Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona


Ma’ruza 11: O`zbekistonning jahon xo`jaligi tizimidagi tutgan o`rni



Download 1,22 Mb.
bet87/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

Ma’ruza 11: O`zbekistonning jahon xo`jaligi tizimidagi tutgan o`rni.


O`zbekistonning tabiiy va rekratsion resurslari
Reja:

  1. O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari

  2. O‗zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalari geografiyasi.

  3. O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi yangi bosqichlar.

  4. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarning istiqbillari

Tayanch tushunchalar (kalit so’zlar): Tashqi iqtisodiy aloqalar, Tashqi iqtisodiy faoliyat, Diversifikatsiya, Konventsiya, Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, Eksport va Import,Tashqi iqtisodiy faoliyat, Savdo-iqtisodiy munosabatlar, Milliy iqtisodiyot, Tashqi bozor, Ichki bozor, Integratsiya, Investitsiya, xorijiy investitsiya, Kontseptsiya, Raqobatbardoshlik, Butunjahon savdo tashkiloti

    1. O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari. O‘zbekiston Osiyo qit‘asida, hududi yirik daryolari bo‘lmish Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan bo‘lib, g‘arbda Turon pasttekisligini va Sharqda tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga oladi.

Respublika tabiati boy va xilma-xil. O‘zbekiston hududining kattagina qismini sahrolar va cho‘llar egallaydi, Sharqiy qismida osmono‘par tog‘lar, daryo atroflarida ajoyib vodiylar bor.
Jazirama qum sahrolari, muzliklar, oppoq qorga burkangan tog‘ cho‘qqilari, paxtazorlar bilan qoplangan yam-yashil vodiylar mavjudligi O‘zbekiston tabiati uchun xos.
Respublikaning 448,9 ming km2 ga teng bo‘lgan maydoni g‘arbdan Sharqqa 1425, shimoldan janubga esa 930 kilometrga cho‘zilgan. Maydoni jihatidan O‘zbekiston Avstraliya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Shvedsariya mamlakatlari maydonini qo‘shib hisoblaganda ham ulardan kattalik qiladi.
Mamlakatimiz shimolda Qozog‘iston, Sharq va janubi-Sharqda Qirg‘iziston va Tojikiston, g‘arbda Turkmaniston, janubda Afg‘oniston bilan chegaradosh. Respublika chegarasining umumiy uzunligi 6221 kilometrni tashkil etib, undan 2203 km. Qozog‘iston, 1021 km. Turkmaniston, 1161 km. Tojikiston, 1099 km. Qirg‘iziston, 137 km. Afg‘onistonga to‘g‘ri keladi.
Respublika hududida tepalik va tog‘liklar o‘ziga xos ravishda uyg‘unlashib ketgan. Respublika maydonining qariyb uchdan bir qismini egallagan tog‘liklari mamlakatning Sharqiy qismiga to‘g‘ri keladi va qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston tog‘liklari bilan tutashib ketadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘rtasida joylashgan bo‘lib, uning Shimoliy chekka nuqtasi orol dengizining shimolida – 45 gradus 36 minut Shimoliy kenglik, janubiy chekka nuqtasi – 37 gradus 11 minut Shimoliy kenglik, chekka g‘arbiy nuqtasi
– 56 chi gradus meridian chizig‘i va Sharqiy chekka nuqtasi 73 gradus 10 minut Sharqiy kenglikda yotadi. Respublikaning shimoldan Sirdaryo, janubdan Amudaryo havzasi (botig‘i) tabiiy chegara bo‘lib, Sharqda Qurama, Chotqol, Farg‘ona, Turkiston va Oloy tog‘lari o‘rab turadi.
Tog‘lar oralig‘ida ancha katta cho‘kma-botiqlar-Farg‘ona botig‘i, Toshkent-Mirzacho‘l tekisligi, Sangzor-Nurota botig‘i, Samarqand botig‘i, Qashqadaryo va Surxondaryo botiqlari joylashgan. Farg‘ona vodiysi deb atalgan Farg‘ona botig‘i tog‘lar oralig‘idagi yirik botiq bo‘lib, uning uzunligi 370 kilometrga teng. Vodiy uch tomonidan tog‘lar bilan qurshalgan va faqat g‘arb tomonigina ochiq. O‘zining ajoyib va go‘zal tabiiy sharoiti aholisining mehmondo‘stligi tufayli, bu vodiy «O‘rta Osiyo gavhari» degan nomga munosib bo‘lgan. O‘zbekistonning tekislikdan iborat bo‘lgan qismlariga Ustyurt yassi tog‘ligining bir qismi, quyi Amudaryo yerlari, Qizilqum qumliklari kiradi.
O‘zbekiston serquyosh o‘lka. Uning yirik qit‘a markazida, okeanlar va boshqa suv havzalaridan uzoqda joylashganligi iqlimning quruqligi va kontinental ekanligini ko‘rsatadi. Iqlimning quruqligi bu yerda yog‘in-sochinning kam bo‘lishi bilan ifodalanadi, yoz oylarida havoda namlik va bulutlar kam bo‘ladi. Yozda kunduz kunlari 15 soatggacha cho‘zilib, qishda taxminan 9 soatni tashkil etadi. Respublika iqlimi qo‘shni Eron va Afg‘onistondagi singari tipik subtropik o‘zgaruvchan iqlimdan ma‘lum darajada farq qiladi, bu rel‘ef ustki qismining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. O‘zbekistonda eng sovuq oy yanvar hisoblanadi. Qishda sovuq 35-38 darajaga boradi. O‘zbekistonning eng Shimoliy qismida qish qariyb 5 oyga cho‘zilsa, vodiylarda bir yarim ikki oy davom etadi, xolos. Yozning eng issiq oyi iyo‘l‘. Bu paytlarda tekislik va tog‘ yon bag‘irlarida o‘rtacha harorat 25-30 daraja issiqqa, janubga esa (Termiz, SHerobod) 30-35 darajaga ko‘tariladi. Yozda issiq 42 darajadan ortib ketadi. 1944 yil iyo‘l‘ oyida Termiz shahrida issiq 50 darajaga yetganligi qayd qilingan. Issiq 42-47 darajaga ko‘tariladigan kunlar O‘zbekiston uchun oddiy bir xoldir. O‘zbekistonning sahrolarida esa issiq 70-72 darajaga ko‘tarilishi mumkin. O‘zbekistonda yog‘ingarChilik asosan kam bo‘ladi, bu borada respublika hududlari orasida farq juda katta. O‘zbekistonning ko‘pchilik joylarida yillik yog‘in miqdori 200-300 millimetrni tashkil etadi. Yog‘ingarChilik eng kam bo‘ladigan joylarga quyi Amudaryo va sahro yerlar kiradi. Bu joylarda yil davomida bor yo‘g‘i 10 millimetrdan kam yomg‘ir yog‘adi. Qumliklarning Sharqiy va janubi-Sharqiy hududlarida yog‘ingarchilik asta-sekin ortib borib, Sharqdagi tog‘liklarga yaqinlashgach, yog‘inlar miqdori keskin ko‘payadi va 900-950 millimetrga yetadi. Qishloq xo‘jaligi uchun suv eng zarur bo‘lgan paytda yog‘ingarchilik kamayib ketadi. Iyo‘l‘ oyidan to sentyabr‘ oyigacha yog‘in deyarli yog‘maydi. Bu davr ichida yillik yog‘in miqdorining bor yo‘g‘i 1-6 foizi bahorga, 25-40 foizi esa qish oylariga to‘g‘ri keladi. Kuzda yog‘in miqdori yillik yog‘inning 10 foizdan 20 foizgacha to‘g‘ri keladi.
Respublika hududlari bo‘yicha yer ustki suvlari nihoyatda notekis taqsimlangan. O‘zbekiston hududining qariyb uchdan ikki qismini egallaydigan poyonsiz tekisliklarida suv manbalari juda kam. Ayni paytda respublika Sharqida joylashgan tog‘li qismida daryolarning keng shahobchalari mavjud. Yer usti suvlarining bu tarzda respublika hududlari bo‘ylab notekis taqsimlanishi mamlakat tabiiy sharoiti natijasidir. Bu esa o‘z navbatida, ayniqsa qishloq xo‘jaligi taraqqiyotiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston hududidagi oqar suvlar paydo bo‘ladigan asosiy joylar tog‘li yerlardir, chunki xuddi shu joylarda yog‘ingarChilik eng ko‘p bo‘ladi. Bundan tashqari, bu joylarda suv bug‘lanishi kam. O‘rta Osiyo, shu jumladan O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan daryolar uchun asosiy manba qor va muzliklardir.
O‘zbekistonni suv bilan ta‘minlashda O‘rta Osiyoning eng yirik daryolari bo‘lmish Amudaryo va Sirdaryo muhim o‘rin egallaydi. Amudaryoning umumiy uzunligi 1437, Sirdaryoning uzunligi esa 2137 kilometrga teng. Ammo bu ikki daryo respublikaning suvga bo‘lgan ehtiyojini qonlirmaydi. Suvga bo‘lgan mavjud yetishmaslik ma‘lum darajada kichik daryolar va yer osti suvlari ustiga tushadi.
O‘zbekiston dehqonchiligi sun‘iy sug‘orishga asoslangan hududlar qatoriga kiradi. SHunga ko‘ra daryolar mohiyati, ularning roli mavjud dehqonChilik yerlari uchungina emas, balki yangi yerlarni o‘zlashtirishda ham katta ahamiyatga ega.
O‘zbekiston hududida qator kanallar qazigan qadimgi sug‘orish ustalarining amalga oshirgan ishlari kishini lol qoldiradi. O‘tmishdagi sun‘iy sug‘orish uslublari ko‘pgina olimlar, tarixchilar, arxeologlar va turli davlatlar elchilarini hayratga solgan va qoyil qoldirgan.
Bir vaqtlar Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolaridan va Farg‘onadagi Isfara, So‘x, Quvasoy soylaridan qator kanallar chiqarilgan. Kanallar sug‘orish maqsadlarigagina emas, balki ma‘lum darajada elektr stantsiyalar rivoji uchun ham xizmat qilmoqda. Narpay, janubiy Farg‘ona, Shimoliy Farg‘ona, katta Farg‘ona, eski Angor, Amu-Buxoro, katta Namangan kanallari va boshqa suv inshootlari shular jumlasidandir.
Respublikamiz hududida 250 taga yaqin ko‘l mavjud bo‘lib, ular asosan kichik ko‘llardir. Bu ko‘llardan eng kattasi Orol ko‘lidir. U katta maydonni egallagani uchun dengiz nomi bilan yuritiladi. Respublikada mavjud bo‘lgan kichik ko‘llar o‘zlarining shifobaxshligi bilan mashhur. Bular jumlasiga Axsikent, Tuzkon, Dengizko‘l va boshqalar kiradi.
So‘nggi 30-35 yil ichida Orol dengizining sathi qariyb 15-16 metrga pasayib ketdi, qirg‘oqlari esa o‘nlab kilometrga chekindi. Bu, eng avvalo, Orolga suv olib kelayotgan Amu va Sirdaryo suvi yo‘l-yo‘lakay juda ko‘p sarf bo‘lib ketganligi tufayli ro‘y berdi. Natijada ro‘y bergan bu ko‘ngilsiz voqea Orol dengizi va uning atrofida ekologik vaziyat yomonlanishiga olib keldi. Orol muammosi mahalliy muammogina bo‘lib qolmay, jahon muammosiga aylandi. Bu muammoni biron bir davlat yakka holda hal etishga qodir emas. SHu munosabat bilan bu muammoni hal qilish ishida Yevropa mamlakatlari va YuNESKO faollik ko‘rsatishlari lozim.
Shuni e‘tiborga olib mamlakat Prezidenti izchillik bilan jahon jamoatchiligi diqqatini Orol muammosiga qaratib kelmoqda.
So‘nggi o‘n yilliklar ichida respublikada qator suv omborlari vujudga kelgan. Ular orasida CHorvoq, Ohangaron, Tuyabo‘g‘iz, Janubiy Surxon, CHimqo‘rg‘on va boshqa sun‘iy ko‘llar vujudga keldi. O‘zbekistonda hammasi bo‘lib, 45 ta shunday suv omborlari mavjud. Ular suv tarmoqlaridagi oqimni mavsum ehtiyojlarini hisobga olgan holda tartibga solib turadi va o‘z xususiyatiga ko‘ra irrigatsiya yo‘nalishidagi suv omborlari vazifasini o‘taydi.
Mamlakatimiz turli xil ma‘danli suv manbalariga ham boy, ular kimyoviy tarkibiga ko‘ra inson organizmi uchun foydali. O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan ana shunday suvlar orasida tarkibida oltingugurt, vodorod, yod, radiy kabilar bo‘lgan suvlar ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi va shifobaxsh suvlar tarzida foydalaniladi.
Farg‘ona va Surxondaryo artezian suv havzalarining tarkibida oltingugurt-vodorodli suvlari o‘zlarining kimyoviy va shifobaxshligi tarkibiga ko‘ra Kavkazning mashhur ma‘danli suv havzalaridan qolishmaydi. Jumladan, respublikada ma‘danli manbalardan foydalanish asosida qurilgan va ishga tushirilgan Chimyon va Chortoq sanatoriyalarining dovrug‘i O‘zbekiston doirasidan chiqqan.
O‘zbekiston xilma-xil o‘simliklar dunyosiga ham boy. Respublika o‘simligi dunyosi orasida 25 ming xildan ortiq efir moylari bo‘lgan o‘simliklar mavjud. Uning bu tabiat in‘omining noyob ekanligi shundan ham ko‘rinib turadiki, ularning qariyb 30 foizi faqat bizning o‘lkamizda o‘sadi.
Tabiat mamlakatimizga xilma-xil mineral xom ashyolari ham in‘om etgan. Ular respublika ijtimoiy-iqtisodiy jabhalari va aholi hayotini yaxshilashda juda muhim hisoblanadi.
O‘zbekistn yer bag‘rida qator foydali qazilma konlari mavjudligi, xom ashyolardan yuzdan ortiq xillari borligi aniqlangan. Mis, kumush, oltin, qo‘rg‘oshin,rux, vol‘fram, tabiiy gaz va boshqa ayrim yer osti boyliklari zahiralari bo‘yicha mamlakatimiz jahonda oldingi o‘rinlardan birini egallaydi. Mamlakatimiz hududlarida tuz, alyumin xom ashyosi, xilma-xil qoplama va qimmatbaho toshlar, turli xil metallar, qurilish materiallari bo‘lib, xizmat qilishi mumkin bo‘lgan xom ashyolar zahirasi ham mavjud. G‘ozg‘on marmar konining dovrug‘i ko‘p joylarga tarqalgan. Kaolin,ozokerit, korund kabilar ham ko‘p joylarda uchraydi.
Respublikada mavjud bo‘lgan oltin zahirasi, ayniqsa ahamiyatga ega. Oltin qazib chiqarishda O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamkorligidagi davlatlar orasida Rossiyadan keyin ikkinchi, jon boshiga to‘g‘ri keladigan oltin bo‘yicha esa, birinchi o‘rinda turadi. Respublikada oltin chiqadigan eng muhim hudud Muruntovdir. Bu oltin koni asosida respublikaning jazirama qum sahrosida Zarafshon shahri vujudga keldi. Toshkent, Jizzax, Namangan viloyatlarida ham uncha katta bo‘lmagan oltin konlari mavjud.
O‘zbekistonning ayrim hududlarida mis konlari topilgan bo‘lib, ulardan Toshkent viloyatining Olmaliq yerlaridagi mis konlari ishga tushirilgan. Bu yerdagi mis boyligidan foydalanish tufayli, 1951 yili Olmaliq shahri vujudga kelgan va u endilikda O‘zbekistonning muhim rangli metallurgiya markaziga aylangan.
Respublika tabiiy gaz, ko‘mir, neftga ham boy o‘lka. Tabiiy gazning ahamiyati yoqilg‘i sifatidagina emas, zarur kimyoviy xomashyo sifatidagi mohiyati ham yil sayin ortib bormoqda. Bu borada respublikamiz imkoniyatlari juda katta. Qashqadaryo va Buxoro hududlari O‘zbekistoning tabiiy gazga boy hududlari hisoblanadi. Gaz konlari va zahiralari jihatidan Qashqadaryo O‘zbekiston hududlari ichida eng boy va tengi yo‘q viloyat hisoblandi.
O‘zbekiston iqtisodiyotida ko‘mir muhim ahamiyatga ega, uning zahiralari ham ancha katta. Toshkent viloyatida Angren, Surxondaryo viloyatidagi SHargun va Boysun ko‘mir konlari bu borada alohida ko‘zga tashlanadi. Hozircha keng tarzda rivoj topmagan Boysun ko‘mir konining kelajagi porloq. Bu kon ko‘mirining sifati juda yuqori.
O‘zbekistonda neftning yetishmasligi respublika uchun katta muammolardan bo‘lib keldi. Neft va neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun uni respublika doirasi tashqarisidan olib kelishga majbur bo‘linar edi. Endi shuni ta‘kidlab o‘tish mumkinki, neft chiqarish borasida O‘zbekiston katta istiqbollarga ega. Keyingi vaqtlarda O‘zbekistonning ayrim hududlarida yangi neft konlari ochildi. 1990 yili O‘zbekistonda 2810 ming tonna neft chiqarilgan bo‘lsa, 2000 yilga kelib bu raqam 8 million tonnadan oshdi. Keyingi yillarda yiliga 8-10 mln tonna ne‘ft qaziq olinmoqda. Endilikda O‘zbekiston neft borasida o‘z mustaqilligiga erishdi va xilma-xil neft mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘ldi. Kelajakda respublikani neft bilan ta‘minlashda Buxoro viloyati bilan Turkmaniston chegarasi yaqinida topilgan Ko‘kdumaloq va Namangan viloyati hududida ochilgan Mingbuloq neft konlarining istiqboli katta.
Yer osti boyliklari tabiat in‘om qilgan buyuk boylikdir. Biroq, ularni aql-idrok bilan samarali foydalanishgina biz ko‘zlagan iqtisodiy mustaqillikka erishishda katta ahamiyat kasb etishi mumkin.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish