Afrika mintaqasida boshqa sohalar kabi xalqaro turizm ham nihoyatda sust darajada rivojlanmoqda siyosiy beqarorlik. millatlararo va diniy ziddiyatlar xorijiy sayyohlarning mintaqaga bo‘lgan qiziqishlarini ma‘lum darajada pasaytirmoqda.
Turizm bozorini generatori bo‘lib Afrika mintaqasi mamlakatlari hisoblanadi. Umumiy xorijiy tashriflarning 56.0%i Afrika mintaqasi mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Afrika mintaqasi turizm bozorini asosan Yevropa mamlakatlari ta‘minlar edi. «CHo‘ldagi bo‘ron» urushi ta‘sirida Yevropa mamlakatlaridan tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar 51% dan 34.1% ga kamayganligi kuzatiladi. Amerika mintaqasi mamlakatlarining tashriflari 5.3% dan 2.9% gacha kamayganligi kuzatiladi.
1970 yildan 1980 yillargacha xorijiy tashriflar va tushumlar miqdori bo‘yicha sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan. 1985-90 yillarda rivojlanish sur‘atlari pasaygan. 1991-96 yillarda esa tashriflar soni o‘sganligi bilan. tushumlar miqdori pasayib ketgan. Xorijiy tashriflar jahon xalqaro turizm harakatlarining 3.3%ini. tushimlar miqdori bo‘yicha esa 1.8% ni tashkil qilgan.
Oxirgi yillarda Afrika mintaqasining Shimoliy hududilarida. O‘rta yer dengizi janubiy qirg‘oqlarida ommaviy turizmga e‘tibor qaratilganligi munosabati bilan 2000 yillarga kelib bir muncha ijobiy siljishlar kuzatiladi. 1996 yilda mintaqaga 19.4 mln xorijiy turistlar tashrif buyurgan bo‘lsa. 2000 yilga kelib ularning soni 27.4 mln kishiga yetadi. Ya‘ni tashriflar 1.4 marttaga oshadi. Turizm tushumlari mintaqada 8.7% ga ko‘payib. jahon turizm tushumlarining 2.28% ni tashkil etadi. Afrika mintaqasiga tashrif buyurgan xorijiy turistlarning asosiy qismi Frantsiya. Germaniya. Buyuk Britaniya mamlakatlari aholisiga to‘g‘ri keladi va umumiy xorijiy tashriflarning 20% ni tashkil qiladi.
MANBA:Butunjahonturizmtashkiloti. Afrika mintaqasi bo‘yicha eng ko‘p xorijiy mehmonlar Shimoliy Afrika hududiga tashrif buyuradilar. Asosiy tashriflar Marokash va Tunis mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Afrika mintaqasiga qilingan tashriflarning 45%ga yaqini ushbu mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. bu mamlakatlarga qilingan har bir xorijiy tashrif 300 AQSH dollarni tashkil qiladi.
Afrika mintaqasida. Janubiy Afrika mamlakati yuqori darajada rivojlangan mehmonxona xo‘jaligiga va transport tizimiga. hamda zamonaviy xalqaro turizm industriyasiga ega bo‘lganligi sababli mintaqada eng yuqori ko‘rsatgichga erishgan. Mintaqaga qilingan xorijiy tashriflarning 22.5%i. xalqaro turizm tushimlarining 23.1% Janubiy Afrika mamlakatiga to‘g‘ri kelgan. Har bir turistik tashrif 415 AQSH dollarni tashkil qilgan. Mintaqa bo‘yicha har bir turistik tashrif o‘rtacha 405 AQSH dollarni tashkil qilgan. Mintaqaga nisbatan Janubiy Afrika mamlakatida +2.5% ga ijobiy o‘zgarish kuzatilgan.
SHimoli Afrika hududida joylashgan Marokash va Tunis mamlakat-lariga mintaqa bo‘yicha umumiy tashriflarning 40.0%i to‘g‘ri kelgan. 2000 yilga nisbatan 2001 yilda bu mamlakatlarda xorijiy tashriflar bo‘yicha o‘sish kuzatilgan. 2002 yilda 2001 yilga nisbatan esa 6.0% ga pasayish kuzatilgan.
Xalqaro turizm tushimlarining 30.3% bu mamlakatlarga to‘g‘ri kelgan. lekin 2001 yilga nisbatan 2002 yilda tushimlar miqdori 11.4% dan 14.8% ga pasayganligi kuzatilgan. har bir turistik tashrif o‘rtaga 386 AQSH dollarni tashkil qilgan. Mintaqaga nisbatan bu mamlakatlarda - 4.9% ga salbiy o‘zgarish kuzatilgan. ya‘ni mintaqa ko‘rsatgichlaridan past bo‘lgan.
Umuman Afrika mintaqasi jahon turizm harakatlarining rivojlanish darajasidan anchagina orqada qolmoqda. chunki mintaqadagi ko‘pgina mamlakatlar iqtisodiy rivojlanmagan. Moliyaviy mablag‘larning yetishmasligi natijasida ta‘sirchan infratuzilmaga ega emasligi sababli xalqaro turizm harakatlarining rivojlanishi sust darajada.
Afrika mintaqasiga 2002 yilda 29.1 mln. turistlar tashrif buyurgan. jahon turizm harakatlarining 4.1% ni tashkil qilgan. 2000 yilga nisbatan 2001 yilda 3.2% ga. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda esa 2.8% ga o‘sish kuzatilgan. Xalqaro turizm tushimlari 11.8 mlrd. AQSH dollarni tashkil qilgan. jahon turizm tushimlarining 2.48%i Afrika mintaqasiga to‘g‘ri kelgan. Turizm tushimlari 2000 yilga nisbatan 2001 yilda 7.8% ga 2002 yilda 2001 yilga nisbatan 1.0% ga o‘sganligi kuzatilgan. Afrika mintaqasiga qilingan. har bir tashrif o‘rtacha 405 AQSH dollarni
tashkil qilgan (6.2.3-jadval).