, maqbara, g‘arbida qorixona, Sharqidaayvon, hovlida quduq mavjud.
Islom xo‘ja madrasasi va minorasi. Isfandiyorxonning bosh vaziri Islom xo‘ja o‘z davrining taraqqiyparvar shaxslaridan biri bo‘lib, 1910 - yilda mazkur obida qurilishini amalgaoshirgan. SHuningdek, u mahalliy bolalar uchun madrasa va minoradan tashqari maktab, kasalxona, pochta, ko‘prik va yo‘llar ham barpoetgan. Uni xivalik ustaXudoybergan hoji qurgan. Olloqulixon davridagi me‘morchilik: Olloqulixon Xivaxoni bo‘lib, 19 - asrda yashagan.
Muhammad Rahimxonning o‘g‘li. Uning davrida Karvon saroy, tim, madrasa, Tosh hovli, Oq masjid, Sayyidboy masjidi kabi inshootlar qurilgan.
Olloqulixon karvon saroyi va timi. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, hovli va ikki qavatli xujrali. Karvon saroy ichkarisiga ikki gumbaz ostidan o‘tiladi. Hovlidaot - aravalarga mol ortish uchun barcha qulayliklar bo‘lgan. Gumbazli tim karvon saroydan keyin qurilgan.
Olloqulixon madrasasi. Xivaxoni Olloqulixon tomonidan 19 - asrda qurilgan. Uni ro‘paradagi Xo‘jamberdibek madrasasiga o‘xshatib ishlangan va shu bois, me‘morchilikdagi usullardan qo‘sh madrasa bunyod bo‘lgan. Madrasa sun‘iy tepalikda qurilgan. Hovlisidagi ikki qavatli xujralar soni 99 ta.
Toshhovli. Olloqulixon tomonidan 19 - asrda qurilgan. Avval haram, keyin mehmonxona, arzxonalar bunyod bo‘lgan. Devorlari koshinli, ganch, yog‘och, tosh o‘ymakorligi mujassam 163 xonali. Undaxon oilasi yashagan, idoralar joylashgan, elchilar, arz bilan kelganlar kutib olingan.
Oq masjid. Uch tarafi ayvonli. Yassi tom ustidagi gumbaz oppoq bo‘lib ko‘ringani uchun shu nom bilan ataladi. Panjaralar vaeshiklardagi naqshlardan tashqari bezaklari ko‘p emas.
Matniyoz Devonbegi madrasasi. Ota darvoza yaqinida 19 - asrda qurilgan mazkur yodgorlik bir qavatli. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklida. Darsxona, masjid, xujralari bor.
Sayyid SHolikorboy majmui. Savdogar Sayyid SHolikorboy " Ichan qal‘a" Sharqiy darvozasi bo‘lmish Polvon darvoza tashqarisida 19 - asrda qurdirgan. Majmua masjid, madrasa, ayvon, minoradan tashkil topgan.
Shuningdek, Xivada Qutlug‘ Murod Inoq, Musoto‘ra madrasalari, Polvon qori, Shayx Qalandar bobo, Abdal bobo kabi minoralar mavjud.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish